платежного оборота).
Nemis Federal bankining vazifalari, maqsadlari va
yo'nalishiga yaqinroq bolgan Avstriya Milliy bankini misol
tariqasida keltirish mumkin. Markaziy bankning vazifasi
qonunda umumlashgan holda aks etgan va ayni vaqtda
uning ruxsat etilgan operatsiyalari aniq ko'rsatilgandir.
Avstriya bank qonunchiligining o'ziga xos xususiyati
bolib, uning Markaziy bank qonunchiligida qatnashish
huquqiga ega ekanligi hisoblanadi.
Pul-kredit sohasiga tegishli qonun loyihalarining
hammasi Markaziy bankka ko'rib chiqish uchun malum
vaqtga beriladi va uning roziligidan so'nggina tasdiqlanadi.
O'zbekiston Respublikasining “Markaziy bank haqida”gi
qonunida Markaziy bankka quyidagi vazifalar yuklatilgan.
Bular:
•pul muomalasini tartibga solish;
•so'mning qadrini oshirishni ta’minlash;
•pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga
oshirish;
•tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari
faoliyati ustidan nazorat oVnatish;
297
• tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha operatsiyalami
amalga oshirish;
• davlatning tashqi qarzini tolash va oltin-valyuta
rezervlarini boshqarish.
Qonun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga pulkredit
siyosati mexanizmlarini tanlashda katta darajada
mustaqillik bergan. Misol tariqasida, kreditlaming foiz
stavkasini, banklarga o'matilgan iqtisodiy normativlami,
qimmatbaho qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan
operatsiyalami, majburiy rezervlar miqdorini aniqlash va
shu kabilami keltirish mumkin.
Bu borada Angliya Markaziy banki mavqei
o'zgachadir75. Uning asosiy vazifalari qonuniy tartibda ham
qayd qilinmagan, shu bilan birga Moliya Vazirligiga ham
bo'ysunmaydi. Angliya Markaziy bankining vazifalari bu
sohada milliy urf-odatlarga tayanadi, bu esa o'z navbatida
Angliya bankini tashkil topishdagi tarixiy hujjatlariga
asoslanadi.
Bir qator mamlakatlarda, masalan, AQSh, Shvetsiya,
Buyuk Britaniya va Italiyada Markaziy bank vazifalarining
ta’rifi qonunda qayd etilmagan yoki umumiy holda
ko'rsatilgan, xolos. Shunday bolsa ham, ikkala guruhda
juda mustaqil va shu bilan birga qaramroq bolgan
markaziy banklar bordir.
Shundan kelib chiqib, bu omilning ta’sirini faqatgina
Markaziy bankning tashkil topishi sharoiti va urf-odatlar
tahlili bilangina ko'rish mumkin. Markaziy bankning vazifa
va maqsadlari qonunda aniqlanish faktori shu sababli
ikkinchi darajali rol o'ynaydi.
Markaziy bankning mustaqilligining belgilovchi
omillardan biri bolib, uning pul-kredit siyosatiga davlat
organlarining aralashishini qonun bo'yicha qanchalik
darajada o'matilganligidadir. Bu omil birinchi galda
Markaziy bankning siyosiy mustaqillligiga ta’sir ko'rsatadi.
Mustaqillik darajasi nisbatan past bolgan markaziy
banklarga misol qilib, Fransiya va Italiya markaziy
banklarini ko'rsatish mumkin.
Mazkur mamlakatlarda pul-kredit siyosati yo'nalishini
hukumat belgilashi Qonun bilan mustahkamlangan.
Markaziy bank esa hukumat koYsatmalarini bajaradi va
unga maslahatchi vazifasini otaydi.
Ikkinchi jahon urushi vaqtidan boshlab Fransiya banki
Moliya Vazirligi qaramog‘idadir. Pul bozoridagi
interventsiyaning tashabbuskori ham, nemis markasiga
nisbatan frantsuz frankini kursini ushlash masalasi
hamda Yevropa Hamjamiyati bozorini tashkil topishda
valyuta operatsiyalarini tartibga solishda ham hukumat
ishtirok etmoqda.
Albatta Fransiya Markaziy banki tomonidan
hukumatning pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi
harakatini qoralab chiqishlar boldi. Masalan, 1982 yilda
Markaziy bank Moliya Vazirligi talabiga binoan
hukumatning kreditlayotgan summa miqdorini oshirishdan
bosh tortdi. Biroq, Raisga qarshi tazyiq (siquv)lar boldi va
Fransiya banki odatdagidek Moliya Vazirligi koVsatmasiga
bo^sinishga majbur boldi.
Pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishini qonun
bo'yicha ko'rsatilganligi va uning darajasi kengligi omiliga
keyingi mamlakatlar guruhini Buyuk Britaniya,
Gollandiya, Shvetsiya va Yaponiya mamlakatlari egallaydi.
Bu mamlakatlarda davlat organlarining Markaziy bank
siyosatiga aralashishi, unga yol-yo'riq ko'rsatishi, uning
qarorini bekor qilishi va shu kabilar Qonunda aniq
belgilangan.
Angliya Markaziy banki tashkil topishda o'zining
haqiqiy mustaqilligini yo'qotgan. Davlat bilan Markaziy
bank o'rtasidagi munosabatlar 1946 yilda chiqazilgan
“Angliya banki haqidagi qonun”ning 1-bolimining 4-bandi
bilan tartibga solinadi. Shu qonunga muvofiq, Moliya
Vazirligi Markaziy bank ustidan sezilarli ta’sir o'tkazish
uchun rasmiy huquqni olgan. Shu sababli, Angliya banki
vazifalami bajarishdagi mustaqilligini yo'qotdi va u
hukumat siyosatiga jiddiy qarshilik qila olmaydi.
Angliya banki ma’muriyatining fikrlari Moliya Vazirligi
tomonidan tinglanadi va pul-kredit siyosati masalalarini
299
echishda e’tiborga olinadi, biroq, Angliya bankining pulkredit
siyosati Moliya Vazirligining oddiy qarorini o'zida aks
etadi. Faqatgina Angliya banki ma’muriyati a’zolarining
professionalliklari, biznes aloqalari va obro'-e’tiborlari
ulaming hukumat siyosatiga nisbatan bolgan mustaqilliklarini
o'zida namoyon qiladi.
Angliya banki faoliyat ko'rsatishga nisbatan ko'proq
ta’sir ko'rsatishga ega. Daniya va Avstriya Markaziy
banklari esa pul-kredit siyosati yuritishda hukumatning
aralashuvidan mustaqillik darajasi bo'yicha oldingi
o'rinlarda turishadi. Bu davlatlaming qonunchiligi
hukumatning Markaziy bankining pul-kredit siyosatiga
aralashuviga rasmiy ravishda yol qo'ymaydi, biroq,
markaziy banklami hukumatning iqtisodiy siyosatiga
moslab siyosat yuritishlarini o'zaro moslashni talab qiladi.
Avstriya Milliy banki faoliyati ustidan nazoratni Moliya
Vazirligi olib boradi. Moliya vaziri bank faoliyatining
qonuniyligi bo'yicha qonun oldida javobgardir. U davlat
komissari va uning o'rinbosarlarini tayinlaydi, ular Bosh
Kengashning yig'iUshlarida o'z ovozlari bilan ishtirok
etishlari mumkin hamda spravka va tushuntirish xatlarini
talab qilishlari mumkin. Davlat komissari Markaziy bank
Bosh Kengashining qarorini orqaga surishga haqqi bor,
albatta agar bu qaror komissaming fikricha amal
qilayotgan qonunchilikka zid kelsa.
Biroq, Markaziy bank qonunda ko'rsatilgan faoliyatni
va operatsiyalami amalga oshirsa, davlat komissari ham
Moliya vaziri ham aralashishga huquqi yo'q. Shu orqali bir
tomondan, Avstriya Milliy banki mustaqilligi qonun bilan
mustahkamlangan, boshqa tomondan esa, davlat organlari
Markaziy bank siyosatiga bevosita rahbami saylab va
nazorat o'matib ta’sir ko'rsatishi mumkin.
Oxirgi to'rtinchi guruh mamlakatlarga Germaniya va
Shveytsariyani ajratib ko'rsatish mumkin-ki, bu
davlatlaming markaziy banklari eng mustaqil bolib
hisoblanadi. Bu mamlakatlar qonunchiligida davlatning
Markaziy bankning pul-kredit siyosatiga aralashuvi
ko'rsatilmagan. Shveytsariya Markaziy bankini hukumat
iqtisodiy siyosatiga moslashishi xususida qonunchilikda
qayd qilinmagan. Germaniyada Markaziy bank siyosati
mamlakat hukumatidan qonun bo'yicha mustaqil qilib
belgilab qo Qilgan. 1924 yilda Germaniyada bolgan
inflyatsion krizis davrida aniq boldiki, Markaziy bank
faoliyatini hukumat ta’siridan chegaralash kerak. FRG
emissiya bankining toliq mustaqilligi 1948 yilda qayta
tiklandi.
AQShning Federal Rezerv Tizimidan farqli ravishda
Nemis Federal banki parlamentga hisobdor emas, u o‘z
faoliyati vakolatini “Nemis Federal banki haqida”gi qonunga
muvofiq amalga oshiradi.
Bank bilan Federal hukumat oVtasidagi o'zaro
munosabatlar “Nemis Federal banki haqida”gi qonunda
quyidagicha ta’riflangan: “Nemis Federal banki o‘z
vazifalariga muvofiq tarzda hukumatning umumiqtisodiy
siyosatini qollab-quwatlashga majbur. Qonunda belgilanishicha
u o‘z majburiyatlarini bajarishda hukumatga
boysinmaydi”. *76
50-yillaming o'rtalaridan boshlab Nemis Federal banki
o‘z siyosati oldiga bosh maqsad qilib “nemis markasini
barqarorligini himoyalash va inflyatsiyaga qarshi kurash”
qilib belgiladi. Bu maqsad, 1957 yilgi “Nemis Federal banki
haqida”gi qonunda o‘z ifodasini topgan va mustaqilligi
poydevorining asosiy qismini tashkil etadi. Nemis Federal
banki va hukumat oVtasidagi o'zaro munosabat savolining
boshqa tomoni ham qiziqarlidir. Aniqrog'i, Nemis Federal
Hukumati Markaziy bankning yuqori darajadagi
mustaqilligini qanday baholaydi. Konrad Adenauer
hukumatning Markaziy bankni mustaqilligiga munosabati
pozitsiyasini ta’riflab: “Markaziy bankning mustaqilligi
doimo ma’qul emas, lekin bu juda xotiijam qiladi” deb
aytgan.77 Biroq, bunday hamjihatlik tabiiyki doimo amalda
bolmaydi. Ko'pgina markaziy banklardan, shu jumladan,
hukumatdan mustaqilligi bilan nom chiqazgan milliy
mavqeini, shuningdek, mamlakat hukumati bilan o'zaro
munosabatlarini tahlil qilar ekanmiz, uning pul-kredit
tizimi va hukumat organlari o'rtasida oddiy vositachi
emasligini, balki malumot, tadqiqot, tartibga soluvchi va
nazorat qiluvchi markaz ekanligini alohida ta’kidlashni
istardik.
Biroq, mamlakat pul-kredit sohasidagi Markaziy
bankning mustaqillik darajasi savoli hanuzgacha
munozarali holatda qolmoqda. Milliy pul birligini qadrini
oshirish bilan bogliq chora-tadbirlar faqatgina pul-kredit
Hukumat bilan Markaziy bank o'rtasidagi kreditlash
borasidagi o'zaro munosabatlami jahon normasiga
moslash uchun 1 yilgacha beriladigan kreditlardan
tashqari hamma zayomlami Davlat qarz obligatsiyalari
sifatida qayd etish lozim. Shu holatda O'zbekiston banki
ochiq bozorda operatsiyalar o'tkazib, davlatning ichki
qarzini investorlarga foydaliroq shartlarda qayta
taqsimlashi mumkin.
Shveytsariya, Italiya, Shvetsiya va Daniyada hukumatni
kreditlash hajmini chegaralash rasman mayjud emasligi,
ulaming markaziy banklarining bu mezon bo'yicha
davlatga qattiq qaramliklarini ko'rsatadi.
Shular orqali, tahlil qilingan beshta omil ichidan uchta
asosiy (aniqrog'i: 2,4,5) va ikkita qo'shimcha (1 va 3) omilni
ajratish mumkin. Markaziy bankning hukumat boshqaruv
organlaridan mustaqilligini belgilovchi asosiy obyektiv
faktorlarga:
• bank rahbarini saylash va ishdan ozod qilish tartibi;
• pul-kredit siyosatiga davlatning aralashishi huquqi;
• hukumatni Markaziy bank tomonidan kreditlashni
chegaralanganligini mavjudligi va qat’iyligini ajratib
ko'rsatish mumkin.
Markaziy bank kapitalida davlatning ulushini va
qonunchilikda Markaziy bankning maqsadi va vazifalarini
aniq belgilanganligi yuqoridagi tahlildan ko'rinib turibdiki,
u Markaziy bank mustaqilligi darajasini belgilashda hal
qiluvchi rol otynamaydi va ular ikkilamchi omillar bolib
hisoblanadilar.
Yuqorida qayd etilganlar asosida shunday xulosa qilish
mumkinki, rivojlangan mamlakatlar markaziy banklari
o'zlarini mustaqil ta’sir o'tkaza oladigan institut sifatida
koVsatishlari zarur. Bu bir tomondan, ularga qonun
asosida ruxsat etilgan instrumentlar yordamida
iqtisodiyotni tartibga solishni amalga oshirish huquqini
ko'rsatish mumkin. Bu davlatlarda hukumatni kreditlash
mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlanadi hamda
qonun bo'yicha qat’iy mustahkamlangandir.
Xuddi shu guruhga O'zbekiston Respublikasi Markaziy
bankini ham kiritish mumkin. Qonunning 48-moddasida
bu haqda quyidagicha bayon etilgan:
“Kreditlar hukumatga Oliy Majlis tasdiqlagan miqdorda,
erkin muomalada boladigan va olti oylik muddat ichida
qiymati tolanadigan qarz majburiyatlari ko'rinishida,
tasdiqlangan davlat qimmatli qog'ozlari garovga qo'yilishi
sharti bilan beriladi. Bunday qimmatli qog'ozlar Moliya
Vazirligi tomonidan chiqariladi, bozor stavkasi bo'yicha
tolanadigan daromad manbaiga ega boladi va Markaziy
bankka topshiriladi. Kredit muddatlari erkin muomaladagi
qarz majburiyatlarini tolash muddatlariga muvofiq kelishi
lozim.
Kredit berish hukumat va Markaziy bank o'rtasida
alohida kredit shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi,
unda kreditning miqdori, qaytarilish muddatlari,
tolanadigan foizlar normasi va ssudani uzish tartibi
kelishib olinadi.
Markaziy bank hukumatga obuna bo'yicha badallar
uchun yoki respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga
a’zoligidan kelib chiquvchi boshqa tolovlar uchun ancha
uzoq muddatli kreditlar berishga haqli.
Markaziy bank hukumatga ushbu moddada nazarda
tutilganlardan tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga
haqli emas”.*78
Biroq, iqtisodiy krizis, ishlab chiqarish hajmini
pasayishi hamda inflyatsiyani o'sish tendentsiyasi davom
etayotgan davrda Markaziy bankning byudjetni engilliklar
bilan davlat qimmatbaho qog'ozlarini chiqarmasdan
moliyalashtirishi davom etmoqda. O'zbekiston bankining
banklardan farqli ravishda Nemis Federal banki amaliyotda
o'zining alohida mavqega ega ekanligini bir necha bor
isbotladi.
Bunga misol tariqasida “qo'shilish” munosabatining
birinchi kunidan boshlab Nemis Federal banki tomonidan
kalendar yilga pul massasini chegarasini qattiq belgilashini
va unga amal qilishini, G'arbiy va Sharqiy Germaniyani
qo‘shilishidan so'ng yangi federal erlami rivojlantirish
uchun moliyalashtirish bo'yicha sabab bolgan
munozaralarga imtiyozli yondoshilmagan holda siyosat
yurgizganligini keltirish mumkin.
Nemis Federal bankining o‘sha vaqtdagi prezidenti Karl
Otto Pel bank islohotining boshidan boshlab uning hamma
mexanizmlari yagona bank tizimini rivojlanishi yo'nalishiga
istisno va engilliklarsiz amalga oshishi uchun qat’iy turdi.
Markaziy bankning mustaqilligining beshinchi omili
hukumatni kreditlashni chegaralanganligini qonunda
mavjudligida namoyon boladi. Hukumatni kreditlashni
chegaralash Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligiga ,
siyosiy mustaqilligiga ham ta’sir ko'rsatadi. Biroq, bu omil
faqatgina Markaziy bank tomonidan hukumatni bevosita
moliyalashtirish tizimini mavjud ekanligida ahamiyatlidir.
Bunday tizim dunyoning ko'pgina rivojlangan
mamlakatlarida tarqalgan. Istisno tariqasida AQSh va
Buyuk Britaniyani koYsatish mumkin. Chunki, bu
mamlakatlarda davlat zayomlarini taqsimlanishi ochiq
bozorda amalga oshiriladi.
Bu belgi bo'yicha ko'proq Germaniya, Avstriya va
Gollandiya markaziy banklari mustaqilroqdirlar.
Federatsiya hukumatining va erlar (hududiy bolinmalar)ni
boshqaruv organlarini bevosita moliyalashtirish
imkoniyatlari masalan, Avstriya Milliy banki uchun qonun
bo'yicha chegaralangan. Bu guruhning boshqa
mamlakatlari singari istisno tariqasida davlatning
qimmatbaho qog'ozlarini chiqarish orqali qisqa muddatli
kreditlar beriladi.
Bu belgi bo'yicha mustaqillik darajasining ikkinchi
guruhiga Yaponiya va Fransiya Markaziy banklarini
Moliya Vazirligini kreditlashdagi asosiy salmog'ini (60 %
atrofida) uzoq muddatli kreditlar tashkil etadi hamda bu
kreditlar juda past foiz stavkasida berilishi mamlakatda
inflyatsiya jarayonlarini chuqurlashishiga ko'mak beradi.
beradi, boshqa tomondan esa, Milliy bank va pul tizimi
manfaatlarini himoyachisi sifatida may donga chiqadi.
Shu munosabat bilan Markaziy bankning iqtisodiyotni
tartibga solish jarayonidagi va umuman iqtisodiyotdagi
sohasiga tegishli emas, balki u yaxlit butun iqtisodiyotga
ta’sir o'tkazadi, bu esa har qanday darajadagi iqtisodiy
siyosat bilan kelishishni va davlatning barqarorlashtirish
dasturi doirasidan chetga chiqmaslikni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |