3.3. Islom ma’naviy ta’limotida umuminsoniy axloqiy
qadriyatlarning o’rni
Ma’naviy ne’matlar, jumladan, diiny qadriyatlarga nisbatan e’tibor
jonlanishining asosiy sabablaridan biri, bu – juda kuchli milliy uyg’onish
jarayonidir. Mustaqillik oydin milliy hayotni barqaror etishga umid uyg’otdi. Endi
odamlar o’zining mu’tadil taraqqiy etishiga xalaqit berayotgan har qanday
to’siqlarni olib tashlashga zo’r havas bilan kirishmoqdalar. Bunday sharoitda har
bir millat vakili o’zining kelib chiqishi, tomiri, ildiziga nazar tashlashi tabiiydir.
Milliy uyg’onish esa ma’naviylikka harakat, komillikka intilish, an’anaviy
qadriyatlarga murojaat qilishdir. Afsuski, sobiq sho’rolar davrida diniy doirasida
tashakkul topgan madaniy merosimizni zararli deb topildi. Endi bunday an’anaviy
boylikni qaytib tiklash zaruriyati sodir bo’lmoqda. Chunki haligi «chiqitga chiqarib
qo’yilgan» qadriyatlar tomonidan ardoqlanib, asrab kelingandir
1
.
Ta’kidlash joizki, barcha dinlardagidek, islomda ham nafaqat o’tmishda,
balki hozirgi vaqtda ham odob-axloq va umuman ma’naviyat va insoniylik
masalalari juda katta o’rin olgan va yetarli darajada keng sharhlanadi.
Islom ma’naviyatida ta’lim-tarbiya, xususan komil insonni shakllantirish
masalasi katta o’rin egallagan. Shu bois komillik – yaxshilik, saxovat, soflik,
hayo, muruvvat, andisha, adab, kamtarlik, sadoqat, qanoat, rostgo’ylik, insof,
adolat, nekbinlik, bag’rikenglik kabi fazilatlarni o’z ichiga oladi. Unga osonlikcha
erishib bo’lmaydi. Bunga erishuv-zahmatli sinovlarni yengish demakdir.
Shuni ta’kidlash zarurni islom ta’limotida odob-axloq muammolari juda
katta o’rin olgan. Boshqa dinlardagidek, odob-axloq muammolari unda yetarli
darajada keng sharhlanadi. Nafaqat o’tmishda, balki hozirgi vaqtda ham axloqiy
masalalarni yoritishda din, jumladan islom dinining mavqyei ustuvordir. Shuning
uchun diniy ko’rsatma va muqaddas axloqiy qonun-qoidalar va me’yorlar dindorlar
va dindor bo’lmagan kishilar tomonidan uzoq yillar davomida yaxlit holda qabul
qilingan. Bundan barcha musulmonlar uchun muqaddas bo’lmish Qur’on ham
mustasno emas. Biz unda axloqiy qadriyatlarning umuminsoniy bayonini ko’ramiz.
1
Bozorov O., A.Xudoyqulov. Axloqiy qadriyatlar va islom. Samarqand, «Zarafshon», 1992, 6-b.
53
Darhaqiqat, Qur’on suralarida, jumladan 4; 29, 6; 152-157 suralarida umuminsoniy
deb hisoblash mumkin bo’lgan xatti-harakat va tartib-qoidalar bayon qilingan: o’z
bolalarini va umuman odam o’ldirish, o’z joniga qasd qilish taqiqlanadi.
Shuningdek, o’z ota-onalarini hurmat qilish zarurligini, to’g’ri so’zli bo’lish va
ishga adolat bilan yondashish, o’lchovlarga aniq amal qilish, yetimlar va
bechoralar mulkiga tajovuz qilmaslik ta’kidlanadi. Qur’onning juda ko’pgina
suralarida kambag’allarga, musofirlar va qashshoqlarga yordam berish, musibat va
kulfatlarga chidamli bo’lish, iflos va gunoh ishlardan o’zini chetga olish,
kechirimli bo’lish, o’g’irlik qilmaslik va hokazo kabi muqaddas umuminsoniy
axloqiy qoidalar bayonini uchratamiz
1
. Masalan Allohning yo’liga himmat yuz,
ming martaba oshirib qaytariladi. «Baqara» surasining 261-262 oyatlarida «Alloh
yo’lida mollarini in’om-ehson qiladigan kishilarning yaxshiligi yetti yuz borabar
bo’lib qaytadi… ular uchun hyech qanday xavfi-xatar yo’q va ular g’amgin
bo’lmaydilar», deyilgan
2
.
Kambag’allar va begonalarga yordam berish, Alloh uchun qilingan xayrli ish
hisoblanadi. Bu faqat ilohiy mazmunga ega bo’lmasdan, balki o’z mohiyatiga
ko’ra dunyoviy va insoniy ahamiyati mavjud ekanligi ravshan. Sofdillik,
vijdoniylik, to’g’rilik Qur’onda e’zozlagan. «Alloh sha’niga yolg’on to’qigan yoki
uning oyatlarini yolg’on degan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Albatta bunday
zolimlar nojat topmaslar («An’om surasi, 21-oyat»)»
3
.
Yagona Allohga e’tiqod qilishni Qur’oni Karim inson tabiatining asosiy
sifati
deb
biladi.
Xususan,
«Al-isro» surasining 23-24 oyatlarida:
«Parvardigoringiz, yolg’iz uning o’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga
yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har
ikkisi sening qo’l ostingda keksalik yoshiga yetealar, ularga qarab «Uf» tortma va
ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt gan!... «Ular
uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanoatini past tut-xokisor bo’l va:
«Parvardigorim, meni (ular) go’daklik chog’imdan tarbiyalab o’stirganlaridek, sen
1
O’sha joyda 7-8-б.
2
O’sha joyda 9-б.
3
O’sha joyda 10-б.
54
ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil!)
1
». Ko’rinib turibdiki bu
oyatlar zaminiy, hayotiy ahamiyatga ega.
Islom musulmonlarni o’zaro ittifoq, birdam yaxshi muomalada bo’lib, bir-
birovlariga aziyat yetkazmaslikka da’vat qiladi. «Komil musulmon shunday
odamki, islom arkonlarini to’la bajarib na tilidan va na qo’lidan musulmonlarga izo
bermaydi»
2
.
Xullas, islomning ilohiy ta’limoti jamiyatdagi odamlarga yaxshi amallarni
buyurib, yomon amaldan qaytarib, yaxshilik, tinchlik, do’stlik, hurmat va
ehtiromga undaydi. Islom ta’limotida kamtarlik, beozorlik, kamsuqumlik
e’zozlangan. Qur’onning «Ol-i Imron» surasidagi 134-oyatida yozilgan: (U
taqvodor zotlar) yaxshi – yomon kunlarda infoq-ehson qiladigan, g’azablarini
ilgariga yutadigan odamlarning (xato-kamchiliklarini) avf etadigan kishilardir.
Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi. Ammo «Alloh zolim kimsalarni
sevmaydi». Tarixdan ma’lumki, har qanday din, shu jumladan islom ham o’zining
boshlang’ich davrida xalq o’rtasida mustahkam mavqyega ega bo’lish uchun shu
dinga e’tiqod qiluvchi odamlar orasida foydali tartib va xatti-harakatlarni
muqaddaslashtiradi. Shu sababli dinga e’tiqod qiluvchi xalqlarning bir necha
avlodlari hayoti davomida mustahkamlangan rasm-rusmlar va udumlarga zid
bo’lgan barcha salbiy axloqiy tartiblar ular tomonidan qabul qilinmagan.
Jamiyat tomonidan qabul qilingan va o’zlashtirilgan, foydali axloqiy tartib-
qoidalar, garchi diniy aqida bo’lsa ham, shu jamiyat hayotidagi ijobiy hodisadir.
Qur’onning yaratilishi inson hayoti qadr-qimmatining o’sishiga asosiy zamin
bo’ldi. Oxirgi payg’ambarlardan bo’lmish Muhammad Alayhi salom insonlarni
ummatga birlashtirib, xudoni oldida hammani barobar, deb e’lon qildi. Bu o’z
zamonasiga muvofiq umuminsoniy qadriyatlardan biri edi. Insonning ruhiy,
ma’naviy birligi milliylik birligidan ustun deb e’tirof etildi.
Muqaddas kitoblarda insonlarning birlashuviga, do’stligiga chorlovchi fikr-
mulohazalar ustunroqdir. Shu bois «Alloh oxiratda nifoq bo’lganlar ustidan hukm
1
O’sha joyda, 11-б.
2
O’sha joyda, 12-б.
55
chiqaradi», kabi fikrlar insoniyatni birlikka, do’stlikka, hamjihatlikka da’vat etadi.
Bu g’oya hadislarda yanada oddiyroq bayon etiladi: «Kimiki g’ayri dinni haqorat
qilsa, qiyomat kuni o’tdan yasalgan qamchi bilan uriladi. Mo’minlar ila bir yurtda
sulh ila yashayotgan g’ayri dinni o’ldirgan odam jannat hididan benasibdir, zero
uning hidi qirq yillik yo’lgacha taralib turadi»
1
.
Turli mintaqalarda yashovchi millat va elatlar turli diniy e’tiqodga
sig’inzanlar ham, bir xil baxt-saodatga, yorug’ maqsadlarga intilish, bu –
umuminsoniy qadriyat sifatida tarix va hayotning zaruriy taqozosidir. Abu Nasr
Forobiy aytganidek: «Avlodi bani bashar bir yo’sinda tavallud topgay, inchunin,
bir yo’sinda, baxtli bo’lmoqlari lozim».
Sabr-toqat diniy tuyg’unlardan biri sifatida doim ardoqlangan. Alloh sabr
qiluvchilarni sevadi» (3:146). Sabr-toqat faqat Qur’ondagina emas, balki «Bibliya»
(«Injil») mantlarida ham mavjud
2
. Sabr-toqat bilan odob saqlash, xokisor bo’lish
(tovoze’)ni
o’rgansak,
xalqning
muhabbatini
qozonamiz,
odamlarni
do’stlashtiramiz, takabburlikka zid bo’lgan muloyimlik va kamtarlik yo’lini
ochamiz. Bu bilan har qanday dushmanning ko’nglida insoniylik zavqini
qo’zg’atish mumkin. Odob insoniy kamolot sifatida yoshlarda ulug’larga nisbatan
mehr uyg’otadi, har xil musibat, azob-uqubatlarni keltirib chiqaruvchi
hurmatsizlik, manmanlik, kamsitish, qo’pollik va hakozo bartaraf etishga olib
boradi.
«Odobli va go’zal xulqli odamlar ko’payaversa, xalqning do’stligi, ularning
bir-biriga bo’lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi. Agar kishi odob va
tavoze’ kabi yaxshi xulqqa ega bo’lsa, o’zi ham xalqning izzat-hurmatiga sazovor
bo’ladi. Odob va tavoze’ mehr-muhabbatning zeb-ziynatidir, odobsizlik do’stlikka
putur yetkazadi. Odoblilik do’stlik oynasiga jilo beradi va ikki oraga yorug’lik
bag’ishlaydi. Tavoze’ va odob egallariga hamma ta’zim qiladi va hurmat bildiradi.
Odob urug’ini ekkan odamning hosili javohir bo’ladi»
3
-deb, o’qtirgan edi
A.Navoiy.
1
Бозоров О., А.Худойқулов. Ўша асар, 81-б.
2
Этикет у народов Передний Азии. М., «Наука», 1988, с.47.
3
Навоий А. «Муҳбуб-ул-қулуб», Т., 1983, 48-бет.
56
Xullas, sabr-toqat inson uchun eng zarur bo’lgan fazilatlardan biridr. Islom
dini bu borada Qur’onning qo’yidagi so’zlariga amal qilishni buyuradi: «… sabr –
toqat qilingiz! Albatta Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir» (8:46) yoki «Sabr va
salot (namoz o’qish) bilan madad so’ranglar» (2:45-46). Sabr-toqat axloqiy duch
kelganda, ularni Alloh yuborgan sinov deb bilishi kerak.
Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar ichida yana eng muhimidan – insof va
andisha hisoblanadi. Andishali (lekin qo’rqoq emas) kishi xatti – harakatining
oqibatini o’ylab, yuz-xotirni esdan chiqarmay fikr yuritadigan kishilar xalq orasida
e’zozlanadi. Andisha, mulohaza, insof insonni saodatga olib keluvchi fazilatlarni,
baxt uchun izlangan narsalarni tiklay olish qobiliyatidir. Chunki «andishadi va
insofli kishi biror ishni qilnishidan oldin, o’zi uchun qayg’urmasdan, boshqalar,
ya’ni xalq uchun qayquradi. Andishali, mulohazali kishilarni xalq dono deb atadi
va bu umuminsoniy fazilat insondagi bir quvvatki, u quvvat sog’lom aql deb
ataladi»
1
. Islom dini ta’limoti tufayli bu axloqiy qadriyat asrlar davomida saqlanib
kelingan
va
bugun
mustaqillik
sharoitida
kishilarimiz
ma’naviyatini
shakllantirishda katta ahamiyatga ega ekanligi ravshan.
Kechirish, gunohidan kechish, tavba qilish ham islomning axloqiy
ko’rsatmalaridan biri hisoblanadi. Qadim zamonlardan boshlab insoniyat axloqiy
munosabatlarida nojo’ya xatti-harakat va so’zni tahlil qilish jarayonida kishilarni
kechirish, vijdon amri bilan insof yuzasidan ish yuritish his-tuyg’ulari shakllangan.
Gunohkor odam-hali jinoyatchi emas. Inson o’z gunohini anglab etishi mumkin.
Mana shu masala Qur’onda juda muhim hisoblanadi. Gunoh shariat qonuniga,
islom aqidalariga xilofdir. Chunki islom ilohiy deb e’lon qilingan tartib-qoidalarga
itoat etmaslikni gunoh deb asoslaydi. Lekin islomning insonparvarlik xususiyati
shundaki Alloh bandalarining gunohlarini kechiradi, avf etadi, to’g’ri yo’lga
yo’naltiradi. Islom axloqi hududiga ushlab turadi. Gunohni yuvish, undan forig’
bo’lish uchun kishi qilmishidan tavba qilishi, uni takrormasligini vijdonan va’da
berishi zarur? «tavba qilgan xudoga yoqadi», «xatosiz ish faqat xudoga xosdir»,
1
Форобий Абу Наср. «Рисолалар», Т., 1975, 11-бет.
57
deydi odamlar. Tavba qilgan kishi taskin topadi. Tavba-gunoh sodir qilgan
kishining ko’nglini tozalaydi.
Din, islom ham bandalarini boshqalarning yomonligiga yaxshilik bilan javob
qaytarishga da’vat etadi. Bu da’vat kishilar qalbida dushmanlik va nafrat o’rniga
muhabbat va do’stlikni joylaydi. Yomonlikka yomonlik qilish-xudoning xohishiga
zid, qasoskorlik-rozilik. Yer yuzida odamlarga ozor beruvchilar va zulm egalari
xudoning marxamatidan benasibdir. Islom mehr-shafqatga nafaqat axloqiy fazilat,
balki e’tiqodning ajralmas qismi sifatida qaraydi. Shuning uchun har bir musulmon
rahmdillikka intilishi zarur.
Islom mehr-shafqat va rahmdillikning asosiy dalili sifatida «Bismilla-hir
rahmonir rahim» kalimasini keltiradi. Buning mazmuni: barchaga rahmdil bo’lgan
va qiyomat kunida bandasiga mehribon bo’ladigan Alloh nomi bilan boshlayman»,
demakdir. Yoki islom Qur’onga tayangan holda «Senga birov yomonlik qilsa, yoki
qo’pol muomalada bo’lsa, sen uni yaxshi gap, yaxshi muomala bilan qaytar.
Shunday qilsang, uning adovati do’stlikka, yomon niyati yaxshilikka aylanib,
o’rtalarida mehr-oqibat hosil bo’lur, ashaddiy dshmannining samimiy do’stga
aylanur. Mehr-shafqatli odamning muomalasi ham nazokat bilan bezalgan
bo’ladi». Darhaqiqat bunday fazilatga ega bo’lmagan kishilarda muruvvat, saxovat,
himmatni uchratmaysan. Demak, islom umuminsoniy axloqiy qadriyat hisoblangan
xushmuomalalikka da’vat etadi.
Qur’onda aytiladi: ezgulik va tavba yo’lida hamkorlik qilinglar, gunoh va
dushmanlik mudaosidagi har qanday amalni ham moddiy, ham ma’naviy qo’llab-
quvvatlamangiz»
1
. Demak, rahmdilik shaxs, inson ma’naviyati bilan chambarchas
bog’liq. Ma’naviyatsizlik esa rahmdillik, achinish bilan birga bo’la olmaydi.
Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar qatorida yana bir ulug’ farz borki, bu-
ehson (xayr-ehson) tushunchasidir. Xayr-ehson, hadya, in’om, xolis va beg’araz
yordam, yaxshilik qilish demakdir. Bu islomda qat’iy talab qilingan. Hazrat
A.Navoiy fikricha inson uchun «Ulug’ farz ehson qilishdirki, bu haqda ko’p gaplar
aytilgan… Ehson degan sifatni abadiy sifat deb, uni fitna va ofatlardan to’siq…
1
Бозоров О., А.Худойқулов. Ўша асар, 55-б.
58
deb bil. Insoniyat bog’ining eng go’zal daraxti-ehsondir…». Baxil ehsondan
qochar, xasis-mehmondan degan hikmatli so’z xalq tomonidan bexudaga
aytilmagan»
1
.
Islom dinida, xususan, yetim-yesir, beva-bechora, musofir, nogiron,
xastalarga mehr ko’rsatish amallari ulug’lanadi. Masalan, Qur’onning «Baqara»
surasida «… o’zi yaxshi ko’rib turib molini qarindosh-urug’lariga, yetim-
yesirlarga… beradiganlar… yaxshi kishilardir» deyiladi. Yoki shu suraning 274
oyatida aytilishicha, «mol dunyolarini kechayu kunduz, yashirin va oshkora ehson
qiladigan zotlar uchun Parvardigorning huzurida ajr bor. Ular uchun hyech qanday
xavfu xatar yo’q va ular g’amg’in bo’lmaydilar».
Xayr-ehsonni qadrlashni yoqlovchi hadislar ham anchagina. «Ro’zaning
hikmatlaridan biri, beva-bechoralarga mehr ko’rsatishdir… chunki ro’za tutgan
kishi qorin ochganda beva-bechoralarni esga oladi va ularga rahmi keladi. Ro’za
inson qalbida rahmdillikni tarbiyalaydi». Imom at-Termiziyning «Sunan» kitobida
«Sadaqa muqarrar Allohning g’azabini so’ndiradi va yomon o’limdan saqlaydi»
2
,
degan iboratli qayd bor. Lekin xayru-ehson, saxovatning ham me’yori va muvofiq
shakllari bor. Bugungi kunda me’rakalarda haddan tashqari dabdabalik,
isrofgarchilik ko’rinib turibdi. A.Navoiyning ta’kidlashicha, «saxovatning ortig’i
isrofgarchiliklar, nom chiqarish uchun gavharni hovuchlab sochish, maqtanish
uchun etaklab pul berish saxovat hisoblanmaydi». Ma’lumki nojo’ya xayr-ehson,
insonni ranjitib qo’yishi ham mumkin. Chunki xalqimiz sharafni, obro’ni avvalo
halol mehnat, so’ngra hayo va odobdan deb biladi. Qanoat qilganni, avaylab-
asrashni, moddiy ne’matlarni qadrlashni xalq ardoqlaydi.
Shuning uchun xayru-ehson, saxovatni faqatgina sadaqa, moddiy in’om deb
tushunish kaltafahmlikdir. Xayr-ehson va saxovat deganda, samimiylik, iltifot,
izzat-hurmat, sof e’tibor kabi fazilatlarni ham tushunish kerak. A.Navoiyning
ta’kidlaginidek, «O’zingda ko’p bo’lsa, in’om ber; ko’p bo’lmasa, oz berishdan or
qilma. Agar qo’l bilan xayr berish iloji bo’lmasa, til bilan naf yetkazish mumkin.
1
Навоий А. «Маҳбуб ул-қулуб», 45-б.
2
«Islom nuri». 2 (20)-son, 1441 h.-1991 yil.
59
Odamning bir so’z bilan xursand qilish kerak bo’lgan vaqtda unga xazina bersang,
u qaramaydi». Xullas, «Baxtga erishish maqsadida o’zaro yordam bergan xalq-
fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga
yordam bersalar butun yer yuzi fazilatli bo’ladi»
1
.
Ulug’ A.Navoiy bashorat qilganlari bugungi kunda jahonda sodir
bo’layotgan integrasion jarayonlarda, bashariyat hamkorligida yaqqol namoyon
bo’lmoqda. Bu o’rinda, ya’ni umuminsoniy qadriyatlarning tiklanishida dinning
ham yuksak rolini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Chunki xalqimiz hayotida,
uning milliy qadriyatlarni saqlashda va ularni avloddan avlodga yetkazib berishda
islom dini keng imkoniyatlar yaratgan. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatning
shakllanishida
umuminsoniy
axloqiy
qadriyatlardan
foydalanish
yuksak
ahamiyatga ega. Chunki umuminsoniy axloqiy qadriyatlar islom ta’limoti negizida
rivojlanib, xalqimizning turmush tarzi, milliy urf-odatlari va an’analari bilan
uyg’unlashib kelgan va bugun milliy g’oyamizni shakllantirishda keng yo’l ochib
beradi.
Jahonda globallashuv jarayoni sodir bo’layotgan hozirgi vaqtda, uning
MDH-ga ham ta’siri borligini madaniyatining tarkibiy qismi bo’lgan madaniy
jumladan, islomiy qadriyatlarni asrab-avaylash, ilmiy asoslangan holda undan
unumli foydalanishimiz lozim. Milliy ma’naviyat va islomiy qadriyatlarning
tiklanishi va ravnaqi nafaqat shaxsning ruhiy poklanishiga, balki o’zligini anglash,
milliy g’urur, milliy iftixor, vatanparvarlik, insonparvarlik hissini tarbiyalashda
keng
imkoniyat
beradi.
Shuning
uchun,
Prezidentimiz
I.A.Karimov
ta’kidlaganidek, «Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni
tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas
dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi, mustaqillik
yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi
bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir»
2
.
1
Навоий А. «Маҳбуб ул-қулиб», 52-б.
2
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T.8. T., «O’zbekiston», 2000,
341-b.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |