Мавзу: маънавий маданият таркибида диннинг ўрни


 Ma’naviy qadriyat sifatida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana16.09.2021
Hajmi0,55 Mb.
#175960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
manaviy madaniyat tarkibida dinning orni

1.2. Ma’naviy qadriyat sifatida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni 

Dinning mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o’rni ilohiyot va fanda turlicha 

talqin etiladi. Ilohiyotshunoslar fikricha – din xudo tomonidan o’z payg’ambarlari 

orqali  bashariyat  olamiga  joriy  qilinishi  zarur  bo’lgan  ilohiy  qonunlardir.  U 

azaldan insonning xudo bilan aloqa qilish ehtiyojidir.  

Din  –  tabiat,  jamiyat,  inson  va  uning  ongini,  yashashdan  maqsadi  hamda 

taqdirini  bevosita  qurshab  olgan,  atrof-muhitdan  tashqarida  bo’lgan,  insonni 

yaratgan,  ayni  zamonda  unga  birdan-bir  «to’g’ri»,  «haqiqat»  va  «odil»  hayot 

yo’lini ko’rsatadigan va o’rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda 

etadigan maslak, qarash ta’limotdir.  

Dunyoviy,  ilmiy  nuqtai  nazar  bo’yicha  esa  din,  ijtimoiy  –  tarixiy  hodisa. 

Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy 

ong shakllaridan biri. Din – muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat – ibodatlar va 

diniy  tashkilotlarning  faoliyatlari  orqali  namoyon  bo’ladigan,  odam,  hayot 

yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. 

Olamda  odamlar  jamoasi  paydo  bo’lganidan  to  bizgacha  o’tgan  davrlarni  ilohiy 

tasavvurda aks ettirishdir. Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa – da, umumiy 

nuqtai nazar shuki, din ishonmoqlik tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va 

go’zal  ruhiy-ma’naviy  ehtiyojlaridandir.  Darhaqiqat,  «dunyoda  dini,  ishonchi, 

ehtiqodi  bo’lmagan  xalq,  elat,  millat  yo’q.  Chunki  biron  –  bir  xalq  dinsiz, 

e’tiqodsiz,  biror  –  bir  narsaga  ishonchsiz  yashay  olmaydi.  Shuning  uchun  har 

qanday  din  jamiyatda  ma’lum  ijtimoiy,  ma’naviy,  ruxiy  va  ko’pgina  boshqa 

vazifalarini bajaradi. 

Dinning  funksiyalari  hozirgi    dinshunoslik  fanida  juda  keng  turli 

konsepsiyalarga  ko’rsatiladi.  Din  kishilar  hayotida  o’z  qavmlari  uchun 

to’ldiruvchi,  ovutuvchi  (kopensatorlik)  funksiyani  bajaradi.  Masalan,  insonda 

doimiy ehtiyoj paydo bo’lib turadi. U o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat, 

o’zga  insonlar  bilan  bo’lgan  munosabatlari  jarayonida  hayotiy  ehtiyoji, 

maqsadlariga  yetishishi  ilojsiz  bo’lib  qolganda,  unda  qandaydir  ma’naviy-ruhiy 

ehtiyojga zarurat sezadi. Shu paytda u xudoga, payg’ambarlar, farishtalar, avliyolar 




 

20 


ajdodlarining  ruhlariga  murojaat»  qilib,  ishonch  bilan  ulardan  madad  so’raydi  va 

ko’nglida «Xudo xohlasa yaxshi bo’ladi, dunyo baumed» deb, o’ziga tasalli beradi, 

o’zini  ruhiy-ma’naviy  tinchitadi.  Dinning  to’ldiruvchanlik  funksiyasi  uning 

ijtimoiyligida  eng  asosiy  vazifa  hisoblanadi  va  shu  bois  din  o’tmishda  ham, 

hozirda  ham  jamiyat  a’zolari  hayotida  mustahkam  o’rin  egallagan.  Shu  sababdan 

dindorlar  va  dindor  bo’lmagan  odamlar  ham  dinning  kompensatorlik  kuchiga 

ishonadilar,  o’zlariga  ma’naviy-ruxiy  taskin  berib  qurbonlik  qiladilar,  chiroq 

yoqadilar, muqaddas joylarga ziyoratga boradilar, sadaqa beradilar va hokazo. 

Ya’ni  din  insonlar  hayotida  ma’naviy-ruhiy  kuch,  odamlarning  irodasini, 

iymonini baquvvat qiladigan omil sifatida jamiyatda xizmat qiladi. 

Hozirgi  zamon  dinshunoslik  fanida  dinning  kompensatorlik  funksiyasini 

bayon  qilishda  mutaxassislar  har  xil  yondashib,  uni  «dushespasitelnaya»

1

  (ya’ni 



shaxsga  nisbatan  «jonni  qutqazish»  ,  «najot  berish»,  «ruhni  baquvvat  qilmoq») 

ma’nolarida  ishlatgan.  Dinning  bu  funksiyasini  nemis  sosiologi  M.Veber 

«smыslopologayuщaya» (ya’ni «mazmunga ega») deb, uni asosiy va hamma dinlar 

uchun umumiy sifatida e’tirof etadi. Bu funksiyasi odamni «biroz to’xtab, orqaga 

nazar tashlash», «hayot mazmuni», «ruhni, jonni qutqazish» haqida uylashga vodor 

qiladi.  Irodasi  kuchsiz  odamlarga  taskin  beradi,  ularning  hayot  qiyinchiliklarini 

yengishga psixoterapevtik vosita bo’lib xizmat qiladi

2

. Dinni tadqiq etuvchilar uni 



ma’naviy  omil  sifatida  inson  hayotiga  mazmun  baxsh  etadi  deb,  ta’kid  qilganlar 

masalan,  Z.Freyd  ta’limotining  davomchisi  va  keyinchalik  uni  tanqid  qiluvchisi 

Shveysariyalik  psixolog  K.Yung  ham  shu mavqyeidan  turib, dinning  funksiyasini 

tushuntiradi.  Uning  fikricha  din  inson  hayotini  mazmunli  qiladi,  uning  ko’nglini 

ochadi, yorug’lik beradi, hayotdan bahramand bo’lishga undaydi, insonni narsalar 

dunyosi  ta’siridan,  iste’molchilik  hirsidan  qutqazadi  va  bugun  ham  individlarni 

kundalik hayotlarida ularni doimo himoya qiladi

3

.  Mualliflar dinning madaniyatga 



nisbatan  funksiyasini  –  «ma’naviy»  deb  bayon  etganlar.  Yagona  diniy  mentalitet 

madaniyatning  asosini  tashkil  qilib,  odamlarning  tafakkuri  va  odobini, 

                                                 

1

 Ильин В., А.Кармин, Н.Носович. Религиоведение. Спб, 2008, 35-б.  



2

 Ўша жойда. с.-36. 

3

 Юнг К.Р.Архитик и символ. М., 1992, с.-81. 




 

21 


munosabatini  mehnati,  turmush  tarziga,  ijtimoiy  –  siyosiy  hayotga  muayyan 

qilgan.  Diiny  ibodatxonalarning  ramziy  tasviri,  xristian  cherkovlarining 

simvolikasi,  musulmonlarning  madrasa,  maqbara  va  masjidining  mo’xtashamligi 

va  rangli  go’zalligi  odamlarda  ulug’vorlik  hissiyotini  paydo  qiladi,  ularda 

go’zallik,  mukammallik,  buyuklik  va  sehrlik  haqida  tafakkurini  uyg’otadi,  ruhiy-

hissiy  ta’sir  yetkazadi.  Butun  madaniyatning  din  zaminida  integrasiyasi  xususan 

O’rta  asrlarda  kuchli  ekanligi  ma’lum.  Shuningdek,  G’arbda  O’rta  asrlarda 

maktablar  cherkov  qoshida  bo’lgan,  kutubxonalar  monastirlarda  joylashgan  eng 

katta  kitoblar  xazinasi  XII  asrdayoq  Praga  monastirida  edi,  qo’lyozma  kitoblarni 

monarxlar ko’chirilgan, birinchi slavyan alifbosini monarxlar Kirill va Mifodiylar 

tuzganlar  (IX  asr).  Birinchi  Universitet  –  Parijda  badavlat  ruhoniy  Sorbonna 

tomonidan  bunyod  etilgan.  Me’morchilik  inshootlarining  bezatishida  diniy 

mavzular asosiy o’rin egallagan. Uyg’onish davrining Buyuk rassomlari – Rafael, 

Mikelanjello,  Leonardo  da  Vinchi,  Rembrant,  Andriy  Rublev  va  boshqalar  diniy 

binolarning  bunyodi  va  bezashida  katta  hissa  qo’shganlar.  Yevropada  dastlabki 

sahna  asarlari  misteriya  va  pastorale  nomlanib,  madaniyati  syujetlarni  aks  etgan. 

Diniy  ibdoat  va  marosimlarning  Yevropada  musiqa  va  qo’shiq  aytish  bilan 

o’tkazilishi, ibodatxonalarning haykallar va ikonalar bilan jihozi, musulmonlarning  

Qur’on qiroati va ibodat qilishdagi chiroyli amallari dindor va g’ayri dindorlarga 

chuqur ma’naviy-hissiy ta’sir yetkazadi. 

Nemis  sosiologi  M.Veber  dinning  jamiyatga  nisbatan  munosabatini  deb, 

«Mirskaya funksiya» bayon qilib, uni uch tipini ko’rsatadi: Birinchidan, dunyoga, 

hayotga moslashadigan dinlar – konfusiychilik, daosizm; Ikkinchidan,  - hayotdan  

uzoqlashga  undaydigan  dinlar  –  hinduizmiylik  va  buddaviylik;  Uchinchidan,  - 

dunyoni  o’ziga  singdiruvchi  dinlar  –  yahudiylik  va  nasroniylik.  Dinlarning  har 

qaysi  tipii  hayotiy  –  dunyoviy  funksiyasini  o’ziga  xos  tarzda  bajaradi.  Ammo  bu 

dinlarning  barchasi  jamiyatda  ijtimoiy  tartibni  saqlash  va  tashkillashtirish 

maqsadida  ma’naviy  kuch  omili  bo’lib  xizmat  qiladi.  Yagona  e’tiqod  kishilarni 




 

22 


birlashtiradi

1

.    Islomda  bu  funksiyani  amalda  shariat  –  islom  huquqiy  –  axloqiy 



kodeksi bajaradi.  

Dinning  yana  bir  muhim  funksiyasi  –  bu,  uning  birlashtiruvchiligida 

(integrasion)  funksiyasida  namoyon  bo’ladi.  Har  bir  din  o’ziga  e’tiqod 

qiluvchilarni  o’z  ta’limotiga  amal  qilishga  undaydi.  Ularni  o’z  ta’limoti  doirasida 

saqlashga  harakat  qiladi.  Har  qaysi  din  hamisha  muayyan  ijtimoiy,  etnik  va 

ma’naviy  hayotni  o’z  ta’sirida  tutishga  harakat  qiladi.  Bu  ta’sirning 

muntazamligini  ta’minlash  maqsadida  xalqlarning  ijtimoiy  hayotiga,  axloqiy 

munosabatlariga, shuningdek, hatto adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.  

Dinning integrasion funksiyasi o’tmishda ham, bugungi kunda ham ko’pgina 

olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan. Darhaqiqat, har qaysi din unda e’tiqod 

qiluvchilarni o’zining g’oyalari atrofida birlashtirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, 

zamon  talabiga  binoan  va  global  muammolar  yuzaga  kelgani  bilan  dinlararo 

integrasiya ham kuchayib bormoqda. 

Dinning  integrasion  funksiyasi  muhim  ijtimoiy  ahamiyatga  ega.  Bu  sifat 

turli  tarixiy  davrlarda,  har  qaysi  dinda  o’ziga  xos  tarzda  namoyon    bo’lgan. 

Masalan,  xristianlik  yuzaga  kelganda  uning  g’oyalari  atrofida  dastaval  qullar  va 

kambag’allar  o’z  ruhiy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  muttahid  bo’lganlar.  Bu 

integrasion  jarayon  Rim  imperiyasining  zodagonlarini  ham  asta  –  sekin  o’ziga 

tortgan. Bu hodisaning mohiyatini yaxshi fahmlangan imperator Konstantin 313 yil 

xristianlikni  saltanatning  rasmiy  davlat  dini  deb  e’lon  qilgan,  o’zi  ham  uni  qabul 

qilgan. Xristianlik tufaydi Rim imperiyasi birlashgan va kuchli davlatga aylangan. 

Keyinchalik  O’rta  asrlarda  ko’pgina  yevropa  davlatlarida,  988  yili  rusda  ham 

xristianlik  yagona  e’tiqodga  aylangan,  ya’ni  o’zining  tub  ma’noda  integrasion 

funksiyasini bajargan va bugun ham keng ma’noda bajarib kelmoqda. 

Yuqoridagi  hodisani  islom  tarixida  ham  ko’rish  mumkin.  Uning  vujudga 

kelishi  arafasida  og’ir  iqlim  sharoitida  yashovchi  arab  qabilalari  parokandalikni 

boshdan kechirganlar. Muhammad (s.a.v.) faoliyati tufayli ular yagona xudo Alloh 

g’oyasi ostida muttahid bo’lganlar. 

                                                 

1

 Ильин В., А.Кармин ва бошқалар. Религиоведение, с.-38. 




 

23 


Dinning integrasion funksiyasini tadqiq etib, uning jamiyat hayotida abadiy 

qolishini 

bashorat 

qilgan 


Fransuz 

sosiologi 

E.Dyurkgeym, 

kapitalizm 

sivilizasiyasining  vujudga  kelishiga  xristianlikning  protestantlik  yo’nalishi  va 

uning  axloqiy  normalari  turtki  bo’lganini  aytgan  nemis  sosiologi  M.Veber  katta 

ilmiy ahamiyatga ega

1



Xristianlikning  uchinchi,  so’nggi  yo’nalishi  bo’lgan  protestantlik  (XVI  asr) 

katolisizmdagi  ko’pgina  ortiqcha  diniy  ibodat  va  ko’rsatmalarini  isloh  qilib, 

indulgensiyadan  voz  kechib,  diniy  erkinlikni  keng  joriy  etishga  muvaffaq  bo’ldi. 

Natijada protestantlikni yoqlaganlarning soni ortib bordi, uning lyuteranlik (Martin 

Lyuter  nomidan),  kalvinistik  (Djon  Kalvin)  va  anglikanlik  cherkovlari  vujudga 

kelib  jahon  bo’ylab  yoyilib  ketdi.  Protestantlik  cherkovlari  jamiyatda  ro’y 

berayotgan  yangi  burjua  tartiblarni  himoya  qilardi  va  Yevropada  Refermasiyaga 

asos soldi.  

Dinning  jamiyat  hayotida  tutgan  o’rni  masalasi  bilan  ko’proq  din 

sosiologiyasi  shug’ullanadi.  Sosiologiya  mavqyeidan  turib  dinning  ijtimoiy 

funksiyalari  tadqiqi  etishda  din  jamiyat  hayotining  ajralmas  tarkibiy  qismi, 

odamlar uchun zarur ma’naviy-axloqiy kuch ekanligi nuqtai nazardan yondashadi, 

uni  ijtimoiy  munosabatlarning  vujud  kelishi  va  rivojlanishining  omili  sifatida 

tushuntiradi

2

.  


Dinning  ijtimoiy  funksiyasi  haqidagi  ta’limotni  funksiyaanalizm  nisbatan 

faol tadqiq etadi. Uning namoyandalaridan biri sosiolog E.Dyurkgeyn fikricha din 

odamlarda  ularning  axloqiy  umumiyligini  anglashga  yordam  beradi,  jamiyatni 

barqarorligini  ta’minlaydi.  Barqarorlik  integrasiya  asosida  dindorlar,  dindor 

bo’lmaganlar,  ijtimoi  guruhlar,  institutlar,  uyushmalar  ittifoqi  va  hamkorligining 

samarasidir. 

Darhaqiqat, har bir din aloqa bog’lashlik funksiyasini bajaradi, ya’ni har bir 

din  o’z  qavmlarining  birligini,  jamiyat  va  shaxsning  o’zaro  aloqada  bo’lishini 

ta’minlashga  intiladi.  Bunda  u  yoki  bu  dinga  e’tiqod  qiluvchi  kishilarning  o’z 

                                                 

1

 Радугин F. Введение в религиоведение. М., «Центр», 2000, с.22. 



2

 Ўша жойда. 46-бет. 




 

24 


dinidagi  boshqa  kishilar  bilan  bog’liqlikda  bo’lishi,  urf-odat,  marosim  va 

bayramlarni, ibodatlarni jamoa bo’lib bajarishi nazarda tutiladi. 

Tadqiqotchilar  dinning  dunyoqarash,  falsafiy  funksiyasi  ham  mavjud  deb 

qayd  etadilar.  Bu  vazifa  –  insonga  yashashdan  maqsad,  hayot  mazmunini,  bu 

dunyo  va  narigi  dunyo  masalalariga  o’z  munosabatini  bildirib  turishni  o’z  ichiga 

oladi.  Bundan  tashqari,  jamiyat,  guruh  va  shaxs  ma’naviy  hayotining  muayyan 

sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni 

jonlantirilgan  va  hamma  uchun  bajarishi  majburiy  imperativ  xulq-atvor  qoidasiga 

aylantirgan. 

Dinshunos  olim  D.M.Ugrinovichning  fikricha  dinning  ijtimoiy  roli  uning 

turli davrlarda jamiyatda tutgan o’rni bilan belgilanadi, chunki zamon va jamiyatda 

sodir bo’ladigan o’zgarishlarda din ta’sirining darajasi va mavqyei turlicha bo’lishi 

mumkin.  O’rta  asrlardagi  feodal  jamiyatida  din  jamiyat  hayotining  hamma 

soholarini  o’z  ta’siriga  tutgan  va  ijtimoiy  munosabatlarda  diniy  normalarni 

qonunlashtirilgan. Osiyoning ayrim mamlakatlarida (Eron, Saudiya Arabistoni) din 

avvalgidek  odamlar  hayotida  mustahkam  mavqyega  ega.  Kishilar  xulq-atvori  va 

ijtimoiy  institutlar  faoliyatida  ta’sir  yetkazib  turadi.  Yevropa  va  Amerika 

mamlakatlarida  esa  sekulyarizasiya    jarayoni  tufayli  dinning  roli  o’zgargan.  Din 

jamiyatning  ko’p  sohalaridan  xoli  bo’lgan  va  faqat  kishilar  ma’naviy  xatti-

harakatlarining sababini ifoda etuvchi omildir

1

.   


Taniqli  amerikalik  faylasuf  va  sosiolog  E.Fromm  o’zining  «Psixoanaliz  va 

din»  nomli  asarida  dinning  ijtimoiy  roliga  har  tomonlama  yondashib,  uning 

gumanistik  va  avtoritar  tamoyillariga  e’tibor  bergan.  Birinchisiga  dastlabki 

buddaviylik, daosizm va Isoi Masehning ta’limotini taaluqli deb topgan. Uningcha, 

Budda xudo emas, balki ulug’ ustozdirkim «Uyg’onib», ison borligining haqiqatini 

birinchi  bo’lib  anglagan.  U  g’ayri  tabiiy  kuch  nomidan  emas,  balki  aql  nuqtai 

nazaridan  har  bir  kishiga  murojaat  qilib,  o’qtiradiki  o’z  aqlu  farosati  bilan 

haqiqatni  bilishiga  shaxsan  intilsin.  Shu  bois,  Nirvana  konsepsiyasi  ojiz  va 

gunohkor odam holati bo’lmasdan, insonning to’liq uyg’ongan, o’zligini anglagan 

                                                 

1

 Угринович Д.М. Введение в религиоведение. М., 1985, с.-55. 




 

25 


holati  hisoblanadi.  Shuning  uchun,  buddaviylikda  ilohiylikdan  ko’ra,  insoniylik 

tamoyillari kuchliroqdir

2



Dinning  insonparvarlik  (gumanistik)  tamoyili  yoki  funksiyasi,  shubhasiz 



insonni  ma’naviy-ruhiy  shakllantirish  orqali  amalga  oshadi.  Bu  jihatdan  islom 

ta’limoti ham o’zining insonparvarlik tamyoili bilan jahon dinlari tizimida alohida 

mavqyega  ega.  Islomning  gumanistik  tamoyili  uning  muqaddas  kitobi  Qur’oni 

Karim  va  hadisda  ifodasini  topgan.  Islom,  uning  gumanistik  g’oyalari  inson  va 

jamiyatni  ma’naviy  poklanishiga  yo’l  ochadi.  Zero,  uning  ta’limotida  ezgulik  va 

insoniylikka  da’vat  etuvchi,  inson  ruhiyatiga  ta’sir  qiluvchi  boy  va  sermazmun 

o’gitlar  bisyor.  Jumladan,  Yurtboshimiz  I.A.Karimov  islom  dini  haqida  bunday 

deb  yozgan  edilar:  «Islom  dini…  biz  uchun  ham  imon,  ham  axloq,  ham  diyonat, 

ma’rifat ekanligini unutmaylik. Ana shu ma’rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul 

qiladilar  va  yaxshi  o’gitlarga  amal  qiladilar.  Mehr  –  oqibatli,  nomusli,  oriyatli 

bo’lishga,  izzat-ehtirom  tushunchalariga  rioya  etishga  harakat  qiladilar.  Din  xalq 

ma’naviyatining,  ma’rifatining  yuksalishiga  katta  hissa  qo’shib  kelgan  ekan, 

bugungi  davlatchiligimiz  haqida  so’z  yuritganda,  rejalar  tuzganda  dinni,  eng 

avvalo,  ham  milliy,  ham  umuminsoniy  qadriyat  sifatida  e’tiborda  tutishimiz 

kerak»

1

.  Mana  shu  ma’noda  islom  dini  tarixiga  nazar  tashlasak,  ko’ramizki,  «bu 



dinni  anglash,  uni  tushunish,  tushuntirish,  targ’ib  va  pokligini  saqlash  borasida 

asrlar  mobaynida  ko’p-ko’p  bahs-munozara  va  tortishuvlar,  hatto  jangu-jadallar 

ham  bo’lib  o’tganligini  ko’ramiz»  -  deb  ta’kidladi  I.A.Karimov  Imom  Motrudiy 

tavalludining 1130 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida. 

Darhaqiqat,  islom  dinining  ta’limoti  insonparvarlik  mohiyatiga  ko’ra,  insonning 

hayoti va taraqqiyotini yaxshilash, poklik sari, adolat sari yo’naltirishda, odamlarni 

millati,  tili,  dinidan  qat’iy  nazar,  o’zaro  ahil,  bahamjihat,  mehr-oqibatli  bo’lib 

yashashga da’vat etadi.  

Islom  dining  mintaqamiz  xalqlari  hayotiga  kirib  kelishi  islom 

qadriyatlarining odamlar  ongi  va shuuri, turmush tarzidan  o’rin olishi bilan shaxs 

                                                 

2

 Иқтибос юқорида келтирилган А.Радугин китобидан, 57-бет. 



 


 

26 


ma’naviyatining  shakllanishi  va  yuksalishida  yangi  bosqichni  boshlab  berdi. 

Chunki  «..  Din  o’z  mazmuni  mohiyati  bilan  azaldan  jamiyat  taraqqiyotiga, 

kishilarning  tafakkuri  va  ma’naviyatiga,  shu  jamiyatga  xolisona  xizmat  qiladigan 

ma’naviy komil insonlarni tarbiyalashdek sharafli ishga xizmat qilib kelgan»

1



Qayd  qilish  joizki  jamiyatda  integrasion  jarayon  va  barqarorlik,  totuvlikni 



saqlash  bilan  birga  ayrim  tarixiy  davrlarda  jamiyat  taraqqiyotining  sustlashiga, 

nizolar kelib chiqishiga, odamlar hayotini xavf ostida qolishiga ham sabab bo’lgan.  

Bunga  tarixda  sodir  bo’lgan  Salib  yurishlari,  Fransiyadagi  diniy  urushlar 

(XVI)  va  «Varfolomey  kechasi»  -  gugenotlar  (protestantlar)  qirg’ini, 

hinduiylikdagi  odamlarni  kastalarga  bo’linishi,  yaxudiylikning  yahudiy  millatini 

xudo  nazarida  tushgan  millat  deb  e’lon  qilinishi,  shuningdek,  hozirgi 

fundamentalizm  va  eskterimizmning  xavfsizlikka  tahdidi  kabi  hodisalar  misol 

bo’la oladi. Ammo ravshanki bu harakatlar dinning haqiqiy 

 mohiyati 

bo’lmasdan, ayrim diniy tashkilotlar va ashaddiy aqidaparastlarning qora niyatilari 

va manfaatlari bilan bog’liq hodisadir. 

XX asrning oxirgi choragida Markaziy Osiyo xalqlarining siyosiy, iqtisodiy-

ijtimoiy  va  ma’naviy  hayotida  ulkan  o’zgarishlar  sodir  bo’lib,  mustaqil  davlatlar 

hamdo’stligi  vujudga  keldi.  Bunday  sharoitda  xalqaro  miqyosida  dinlarning 

faollashuvi,  ularning  siyosiylashib  borishi  bilan  bir  qatorda,  turli  diniy 

konferensiyalarning  insoniyat  ma’naviy  boyligi  ekanligidan  foydalanadigan, 

hokimiyat  uchun  kurashda  qurol  sifatida  ishlatishga  urunuvchi  turli  diniy 

haarkatlar  yuzaga  kela  boshladi.  Ular  o’z  g’oyalarini  dindorlarga  tez  singdirish 

yo’llarini  axtarib,  ham  siyosiy,  ham  ma’naviy  jihatdan  turli  diniy  konfessiyalar 

o’rtasida  qarama-qarshilikni  keltirib  chiqarish  bilan  cheklanmasdan,  so’iqasd  va 

terror usullarini qo’llanadilar.  

O’tgan  davr  ichida  turli  ekstremistik  diniy  uyushmalar  milliy 

xavfsizligimizga,  xalqimiz  va  davlatimiz  borqarorligini  buzishga  harakat  qilib 

ko’rdilar. 

                                                 

1

 Уватов У. Иймон нури. Т.,  «Ёзувчи», 1996, 4-бет 




 

27 


Bunday  harakatlarni  boshqaradigan  siyosiy  kuchlar,  diniy  tashkilotlar  va 

ularning missionerlari, guruhlar mavjud bo’lib, goh yashirin, goh oshkora faoliyat 

ko’rsatadilar.  Keyingi  yillarda  terrorizm  va  diniy  eksterimizm  bir-biri  bilan 

qovushib  ketdi  ham.  «Islom  bayrog’i  ostida  ro’y  berayotgan  hodisalar  g’oyat 

xilma-xil,  ko’pqirrali,  ba’zan  ziddiyatli  va  hatto  qarama-qarshi  qutbli  ekanligiga 

qaratmoqchiman», - deb yozadi I.A.Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» 

nomli asarida va shu kabi hodisalarni asl mohiyati va maqsadlarini ko’rsatadi

1

.  



O’zbekiston  hukumati  terrorchilik  va  uning  diniy  eksterimizm  shaklidagi 

noxush hodisalarni o’z vaqtida oldini olish va mamlakatda tinchlik va barqarorlikni 

saqlash maqsadida zaruriy chora tadbirlarni amalga oshirdi

2



O’zbekistonda  tashrif  buyurgan  Amerika  Oliy  Islom  Kengashining  raisi 

Shayx  Muhammad  Hishom  Qabboniy  shunday  aytgan  edi:  «…  Islom  dini 

birodarlik, mehr-muhabbat va rahmdillik dini bo’lib, terrorchilik buzg’unchilikning 

har  qanday  ko’rinishini  rad  etadi  va  keskin  qoralaydi.  Bugungi  kunda  namoyon 

bo’layotgan  diniy  niqobdagi  terrorchilik  va  turli  buzg’unchilik  xatti-harakatlarini 

islom  nomidan  gapirib,  yovuz  maqsadlarini  oqlashga  o’rinishdan  o’zga  narsa 

emas»

3



Dinning  yana  bir  muhim  funksiyasi  –  bu  uning  boshqaruv,  odamlar 

o’rtasidagi  munosabatlarni,  turmush  tarzini  tartibga  solish  va  nazorat  qilishdan 

iborat. Din axloqiy va normalarga rioya qilishni talab qiladi va dindorlarni yaxshi 

fazilatli  bo’lishga,  diyonatli  bo’lishga  da’vat  etadi.  Jamiyat,  guruh  va  shaxs 

ma’naviy hayotining muayayn sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq ma’yorlarini 

o’ziga  singdirib  olgan,  ularni  jonlantirgan  va  hamma  uchun  majburiy  xulq-atvor 

qoidalarsiga  anlantirgan.  Odamning  odamlar  bilan  hamkorlikda,  muloqotda,  do’st 

bo’lib  yashashiga  ko’maklashgan  va  hamon  ko’maklashib  kelmoqda.  Shuning 

uchun  dinda  xususan,  jahon  dinlari  –  buddaviylik,  xristianlik  va  islom 

ta’limotlarida odob-axloq muammolari juda katta o’rin olgan. Bejis emaski keyingi 

yillar dinshunosligida jahon dinlarini «ma’naviy dinlar» («duxovnыye religii») deb 

                                                 

1

 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарорлик тараққиѐти йўлида. Т.6, Т.: «Ўзбекистон», 1998, 34-бет. 



2

 Ўзбекистон Республикасининг 2000 йил 15 декабрда қабул қилинган «Терроризмга қарши кураш қонуни, 

2004 йил 30 апрель мазкур қонунга ўзгартишлар киритди ва 06.07.2004 йил кучга кирди». 

3

 «Халқ сўзи» газетаси, 10 октябрь 2000 йил. 




 

28 


ataganlar.  Shu  sababdan  din  asrlar  davomida  odamlar  ongida  ma’naviy  qadriyat 

sifatida  singib,  jamiyat  uchun  zarur  bo’lgan.  Shuning  uchun  dinni  qattiq  qilgan. 

B.Spinoza,  dinga  umuman  ishonmagan  buyuk  Volter  dinni  jamiyat  va  insonlar 

uchun zarurligini e’tirof etganlar. 

Diniy  ko’rsatmalar  va  muqaddas  axloqiy  qoida  va  talablar  dindorlar 

tomonidan  uzoq  yillar  davomida  yaxlit  holda  qabul  qilindi  va  jamiyatda  odamlar 

munosabatini tartibga solishga xizmat qilmoqda. 

IX  asrdan    IV  asrga  qadar  tuzilgan  «Avesto»  diniy  mazmunda  bo’lishiga 

qaramay,  ma’naviy-axloqiy  o’git  va  tartib  qoidalarni  bajo  keltirishni  insonning 

muqaddas burchi deb e’lon qiladi. 

Biroq  zardushtiylikda  axloqiy  tushunchalar  insoniy  tus  berilgan  obrazlar 

shaklida bayon qilinadi. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra «iymonli kishi o’g’rilik va 

tolonchilikdan,  o’zgaralarning  mol-mulkiga  ko’z  olaytirishdan,  birovning  haqqiga 

xiyonat  qilishdan  tikiladigan  komil  insondir.  Tanalaringizga  nisbatan  qalbingiz 

haqida  ko’proq  qayg’uring,  ya’ni  avvalo  ma’naviy  dunyoning  musaffo  bo’lsa, 

moddiy  turmushingiz  ham  yaxshilanib  boraveradi,  deydi  Ahuramazda  o’z 

o’gitlarida»

1



Zardusht o’z ta’limotida qabilalar o’rtasidagi nizolarning oldini olish, adolat 

o’rnanish,  g’ayriinsoniy  urf-odatlarga,  qon  to’kilishiga  yo’l  qo’ymaslik  kabi 

illatlarni bartaraf qilish bilan ezgulik ishlarni amalga oshirishni maqsad qilib olgan. 

«Yaxshi  niyat,  yaxshi  so’z,  yaxshi  amallar»  shioridan  ma’lumki  zardushtiylik 

qadim  zamondan  oliy  ma’naviy  qadriyatlarni  turli  xalqlar  ongiga  singdirib 

kelmoqda.  

Zardushtiylik  ta’limotiga  binoan  dunyoni  azaliy  ezgulik  bag’riga 

qaytarishning  birdan-bir  yo’li  –  bu,  pok  hayot,  halol  mehnat,  yaratuvchilik, 

yovuzlikni  qalbidan  chiqarib  tashlash,  iymon  –  e’tiqodli  bo’lish,  yetim-yesir  va 

miskinlarga yordam berish hamda yaxshi niyat va yaxshi so’z edi.  

Tuproq,  suv,  havoni  bulg’ash,  ifloslantirish,  eng  og’ir  gunoh  deb 

belgilangan. Zardushtning xususan, «tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo’lib 

                                                 

1

 



Oqmurodov T. Din va hurfikrlilik tarixi. T., «O’qituvchi», 1995, 54-bet.

 



 

29 


hisoblanishi  lozim,  -  deb  o’qtiradi.  Bolalarni  nafaqat  jismonan  barkamol,  ayni 

paytda,  ma’naviy  jihatdan  pok,  xush  axloqli  bo’lishi  masalasi  ham  alohida  o’rin 

tutadi.  Ma’naviy  –  axloqiy  tarbiyada  bolalarning  mehnatsevar,  kasb-hunar  egasi 

bo’lishiga,  mehnatga  inson  kamoloti  va  axloqiy  sog’lomligining  manbai  deb 

qarashga  katta  urg’u  berilgan.  Bularsiz  inson  rohat-farog’at  hayot  kechira 

olmaydi.,  ezgulik  va  yaxshilik  ishlarining  sohibi  bo’la  olmaydi.  Ana  shu  axloqiy 

tamoyillar bu dinning keng yoyilishiga yo’l ochib berdi. 

Zardusht  yashagan zamon urug’-qabilachilik  munosabatlari  yemirilayotgan, 

uning  o’rnida  dastlabki  davlatchilik  asoslari  qaror  topayotgan  davr  edi.  Biroq 

mahalliy-qabilaviy  diniy  e’tiqodlar  jamiyat  taraqqiyotidagi  bu  yangi  bosqichning 

to’la qaror topishiga to’sqinlik qilmoqda edi. Bundan tashqari, zardusht yashagan 

murakkab  davrda  o’lkaning  turli  qabilalarini  birlashtirish  va  ularni  ilk 

markazlashgan  davlatchilik    g’oyasi  atrofida  uyushtirish  ham  zaruratga  aylangan 

edi.  Bularning  barchasi  jamiyat  uchun  yangi  mafkuraga  muhtojlikni  vujudga 

keltirgan. Bu muhtojlikni hammadan ko’proq donishmand Zardusht anglab yetgan 

edi.  U  inqirozdan  qutulish,  xalqlar,  qabilalarni  birlashtirib,  yagona  davlatchilikka 

erishishning birdan-bir yo’li yangi din bo’lishi zarurligini anglab yetdi. 

Zardushtiylik  ta’limoti  o’zining  ezgulik  va  insonparvarlik  g’oyalari  tufayli 

nafaqat O’rta Osiyo va Eron, balki ko’pgina boshqa hududlarga ham yoyildi. Buni 

taniqli G’arb olimlari e’tirof qilganlar. Jumladan fransuz olimi Jan Dyushe yozadi: 

«Osiyoning  barcha  farzandlari  ichidan  G’arb  birinchi  o’rinda  Zardushtni  o’ziga 

ma’naviy  ustoz  qilib  tanladi.  Uning  g’oyalari  ISO  Masih  ta’limotidan  ilgari 

Yunonistonni  boyitgan  ed.  Zardushtni  Platon  ham  bilar  edi.  Budda  va 

Konfusiylarning ovozlari Yevropaga yetib kelishi uchun ko’p vaqtlar kerak bo’ldi. 

Shu  sababli  Zardusht  G’arbda  Qadimgi  Osiyoning  yagona  donishmandi  bo’lib 

qoldi»


1

.S.F.Oldenburg  esa  zardushtiylik  o’z  davrining  «eng  oqilona  dinidir»,  deb 

e’tirof  etadi,  Yu.A.Rapoportning  fikricha  «Zardushtiylik  o’tmish  dinlarining  eng 

kuchlilaridandir. Uning buddaviylik, xristianlik va islomga ma’lum darajada ta’siri 

bor».  (yuqoridagi  asar,  32-bet)  Darhaqiqat,  zardushtiylik  zamon  talabini, 

                                                 

1

 

Jo’rayev U., I.Saidjanov. Dunyo dinlari tarixi. 33-bet.



 


 

30 


odamlarning  ma’naviy  ehtiyojini  to’la  qondirgan  dinlardan  hisoblanadi.  Uning 

ta’limoti kelajakka ishonch bilan qarashni targ’ib etadi va insoniyat tarixida muhim 

o’ringa ega bo’ldi.  

Dinning  boshqaruv  va  jamiyat  hayotini  tartibga  solish  (regulyativ) 

funksiyasi xususan konfusiychilik dinida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lib kelgan. 

Xalqni  mavjud  tartib-qoidalarni  rioya  va  hurmat  qilish  ruhida  tarbiyalash 

konfusiychilik  dinining  asosiy  maqsadi  edi.  Aslida  bu  falsafiy  ta’limot  bo’lib, 

milodning boshlarida uning asosida Xitoyda konfusiychilik dini vujudga keldi

1

.     


Konfusiychilik ta’limoti markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, 

olamdagi  hamda  jamiyatdagi  o’rni,  vazifasi  kabi  muammolari  turadi.  Chunki, 

jamiyatning  qanday  bo’lishi  insonlar  xatti-harakatiga  ko’p  bog’liqdir.  Shu  bois 

Konfusiy  kamolotga  yetish  inson  idealini  (UZYuN-UZ)  yaratgan  va  birga 

fuqarolar ana shu ideal insonday bo’lishga intilishi zarur deb hisoblagan. Konfusiy 

tasavvur  etgan  ideal  inson  eng  muhimi  ikki  fazilat-insonparvarlik  va  o’z  burchini 

his  etishga  ega  bo’lishi  lozim  edi

2

.  Insonparvarlik  deyilganda  –  odamiylik,  rahm-



shafqatli  bo’lish,  o’zaro  bir-biriga  yordam  berishga  tayyor  turish,  kamtarlik, 

adolatli  bo’lish,  qadr-qimatni  hurmatlash,  beg’arazlik,  insonlarga  mehr-muhabbat 

kabilar tushunilgan. 

Burchni  his  etish  deyilganda  esa  –  bilimga  intilish,  o’tmish  meroslarini, 

marosimlarini hurmat qilish, sadoqatli, ochiq ko’ngilli bo’lish kabilar tushunilgan. 

Shuning uchun burchni his etish masalasiga axloqiy majburiyat, deb qaralgan. 

Konfusiychilikning  ideal  inson  ta’limoti  ayni  paytda,  o’z  ichiga  «munosib 

fuqaro» tushunchasini ham oladi. «Munosib fuqaro» deb, har tomonlama an’anaviy 

va  axloqiy  komil  inson  tushuniladi.  Ideal  inson  to’g’rsidagi  ta’limot  Xitoy 

jamiyatining  barqarorlashuvida,  Xitoy  xalqi  mentalitetining  shakllanishida  juda 

katta  ijobiy  ta’sir  yetkazgan.  Bu  ta’limotga  ko’ra  jamiyat  barqarorligini, 

taraqqiyotini  faqat  axloqli  va  ma’naviyati  yuksak  shaxslar  ta’minlaydi. 

                                                 

1

 



Jo’rayev U., I.Saidjanov. Dunyo dinlari tarixi. 60-бет.

 

2



 O’sha joyda. 62-бет. 


 

31 


Konfusiychilik  davlat  hokimiyatiga  yuqori  malakali,  o’z  vataniga  sadoqatli,  o’z 

vazifasini vijdonan bajaradigan amaldorlar zarur deb hisoblaydi. 

Konfusiy  ta’limotiga  binoan  davlat  ishlarida  qabul  qilinadigan  bo’lajak 

mansabdorlarning  ijtimoiy  kelib  chiqishinidan  qat’iy  nazar,  birinchi  o’rinda 

qobiliyat  va  etikasi  qo’yilishi  zarur  hisoblanadi.  Konfusiychilik  Xitoy  xalqining 

ongiga  urf-odatiga,  turmush  tarziga  butun  singib  ketgan,  boshqa  qo’shni  Janubiy 

Osiyo  mamlakatlariga  ham  ta’siri  bor.  Shuning  uchun  taniqli  sharqshuno  olim 

L.S.Vasilyevning  Xitoy  diniy  hayoti,  jumladan  konfusiychilik  integrasion  kuchi 

haqida  yozganlariga  ko’ra,  bu  ta’limot  yuqori  ahamiyatga  ega.  Unda  butun  Xitoy 

xalqining  milliy  madaniyati,  ruhiyati,  dunyoqarashi,  e’tiqodi  jamiyat  oldidagi 

burchi  ifodasini  topgan.  Konfusiychilik  ijobiy  ta’sirini  o’zida  singdirgan  Uzoq 

Sharq va Janubiy – Sharqiy Osiyo mamlakatlari bugungi taraqqiyoti darajasi bilan 

dunyoni hayratga solgan

1



Shuni  ham  qayd  qilish  joizki  fanda  axloqiy  qadriyatlar dinniki emas,  axloq 

diniy tasavvurlardan oldin paydo bo’lgan va o’z paydoishi jihatidan insoniy hodisa 

degan qarashlar ham mavjud. Darhaqiqat, «Ilm-fan axloqqa tarixiy hodisa sifatida 

qaraydi.  Chunki  axloqiy  tartib-qoidalar  minglab  yillar  davomida  insoniyat 

jamiyatining rivojlanishi insoniy munosabatlarning taraqqiyoti jarayonida yaratildi. 

Shu bilar birga jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida tarixiy hodisa sifatida 

paydo  bo’lgan  din  jamiyatda  yuzaga  kelgan  axloqiy  tartib-qoidalarga  jiddiy  ta’sir 

ko’rsatadi»

2

. Har holda mualliflarning e’tirof etilishicha, jamiyat tomonidan qabul 



qilingan  va  o’zlashtirilgan,  foydali  bo’lgan  axloqiy  tartib-qoidalar,  garchi  diniy 

aqida sifatida bo’lsa ham, shu jamiyat hayotidagi ijobiy hodisadir.  

Din  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarni  saqlab  qolish  hamda  avloddan-

avlodga yetkazish ishiga yordam berib kelgan va bugun ham odamlarga hayotdagi 

muammo  va  qiyinchiliklarni  yengib  o’tishda  ruhiy  kuch-quvvat  bag’ishlab 

kelmoqda. Din-ming yillardan beri odamlarda ishonch hissini, ertangi kunga umid 

hissini  mustahkamlab  kelmoqda.  Prezidentimiz  I.A.Karimov  hozirgi  zamonda 

                                                 

1

 Васильев Л.С. История религий Востока. М., 1999, 309-бет. 



2

 Бозоров О., А.Худойқулов. Ахлоқий қадриятлар ва ислом, 13-бет. 




 

32 


dinning  insoniyat  hayotidagi  ahamiyati  haqida  bunday  degan  edilar:  «Insoniyat 

murakkab  jarayonni  boshidan  kechirayotgan  hozirgi  davrda  dinning  turli  xalqlar 

o’rtasida  muloqot  o’rnatish,  ularni  ma’naviy  va  jihatdan  yaqinlashtirish,  zulm  va 

zo’ravonlikka  qarshi  birgalikda  kurashga  da’vat  etish  borasidagi  ahamiyati 

beqiyosdir». 

Shundan  qilib,  ma’naviy-ruhiy  qadriyat  sifatida  dinning  jamiyat  hayotida 

tutgan o’rni uning funksiyasi ko’p qirralidir. Inson o’zining tub mohiyati bo’lmish 

ma’naviyligi  bilan  o’zga  jonzotlardan  farq  qiladi.  Buning  uchun  insoniyat 

ma’naviyligining  bosh  negizi  bo’lmish  diniy  ta’limotning  insoniy  tamoyillariga 

nazar  tashlashi  lozim.  Chunki  «Din  odamzotni  hyech  qachon  yomon  yo’lga 

boshlamaydi.  Din  bu  dunyoning  o’tkinchi  ekanini,    oxiratni  eslatib  turadi,  odam 

bolasini  hushyor  bo’lishga,  harom  yo’llardan  uzoq  yurishga,  yaxshi  bo’lishga, 

yaxshi iz qoldirishga undab turadi»

1

 – deb yozadi I.A.Karimov. 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                 

1

 

Iqtibos qorida ko’rsatilgan «dunyo dinlari tarixi»dan keltirilgan, 9-b.



 


 

33 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish