1
Абдусаметов А.Э. Динлар тарихи. Т., 2004; Мўминов А. ва бошқалар. Диншунослик. Т., 2004; Бозоров О.,
Худойқулов А. Ахлоқий қадриятлар ва ислом. С., «Зарафшон», 1992; Жўраев У., Саиджонов И. дунѐ
динлари тарихи. Т., 2001; Оқмуродов Т., Дин ва ҳурфикрлилик тарихи. Т., 1995; Бозоров М., Мардонов Р.
Диншунослик асослари. С., 2002.
7
I BOB. MA’NAVIY MADANIYAT VA DIN
1.1. Istiqlol, ma’naviyat va din
Mustaqillik tufayli mamlakatimizda sodir bo’layotgan islohotlar tizimida
ma’naviy yangilanish alohida mavqyega ega. «Mustaqiligimizning dastlabki
kunlaridanoq, - deb yozadi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ajdodlarimiz tomonidan
ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan bebaho ma’naviy va madaniy
merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa
bo’lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklanishni milliy o’zlikni anglashning
o’sishidan, ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy,
tabiiy jarayon deb hisoblaymiz»
1
. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ma’naviyat
masalalari millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va
rasm-rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o’zlikni
anglash singari juda ko’p omillarni o’z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini
belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi. Jamiyat va shaxsning ma’naviy
qiyofasi, boyligi va istiqboli davlat miqyosidagi vazifa tarzida idrok etilmoqda.
Ma’naviyat murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, uning holati va taraqqiyotiga
juda ko’p omillar – siyosat, iqtisod, fan, axloq, san’at, urf-odat kabi hodisalar ta’sir
yetkazadi.
Ma’naviy qadriyatlar – bular kishilar ma’naviy faoliyatining mahsuli,
bilishning murakkab jarayoni natijasi bilim, hayot, qarash, malakalar samarasidir.
Ma’naviyat jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo’lar ekan, u nafaqat
bugungi madaniy boyliklarga, qadriyatlarga zamonaviy, ma’naviy yutuqlarga, shu
bilan birga har bir xalqning ko’p asrlik ma’naviy merosiga ham tayanadi. Har bir
davr, xalq, millatning ma’naviy qadriyatlari tabiiyki, quruq, bo’sh yerda vujudga
kelmaydi. Har qanday ma’naviyat, eng avvalo, jamiyatda avval erishilgan
muayyan bilimlar, tajribalar hamda o’tmish avlodlardan bizgacha yetib kelgan
ma’naviy merosga, shuningdek, umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga tayanadi.
1
Islom Karimov Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. T.: «O’zbekiston», 1997, 137-bet.
8
O’zbekiston xalqlarining boy ma’naviy merosi I.A.Karimovning
aytganlaridek ikki jabhani – olamni ilmiy bilishi va diniy – falsafiy ta’limotni o’z
ichiga oladi. Ota – bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari,
ilmiy kashfiyotlari, badiiy asarlari, axloqiy ta’limotlari bugungi ma’naviy
tiklanishning negizini, poydevorini tashkil qiladi. Bu o’rinda islom ma’naviyati va
axloqiy ta’limotining mavqyei ham kam emas. Sobiq sho’rolar davrida ma’naviy
merosga, xususan diniy qadriyatlarga, jumladan islom ta’limotiga nisbatan
mafkuralashgan salbiy munosabat, uni zararli deb topish, kurashchan ateizm
tamoyillarini mutlaqlashtirish ma’naviy hayotga ziyon keltirdi.
Ma’naviyat tarkibida dinning alohida o’rni mavjudligi o’z-o’zidan ravshan.
Buning boisi avvalo shundaki, din ming yillar mobaynida insoniyat hayotining
barcha jihatlari bilan chambarchas bog’lanib, uning turmush tarziga aylanib
ketgan. Boshqa tomonidan, din ta’sirining zamirida savob va gunoh haqidagi
tasavvurlar turadiki, odamlar bu ma’naviy xodisalarga hyech qachon bafarq
qaramagan. Binobarin, savob va gunoh, shuningdek, savobli ish qilganlarning ham
bu dunyo, ham nariga dunyo taqdirlanishi, gunohkorlarning esa jazolanishi
to’g’risidagi qarashlar kishilik jamiyati taraqqiyatining ilk bosqichlaridan
shakllanib, odamlarning axloqiy munosabatlarini tartibga solib kelgan.
Din ijtimoiy ong shakllarining biri sifatida kishilar ma’naviy hayotining
kuchli va hatto asosiy omili bo’lgan. E’tiqod sifatida e’tirof etilgan tamoyillarga
qat’iy amal qilish va uni kundalik turmushda bajarish dinda asosiy o’rin egallaydi.
Diniy talablar har bir shaxsdan qat’iylik, iymoniylik, irodalilik, sabr-toqatlilik,
chidamlilik, shukronalik, xullas odamiylilik, haqiqiy fidoiylilikni, e’tiqodga amal
qilishni taqozo etadi va kishining ma’naviy salohiyatini shakllantiradi.
Prezidentimiz Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochilishiga bag’ishlangan
nutqlarida dinning inson ma’naviyatini kamol toptirishdagi roliga baho berib,
shunday ta’riflagan edi: «Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizga xizmat
qiladigan, xayrli ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas – tuganmas kuch-
qudrat manbai bo’lib qolishiga ishonaman»
1
.
1
«Миллий тикланиш», 1998, 27 октябрь.
9
Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqadigan xulosa shuki, ma’naviyat
uzluksiz jarayon bo’lib, jamiyat hayotining barcha sohalarida o’zining chuqur
ta’sirini topgan. Ma’naviyatning mohiyatini Prezidentimiz I.A.Karimov shunday
bayon qilganlar: «Ma’naviyat deganda, avvalambor, odamni ruhan poklanishga,
qalban ulg’ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat,
iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan kuchni tasavvur
qilaman»
1
. Bu ta’rifda ma’naviyatning haqiqiy mohiyati, ko’pqirrali mazmuni,
uning tarkibiy qismida dinning o’rni ham ifodasini topgan. Ma’naviyat sohasida
tadqiqot olib borgan Muhammadjon Imomnazarov esa, ma’naviyatni «inson
qalbida aks etgan ilohiy» nur, Oliy haqiqat nuridir», - deb baho beradi. Sobir
Mirvaliyev uni «odamiylik, insoniylik majmuasi» sifatida tushuntiradi. Har holda
din jamiyat va inson ma’naviy hayotida alohida o’rin tutadi. Dinning asosiy belgisi
ilohiy kuch-qudratga bo’lgan ishonch, e’tiqodda namoyon bo’ladi. Din tabiat va
jamiyat hodisalarini tushuntirish usullaridan biri sifatida ham madaniyat tarixida
o’ziga xos o’rin egallaydi.
Mutaxassislar fikricha diniy madaniyat chuqur ijtimoiy ildizga ega bo’lib,
asosan, kishilarning tasavvurlari, kayfiyat va amallari birligida o’z ifodasini topadi.
Insonning diniy tasavvuri deganda uning dunyoqarashida aks etadigan xudo,
payg’ambarlar, farishtalar, maloyikalar, iblis-shayton. «Muqaddas yozuvlar,
ularning odamlar hayotiga ta’siri to’g’risidagi tushunchalar majmuiga aytamiz.
Insonning diniy kayfiyatlari deganda uning hissiyoti bilan bog’liq bo’lgan
ojizligi, zaifligi, qo’rqishi, umid va tasallisini tushunamiz. Insonning diiny
amaliyotlari esa xudoga toat-ibodat, diniy talablar va marosimlarni bajarish, nazr-
niyozlarni o’z ichiga oladi»
2
.
Insoniyat jamiyati tarixi shundan dalolat beradiki, hamma vaqt ham
kishilarda diniy tasavvur, kayfiyat, amaliyot va tushunchalar mavjud bo’lgan emas.
Diniy tasavvurlarning yuzaga kelishiga, asosan, inson va borliq o’rtasidagi
1
Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch», T., «Ma’naviyat», 2008, 29 bet.
2
Маданият ва жамият. Т., «Ўзбекистон», 1993, 27-бет.
10
murakkab munosabatlar sabab bo’lgan. Olimlarning fikricha ilk diniy tasavvurlar,
asosan, paleolit – qadimgi tosh davrining so’nggi bosqichida paydo bo’lgan.
Din ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyotining muayyan bosqichida insonning
dahshatli va tushunib bo’lmaydigan tabiat kuchlari oldida ojizligini ifodalaydigan
ma’naviy hodisa sifatida paydo bo’lgan. Zamonlar zayli bilan inson tabiatning sirli
hodisalarini tushunish sohasida tajriba to’plab borgan. Buning oqibatida kishilar
ongida tabiat hodisalari va narsalarida qandaydir ilohiy kuch bor, bu kuchlar o’z
mohiyatiga ko’ra ezgulik va yovuzlik xususiyatlariga ega, degan tasavvurlar hosil
bo’lgan.
Diniy tasavvurlar shakllanishining ilk bosqichida yakkaxudolilik emas,
aksincha, tabiat va jamiyatning rang-barang hodisalarida, «muqaddas-ruh», «jon»
va boshqa ruhiy ibtidolar borligi haqidagi tushunchalar yuzaga kelgan. Buning
natijasida kishilar narsalarga, o’simliklarga, hayvonlarga va shunga o’xshashlarga
e’tiqod qo’yib, ularga sig’inganlar. Animiylik, feteshlik, totemiylik, afsungarlik
kabi diniy e’tiqodlarning yuzaga kelishida shunday aqidalar negiz bo’lgan.
Real mavjud va ayni vaqtda, g’ayri hissiy (fetish) xususiyatlarga ega bo’lgan
predmetlar dastavval diniy munosabatlar obyektini tashkil etgan. Fetishlik
afsungarlik bilan bog’langan bo’lib, hodisalar yo’nalishini sehrgarlik bilan
o’zgartirish mumkinligini ishontirishga harakat qilgan. Predmetga xos deb
hisoblangan ayri hissiy xususiyatlar keyinchalik ulardan alohida mustaqil mohiyat
- «ruh» sifatida ajratiladi, oqibat – natijada tanadan alohida yashovchi «jon»
(animizm) haqidagi aqidalar yuzaga keladi. Urug’chilik jamiyati barham topishi
jaryonida qabilaviy dinlar o’rniga ilk sinfiy jamiyatga xos bo’lgan ko’pxudolikni
ifodalovchi dinlar paydo bo’ldi. Tarixiy taraqqiyotning bir qadar so’nggi
bosqichlarida esa jahon dinlari – buddizm (milloddan avvalgi VI-V asrlar)
xristivnlik (I asr) va islom (VII asr) yuzaga keldi.
Shunday qilib, diniy ong va tasavvurlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi
mohiyatini ifodalab, tarixiy taraqqiyot mahsuli tarzida kelib chiqadi va rivojlanadi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi barham topishi sharoitida politeistik (ko’pxudolilik),
xususiy mulkning paydo bo’lishi bilan bog’liq ravishda shakllangan ijtimoiy
11
munosabatlar davrida monoteistik (yakkaxudolilik) dinlar yuzaga kelgan.
Milloddan avvalgi VI asrda Eron va Markaziy Osiyoda paydo bo’lgan
zardushtiylik va keyinchalik kirib kelgan buddaviylik, xristianlik, yaxudiylik va
islom dini yuqoridagi xususiyatlarni o’zida ifoda etadi.
Barcha jahon dinlari kishilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda, mehr-
muruvvat, o’zaro hurmat va yordam, halol-pok yashashga undovchi umuminsoniy
qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Afsuski, kishilarni tarbiyalashda muhim
ahamiyatga ega bo’lgan dinning bunday funksiyalari yaqin o’tmishda inkor etilgan
edi, diniy madaniyatning jamiyat va shaxs ma’naviy hayotidagi roli butunlay
yo’qqa chiqarildi. Islom madaniyatining o’ziga xos bebaho qadriyatlari, Qur’oni
Karim, Hadisi Sharif, Tafsirlarni, diniy allomalarning jahon e’tirof etgan asarlarini
o’rganish zararli deb topildi.
Milliy istiqlol tufayli ma’naviyatimiz tarixida va har bir inson hayotida diniy
qadriyatlarning tutgan mavqyei o’z o’rniga qo’yildi. Istiqlol yillarida amalga
oshirilayotgan bozor munosabatlariga ma’rifatli yo’l bilan kirib borishning asosiy
tamoyillari, shubhasiz, ma’naviylikka suyanadi. Bozor munosabatlari shakllanishi
va taraqqiy etishiga ko’mak beradigan ma’naviy omillardan ustunlik bilan
foydalanish masalasining muhimligi ham ana shundadir. Ma’naviyatimizning
tarixiy ifodasi va o’zaklaridan biri hisoblanmish din va diniy qadriyatlar bu
jarayonda o’ziga xos mavqye tutishi tabiiy. Darhaqiqat, xalqimiz turmush tarzi
diniy an’analar bilan milliy urf-odatlar shu qadar chambarchas bog’lanib ketganki,
ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi
1
.
Diiny qadriyatlarning islohotlarni amalga oshirish sharoitida kishilarni
yuksak axloqiy ruhda kamol toptirish bilan bog’liq asosiy xususiyatlari va
funksiyalari jamiyat ruhiyati, xalq turmush tarzi, umuman, ma’naviyat tizimi
negizida qarab chiqilmog’i kerak. Shu ma’noda, milliy va umuminsoniy
fazilatlarni mujassamlashtirgan diniy qadriyatlar va ularning asosiy qoidalari
islohotlarning axloqiy zaminini tashkil etadi. «Madaniyatshunoslik asoslari»
mualliflarining qayd qilganidek, darhaqiqat, mulk shakllarining xilma-xil mehnat
1
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T., «O’zbekiston», 1994, 22-bet.
12
xaraktiriga, taqsimot masalasiga belgilovchi ta’sir ko’rsatuvchi, bu fuqarolar
turmush darajasining rang-barangligiga olib keldi, biroq bu xilma-xillikni
xalqimizning umuminsoniy tamoyillari hisoblangan soflik, halollik, diyonatlilik
kabi fazilatlar uyg’unlashtirib turadi. Ayni vaqtda, muqaddas dinimiz islom ham
insonning bosqinchilik, zo’rovonlik, o’g’rilik, poraxo’rlik, bo’hton, sotqinlik,
sudxo’rlik, g’iybat, chaqimchilik, tuhmat, xiyonat, qimor bilan bog’liq illatlarini
qoralaydi, moliyaviy ishlarga qalbaki bitim tuzishga taqiqlaydi
1
.
Hozirgi paytda tijorat va iqtisod sohasiga bozor tashvishlari bilan band
tadbirkorlik, fermerlar, tijoratchilarni kirib kelishi, o’z-o’zidan ravshanki, ularning
ma’naviy dunyosini shakllantirish masalasini keltirib chiqaradi. Binobarin, tijorat
va iqtisodiyot ishlarining ko’lami uni tashkil etuvchilar va amalga oshiruvchilar
oldiga yuksak ma’naviy fazilat egasi bo’lish mas’uliyatini qo’yadi. Bunday yuksak
tuyg’uni tarkib toptirishda musulmonchilikning eng muqaddas tamoyillari negiz
bo’lib xizmat qilishi kerak. Buyuk alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil
al-Buxoriyning xadisi shariflarida bayon etilishiga, mol-dunyosi ko’p odam
badavlat emas, balki nafsi to’q inson badavlatdir, savdo-sotiqda hiylakorlik,
bozorni kasod qilish maqsadida ataylab narx-navoni oshirish va aldamchilik qilish
makruhdir
2
.
Islom qadriyat sifatida yolg’iz diniy qoidalar, ko’rsatmalar, tamoyillar
yig’indisidan iborat emas, ayni vaqtda, u kishilar o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-estetik, huquqiy munosabatlarning ham ifodasidir. Shu
ma’noda, buyuk bobokalonimiz Amir Temurning islom dini va uning sofligini
saqlash asosida jamiyatdagi ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga erishganligini
esga olish o’rinlidir. «Temur tuzuklari»da qayd etilishicha, davlat agar dinu
diyonat asosida qurilmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning
shukuhi, qudrati, tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalong’och odamlarga
o’xsharkim, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. Yoxud kasi nokas tap
tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshik-to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi»
3
.
1
«Madaniyatshunoslik asoslari». T., 2006, 96-97-bet.
2
Ismoili al-Buxoriy, Hadis, 4-jild. T., Qomuslar bosh tahririyati, 1992, 204-b
3
Temur tuzuklari. T., 1991, 57-bet..
13
Amir Temur o’z siyosiy-ijtimoiy faoliyatida hamisha Alloh, tafakkur, qilich,
kitob kabi tushunchalar bilan birga iymonga suyanib ish tutishni ta’kidlaydi.
Iymon, deydi u, insonni barcha jonli zotlardan farqlantirib turadigan xususiyatdir.
Iymonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug’lari, elut xalqining or-nomusini
himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat deb biladi.
Yuqorida aytilgan fikolar umuman din, xususan islom va islomiy
qadriyatlarning xalqimiz tarixida tutgan buyuk ma’naviy salohiyatini tasavvur
etishga asos bo’ladi.
Mamlakatimizda milliy istiqlol tufayli bozor munosabatlari tomon qo’yilgan
har bir qadam ma’naviy merosimizni, xususan diniy qadriyatlarimizga yangicha
munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Yaqin vaqtlargacha ma’naviyatimizdan sun’iy
ravishda chetlashtirilgan diniy omillar o’z maqomiga ega bo’lganligi ravshan.
Holbuki, «asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik,
ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan
uzviy ravishda rivojlandi va o’z navbatida bu falsafiy va axloqiy ta’limotlar ham
xalqimiz dahosidan bahra olib boyib bordi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana
shu falsafaga uyg’un holda, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshband,
Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy,
Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg’un holda
shakllanishi lozim»
1
.
Ko’rinib turibdiki, hozirgi paytda islom qadriyatlariga suyanish
musulmonchilikning asl tamoyillarini rivojlantirish, ularni kishilarimiz hayotiy
faoliyatlariga singdirish ham tarixiy, ham mintaqiy, ham madaniy jihatdan
zarurdir, ayni vaqtda, bu – xalqimizning dunyo-qarashi, axloqining mazmunini
belgilashda asosiy mezonlardan hisoblanadi.
Avvambor, din dindorlar ahlining jamiyatda tutgan o’rnini hisobga olgan
holda, ma’naviy hayot bilan diniy munosabatlarni uyg’unlashtirish masalasi ijobiy
hal etilmoqda. Mustaqillik sharoitida e’tiqod erkinligi, davlat bilan dinning o’zaro
munosabati, dindor fuqarolar haq-huquqlarining konstitusion negizga qo’yilishi,
1
Karimov I.A. Vatan sajdogoh kabi muqaddasdir. 3-tom. T., «O’zbekiston», 1996, 7-8 betlar..
14
Respublika ijtimoiy hayotida dinning mavqyei, xalq o’rtasida totuvlikni
ta’minlashdagi ahamiyati, teng huquqli fuqarolar degan insonparvarlik va
vatanparvarlik qoidasining ro’yobga chiqishida uning ijobiy ta’sir ko’rsatish kabi
murakkab muammolar oqilona tarzda hal etildi.
Din davlatdan rasman ajratilgan bo’lsa ham, jamiyatdan ajralmagan va
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «dinning ishi dinniki, davlatning ishi davlatniki»,
«lekin ayrim kishilar buni noto’g’ri tushunib siyosatga aralashuvlari,
osoyishtalikka raxna solishlari, g’arazli niyatlardan foydalanishga, soxta obro’
orttirishda intilishlari mustaqillik siyosatiga zid ekanligi ochiq-oydin e’lon qilindi.
Darhaqiqat, mustaqillik tufayli yurtimizda erishilgan iymon erkinligi ba’zi
g’arazgo’y va mutaassib kishilarga undan siyosiy manfaatlar va maqsadlar uchun
foydalanish xavfini yuzaga keltirdi. Prezidentimiz I.A.Karimov Shveysariyadagi
«Forum - Fond» xalqaro iqtisodiy tashkilotining IV sessiyasida so’zlagan nutqida
bu haqda o’ta jiddiy va qat’iy fikrlari bildirgan edi. «Biz fuqarolik haqida qonun
qabul qildik. Bu qonun mamlakatda yashovchi barcha millatlarning huquqlarini
shunchaki e’lon qilib qolmasdan, bu huquqlarga kafolat ham beradi. Biz diniy
aqidaparastlik va mutaassiblik xavfini bartaraf qildik. Sovet imperiyasi barbod
bo’lganidan keyin vujudga kelgan bo’shliqni mana shu aqidaparastlik va
mutaassiblik bilan to’ldirishi mumkin va shunday xavf mavjud edi»
1
.
Tarixdan ma’lumki, hamma zamonlarda ham kishilar ong-qarashlarida
aqidaparastlik va mutaassiblik shakllanishi xavfi mavjud bo’lib kelgan, bu bugun
ham bartaraf etilmaganligi ma’lum. Jadidchilik xarakatining yirik namoyandasi
Mahmudxoja Behbudiy o’z davrida Buxoro amirligida xonaqo va masjidlar qurish
poygasi ko’chayib ketganligidan tashvishga tushib, «namoz uchun bir yerda masjid
va bir mulla kifoya edi. Boshqa masjidlar o’rniga maktablar solinib, bunda
yig’ilgan faqir va yo’qsullarning bolalalarini o’qitsalar edi, shuncha safil (qo’lidan
ish kelmaydigan) kishilar o’rniga o’zi ko’r saturgan bir to’da faol odamlar yetishar
edi»
2
, deb yozgan edi. Shu nuqtai – nazardan respublikamiz rahbariyati tomonidan
1
Karimov I.A.O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T., 1993, 241-242 betlar.
2
Iqtibos «Madaniyatshunoslik asoslari» o’quv qo’llanmasidan, 99-b.
15
dinga nisbatan olib borilayotgan oqilona siyosati o’zining ijobiy samarasini
berayotganligi ravshan.
Boshqa jihatdan, diniy, jumladan islomiy qadriyatlar xalqimiz turmush tarzi,
ma’naviy fazilatlari negizini tashkil etishi sir emas. Ijtimoiy taraqqiyot va
yangilanish yo’lidan borayotgan, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich
o’tayotgan paytda milliy-tarixiy turmush tarzimizni, xalqning urf-odatlarini,
an’analarini, tafakkurini hisobga olish bilan birga diniy qadriyatlarning milliy
qadriyatlar bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’lishini ham e’tibordan chetda
qoldirish mumkin emas.
Shuni ham aytish kerakki, din barcha millat kishilari uchun muqaddas ruhiy
boylik bo’lib, ularni ezgulikka, poklik, xalollik, vijdoniylikka chorlaydi. Din
nafaqat oxiratda, balki shu dunyoda ham baxt-saodatga erishish mumkinligini
e’tirof etadi. Yaxshilikni istovchi har bir kishi boshqa odamlar qalbiga ezgulik va
mehr-muruvvat nurini bag’ishlamog’i darkor, yomonlik yo’liga kirgan odam esa
shu fe’l-atvori uchun yorug’ dunyoning o’zida jazosi va ajrimini oladi. Bu
axloqiylikning islomiy tamoyilidir. «Kimning amali qanday bo’lsa, unga shunday
amal bilan javob qaytariladi, - deb yozadi buyuk alloma Imom G’azzoliy, - u bu
dunyodan yaxshi va yomon har turli amallarning javobini ko’rmaguncha ketmaydi.
U bu dunyoda o’z amallariga yarashi muomala ko’radi»
1
.
Islom qoidalariga ko’ra, olam yaxshiliklar va ezguliklarga to’la, insonning
komil bo’lishligi uchun imkoniyatlar yetarli. Shubha yo’qki, xalqimizning
ma’naviy merosi, ma’naviy olami hamda o’zligi islom ta’limoti tufayli uzoq vaqt
saqlanib kelgan.
Din o’z mohiyati jihatidan axloqiy va ma’naviy fazilatlarni qayta tiklashga
da’vat etilgandir. Mamlakatimizda mustaqillik tufayli diniy e’tiqodga keng yo’l
ochilgan, dindorlarga e’tiqodlari uchun kafolat berilgan, din mustaqillik
ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning axloqiy qimmati
yanada ortib borishi tabiiy. Bu o’rinda buyuk alloma Bahouddin Naqshbandning
qo’yidagi so’zlari ibratlidir: «Ibodat o’n qism, o’ndan to’qqiz qismi halollikni
1
G’azzoliy. Tavba qilayotgan odamlar. «Milliy tiklanish», 1995, 5 sentyabr.
16
qidirish, bir qismi esa boshqa ibodatlardir»
1
. Buning ma’nosi shuki, har bir kishi
o’z mehnati bilan topgan rizki, mahsuloti hisobiga umr kechirish kerak.
Darhaqiqat, din ayni paytda, shakllangan axloqiy qoidalar majmuasi, unda xalq
axloqiy kamolotining bosh va asosiy talablari mujassamlashgandir. Bu axloqiy
dastur va axloqiy ne’matlar esa hamma vaqt xalq tomonidan vasiyat etib
qoldirilgandir.
Diniy e’tiqodlar, g’oyalar va ta’limotlar hozirgi davrda mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan islohotlar va innovasion jarayonlarning chinakam poydevori
bo’lib xizmat qilishini ham alohida e’tirof etish lozim. Iqtisodiy, siyosiy,
demokratik islohotlarning moddiy kuchga aylanishi, shubhasiz. Shu faoliyat
sohiblari bo’lgan insonlarning halolligi, o’z burchiga sadoqati kabi omilarga ko’p
jihatdan bog’liqdir. Shuningdek, bu tizimda xalq va mamlakatning osyishtaligi,
ma’naviy barqarorligi ham yaratuvchanlik salohiyatiga ega. Shu ma’noda umuman
din va islom dini ham hozirgi zamonda tinchlik, iymon, ehson, poklik,
insonparvarlik va vatanparvarlik uchun odamlarni yo’naltiradigan ma’naviy
hodisadir.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida insonning fe’l-atvori, odobi,
dunyoqarashi va umuman ma’naviy dunyosi milliy va umuminsoniy qadriyatlar
ta’sirida shakllanadi. Jumladan, shaxsning nafaqat dunyoviy, shuningdek diniy
talab va ko’rsatmalari ruhi bilan sug’orilgan bo’ladi. Fuqarolar, jamoalarning
ma’naviy hayoti, ishlab chiqarish faoliyati, o’zligini anglashda diniy
qadriyatlarning o’rni ham kam emas. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, sharqona
islomiy axloq kodeksining ahamiyati orta boradi. Shunday ekan, bugun siyosiy-
ijtimoiy hayot haqida gap ketganda dinning, eng avvalo, ham milliy, ham
umuminsoniy qadriyat sifatidagi ahamiyati orta borishini e’tibordan soqi qilib
bo’lmaydi.
Mustaqillik sharoitida din va diniy qadriyatlarning yuqorida qayd etilgan
ijobiy jihatlarini e’tirof etish bilan birga, haqiqiy islomiy axloq-odob, islomiy
qadriyatlar bilan hyech qanday aloqasi bo’lmagan aqidaparastlik, eksterimizmning
1
Абул Муҳсин Муҳаммад Боқир Баҳовуддин Балогардон. Т., «Ёзувчи», 1993, 55-б.
17
har qanday ko’rinishiga qarshi murosasiz kurash olib borish har bir fuqaroning
burchidir. Holbuki, adolatli, demokratik, fuqarolik jamiyati qurilayotgan hozirgi
har qanday shakldagi aqidaparastlik ijtimoiy taraqqiyotimiz yo’lida to’sqinlik
qiladi.
Milliy istiqlolimizning ilk qadamlaridanoq dinning jamiyat ma’naviy
hayotida tutgan o’rni oqilona tarzda belgilab olindi. Din mamlakatimizda ma’naviy
madaniyat fenomeni sifatida e’tirof etildi, dinga va diniy tashkilotlarga munosabat
qonun asosida amalga oshirilmoqda. Respublikada qabul qilingan «Vijdon
erkinligi va diiny tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun (yangi tahriri 1998)buning
dalilidir.
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan
Konstitusiyasining 31-moddasida fuqarolarning vijdon erkinligi qonuniy ravishda
kafolatlangan. Endilikda kishilarmiz xohlagan biror dinga e’tiqod qilishlari,
qonunni buzmagan holda diniy marosim, urf-odatlarini hyech qanday moneliksiz
amalga
oshirishlari
mumkin.
I.A.Karimovning
«O’zbekiston XXI asr
bo’sag’asida…» asarida davlat bilan din o’rtasidagi aloqadorlarning mohiyatini
belgilaydigan beshta tamoyil asoslab berilgan.
Bundan tashqari, Qur’oni Karim va Hadisi Sharif kabi muqaddas kitoblar
o’zbek tiliga tarjima qilinib nashr etildiki, bulardagi odob – axloq va ma’naviyatga
oid ko’rsatmalar ma’naviyatimizni boyitib, tarbiyaviy ishlarimizni olib borishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Islomning axloqiy va ma’naviy ta’limotiga oid bo’lgan «Jomi as-sahiq»,
«Hidoya», «Mushkot», «Xikmat», «Chor kitob», «Pandnoma» kabi manbalarda
insoniylik, ibodatning tartib qoidalari va ularni mukammal bajarishga ko’rsatma
berish bilan birga insoniy fazilatlar ham keng yoritalgan, insoniylik sha’niga dog’
tushiradigan har xil razil xislatlar qattiq qoralanadi, islom ta’limotiga zid bo’lgan
fikrlar tozalangan.
Prezident I.A.Karimov mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy mustahkamlash
jarayonida ma’naviyatni boyitishning alohida o’rni mavjudligini qayta-qayta
uqtirmoqda. Shuningdek, Yurtboshimiz yoshlar ongiga dunyoviy bilimlarni
18
singdirish bilan birga, ming yillar mobaynida sinalgan va yuksak diniy tamoyillar
bilan uyg’unlashib ketgan odob-axloq ko’rsatmalari asosida ularni tarbiyalash,
kamol toptirish ishiga ham alohida e’tibor berayotganligini qayd etish lozim.
Hozir dinga bo’lgan munosabatimiz ham tubdan o’zgardi. Dinni «inson
uchun zararli», «jamiyat taraqqiyotida to’sqinlik qiladi» degan noto’g’ri
tushunchalar o’rniga uning ma’naviy madaniyatimizning ajralmas bir qismi
bo’lishi, kishilarni barkamollikka, ezgu ishlarga va birdamlikka o’rgatuvchi bir
butun dunyoqarash tizimi, turmush tarzi ekanligini ham anglamoqdamiz. Shuning
uchun faqatgina bizning respublikasizgina emas, balki butun MDXda ham dinga
ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida qarash, dinning jamiyatdagi
funksiyalarini chuqur tahlil qilish, uning hayotiyligini xolisona ko’rsatish tamoyili
keng yoyilgan.
Necha ming yillar mobaynida insoniyatning ma’naviy – axloqiy va madaniy
qiyofasini shakllantirib kelgan jahon dinlari, jumladan islom dini tomonidan
ardoqlangan
umuminsoniy
ma’naviy qadriyatlar mustaqillik sharoitida
kishilarimizning axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |