,
ya`ni odat bo’lib qolgan ko’nikmalar
,
raqobat,
hirsga bo’ysunish, hokimiyat uchun kurash va shu kabilardan tozalab olishing lozim». Ajoyib talant
egasi bo’lgan Beruniy o’z tekshirishlari
da
tajriba va kuzatishlarga katta ahamiyat beradi. Uning fan
sohasidagi tekshirish usullari hozir ham o’rganilmoqda va turli tabiiy fanlarga tatbiq etilmoqda.
II.2.2. BERUNIYNING ASOSIY ASARLARI VA ULARNING QISQACHA
MAZMUNI
Mashhur sharqshunos olimlar V. R. Rozen, V. V. Bar-tol’d
,
A. A. Semyonov, S. P. Tolstov,
A. M. Belenitskiy, I. Yu. Krachkovskiy
,
S. Mirzoev, U. Q. Karimov, Yu. N. Zavvadovskiy,
A.Axmedov, S.X.Sirojiddinov va boshqalar Beruniy hayoti va ijodiy faoliyati sohasida ilmiy ishlar
olib borib, bir qan
cha
asarlar yozdilar. Turli fanlar — matematika, astronomiya, mexanika,
geodeziya va boshqalar sohasida Beruniy tomonidan yerishilgan yutuqlarni o’rganish va ular haqida
ilmiy asarlar yaratishda olimlar A. P. Yushkevich, B. A. Rozenfel’d, G’. J. Jalolov, P. G. Bulgakov,
X. A. Sodiqov, S.X.Sirojiddinov, G. P. Matvievskaya, M. M. Rojanskaya, A. Ahmedov, G’. Yo.
101
Umarov, chet el olimlaridan G. Zuter, e. Videman, I. Frank, Q. Shoy, e. S. Kepnedi va boshqalar
chuqur ilmiy izlanishlar olib bordilar. Bu olimlar, Beruniy ijodiy faoliyati fan tarixida butun bir
davr tashkil etishini isbotladilar. Buyuk olim Beruniyning eng katta asarlari quyidagilardan iborat:
1. Beruniy o’zinnng birinchi yirik asari «Al-osorul-boqiya
»
(«Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar»)ni 27 yoshida yozdi. Asarda muallif o’zidan avval o’tgan ko’plab olimlarning
astronomiya, matematika, geografiya va boshqa fanlar sohalarida yerishgan yutuqlarshsh aks ettirdi
.
Beruniy bu asarida qadimgi va o’z zamonidagi turli xalqlarning, jumladan, arablar, yeroniylar,
sug’diylar, xorazmiylar, yunonlar, rimliklar, hindlar va boshqa xalqlarning yil hisoblari, yillardagi
mashhur oylari, haftalari va kunlari, turli bayramlari va boshqa urf-odatlari haqida qimmatli
ma`lumotlar keltiradi. Beruniy bu asarida keltirgan qadimgi xorazmiylar va sug’diylarning
kalendarlari haqida keltirgan ma`lumotlari serquyosh o’lkamizning uzoq o’tmishi tarixi haqidagi
yagona va qimmatli sahifalardir. Bu ma`lumotlar fan tarixida juda katta ilmiy ahamiyatga egadir.
Asar arab tilida yozilgan bo’lib, uni Zaxau 1878 yilda arabchada va 1879 yilda ingliz tilida
Londonda nashr qilgan. Bu asar 1943 yilda Tehronda fors tilida nashr qilindi.
Bu klassik asarning birinchi marta rus tilidagi to’la izohlangan nashri 1957 yili Toshkentda
O’zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshirildi. 1968 yil Toshkentda asarning
o’zbekcha tarjimasi ham bosildi.
2. Beruniy 1031 yilda yozib tugatgan 80 bobdan iborat «Hindiston» nomli mashhur
asarining ancha qismi astronomiya fanining turli masalalariga bag’ishlangan bo’lib, qolgan
bo’limlarida Hindiston xalqlarida geografiya, tarix, filologiya, astronomiya va boshqa fanlarning
taraqqiyoti, hindlarning diniy qarashlari, urfodatlari, etnografiyasi bayon etilgan.
Ma`lumki, yunon olimi Ptolemey olam tuzilishi haqidagi o’z asarlarida geotsentrik
nazariyani bergan. Bu nazariyaga asosan olam markazi yer shari hisoblanadi. Ya`ni yer
harakatlanmasdan turadi, uning atrofida Oy, Quyosh va planetalar o’z orbitalari bo’ylab aylanadi va
eng tashqarisida qo’zg’almas yulduzlar joylashgan sfera deb hisoblanar edi. O’rta asrlarda Sharq va
G’arb mamlakatlarida olam tuzilishi haqida mana shu nazariya hukm surgan edi.
Ammo bu nazariya bilan birga, juda qadimiy davrlardayoq unga qarama-qarshi bo’lgan
boshqa bir nazariya ham paydo bo’lgan edi. Ba`zi bir yunon olimlari, shuningdek, hind olimlari
ham olamning markazida Quyosh turadi, yer shari esa Quyosh atrofida aylanadi, deb yangi
nazariyani olg’a surdilar. Bu geliotsentrik nazariya bo’lib, u XVI asrda polyak astronomi N.
Kopernik tomonidan ilmiy ravishda asoslandi.
O’rta asrlarda din geotsentrik nazariyani e`tirof etgan edi. Chunki bu nazariya yer
harakatlanmaydi degan dogmani tasdiqlar edi. Bu nazariyadan chetga chiqish din bilan
ziddiyatlashishga olib kelar edi.
Beruniy olam tuzilishi haqida ko’p ma`lumotlarni o’zining astronomik asarlarida bayon
etgan. O’zining «Hindiston» asarida hindlarning astronomik ta`limotlari haqida so’zlayotib, olam
tuzilishi haqida ham geotsentrik, ham geliotsentrik nazariyalar astronomik hodisalarni
tushuntirishda tatbiq etilishi mumkin degan fikrni niqoblangan shaklda aytadi. Beruniy o’zi
geotsentrizm tarafdori bo’lgan bo’lsa ham uning bu fikr va mulohazalari yer harakatsiz turadi degan
nazariya to’g’riligiga shubha tug’dirdi va shunday qilib, fanni dinga qarshi qo’ydi. Din hukmronlnk
qilgan davrda bunday fikrni olg’a surishdi, Beruniyning o’tkir aql egasi va jasoratli olim ekanligini
ko’rsatadi.
«Hindiston» asarining XIII va XVI boblarida arifmetikaga doir masalalar, XV, XXIII va
XXIV boblarida esa geometriyaga doir masalalar bayon etilgan.
Beruniyning «Hindiston» asari arab tilida Londonda 1887 yilda nashr qilingan. Uning
inglizcha tarjimasi esa 1888 va 1910 yillarda nashr qilingan. Bu klassik asarning rus tilidagi
tarjimasi 1963 yilda Toshkentda nashr etildi. 1965 yilda «Hindiston» asari Toshkentda o’zbek
tilida nashr etildi.
3. Beruniy 1029- 1034 yillar orasida yozgan «Qitob at-tafhim» asarida astronomiya va
geodeziya bo’limlaridan tashqari. geometriya va arifmetikaga doir bo’limlarni kiritadi. Beruniyning
bu asari, boshqa asarlaridan farqli o’laroq savol-javob tarzida tuzilgan xamda u arabcha va forscha
nusxalarda bizgacha etib kelgan.
102
Asarning inglizcha tarjimasi arabcha nusxasi bilan birga 1934 yilda R. Rayt tomonidan
Londonda nashr etilgan. Fors tilidagi varianti 1939 yilda Tehronda nashr etildi. 1973 yilda bu kitob
tojik tilida Dushanbeda va 1975 yilda Toshkentda rus tilida nashr etildi. (B, A. Rozenfel’d va A.
Ahmedov tarjimasi). «Kitob at-tafhim» asarining arabcha qo’l yozmalari Oksford, Berlin
va
Parij kutubxonalarida, fors tilidagi qo’l yozmalari Toshkentda O’zbekiston Fanlar
akademiyasining Sharqshunoslik institutida, Britaniya muzeyida, Tehron milliy kutubxonasida
saqlanmoqda.
Kitobda 533 ta savollar va ularning javoblari bo’lib, bulardan oldingi 119 tasi matematikaga
tegishlidir. 1 — 37 savollar planimetriyaga doir, 38 — 56 savollar nisbatlar nazariyasiga, 57 — 71
savollar stereometriyaga, 72 — 95 savollar muzika nazariyasiga, 96 — 108 savollar arifmetikaga,
109 — 115 savollar algebra va harflar bilan hisoblashga, qolgan savollar astronomiyaning turli
masalalariga, astrologiyaga va geodeziyaga bag’ishlangan.
Arifmetika, algebra va sonlar nazariyasiga bag’ishlangan bo’limlarning mundarijasi
qisqacha shundan iborat: Beruniy eng avval son tushunchasiga ta`rif beradi. «Son — birliklardan
iborat to’plamdir». Bu ta`rif Evklid tomonidan son uchun berilgan ta`rifga o’xshash bo’lsa ham,
lekin Beruniy kasr uchun ham ta`rif beradi. Bir sonini shartli bo’lish mumkinligini, masalan,
og’irlikni, hajm va yuzlarni o’lchash vaqtida o’lchov birliklarini bo’lish mumkinligini yozadi.
Beruniy 60 lik kasrlarni va pul birliklari. yuzlarning o’lchov birliklarini taqsimlashdan kelib
chiqadigan kasrlarni ta`riflaydi.
Bundan keyin natural sonlar, juft va toq sonlar,
Do'stlaringiz bilan baham: |