Mavzu: Marifatparvarlik va jadid adabiyoti. Reja: - 1 Turkistonda marifatparvarlikni yuzaga kelishi.
- 2 Jadidchilik haqida.
- 3 Jadidlar hayoti va ularning faoliyati.
- 4 Dastlabki romanchilik, dramaturgiya va lirika haqida.
Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot masalasidir Marifatparvarlik - Turkiston xalqining boy ijtimoiy – falsafiy, diniy-axloqiy, madaniy
- taraqqiyotida XIX asrning birinchi choragidagi davr o’zining nihoyatda
- sermazmun va inqilobiy suronliligi, g’oyaviy-nazariy va mafkuraviy harakat
- shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu holat ijtimoiy taraqqiyotning
- o’ziga xos yo’nalishi edi. Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya
- tomonidan bosib olindi va mustamlakaga aylantirildi.
- Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari Turkistonni o’rta asrchilik,
- feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim» ni inkor etgan holda
- o’lkani, xalqni, millatni zamonaviy mutaraqqiy yo’lga olib chiqish, milliy davlat
bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulini joriy qilish edi. - Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha: جديد jadīd — yangi) — 19-asr oxiri 20-asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy,zmaʼrifiy harakat.[1] Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. 19-asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi.
- Jadidchilik avvaliga madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan.
Abdulla Qodiriy - Ulkan isteʼdod egasi Abdulla Qodiriy 1894 yili 10 aprelda Toshkentda bogʻbon oilasida tugʻiladi. U dastlab musulmon maktabida, keyin rus-tuzem maktabi hamda Abulqosim shayx madrasasida taʼlim oladi; Moskvadagi adabiyot kursida oʻqiydi. 1917 yilgi oktyabr oyidagi davlat toʻntarishidan soʻng Eski shahar oziqa qoʻmitasining sarkotibi, “Oziq ishlari” gazetasining muharriri, kasabalar shoʻrosining sarkotibi, “Mushtum” jurnali tashkilotchilaridan biri sifatida ijtimoiy hayotga faol aralashadi. Uning asarlari vaqtli matbuotda Julqunboy, Ju-boy, Dumbulboy, Dumbulnisa, Kalvak Mahzum, Toshpoʻlat tajang, Ovsar kabi oʻnlab maxfiy imzolar bilan bosilib turadi.
- Abdulla Qodiriy 1914 yili Rahbarnisa Rasulmuhammadboy qiziga uylanadi. Ulardan Nazifa (1916), Habibulla (1918), Adiba (1924), Masʼud (1928) hamda Anisa (1928) ismli farzandlar dunyoga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |