Mavzu: mojaro va muzokaralarning o‟zaro


Rahbar faoliyatida muzokara



Download 290,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana22.01.2022
Hajmi290,21 Kb.
#401221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Бошкарув псих-Жамолов Х.Х. 3-7-икт

2.Rahbar faoliyatida muzokara. 

 

Muzokara olib borish ko‘lami juda keng bo‘lib, bu soha tashkilotdagi ayrim ziddiyatli  holatni  ij

obiy  yo‘nalishda  hal  etishdan  boshlab,  toki  sarmoya  jalb etishdagi  qulay  pozisiyani  qo‘lga

  kiritishga  va  hatto  ziddiyatdagi  tomonlarni yarashtirish  yo‘lida  vositachilik  vazifasini  ba-

jarish  maqsadida  ham  qo‘llaniladi.

 

Shu  bois,  rahbar  muzokara  olib  borishga  oid  asosiy  qonun  va  qoidalarni  bilishi, ul

ardan  amaliy  tarzda  foydalana  olishi  lozim.  Muzokara  bu,  nafaqatbiron  masala 

yuzasi-

dan  fikr  almashish,  balki  muzokara  ishtirokchisi  bo‘lmish  rahbar  orqali  

uning  tashkiloti  haqida  xulosa  chiqarish  manbai  hamdir.  Demak,  muzokara  olib  

borish  mahoratiga  ega  rahbar  hatto  o‘rtame‘yona  tashkilotni  ham  boshqa  

raqobatdosh tashkilotga nisbatan afzallik tomonini namoyon etish qobiliyatiga ham  

ega.  Ushbu  jumlalarni  o‘qigan  o‘quvchida  muzokara  bu,  yo‘q  narsani  bor  qilib  

ko‘rsatish  mahorati  emasmikan,  degan  fikr  tug‘ilishining  mutlaqo  tarafdori  

emasmiz.   

Rahbar  o‘z  tashkiloti  imkoniyatlari,  uning  kuchli  tomonlarini  yaxshi  

tasavvur  qila  olishi  va  bu  xususiyatlarni  yanada  ijobiy  tarzda  taqdim  eta  b ilishi  

lozim. Bu jarayon rahbardan nafaqat o‘ziga, balki, tashkilot xodimlariga ishonchni,  

kelajakka  katta  umid  bilan  qarashni  va  shaxsning  muvaffaqiyatga  yo‘nalishini  

ifodalaydi.   

Muzokaralar  turli  sharoit  va  tomonlar  ishtirokida  o‘tadi.  Bu  esa,  

muzokaraning  oson  kechmasligini,  bu  jarayon  davomida  turli-tuman  kutilmagan  

omillar  ta‘siri  mavjudligini  asoslaydi.  Odatda  muzokara  har  qanday  murakkab  

tuzilma singari bir necha asosiy bo‘laklardan iborat: muzokara mazmuni, muloqot,  

munosabatlar,  tadbirlar  (qoidalar,  muhokama  tartibi,  protokol).  Muzokaraning  

jarayon sifatida murakkabligi shundaki, ushbu sanab o‘tilgan har bir qism dolzarb  

ahamiyat  kasb  etadi  va  muzokara  natijasining  hal  etishga  o‘z  ulushini  qo‘shadi.  

Masalan,  muzokaraga  oldindan  tayyorlanish,  hamma  hujjatlarni  batafsil  o‘rganib,  


mulozamat  qoidalarini  o‘rniga  qo‘yib  ijro  etish  mumkin,  lekin  hamsuhbatimiz  

milliy  xususiyatiga  oid  ba‘zi jihatlarga e‘tiborsizligimiz butun urinishimizni zoye  

ketkazishi mumkin. Bu jihatlarni muzokaraning tashqi tomoni, po‘stlog‘i deb atash  

mumkin.  Lekin  bu  jarayonning  ichki  tomoni  ham  borki,  unda  muzokaraga  

tayyorlangan  tomondan  qator  vazifalarni  amalga  oshirish  talab  etiladi.  Bu  

vazifalara qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:   

 



o‘zga tomonda qiziqish uyg‘otish; 



 masala yuzasidan o‘z nuqtai nazarini to‘g‘ri t



ushuntirishga erishish va shu 



 

 

bilan birga o‘zganing qarashi haqida to‘la-to‘kis tasavvurga ega bo‘lish;  



 

o‘zga tomonda xayrixohlik harakatlarini uyg‘otish; 



 

 



birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish va o‘zgada mas‘uliyat uyg‘otish.  



 



Ushbu vazifalani amalga oshirish muzokaraning muvaffaqiyatini ta‘minlovchi asosdir.   

Rahbar  vakolatidagi  imkoniyatlardan  kelib  chiqqan  holda  aytish  mumkinki,  

tashkilot  rahbari  olib  boradigan  muzokaralar  ichki  yoki  tashqi  turlarga  bo‘linishi mumkin. 

 Ichki  muzokaralar  tashkilot  ichidagi  muammoga  yo‘nalgan  bo‘lib,  

ushbu  muzokarani  qo‘llash  zarurati  mazkur  sharoitda  boshqaruvning  odatiy  

uslublari  o‘z  kuchini  yo‘qotganligi  bilan  asoslanadi.  Bundan  tashqari  tashqi  

muzokara  ham mavjud va  u  o‘z navbatida  bir  necha  darajaga  bo‘linishi  mumkin:  

mamlakat  doirasidagi  sohada,  sohalararo  va  xalqaro  muzokaralar.  qayd  etilgan  

pog‘onalarga  qanchalik  yuqori  ko‘tarilsak,  bunda  amalga  oshuvchi  muzokaraning  

ahamiyati  ham  shunchalik  oshib  boraveradi.  Xo‘sh,  qanday  holda  muzokaraga  

murojaat  etiladi  va  qay  sharoitda  muzokarasiz  ham  ish  ko‘rish  mumkin.  

 

Muzokaraga  murojaat  etish  hollari  quyidagicha:  bir  tomonlama  harakat  natija  

bermaydi;  masalaning  yechimi qonun bilan belgilanmagan;  masalani sudgacha  hal  

etish samaraliroq bo‘lgan taqdirda va shu kabi nostandart vaziyatlarda.   

Odatda  muzokaralarning  tashkiliy,  huquqiy,  axloqiy tomonlari farqlanadi va  

ular  muzokara  shakliga  ko‘ra  turlicha  mazmunga  ega.  Masalan,  xalqaro  

munosabatlar  sohasidagi  muzokaralar  aniq  qayd  etilgan  qoida  va  me‘yoriy  

tomonlariga  ega  bo‘lsa,  xo‘jaliklararo  uchrashuvlar  doirasidagi  ko‘pgina  

uchrashuvlar  tomonlarning  qo‘l  siqishi  orqali  ham  tasdiqlanib  ketaveradi.  Lekin  

muzokara  qay  darajada  amalga  oshirilmasin  uning  natijasi  kelishuvdan  va  ushbu  

kelishuvni u yoki bu shaklda qayd etishdan iboratdir.   


Download 290,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish