99
engib, qiyinchiliklarga bardosh berdi va ilmiy-ijodiy ishlarini zo’r mahorat bilan davom ettirdi. U
doim vatanini qo’msab yashadi. Bu yillarda astronomiya to’g’risida va planetalar harakati xaqida
kitoblar yozdi. 1025 yilda «Geodeniya» asarini yozib tugatdi.
Beruniyning fan sohasidagi shon-shuhrati boshqa mamlakatlarga yoyila boshladi. Uni
iste`dodli, ajoyib olim sifatida taniy boshladilar.
Sulton Mahmudning poytaxti G’azna bo’lib, u Hindistonning shimoliy va g’arbiy
territoriyasini o’z mamlakatiga qo’shgan edi. Mahmud o’zining Hindistonga qilgan harbiy
yurishlariga saroy olimlarini ham olib borardi
.
Shuning uchun Beruniy ko’p yillarni Hindistonda
o’tkazdi. U hind xalqining madaniyati va fani, turmushi va adabiyotiga juda qiziqdi va uni o’rgandi.
U qadimiy hind tili — sanskrit tilini o’rgandi, bir qancha hind olimlarining asarlarini arab tiliga
tarjima qildi. Yunon matematiklarining o’lmas asarlari hisoblangan Evklidning «Negizlar» nomli va
Ptolemeyning «Almagest» nomli asarini sanskrit tiliga tarjima qildi. Beruniy bu ajoyib
mamlakatning ko’p shaharlarida bo’ldi, undagi xalqlarning turmushlariga va to’plagan
materiallariga asosan 1031 yilda «Hindiston» nomli kitobini yozib tugatdi.
Bu kitobda hindlarning matematika va astronomiya fanlari sohasidagi ilmiy ishlari va bu
fanlarning taraqqiyoti bayon etilgan. Shuningdek, bunda XI asrgacha hind xalqining madaniyati va
turmushi, falsafa, tarix, geografiya va boshqa fanlarning ham taraqqiyoti bayon etilgan.
Hindiston respublikasining mashhur jamoat va davlat arbobi marhum Javohirlal Neru,
o’zining «Hindistonning kashf etilishi» asarida hind fani, madaniyati, tarixi haqida o’zining
qimmatli fikrlarini tarix sahifalariga yozib qoldirgan mashhur olim Beruniyni hurmat bilan tilga
oladi.
«Beruniy—deb yozadi Neru—yunon falsafasini bilib olib, hind falsafasi bilan tanishish
uchun sanskrit tilini o’rgandi. Beruniy hind va yunon falsafasini bir-biri bilan solishtirib, bulardagi
umumiylikni ko’rib hayratda qoldi. Beruniyning kitoblari faqat ilmiy ma`lumotlar emas, balki
urush, talon-toroj, ommaviy qirg’inlar bo’lishiga qaramay, fan ahllari o’z ishlarini davom
ettirganliklarini ko’rsatib beradi. Ikki orani nafrat va xudbinlik kayfiyatlari buzib turgan paytlarda
ham Beruniy begona millat odami bo’la turib, bu o’lka kishilari ahvolini tushunishga harakat
qiladi».
Beruniy «Hindiston» asarini yozish bilan faqat Sharq mamlakatlariga emas, balki butun
Yevropa mamlakatlariga ham tanildi. Sharq va G’arb olimlari shu kitob orqali qadimiy o’lka —
Hindistonning fani va madaniyati bilan tanishdilar.
Beruniy o’z vatani Xorazmdan uzoq joylarda, G’aznada va Hindistonda yashab turgan
vaqtlarida, o’z ona Vatani bilan, undagi yor-birodarlari bilan mahkam aloqada bo’ldi. Buni shu
bilan isbotlash mumkinki, uning 1029—34 yillar orasida yozgan «Astronomiyadan a
SOSIY
boshlang’ich ma`lumotlarni tushuntiruvchi kitob» («Kitob at-tafhim») asari uning xorazmlik do’sti
Hasanning qizi Rayhonaga bag’ishlangan.
Beruniy o’zining o’lmas asari «Qonuni Mas`udiy»ni yozish bilan astronomiyaning o’z
zamonigacha bo’lgan holatini fan tarixida yozib qoldirdi. Beruniy bu asarini yozishda, qadim
zamonlardan boshlab, to o’zi yashagan davrgacha bo’lgan matematika va astronomiya fanlarining
taraqqiyoti bilan tanishib chiqdi. Bu asarda astronomiya va matematikaga doir bilimlarni bayon
qildi.
Bulardan tashqari, Beruniy bir qancha boshqa asarlar yozdiki, ular orasida astronomiyaga
tegishli: «Quyosh xarakatini tekshirish», «Astrolyabiya xaqida risola». «Oy xaqida risola»,
«Farg’oniyning
astronomik
tekshirishlari»,
«Hind
astronomlari
savollariga
javoblar».
«Xorazmiyning astronomik ishlari haqida», «Planisfera haqida risola» va boshqa asarlar bor.
Beruniy asarlari orasida matematika fanining ko’p bo’limlariga tegishli bo’lgan va katta mahorat
bilan yozilgan asarlar bor, Masalan, uning «Trigonometrik funktsiyalarni soddalashtirish»,
«Yulduzlarni tekislikda tasvirlash», «Sfera nuqtalarini tekislikda tasvirlash», «Sferik yoyni aniqlash
haqida», «Evklid ishlariga izoxlar» asarlari shular jumlasidandir.
Beruniy tomonidan yozilgan bu ajoyib asarlar va uning turli tabiiy fanlar sohasidagi
progressiv fikrlari Sharq mamlakatlaridagi fan arboblariga katta ta`sir etdi, ular o’z ilmiy ishlarida
Beruniy g’oyalaridan
keng foydalandilar, uning usullari va fikrlarini yanada kengaytirdilar.
100
Mashhur astronom, matematik, faylasuf va shoir Umar Xayyom (1048—1131) o’zining
astronomik kuzatishlarida Beruniyning astronomik asarlaridan keng foydalandi xurosonlik
astronom va matematik Nasriddin Tusiy (1201 —1274), Beruniyning astronomiya va boshqa
sohalardagi asarlaridan keng ravishda foydalandi. Beruniyning ilmiy g’oyalari bu olimlar
tomonidan davom ettirildi. Beruniy mashhur olim — tabiatshunos, tabib Ibn Sino bilan bir davrda
yashagan, u bilan bir qancha vaqt birga ishlagan. Beruniy bilan Ibn Sino
olam tuzilishi haqida ilmiy
munozaralar olib
borganlar, bu munozaralarda olg’a surilgan g’oyalar astronomiya va fizika tarixida
katta ahamiyatga egadir.
Beruniy 1048 yilda G’azna shahrida (hozirgi Afg’oniston territoriyasida) vafot etdi.
O’zbek xalqining ajoyib farzandi mashhur olim Beruniy o’rta asrlarning mudhish azob-
uqubatlari va turli dahshat-qiyinchiliklariga qaramay, butun umrini fan va madaniyat taraqqiyoti
yo’lida sarfladi. Beruniy fan xazinasini shunday bebaho javohirlar bilan to’ldirdiki, butun insoniyat
bu bilan cheksiz faxrlanadi. Beruniy — entsiklopedist olim bo’lib, o’z davrining juda ko’p fanlari
sohasida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib bordi, qimmatli asarlar yaratdi. Mashhur olim
I.Yu.Krachkovskiy yozganidek, «Beruniy qiziqqan sohalarni sanab chiqishdan ko’ra, qiziqmagan
sohalarini sanab chiqish osonroq».
Beruniy tomonidan astronomiya, matematika, geodeziya, minerologiya, geologiya,
farmakologiya sohalarida olib borilgan ilmiy tekshirishlar bu fanlar tarixida juda katta ahamiyatga
egadir. Uning asarlarida Xorazm xalqining qadimiy tarixiga tegishli juda ko’p ma`lumotlar borki,
bular Xorazm xalqining fan va madaniyat tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Beruniy O’rta
Osiyo xalqlarining Hindiston xalqlari bilan madaniy aloqalar o’rnatish va bu aloqalarni
mustahkamlashda katta xizmatlar qildi. U o’zining mashhur asari «Hindiston» orqali bu ajoyib
mamlakatning fani, madaniyati va tarixi bilan butun dunyo xalqlarini tanishtirdi. Bu nodir asar
haqida akademik V. R. Rozen shunday deydi: «Bu yodgorlik- shu xildagi asarlar ichida yagonadir.
G’arb va Sharqning butun qadimiy va O’rta asr ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo’q.
Bu asar diniy, irqiy, milliy yoki tabaqaviy bid`atlar va xurofotlardan xoli bo’lgan xolisona tanqid
ruhi bilan, yangi fanning eng qudratli quroli, ya`ni qiyosiy metod bilan g’oyat to’la ravishda
qurollangan, ehtiyotkor va pishiq tanqid ruhi bilan sug’orilgandir... Undan chin ma`nodagi ko’lam,
bir so’z bilan aytganda, hozirgi zamon ma`nosidagi haqiqiy fan ruhi sezilib turadi. Beruniy turli
fanlarga doir 150 dan ortiq asarlar qoldirdi. Uning astronomiya sohasida yozgan 70 dan ortiq
asarlari O’rta asr astronomiyasining entsiklopediyasidir. «Mening hamma istaklarim, butun
vujudim, — deb yozgan edi Beruniy, — ilm tarqatishga qaratilgandir va men buni o’zim uchun eng
ulug’ baxt deb bilaman».
Beruniy olim bo’lish uchun eng zaruriy shart «kishining tabiatini pastlashtiradigan yomon
axloqdan, haqiqatni ko’rishga imkon bermaydigan xislatlardan o’zini tozalagandan keyingina
ilmiy tadqiqotga kirishish mumkin» — deb ta`kidlaydi.
Beruniy o’zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida yozadi: «Haqiqatni
bilish uchun avval o’z ruhingni kishilarni yo’ldan ozdiruvchi yomon xususiyatlardan va odamni
haqiqat oldida ko’r qilib qo’yuvchi sabablardan
Do'stlaringiz bilan baham: