2.2. Islom tasavvufida komil inson talqini
Inson muammosi, uning diniy-falsafiy tahlili islom tasavvufida o’ziga xos
tarzda bayon etiladi. Tasavvuf so’fiylikning g’oyaviy-nazariy asosini tashkil etadi.
A.Krimskiyning aniqlashicha, «So’fiy» so’zi VIII asrning o’rtalaridan boshlab
tatbiq etila boshlangan va u asosan komil, e’tiqodli kishilarga nisbatan
qo’llanilgan
1
. Ilmiy falsafiy adabiyotlarda ba’zi hollarda «Tasavvuf» va
«So’fiylik» tushunchalari biri-ikkinchisidan farqlanmasdan ishlatiladi. Natijada,
so’fiylikning g’oyaviy-nazariy asoslari (tasavvuf) uning amaliyoti (so’fiylik) bilan
qo’shib yuboriladi. Bu borada bahslash bizning vazifamizga kirmaydi. Shunisi
ma’lumki Islomning bu tamoyili, ya’ni tasavvuf inson ruhiy-ma’naviy kamoloti
haqidagi turli g’oyaviy-nazariy va amaliy-uslubiy bo’laklarni birlashtiradi.
Tasavvuf O’rta asrlar Sharq falsafasida inson, uning mohiyati va ma’naviy
kamoloti haqidagi qarashlarning shakllanishida o’sha tarixiy davr madaniy-
ma’naviy hayotida yirik ahamiyatga ega bo’lgan. Ushbu ta’limot bir butun, yaxlit
sistemadan iborat bo’lib, insonparvarlik g’oyalari, adolatli hayot kechirishni targ’ib
etgan. Afsuski Sho’rolar davrida tasavvuf ta’limoti zararli deb topildi va asta-sekin
xalq ma’naviy hayotida asosan unutilib yuborildi. Ammo mustaqillik tufayli
tasavvuf ta’limoti, uning buyuk namoyandalarining ma’naviy merosi qayta tiklanib
bugungi avlodning tarbiyasida xizmat qilmoqda.
O’rta Osiyoda tasavvufning asosan Yassaviya (Ahmad Yassaviy),
Kubroviya (Najmuddin Kubro) va Naqshbandiya (Bahouddin Naqshband)
tariqatlari XII-XIV asrlarda keng tarqalib, islom dinining nufuzini oshirishda katta
mavqyega ega bo’lgan. So’fizm ta’limotiga ko’ra inson tanasida biri ikkinchisiga
qarama-qarshi bo’lgan ikki – rahmoniy (yaxshilik ramzi) va shaytoniy (yomonlik
ramzi) kuchlar mavjud. Inson komillik darajasiga ko’tarilmog’i uchun rahmoniy
kuchning o’z tanasidagi shaytoniy kuchdan g’olib chiqishini ta’minlash malakasiga
ega bo’lmog’i darkor. Inson, tanasidagi barcha g’azab shaytoniy qiliqlar nafs,
bilimsizlikdan kelib chiqadi. Xususan nafs insondagi xudbinlikning zaminidir.
Xudbinlik kishilarda faqat o’z manfaati haqida o’ylash kayfiyatini hosil qiladi.
1
Ғиѐс ул-луғот. 2 жилд, Душанбе, 1988, 14-бет.
44
Nafs balosiga giriftor bo’lgani kishi har qanday pastkashlik, axloqiy tubanlikdan
yuz tortmaydi, harom-xarishdan hazar qilmaydi, asta-sekin boshqalar hisobidan
yashashga ko’nikma hosil qiladi. Oqibatda, bunday kishilar zolim, berahm, riyokor
bo’lib shakllanadilar.
So’fiylarning e’tirof etishlaricha, millatlar va elatlar orasida sodir bo’ladigan
turli mojarolarning zaminida ham nafs yotadi. Nafsni jilovlay olmaslik, molu
dunyo to’plashga hirs qo’yish, intilish insonni o’tkinchi lazzat-u farog’at bilan
ardoqlaydi. Natijada bunday kishilar ma’naviy-ruhiy qashshoq bo’ladilar. Shuning
uchun inson o’z nafsiga erk bermasligi zarur. Nafsga erk bermaslik, uni jilovlay
olish – ma’naviy yetuklik garovidir.
So’fiylik talablariga ko’ra, nafs va g’azabning kushandasi bilimdir. Bilimga
ega bo’lishni tasavvuf ta’limoti ulug’laydi. Bunga ko’ra barkamol inson o’z nafsini
tiya oladigan, aql-farosatni har qanday hissiyotdan ustun qo’ya biladigan insondir.
Ko’rinib turibdiki diniy-falsafiy ta’limot bo’lgan tasavvufda bilimga ega bo’lish,
bilimni sevish muhim o’rin egallangan. Shu bois hozirgi mustaqillik sharoitida bu
o’gitlarning bilimli bo’lishning ahamiyati yanada oshib borishi hammaga ravshan.
Zeroki hozirgi zamon iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy muammolarining amalga
oshirishini bilimli, tafakkur sohibi bo’lgan kishilar hal etiladi. Chunki
Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda «Komil inson deganda biz,
avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat
bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz»
1
.
«Komil inson» tushunchasi tasavvuf adabiyotida ko’p marta tilga olingan,
bahsu munozaralarga sabab bo’lgan, tadqiqotlar nashr etilgan. Shulardan Ibn al-
Arabiy, Husayn Voiz Koshifiy, Sayid Abduqodir Geloniy, Aziziddin
Nasafiylarning risolalarni tilga olish mumkin. Ibn al-Arabiy fikricha komil insonni
Alloh ilohiy nurdan yaratgan. Ilohiyot bilimdonlari ko’rsatishicha, ilohiy nur
barcha mavjudotlardan hatto yer va osmondan ham avval yaratilgandir.
Ibn al-Arabiy fikriga qaraganda, Alloh ilohiy nurdan ahli avvalni yaratdi va
uning suvratu ko’rinishini «komil inson» qiyofasida zuhur etdi. Shu ma’noda,
1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., «Sharq», 1998, 6-b.
45
Alloh odamni rahmon suratida yaratdi, degan hadis mavjud
1
. Ibn Arabiyning
ta’kidlashicha, komil insonning yerdagi timsoli-hazrati payg’ambarimiz
Muhammad s.a.v.dir. Ul zot vujudida aqliy, ruhiy kamolot, dunyoviy va ilohiy
bilimlar jamuljam edi. Ketma-ketligi jihatidan olam birinchi, odam ikkinchi barpo
bo’ldi. Lekin olamni yaratishdan mantiqan ko’zlangan maqsad odam edi. Odam-
maqsad, olam vosita edi. Buni Aziziddin Nasafiyning «Komil inson» risolasida
ham ko’rish mumkin. U aytdiki «inson olami sag’ir (mikro olam), ilohiy va
moddiy olam-olami kabir (Makro olam) dir. Nasafiy komil insonga ta’rif berib,
«komil inson» deb shariat, tariqat va haqiqatga yetuk bo’lgan odamga aytadilar»
2
.
Ya’ni komil insonda to’rt jihat bo’ladi: yaxshi so’z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va
maorif.
Tasavvufda komil inson, bir tomondan, xudo bilan odamlar o’rtasidagi
vositachi, ilohiy amr g’oyibi asrorni oddiy odamlarga yetkazuvchi ulug’zotdir. U
insonlarning eng mukammali, eng aqlli va eng donosi. U insonlar jamiyatidan
yetishib chiqadigan mo’tabar zotdir. U azaldan martabasi aniq bo’lgan ruh emas,
balki axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida kamolga erishgandir.
Tasavvuf ahli o’qtiradiki, insonga erkin faoliyat uchun inon-ixtiyor berilgan.
U harakat qilib komillikka erishuvi mumkin. Nasafiy kamolotning ikki belgisi bor,
deb ta’kidlaydi: birinchisi-yaxshi axloq, ikkichisi o’zligini anglash.
Bahouddin Naqshband 675 yilligi munosabati bilan (1993) Movarounnahr
musulmonlari ifodoras nashri bo’lmish «Islom nuri» gazetasi bunday deb yozgan
edi: «Tasavvuf – bu sodda qilib aytganda, islom dinimizning asosiy manbalari
bo’lmish Qur’oni Karim va Sunnati Nabaviyada kelgan ulug’ insoniy fazilatlarni,
odob va axloqni-yuksak darajalarga ko’tarishga yordam beradigan, Allohning
muhabbatini dunyo va barcha borliq muhabbatidan ustun qo’yishga o’zgaradigan,
barcha razil sifatlardan poklanishga olib keladigan bir ta’limot demakdir»
3
.
Tasavvuf – odamlarni halollikka, kamtarlikka, poklikka, tenglikka, inson
qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi barcha musulmonlarning teng bo’lib,
1
Komilov N. Tasavvuf. 1-kitob, T., 1996, 146-b. .
2
Umarov E., M. Abdullayev. Ma’naviyat asoslari. T., 2005, 63-b.
3
Jo’rayev U. Y.Saidjonov. O’sha asar, 2005. 21-b.
46
har kim o’zining halol mehanati bilan kun kechirishini, boshqalarning kuchidan
foydalanmaslikni, ijtimoiy adolat qoidalariga rioya etishni targ’ib etuvchi
ta’limotdir. Bunday maqsadga erishish uchun Allohga vujudan berilishi, uning
rizosiga yetishish orqali erishish mumkin, deb o’qtiradi. Bu maqsad, ya’ni
Allohning visoliga erishish bosqichma-bosqich amalga oshadi. Bu bosqichlar –
shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatdir. Bu bosqichlarning har birida inson
haqiqatga asta-sekinlik bilan yaqinlasha boradi. Eng yuksak haqiqat inson o’z
vujudi, ichki mulohazasi va kechinmalari orqali yetishgan bilimdir. Demak,
tasavvuf yetuklik va ma’naviy kamolot cho’qqilariga yetishish yo’lidir.
Dilga Allohning nomini jo qilish insonni qalbini poklaydi, uni iymon,
halollik, axloqiy poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik yo’liga undaydi.
Tasavvufning bu yo’li, axloqiy talablari o’zining asosiy mohiyati jihatidan diniy
e’tiqod va iymonni dunyoviy muammolar bilan bog’langanligi va insoniyligi bilan
ahamiyatlidir.
Tasavvuf – insonning (dindorning) komillik darajasiga yetishi bilan Allohga
yaqinlashuvi haqidagi ta’limot bo’lsa, tariqat – bu komil inson darajasiga erishishni
ko’rsatuvchi to’g’ri yo’l demakdir. Ya’ni ma’naviy – axloqiy poklanish
bosqichlarini bosib o’tishning yo’l-yo’rig’idir. Diniy ulamolarning aytishicha,
tariqatning nishonasi uchta: 1) dam (nafas) – aytilishi lozim bo’lmagan narsa
haqida so’zlamaslik; 2) Qadam – qilinishi mann etilgan ishlarga qadam urmaslik;
3) Karam – ish bilan shug’ullanish, shug’ullanganda ham kerakli ish bilan
shug’ullanish va ayni paytda qalb ibodatini kanda qilmasdik
1
. Har bir tariqat
asoschisi, albatta, o’z yo’lini ishlab chiqqan va bu yo’lni targ’ib etgan, o’ziga
tarafdorlar (murid) to’plagan.
O’rta Osiyoda paydo bo’lgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi shayxul-
mashoix unvoniga musharraf bo’lgan Ahmad Yassaviydir. (XII) Uning aqidalari
«Hikmat» nomli yagona asarida bayon etilgan. Bu asarda Yassaviya ta’limotidagi
poklik, halollik, to’g’rilik, mehr-shafqat, o’z qo’l kuchi, peshona teri mehnati bilan
1
Jo’rayev U. Y.Saidjonov. O’sha asar, 2005. 133-б.
47
kun kechirish, Alloh taolloh visoliga yetishish yo’lida insonni ham botinan, ham
zohiran takomili kabi axloqiy ko’rsatmalar ifodasini topgan.
Ahmad
Yassaviy
mol-dunyo
to’plashga
mutlaqo
qiziqmagan,
kambag’alparvar va g’ariblar himoyachisi sifatida namoyon bo’lgan. U
zamonasining ezilgan yo’qsil toifasini «g’arib», «yetim», «faqir» deb tilga oladi,
ayrim hollarda tarki dunyochilik mazmunlar ham uchraydi. Lekin uning
ta’limotida dunyodan butunlay yuz o’girilmaydi. Aksincha, nodonlik, jaholat,
badnafslik, molu-dunyoga hirs qo’yish kabi illatlar qoralanadi va odamlarni
ulardan uzoqlashishga da’vat etadi. Yassaviy ta’biricha, agar inson o’zini anglasa
erdi. Haqni biladi, xudodan qo’rqadiyu, insofga keladi. Yassaviy tanlagan yo’lning
o’ziga xosligi-insonning o’z gunohlarini, axloqiy nuqson va qusurlarini, jumladan,
tamagarlik, manmanlik, boriga qanoat qilmaslik kabi kamchiliklarni ayovsiz ochib
tashlash va ulardan xalos bo’lish kurashidir. Bu yo’l Yassaviyning fikricha,
yagona to’g’ri yo’l-aslida xudo yo’lidir.
Najmiddin kubro nomi bilan yoyilgan tasavvufning Kubroviya tariqati inson
muammosiga ko’proq e’tiborni qaratish bilan ajralib turadi. Shayx kubro
tasavvufda «keng fe’llik» yo’lini tutgan. Ul zotning xonaqosida sunniy mazhabli
shogirdlar bilan birga, shia mazhabli shogirdlar ham ta’lim olishgan, chunki,
uningcha tasavvuf ahli uchun parvardigor ishqi, diydori hamma narsadan ustun.
So’fiy ilohiyot olamiga ruhan qo’shilish uchun yashaydi.
Kubroning ta’limotida yuqoridagi sifatlardan farqli ularoq, javonmardlik,
vatanparvarlik g’oyalarini tariqatga joriy etganligidir. Kishi umrini do’stlar
xizmatiga bag’ishlagan, faqat yaxshilikga ega bo’lgan, mqxtojlarga yordamini
ayamagan, piru ustozlari, do’stlarini sharafini himoya etgan, ham zohiran va ham
botinan pok yurib, pokiza insonlar so’xbatini qozongan kishilar javonmardlar deb
atalgan.
Naqshbandiya tariqatining asoschilari Abul Xoliq G’ijduvoniy va
Bahouddin Naqshband «dil ba yoru dast ba kor» shiori ostida hammani mehnantni
sevishga da’vat etganlar. Naqshbandiya tariqatida insonlarni har bir nafasni
xushyorlik bilan olish (Hush dar dam), har bir qadamni ehtiyotkorlik bilan bosish
48
(nazar bar qadam), o’z vatanida, uyida bo’la turib, fikran va zikran butun borliq
haqida fikr yuritish (safar dar vatan) va hokazo kabi g’oyalar ifodasini topgan.
Ko’rinib turibdiki Naqshbandiya tariqatida ilohiylik insoniylik bilan qo’shilib
ketgan. Shu bois bu shior bugungi kun uchun ham dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Tasavvuf ta’limoti islom odobini, ma’naviyatini yana ham yuqori bosqichga
ko’tardi. Insoniylik mezonlarining muhim masalalari diqqatni qaratdi. Kishilarni
bu dunyoda bir buyuk va muayyan maqsad sari yetakladi. Butun islom axloqining
eng muhim qadriyatlarini bir nuqtada jamladi. Ana shu asosda komil inson
nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi. Xuddi shu vazifalarni ado etishda adabiyot
tasavvufga, tasavvuf adabiyotga bog’langan va vobastadir. Chunki har qanday
adabiyot, oxir oqibatda «Insonga bu dunyoda qanday yashashi kerak?» degan
savolga javob izlaydi.
Tasavvuf insonning komillikka intilishini uning Allohga etish sari yo’li
tarzida ko’rsatadi va bu umumiy yo’lni «Ishq» deb ataydi. Tasavvuf ham adabiyot
ham insonni o’rganar ekan, avvalo uning ko’ngliga tayanadi, ko’ngilni
tarbiyalashga, ko’ngilli kishisini voyaga yetkazishga intiladi. Chunki Alloh
kishining ko’nglida jilva qiladi.
Insonning ichki ma’naviy madaniyati mezonlari, uning o’z xudbinligini qay
darajada yenga olganiga qarab aniqlanadi. Tasavvuf ana shu insoniy
madaniyatining eng Oliy cho’qqisiga intilgan falsafa edi. Shuning uchun
T.Oqmurodovning «Tasavvuf din emas, lekin diniy oqim, diniy falsafadir», - deb
yozishida ham haqiqat bor
1
.
Ingliz tasavvufshunos olimi J.S.Trimingem yozishiga, O’rta Osiyoda
tasavvuf rivojida ikki buyuk so’fiyning hissasi ko’p. Biri Abulhasan Ali al-
Xoraqoniy (vaf.1034), ikkinchisi Abu Ali al-Farmadiy (vaf. 1084). Farmadiyning
ikki shogirdi – al-G’azoliy va Yusuf Hamadoniy musulmon olamida juda mashhur
bo’lgan. Ko’p tariqat silsilala ana shu ikki shogirddan boshlanadi
2
. Xoja Ahmad
Yassaviy va Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy – Yusuf Hamadoniy shogirdlari
1
Оқмуродов Т. Дин ва ҳурфикрлилик тарихи, 149 – б.
2
Ўша жойда, 148-б
49
hisoblanadilar. Tasavvuf ko’p qirrali bo’lib, ulkan adibu faylasuflarning ijodiy
faoliyatida ta’sir yetkazgan: Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy hyeam
bevosita naqshbandiya tariqatining vakillari edilar.
A.Jomiyning mashhur «Bahoriston» asarida yozilishicha, shayx Abusaid
Abulxayrxon «Tasavvuf nima? «deb so’raganlarida» boshingda ne bo’lsa chiqarib
va boshqalardan senga nima ozor yetsa ranjimaslik» degan ekan. Haqaqiy so’fiylar
chindan ham bu shartlarga qat’iy rioya qilganlar. A.Navoiy naqgbandiylik
asoslarini «qanoat tariyqi» deb atadi va buni butun ijodi davomida sharhlashga
o’zini bag’ishladi. A.Navoiy insonning Allohga ishqini uning insonga ishqi orqali
tarannum etgan shoirdir.
Fariddin Attor, Husayn Voiz Koshifiy, Jaloliddin Rumiy kabi yirik shi oru
mutafakkirlarning asarlari tasavvuf ma’naviy-axloqiy mazmuni bilan sug’orilgan.
Naqshbandiya tariqatining keyingi taraqqiyotiga, ya’ni XV asrda uni kuchli davom
ettirgan mashhur shayxlardan biri Xoja Ubaydulloh Ahror Valiydir.
Naqshbandiya Kichik Osiyo va Kavkazda, Eron va Turkiston, Pokiston va
Afg’oniston, Hindiston va Turkiyaga keng tarqala bordi. Ingliz sharqshunosi
J.S.Trimingem yozganidek, tasavvuf, jumladan, Naqshbandiya falsafasi «bundan
buyon ham insoniyatning ma’naviy barkamolligi uchun muhim hayotiy ta’limot
bo’lib qolaveradi».
Rus olimi I.M.Petrushevskiyning qayd qilishicha, ingliz sharqshunosi
R.Nikolson XI asrgacha bo’lgan yozma manbalarda «so’fizim» tushunchasining
yetmish sakkiz ma’nodagi talqinini aniqlagan ekan
1
. So’fiylikda zuhd va taqvo-
ko’ngilni foniy dunyo gunohlaridan, g’araz, tamalardan tozolash, va Xudo
buyurganiga amal qilib, Alloh man etgan ishlardan saqlanish demakdir. So’fiylar
fikricha, ilohiy ishq har qanday g’arazli manfaatlardan xoli bo’lishi zarur.
Tasavvuf ta’limotiga ko’ra, borliqdagi hamma xilqatlarda, xususan,
odamzodda ham lohiy zarralar bor, so’fiyning maqsadi ko’nglidagi ilohiy
zarralarni uzoq va mashaqqatli poklanish yo’lidan borib, yana Allohga
qaytarishdan iboratdir. So’fiylik yo’lini tutish uchun avval komil musulmon
1
Karimov Sh., R.Shamsutdinov. Vatan tarixi (birinchi kitob). T., «O’zbekiston», 1997, 230-b..
50
bo’lish, shariatning barcha talablarini bekamu ko’st bajarish shart, ya’ni ma’naviy-
axloqiy me’yorlarga tayanib, insoniy sifatlarga (tom ma’noda) rioya qilib yashash,
kun kechirish darkor. Chunki insonni Xudo o’ziga o’xshatib yaratganmi,
Allohning bu olamni paydo qilishdan ko’zlangan bosh maqsadi ham, aslida, inson
ekanmi, demak, inson Allohning bu muruvvatiga shukronalar aytib, o’zini
batamom Allohga bag’ishlashi, buning uchun esa o’zini unga loyiq darajada
poklanish-kamolga yetkazish kerak. Ana shunday o’zini oliy maqsadga
chog’lagan, jismini unitib, ruxini Allohga yetar darajada o’stirgan, yetar darajada
poklagan jism ehtiyojlari tufayli paydo bo’ladigan jamiki insoniy illatlardan forig’
qilgan kishilar insoni komil bo’lganlar. Tasavvufiy aqidalarga ko’ra, komil
insonlar pirovardida, shubhasiz, Alloh vasliga musharraf bo’ladilar, ruhan Alloh
bilan birlashib ketadilar
1
.
Komil insonlar barcha xalqni sevishi, insonlar, ayniqsa, g’ariblar,
bechoralar, muhtojlar xizmatida bo’lishi, doimo xudoning borligi va birgaligini
unutmasligi kabi so’fiylik aqidalariga ega bo’lishlari lozim. XIII-XIV asr
boshlarida yashab ijod etgan mutasavvuf olim shayx Aziziddin Nasafiy «Insoni
komil» risolasida qo’yidagilarni aytgan: «… Jumla mavjudot odamzodga shuning
uchun sajda qiladiki, odamlar orasida komil inson (!) bor. Bas, jumla odamzod
komil inson (!) tufayli (Sharafli)dir. Mavjudot ichra komil insondan ko’ra ulug’roq
va donoroq narsa yo’q, chunki komil inson eng pastdan eng yuqorigacha
martabalardagi mavjudotning xulosasi (!) va qaymog’idir (!)… Komil inson ilm
mazharidir, komil inson ilohiy zot sifatlarining ham mazharidir»
2
.
Shunday qilib, tasavvufda komil inson – e’tiqodi kuchli, irodasi mustahkam,
vujudi ham zohiran va ham botinan pok kishi ilohiylashtirilgan bo’lsa ham, u
dunyoviy mazmunga ega. Shu bois mustaqillik sharoitida bu ta’limotdan o’rinli va
maqsadga muvofiq foydalanish ahamiyatdan xoli emas. Bu masalaga alohida
e’tibor berib, I.A.Karimov shunday degan edi: «Ma’naviyat sohasidagi
ishlarimizning pirovard maqsadi imon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin
1
Sultonmurod Olim. «Buyuk Naqshbandiya». Kecha, bugun, ertaga. «Fan va turmush», 1993, 5-6-son., 15-b.
2
O’sha joyda, 15-bet.
51
fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega,
ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan
barkamol shaxs komil insonni tarbiyalashdan iborat»
1
.
1
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T8, T, «O’zbekiston», 2000, 341-
b.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |