O’rta Osiyoda dastlabki o’rta asrchilik elementlari va quldorlik formatsiyasi inqirozi III-IV asrlarda boshlandi. Ko’chmanchi turkiy qabilalarning tez-tez hujumi Qushon imperiyasining inqirozga yuz tutishiga olib keldi



Download 23,21 Kb.
bet1/4
Sana03.01.2021
Hajmi23,21 Kb.
#54116
  1   2   3   4
Bog'liq
II - XIX asrgacha bo’lgan O’zbekiston san’ati. Temur va temuriylar davri san’ati.


MAVZU:III - XIX asrgachabo’lganO’zbekistonsan’ati.
O’rta Osiyoda dastlabki o’rta asrchilik elementlari va quldorlik formatsiyasi inqirozi III—IV asrlarda boshlandi. Ko’chmanchi turkiy qabilalarning tez-tez hujumi Qushon imperiyasining inqirozga yuz tutishiga olib keldi. Eftalitlar, keyinroq Turk hoqonligining O’rta Osiyo erlarini o’z hukmronligiga bo’ysundirishi davrida yangi formatsiyaga o’tish yanada tezlashdi. Bu hoqonlik Oltoy, Ettisuv, Markaziy Osiyo va O’rta Osiyoda yashovchi juda ko’p xalq va elatlarni o’z qo’l ostiga birlashtirgan edi. Turk hoqonligi davrida mayda mustaqil podsholik (mulklar) paydo bo’ldi. Eftalitlar va turk hoqonligi davrida O’rta Osiyo erlarida bir qator mustaqil podsholik shahar davlatlari mavjud bo’lib, bu podsholiklar Eftalit yoki xoqonlikka qaram bo’lib qolmadi. Balki unga soliq to’lash va ularning hukmdor ekanligini tan olish bilan cheklandi. Turk hoqonligi davrida Xorazm, Toxariston, So’g’d (So’g’diyona) uning asosiy erlari bo’lgan. Ayniqsa, sharq va g’arb karvon yo’llari ustida joylashgan So’g’d madaniy va iqtisodiy jihatdan yuksak bo’lgak. U Eron, Vizantiya, Hindiston, Uzoq Sharq mamlakatlari, shuningdek, Xorazm orqali Sharqiy Evropa bilan ham savdo-sotiq ishlarini olib borgan.

So’g’dning eng katta knyazligi hisoblangan Samarqand esa, umuman O’rta Osiyo ijtimoiy va madaniy hayotida alohida o’rinni egallab, boshqa podsholik va knyazliklarga kuchli ta’sir o’tkazgan. Samarqand hokimi «So’g’d podshosi» unvoniga sazovor bo’lgan, So’g’dning qulay geografik o’rni uning juda erta (IV asrlardanoq) iqtisodiy va madaniy rivojlanishga imkon berdi. Boylikning tezlik bilan to’planishi esa san’at va badiiy buyumlarga qiziqishni oshirdi, uning rivojlanishiga imkon berdi. Yozuv manbalari Samarqand savdogarlariningO’rta Osiyo va uning tashqarisida ham (masalan, Buyuk Xitoy devori yaqinidagi Dunxuanda) koloniyalari mavjud bo’lganligi haqida ma’lumot beradi. Lekin knyazliklar orasida kuchli birlik yo’q edi. Bu, albatta, uning keyinroq arablarga qaram bo’lib qolishiga sabab bo’lganligini ko’rsatadi. Bu davrda ham san’at ijtimoiy hayotda muhim o’rinni egallagan va davr kishilarining estetik-g’oyaviy qarashlarini ham namoyon etgan. Shu davrda qurilgan hashamatli qasr va ibodatxonalar, ularning devorlariga ishlangan suratlar davr ideologiyasini ifoda etgan, mamlakat hayotini ko’rinarli obrazlarda aks ettirgan. Bu o’rinda xitoylik tarixchining Samarqand va Buxoro o’rtasida qurilgan hashamatli bino juda hayratlantirganligi, binoning shimoliy devorida bo’yoqlar bilan Xitoy imperatorlarining tasviri, sharqiy devorda turk xonlari va Hindiston hukmdorlari, g’arbiy devorda esa Eron va Rim podsholari tasviri tushirilganligi haqida yozib qoldirgan fikrlari diqqatga sazovordir1.

O’rta Osiyoda quldorlik formatsiyasining inqirozga yuz tutishi va feodalizmga o’tish davri uning san’ati xarakteri va mazmunida ham o’z ifodasini topdi. Bu hol dastlab davr uchun xarakterli katta oilalar yashaydigan qo’rg’on-qasrlar, ko’shklar kurilishida seziladi. Bunday qo’rg’on-qasrlar O’rta Osiyoning ko’pgina erlarida saqlanib qolgan. Shahardan tashqaridagi shunday ilk qo’rg’onlardan biri Xorazmdagi «Yakkaparson» qo’rg’on—qasri bo’lib, uniig markazida loydan qurilgan sun’iy tepalik (stilobat) da turar joy binosi joylashgan. Qasr atrofi esa, uch qator devor bilan o’rab chiqilgan.

Feodal munosabatlarning rivojlanib borishi bilan eski shahar tiplari o’zgarib, shaharning yangi tiplari  paydo bo’la boshladi. Agar quldorlik davridagi shaharlar to’g’ri va ko’p hollarda, kvartallarining to’g’ri joylanishi bilan xarakterlangan bo’lsa, endilikda ilk feodal shaharlari atrofi mustahkam devorlar bilan o’ralib, uning ichki qismi betartib qurilgan uylar va tor, egri-bugri ko’chalar bilan to’ldirilgan. Boylarning 2—3 qavatli binolari esa, feodal shahari qurilishiga o’ziga xos siluet bergan. Podsholarning saroy va shahardan    tashqaridagi rezidentsiyalari   hashamatli va go’zal bo’lishiga e’tibor berilgan. Ko’p hollarda sun’iy tepalik ustiga qurilgan ustun, yarim ustun, ark   hamda turli dekorativ me’morlik hajmlaridan podsho saroyining xushmanzara va mahobatli bo’lishida foydalanilgan. Bu binolar xam xom g’isht va paxsadan   ishlangan bo’lib,    devorlari    ganch    bilan    pardozlangan,    xona    devorlari devoriy surat va naqshlar bilan   bezatilgan.    Ganch, yog’och o’ymakorligi    va bo’rtma    tasvirlari    binoga    alohida    fayz kiritgan. Bizgacha vayrona    holida   etib kelgan   bu saroylar hozir ham o’zining ulug’vorligi bilan    kishini    hayajonga soladi.

Ilk feodalizm asrida O’rta Osiyoda yagona din bo’lmaganligi bu davr ibodatxona qurilishlarida, ko’mish marosimi bilan bog’liq buyumlarda ham o’z ifodasini topgan. Jumladan, Farg’ona vodiysi (Quva) dan topilgan ibodatxona xarobasi ilk feodalizmda ham bu erlarda buddizm mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. Bu erdagi ibodatxona ikki xonadai iborat bo’lib, old xonasi ayvon tipida va unga kiraverishda haykallar o’rnatilgan. Ichki xonalarda ham haykallar qo’yilgan.

Xorazmdan topilgan ko’mish marosimi bilan bog’liq bo’lgan ossuariy yoki astadon deb nomlangan to’rtburchak quticha shaklidagi loydan yasalgan o’ziga xos tobutchalar bu erlarda zoroastrizm mavjud bo’lganligidan dalolat beradi, Bu astadonlarga jasad suyaklari solinib, maxsus qabr tokchalariga qo’yilgan. Astadonlar So’g’d, Shoshda ham topilgan.

Otashparastlik dini bilan bog’liq bo’lgan ibodatxonalar, odatda, tepalikka qurilib, old tomoni esa quyosh chiqish tomonga qaratilgan va o’z qiymati yuksakligi bilan jahon madaniy taraqqiyotining muhim hodisasi sifatida diqqatga sazovordir.

Ilk feodalizm asrida haykaltaroshlik san’ati ham keng qo’llanilgan. Dumaloq va bo’rtma tasvir shaklyda me’morlik komplekslarida keng ishlatilgan. Bu haykallarda diniy va afsonaviy obrazlar bilan bir qatorda, real hayotni aks ettiruvchi obrazlar ham uchraydi. Haykallar maxsus tayyorlangan loydan, yog’och, ganch, alebastr va toshdan ishlangan. Bu xususda, Varaxshadan topilgan releflar, So’g’d mayda plastikasi, Panjikentdan topilgan yodgorliklar diqqatga sazovor. Varaxshadagi saroyni bezashda ganch o’ymakorligi keng qo’llanilgan.

Albatta, ilk feodalizm badiiy madaniyatining yutuqlari monumental-dekorativ rangtasvir san’atida o’zini to’liq namoyon qiladi. Afrosiyob (Samarqand), Panjikent (Tojikiston SSR), Varaxsha (Buxoro obl.), Bolaliktepa (Surxondaryo obl.) dan topilgan devoriy suratlar—jahon monumental-dekorativ rangtasvir san’atining nodir durdonasi hisoblanadi. Bu suratlar o’zining yuksak mahorat bilan ishlanganligi, real hayotni badiiy obrazlarda ifodali aks ettirishi bilan kishini hamon hayajonga soladi.

O’rta Osiyoning ilk feodalizm asridagi monumental-dekorativ rangtasviri to’g’risida fikr yuritganda, Vaxsh vohasidan topilgan (O’zbekiston va Tojikistonning janubi), “Ajina tepa” devoriy suratlarini, Termiz yaqinidan topilgan “Yumaloq tepa”, unga yaqin joylashgan “Bolalik tepa” devoriy suratlarini eslama bo’lmaydi. Bu suratlar xarakterining shakillanishida shu davr  monumental-dekorativ rangtasviriga xos uslub mavjud bo’lib, bular birlikda O’rta Osiyo ilk feodalizm asrida bu san’atning yuksak bo’lganligi. Bu san’atda turli uslub va yo’nalishlar mavjud bo’lganligini yana bir bor namoyon qiladi. Ilk feodalizm asrida amaliy-dekorativ san’at ham jiddiy ravnaq topdi. Bizgacha etib kelgan uy anjomlari, ov va jang qurollari, shuningdek, turli shoyi va oddiy chit materiallar badiiy bezatilganligini  ko’rsatadi.

 

 

IX—X asrlarda O’rta Osiyo san’atida haykaltaroshlik hali to’liq siqib chiqarilmagan edi. Yozuv manbalarida, bu asrlarda keng maydonlarda haykallar bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin ular bizgacha saqlanmagan. Shu davrdan boshlab, ijtimoiy hayotda rang va o’yma naqqoshlik san’ati keng o’rinni egallay boshlagan. Naqqoshlar o’z ijodlarida turli geometrik shakllardan tashqari, o’simliklar, hayvon va qushlar tasviri bo’lgan naqshlardan foydalanganlar. Asta-sekin naqqoshlik san’ati davr kishilarining fikr-tuyg’ularini ifodalovchi vositaga aylangan. Bu davrda rassomlik va miniatyura san’ati ham mavjud bo’lgan, deyishga asos bor. Ezuv manbalarida hukm-dorlarning qasr va uylari, mehmonxonalar devorlari suratlar bilan bezatilganligi haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Bu suratlarda jang, ov manzaralari, qabul marosimi va bazmlar tasvirlangan, hokimlarning portretlari ishlangan bo’lgan. Bu davrda tasviriy san’atning bo’lganligi haqidagi ma’lumotni sharqning buyuk allomasi Abu Ali ibn Sino portretini chizish to’g’risidagi voqea ham xarakterlaydi.



Abu Ali ibn Sino shu davrning shohi Mahmud G’aznaviy injiqliklarini ko’tarolmay, uning saroyidan qochib ketadi. Bundan xabar topgan shoh rassom Abu Nasr bin Arronga uning portretini ishlash va boshqa rassomlarga esa shu portretdan 40 nusxa ko’chirtirib, qo’shni davlatlarga yuborishni buyurgan.

IX—X asrlarda amaliy dekorativ san’at ham yuksak bo’lgan. O’rta Osiyoning ko’pgina erlarida kulolchilik ustaxonalari bo’lgan. Ayniqsa, Buxoro yaqinidagi erlarda chiqariladigan shoyi materiallar sharqning ko’pgina zodagonlari xonadonida e’zozlangan. Taqinchoq va boshqa bezak buyumlari sevib ardoqlangan. Bu davrda kulolchilik ham mashhur bo’lgan. Ko’p hollarda oq fonga bo’yalgan sopol buyum yuzalariga qora qizg’ish —jigar rang bo’yoqlarda tasvirlar tushirilgan.

XI—XII asrlarda somoniylar sulolasi o’rnini turkiylardan bo’lgan qoraxoniylar hamda saljuqiylar sulolasi egalladi. Sotsial-iqtisodiy rivojlanish natijasida shaharlar yanada kengaydi, madaniyat o’sdi. Bu davrga kelib katta qurilishlar rivojlanishi mavjud qurilish konstruktsiyalarining o’zgarishi va murakkablashishiga olib keldi. Bu o’zgarishlar pishiq g’ishtdan foydalanish bilan bogliq gumbaz va ravoqlarning xarakterida o’z ifodasini topdi. Qatta qurilishlar esa quruvchilarga talabni oshirdi. Hunarmandlar tsexlari vujudga kela boshladi. Ayni shu davrga kelib, umuman, keyingi feodalizm davriga xos bo’lgan monumental me’morlik qurilmalarining yangi tiplari yaratildi. To’rt ayvonli kompozitsiya, ayniqsa, keng yoyildi. Bu xususda Doya xotin (Turkmaniston), Rabati malik (Buxoro) binolari diqqatga sazovordir. Binoning old tomoni baland to’rtburchakli peshtoq bo’lib, u nayzasimon arkli taxmonga o’xshash kirish qism bilan boshlangan.

XI—XII asrlarda machit qurilishi ham keng rivojlandi va uning o’ziga xos tipi yuzaga keldi. Asosi kvadrat shaklidagi gumbazli bino kompozitsiyalari O’rta Osiyo erlarida keng tarqaldi va mahalliy sharoitga qarab, o’ziga xos fazilat va ko’rinish kashf etdi. Bu davrda peshtoq-gumbazli maqbaralar qurilishi ham rivojlandi va peshtoqlar esa badiiy qilib bezatildi. XII asrning nodir yodgorligi bo’lgan Sulton Sanjar maqbarasi (Turkmaniston) kvadrat shaklida bo’lib, uning markaziy qismida esa tsilindrik barabanga gumbaz o’rnatilgan. O’zgandagi (Qirg’iziston) maqbara peshtoqlari, ayniqsa, uning janubiy tomondagisi nafis qilib bezatilgan. Bu davrda qurilgan ko’pgina maqbara va machitlar peshtoq-gumbazli kompozitsiya keng ishlatildi, ularni bezashda esa o’ymakorlik san’atidan keng foydalanildi va bu sak’at ko’rinishi ham mahalliy sharoit va davr xarakteriga qarab o’zgarib bordi.

Ko’hna Urganch (Xorazm) dagi Faxriddin Roziy va Tekesh maqbarasi o’ziga xos xususiyatga ega. Garchi u O’rta Osiyoda keng tarqalgan peshtoq-gumbazli kompozitsiya tipiga kirsa ham, lekin u qirrali barabanga o’rnatilgan chodirsimon gumbazdan tashkil topgan. Turkmanistondagi peshtoq-gumbazli binolar bezatilishida g’ishtning badiiy imkoniyatidan keng foydalanilgan.

XG—XII asrda minora qurish ham keng odat tusiga kira boshladi.  Buxorodagi Kalon machiti minorasi (balandligi 50 m, O’rta Osiyodagi eng baland minora), Jarqo’rg’on minorasi ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bularda g’isht minora yuzasi naqshini tashkil etuvchi birdan-bir element bo’lib qolgan. Bu davr monumental-dekorativ san’ati ko’proq o’ymakorlik va bo’rtma naqqoshlik san’ati sifatida namoyon bo’ladi. Bu davrda qurilgan binolarning devorlari sirli koshinlar, pishirilgan g’isht yoki shakllar bilan bezatilgan. Lekin devoriy suratlar to’g’risida gapirish qiyin. Albatta, bezash san’atidan tasviriy san’at elementlari butunlay chiqib ketgan, deyish mumkin emas. Chunki ayrim yodgorliklar (Buxorodagi Magoki, Attori machiti, Termizdagi saroy qoldiqlari)da bu elementlar uchraydi. Lekin real shakllar nihoyatda soddalashtirilgan va naqsh elementiga aylantirilib yuborilgan. Shunga qaramay, ulardan ayrimlari, ayniqsa, hayvonlar tasviri real va ta’sirli ko’rinishga ega.

Bu davrda amaliy-dekorativ san’at ham ijtimoiy hayotda keng o’rinni egallagan. Amaliy san’at buyumlari badiiy beza-tilgan. Bu bezaklar ichida real hayotdan olingan voqealar tasviri ham uchraydi.

Chingizxon galalarining O’rta Osiyoga kirib kelishi uning gullab turgan san’ati va madaniyatini vayron qildi. Noyob yodgorliklar yoqildi, yo’q qilindi. Uning ijodlari esa qirib yuborildi. Xalqning bosqinchilarga qarshi nafrati oshib bordi. Qator qo’zg’olonlar erksevar xalqning ozodlikka bo’lgan intilishini namoyon etadi (masalan, Mahmud Torobiy boshchiligidagi qo’zg’olon, 1238). Xalq boshiga og’ir kunlar tushganda ham, u ijod qilishda davom etdi. Shu davrlarda ham me’morlik, amaliy san’at an’analari yangi g’oya va badiiy uslublar bilan boyib bordi, me’morlikda yangi texnikaviy uslublar yuzaga keldi. Buxorodagi XIII—XIV asr me’morlik kompozitsiyalari bunga dalildir. 1261 yilda bunyod etilgan Sayfiddin Buxorziy maqbarasi bu xususda xarakterlidir. Baland peshtoqli

va tuxumsimon qo’sh gumbazli bu maqbara ilohiyot olamiga bag’ishlangan. Samarqand, Xiva va boshqa erlarda ham ayrim me’morlik yodgorliklari yaratilganligi fikrimiz dalilidir.


Download 23,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish