O'zbekiston Markaziy bankining siyosiy mustaqilligi: 1. Markaziy bank Raisi hukumatning aralashuvisiz
tayinlanadi (1 ball).
2. Markaziy bank Raisi 5 yilga tayinlanadi (0 ball).
3. Boshqaruv a’zolari Hukumatning ishtirokisiz
tayinlanadi (1 ball).
4. Boshqaruv a’zolarining vakolat muddati
belgilanmagan (0 ball).
5. Boshqaruvda hukumat vakillari ishtirok etmaydi (1
ball).6 . Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlami
Hukumat tomonidan mahqullanishi qonun hujjatlarida
belgilanmagan (1 ball).
7. Markaziy bank to'g'risidagi qonunda baholar
barqarorligini ta’minlash majburiyati Markaziy bankka
majburiyat sifatida yuklanmagan (0 ball).
8. Markaziy bank va Hukumat o'rtasida qaramaqarshilik
yuzaga kelganda, Markaziy bankning pozitsiyasini
kusaytirish imkonini beradigan qonunchilik me’yorlari
mavjud emas (0 ball).
Jami: 4 ball. 288
0 ‘zbekiston Markaziy bankining iqtisodiy mustaqilligi: 1. Hukumatning avtomatik tarzda kreditlash jarayoni
mayjud emas (1 ball).
2. Hukumatga bozor stavkalarida kredit berish
Markaziy bank to'g'risidagi qonunda ko‘zda tutilmagan (0
ball).
3. Hukumatga beriladigan kreditlar malum muddatga,
kredit shartnomasi asosidaberiladi (1 ball).
4. Markaziy bank tomonidan hukumatga beriladigan
kreditlar bo'yicha cheklovlar Markaziy bank to'g'risidagi
qonunda ko'zda tutilmagan (0).
5. Markaziy bank Hukumat qimmatli qog'ozlari
birlamchi bozorining ishtirokchisi emas (Markaziy bank
to'g'risidagi qonunning 25-moddasi) (1 ball).
6. Markaziy bank o'zining foiz stavkalarini mustaqil
belgilaydi (Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunning 27-
moddasi) (1 ball).
7. Markaziy bank tijorat banklari, nobank kredit
tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi (0 ball).
Jami: 4 ball. GMT indeksi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining mustaqillik darajasi 8 ballni tashkil
qilgan bolib, bu ko'rsatkich o'rta darajadagi mustaqillik
darajasini anglatadi.
Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash
har bir mamlakat uchun bank tizimining nazorat
qilinishida va eng asosiysi malakatda monetar siyosatning
qay darajada olib borilishini baholashda muhim o'rin
tutadi.
Markaziy bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank
amaliyotida turli xil yondashuvlar mayjud. Ulardan
so'nggilari sifatida “The New Index for Central Bank
Independence” reytingli baholash ko'rsatkichini keltirish
mumkin. Ushbu ko'rsatkich 0-36 ballgacha oraliqda
Markaziy bank mustaqillik darajasini aniqlaydi. Bunda
asosiy mezon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar
siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va
289
Moliyaviy mustaqillik (MM) ko'rsatkichlariga jaratilgan
holda ular ham tarkiban balli baholashga asoslanadi.
A. Monetar siyosat mustaqilligi (MSM) Al. Markaziy bankning konservativlik darajasi yoki samarali maqsad va vazifalami o'matishdagi mustaqilligi: 1) Monetar siyosatning maqsadi faqatgina baholar
barqarorligi yoki baholar barqarorligi asosiy hisoblanib, u
uzoq muddatga moljallangan monetar siyosatning vazifasi
bolsa (3 ball.) 2) Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi va
boshqa aspektlar, masalan, moliyaviy barqarorlik, valyuta
kursi barqarorligi hamda bank sektori barqarorligini
ifodalasa (2 ball). 3) Monetar siyosatning maqsadi baholar barqarorligi va
iqtisodiy o'sish hamda ish bilan bandlik barqarorligini
ifodalasa (1 ball). 4) Monetar siyosatning maqsadi to'g'ridan-to'g'ri
iqtisodiy o'sish va ish bilan bandlik barqarorligini qisman
ta’minlasa yoki baholar barqarorligini ta’minlashga imkoni
yo‘q bolsa (0 ball).