Bog'liq Мавзу Математика фанининг тарихи, методи ва метадалогияси
MAVZU: UMAR XAYYOM IJODIDA MATEMATIKA REJA 1. Umar Xayyomning hayoti va ijodi. 2. Parallel to`g`ri chiziqlar nazariyasi va bu sohada Umar Xayyomning ishlari. 3. Umar Xayyomning algebra sohasida olib borgan ishlari. SHark klassik adabiyotining namoyondasi, o`zining ruboyotlari bilan butun SHarqda va
G`arbda mashhur bo`lgan Umar Xayyom matematika va astranomiya sohalarida ham shunday
masalalarni hal qilib, fan taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan. Umar Xayyom shoir, foylasuf,
matematik, astranom edi. U o`z zamonasining mashhur donishmandi va entsiklopedist olimi edi.
G`iyosiddin Abdulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopur shahrida 1048 yil 18 mayda chodir
tikuvchi kosib oilasida dunyoga keldi. Xayyom laqibini olishi otasining kasbiga ko`ra bo`lsa kerak.
Uning yoshligi saljuqiylar davlati hukm surgan davrda o`tdi. Umar Xayyom yashagan davrda turli
guruhlarning to`qnashuvi juda ko`plab sodir bo`ldi. Islom dinida har xil oqimlar paydo bo`ldi.
Bunday oqimlar o`z ta`sirini Xayyom ijodiga ham ko`rsatmay qolmadi. Xayyom yosh chog`ida
Balxda turdi. Jabrga tegishli asarining ko`p qismini Samarqandda yozdi. CHunki bu asarning
boshida, uning yozilishicha imkoniyat tug`dirgan shaxs Samarqandning ulug` qozisi Abu Tohir
(1089-1091) ekanligi yozilgan. Umar Xayyom Buxoro xokimi SHamsul-Mulk Qoraxoniy saroyida
ishlashga chaqirilgan. U saroyda uzoq vaqt turishini istamadi, 1074 yilda Nizomul-Mulk uni
isfahondagi observatoriyaga rahbarlik qilishga taklif etishi bilan u shaharga borib matematika,
astranomiya, falsafa fanlari bilan mashg`ul bo`ldi. SHu yilda «Risola fi al-barohin alo masoil al-jabr
va al-muqobala» (Jabr va muqobala masalalarining isbotlari haqida) nomli asarini yozib tugatdi. Bu
asarni 1851 yilda Vepke arabchadan frantsuzchaga tarjima qilib, sharhlar bilan nashr etgan. Bu
asarda Xayyomning «Mushkilot al-hisob» nomli asarini yozib tugatgani aytiladi. Bunda sonlardan
butun musbat ildiz topish uchun umumiy qoidani matematika tarixida birinchi bo`lib bergan. Biroq
bu asar zamonamizgacha etib kelmagan. Xayyom «Algebra» nomli kitobida juda ko`p masalalarni
chiziqli va kvadrat tenglamalarni echish, kubik tenglamalarning ildizlarini geometrik metodlar bilan
yasash kabi masalalarni hal qildi. U kubik tenglamalarni turli sinflarga bo`lib, har bir sinfni alohida
tekshirdi, kubik tenglamalarni konus kesimlari vositasi bilan echdi va ularni yasash metodlarini
bartaraf bayon etdi.
Evropa olimlari esa bunday masalalarni hal etishni Xayyomdan 5-6 asr keyingina topdilar.
Isfahon observatoriyasi eng katta observatoriya hisoblanib, unda Xayyom o`z zamonasining
mashhur astranom va matematiklari Abul-Abbosiy, Luqoriy, Abdurahmon Xorazmiy va boshqalar
bilan birga ishladi. Bu olimlar besh yil davomida ko`p hisoblashlar olib borib, 1079 yilda YAngi
kalendar‘ tuzib chiqdilar. YA`ni Xayyom boshchiligidagi matematiklar va astranomlar eron quyosh
kalendari reformasini o`tkazdilar. Bu kalendarga bir yil 365, 24242 o`rtacha kundan iborat bo`lib,
buning aniqlik darajasi shunchalikki, 4500 yilda bir sutka xato bo`ladi. Bu kalendarning grigorian
kalendariga nisbatan aniqligi ortiqdir. Umar bu tekshirishlarni «Ziji-Malikshohi» nomli asarda
bayon etganlar.