Мавзу: Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси


MAVZU: ABU ALI IBN SINO IJODIDA MATEMATIKA



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/99
Sana11.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#347112
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99
Bog'liq
Мавзу Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси

 
MAVZU: ABU ALI IBN SINO IJODIDA MATEMATIKA 
 
1.
 
Ibn Sinoning asosiy ilmiy asarlari 
2.
 
Ibn Sino asarlarida fizika va matematika fanlariga doir masalalar. 
3.
 
«Donishnoma» asarida geometrik masalalari. 
4.
 
«Donishnoma» asarida arifmetika masalalari. 
Abu  Ali  ibn  Sino  980  yilda  Buxoroga  yaqin  Afshona  (hozirgi  Peshku  tumanidagi  Isfoniy 
qishlog`i)  qishlog`ida  tug`ilgan.  Otasi  Abdullo  o`sha  zamonda  hukmdor  bo`lgan  Somoniylar 
davlatida soliq yig`uvchi bo`lgan. 
Ibn  Sinoning  otasi  ilm  fanning  qadrini  bilgan  kishi  edi.  Ibn  Sino  besh  yoshga  etganda 
ularning  oilasi  Buxoro  shahriga  ko`chib  keladi.  Buxoro  shahri  bu  davrda  O`rta  Osiyoning  fan  va 
madaniyat markazlaridan biri edi. Buxoroda Somoniylar davlatining so`nggi namoyondalaridan biri 
bo`lgan Nux ibn Mansur hukmdorlik  qilar edi. 
Ibn  Sino  10  yoshligida  ko`p  bilimlarni  o`zlashtiradi,  u  o`zining  o`tkir  zehni  va  fanlarni 
o`zlashtirishdagi  qobiliyati  bilan  hammani  hayratda  qoldiradi.  O`g`lining  bunday  zo`r  qobiliyatini 
ko`rgan Abdullo Buxoroning eng ko`zga ko`ringan olimlarini chaqirib ibn Sinoni uyda o`qitadi. Ibn 
Sino ulardan falsafa, astronomiya, matematika, fizika kabi fanlardan dars oladi. Ko`p o`tmay uning 
muallimlari o`z bilimlari bilan ibn Sinoni qondira olmay qolganliklariga iqror bo`ladilar. SHundan 
so`ng  ibn  Sino  o`sha  zamonda  ma`lum  bo`lgan  barcha  fanlarni  mustaqil  o`rgana  boshlaydi.  U 
meditsinadan tashqari matematika va astronomiya fanlariga juda ko`p qiziqadi.. Bu fanlar sohasida 
yozilgan  mashhur  yunon  olimlari  Evklidning  «Negizlar»,  Ptolomeyning  «Almagest»  asarlari  va 
boshqalarni mustaqil o`rganadi. Bu asarlardagi juda ko`p murakkab geometrik masalalarni mustaqil 
hal  qiladi.  Qiyin  geometrik  jumlalarni  mustaqil  o`rganadi.  U  16  yoshga  etganda  ko`zga  ko`ringan 
tabib va donishmand bo`lib taniladi va Buxoro amiri Nux ibn Mansurning kasalini davolaydi. SHu 
xizmati evaziga  amirdan saroy kutubxonasidan foydalanishini iltimos qiladi. 
Ibn Sino 18 yoshida faqat Buxoroga emas, balki butun SHarqqa mashhur olim va tabib sifatida 
taniladi. 
Somoniylar  o`z  shon  –  shuhratlarini  oshirish  maqsadida  san`at  va  fan  ahllarini  bir  qadar 
qo`llab-quvvatlasalar  ham,  xalq  haddan  tashqari  og`ir  soliqlar  to`lashi  va  o`zaro  urushlarga 
tortilishlari  bilan  haddan  tashqari  ezilgan  edi.  SHu  sababli  norozi  bo`lgan  xalq  feodal 
ekspluatatorlarga  qarshi  chiqa  boshlaydi.  Buning  ustiga  qoraxoniylar  va  G`azna  hukmdorlari 
somoniylar sulolasiga havf sola boshlaydi va 999 yilda qoraxoniylar Buxoroni ishg`ol qiladi. SHu 
orada  ibn  Sinoning  otasi  vafot  etadi.  Bu  bilan  ibn  Sinoning  hayotidagi  tinch  ijodiy  osoyishtalik 
yo`qoladi.  SHu  sababli  1004  yilda  ibn  Sino  o`z  ona  vatanidan  chiqib  ketib  Xorazm  davlatining 


 
31 
poytaxti Urganch shahriga keladi. Xorazm shohi saroyida Abu Rayhon Beruniy, Abu Sahl Masihiy, 
Abu Nasr Iroq kabi olimlar bilan uchrashib, ular bilan birga ilmiy ishlar olib boradi. 
Lekin  bu  tinchlik  ham  uzoqqa  cho`zilmaydi.  CHunki,  G`azna  hukmdori  fan,  madaniyatga 
qarshi  ulomo  va  dindorlar  ta`siriga  berilgan  zolim  Sulton  Maxmud  o`z  shuhrati  uchun  olimlardan 
foydalanish  maqsadida  Xorazm  shoxidan  olimlarni  o`zining  saroyiga  yuborishini  talab  qiladi.  Bu 
havfdan  qutulish  maqsadida  ibn  Sino  1012  yilda  Abu  Sahl  Masihiy  bilan  Xorazmdan  yashirincha 
ketib  Xuroson  chegarasidagi  Obivard  (hozirgi  Turkmaniston  davlati  xududida)  shaharchasiga, 
undan  Niso  (hozirgi  Ashxobod  shahri  yaqinida  bo`lgan)  shahriga,  bu  erdan  Jurjon  shahriga  kelib 
yashirin  ilmiy  ishlar  olib  boradi  va  xalq  ommasini  davolash  bilan  shug`ullanadi.  Tez  orada  uning 
shon-shuhrati  Jurjon  viloyatining  hukmdori  Qobusga  etadi  va  u  ibn  Sinoga  katta  hurmat  ko`rsatib 
shu  shaharda  qolib  ochiq  ravishda  ish  olib  borishga  ijozat  beradi.  SHu  shaharlik  Abu  Ubaydullo 
Juzjoniy – ibn Sinoning eng iste`dodli shogirdi va sodiq do`sti bo`lib qoladi. 
Ibn  Sino  Jurjonda  o`zining  mashhur  «Tib  qonunlari»  asarining  boshlang`ich  bo`limlarini, 
«Qisqartirilgan Almagest» va boshqa asarlarini yozadi. 
Lekin bu erdagi ibn Sinoning tinch hayoti buziladi. Saroy o`zgarishi natijasija Qobus o`ldiriladi 
va taxtga uning o`g`li o`tiradi. YAngi hukmdor ibn Sinoni Sulton Maxmudning qo`liga topshirishga 
intiladi.  Bundan  habar  topgan  ibn  Sino  bu  erdan  ketib  eronning  Mazandaron,  Ray  va  boshqa 
shaharlarida yashirincha yashab, keyin Hamadonga keladi. Hamadon hukmdori SHamsud Davla ibn 
Sinoni  davlat  ishlaridan  habardor  ekanligini  bilib,  o`ziga  vazir  qilib  tayinlaydi.  Ibn  Sino  davlat 
ishlaridan  bo`sh  paytlarida  ilmiy  asarlar  yozadi.  SHamsud  Davla  vafot  etgandan  so`ng,  ibn  Sino 
to`la ravishda meditsina, falsafa, matematika va astronomiyadan asarlar yozadi. 
Ibn  Sino  butun  hayotini  turli  fanlar  sohasida  asarlar  yozishga,  kelajak  avlodlar  uchun  ilmiy 
meros  qoldirishga  sarflagan.  Tadqiqotchi  olimlarning  yozishicha  mehnatsevar,  g`ayratli  va  katta 
iste`dod egasi bo`lgan ibn Sino 400 dan ortiq asarlar yozgan. SHulardan atigi 240 tasigina hozirgi 
davrgacha etib kelgan va turli davlatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda xolos. 
 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish