II BOB. ISLOM DININING ShARQ MA’NAVIY MADANIYaTIDA
TUTGAN O’RNI VA ROLI
2.1. Islom osoyishtalik, bag’rikenglik va oliyjanoblik dini.
Islom dini asrlar davomida O’rta va Yaqin, Sharq mamlakatlari, jumladan
O’rta Osiyo mintaqasida yashab kelgan xalqlarning nafaqat diniy e’tiqodi, balki
turmush tarzi, milliy urf-odatlari, ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismini tashkil
etib, ezgulik manbai sifatida xizmat qilib kelgan. Islom ta’limoti, uning ma’naviy-
axloqiy qadriyatlari dindorlar va umuman dindor bo’lmagan kishilarning qalbiga
yaxshilik, poklik, halollik hissiyotini singdirishga, insoniylikka xos odob-axloqni
shakllantirishga qaratilgan bo’lib, bugun ham bu vazifasini ado etib kelmoqda.
Islom dini tarqalgan mintaqalarda uning oliyjanoblik o’gitlari tenglik,
bag’rikenglik osoyishtalik g’oyalari keng yoyilib, odamlar qalbiga chuqur singib
ketgan va shaxs ruhiyati va ma’naviy dunyosini boyitishda muhim omil ekanligi
ravshan. Shuningdek, islom bilan kirib kelgan arab tili va yozuvi O’rta Osiyoda
ilm-ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatning rivojlanishida sezilarli ta’sir yetkazgan,
xususan ilmiy tadqiqotlar arab tilida yozilgani ma’lum.
Islom, uning qadriyatlari inson va jamiyatni ma’naviy poklanishida yo’l
ochadi. Zero, islom ta’limotida ezgulik va poklikka da’vat etuvchi, inson
ruhiyatiga ko’tarinki ta’sir qiluvchi boy ma’naviy o’gitlar bisyor. Islomiy
qadriyatlarni tadqiq etish, real hayotdagi, xususan mustaqillik sharoitida uning
ahamiyatni o’rganish bugungi kun talabidir. Shu bois Prezidentimiz I.A.Karimov
shunday degan edilar: «Biz musulmonchilikning ulus madaniy qadriyatlari
huquqini qayta tikladik. Binobarin, qalbimiz bu bebaho xazinani chuqurroq idrok
qila borgani sayin, xalqning hayoti ma’naviy jihatdan boyroq va axloqiy jihatdan
pokizaroq bula boradi»
1
.
Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston xalqlari hayotiga islomning kirib
kelishi odamlarning ma’naviyatini boyib borishiga, ruhiyatining baquvvat va
axloq-odobining ibratli bo’lishiga xizmat qilgan. Islom ta’limoti manbalariga
tayanib,
ulkan
kashfiyotlar
qilgan
va
islomning
mazmun-mohiyatini
1
Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. T.3, T, «O’zbekiston», 1996, 285-bet.
34
mukammallashiga salmoqli hissa qo’shgan allomalar va muhaddislar yetishib
chiqqan, ularning boy merosidan xalqimiz bahramand bo’lgan.
Buyuk allomalar – Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-
870), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (820-892), Abu Mansur al-
Moturudiy (vafoti 945). Burhoniddin al-Marg’inoniy (1123-1197), Mahmud
Zamahshariy (1075-1044), Imom Abul Mo’min an-Nasafiy (1027-1114), Xoja
Ahmad Yassaviy (1041-1167), Najmiddin Kubro (1145-1221), Xoja Abduxoliq
ibn Abdujamil G’ijduvoniy (1103-1179), Bahouddin Naqshband (1318-1389)
Islom ma’naviy ta’limotining yuksalishi, uning musulmon olamida nufuzini
oshirishga juda katta hissa qo’shganlar. Ularning diniy – falsafiy qarashlarida
dunyoviy, insoniy mazmun va fikrlar yuqori darajada yoritilgan, Qur’oni Karim va
Hadisi
sharifning
ma’naviy-ma’rifiy mazmuni, shariat axloqiy-huquqiy
ko’rsatmalarining bayoni ifodasini topgan. Bu ulkan ma’naviy va diniy-falsafiy
meros shaxs ma’naviyati va madaniyatining shakllanishida xizmat qilib kelmoqda.
Buyuk allomalar boy merosi tufayli islom ta’limotining osoyishtalik, oliyjanoblik
va bag’rikenglik mazmun va g’oyalari musulmon olamida keng tarqalgan.
Islom ta’limoti mahalliy xalqlarning o’z milliy madaniyati, urf-odatlari va
marosimlarini bajarishini ayniqsa hanafiya mazhabi taqiqlamagan, islomiy
qadriyatlar bilan milliy qadriyatlar yonma-yon rivoj topib uyg’unlashib borgan.
Islom o’z mazmun mohiyati bilan unga e’tiqod qiluvchi odamlarning millati,
irqi, yoshi, jinsidan qat’iy nazar yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalaydi.
Insonparvarlik, adolat, halollik, poklik, kamtarlik, sabr-toqat, qanoat, shukronalik,
boshqa dinlarga ehtirom, oliyjanoblik kabi insoniy fazilatlarini targ’ib etuvchi
tamoyillar fuqarolik jamiyatini qurilayotgan mamlakatimizda, milliy g’oyani
shakllantirish mazmuniga hamohang bo’lib xizmat qiladi. Islomning bunday
oliyjanob tamoyillari va kishilarning dunyoqarashini shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Islomning kishilar turmush tarzi, urf-odati, milliy xususiyati, ijtimoiy hayoti
bilan chambarchas bog’liqligi odamlar o’rtasida hamdardlik, hamkorlik, birodarlik
mehru shafqatlikni tarbiyalaydi. Islom ta’limotida dinlararo totuvlikka alohida
35
e’tibor berilgan, diniy e’tiqodga majburlab kiritishga yo’l qo’ymilmagan.
Qo’r’onning «Baqara» surasida shunday deyilgan: «Dinga zo’rlash yo’q, zero,
to’g’ri yo’l yanglish yo’ldan ajrim bo’ldi. Bas, kim shayton (yoxud butlar)ni inkor
etib, Allohga iymon keltirsa, demak, u mustahkam xalqani ushlabdi» (2:256).
Islom ta’limotida majburlash yo’q. Bu jihatdan «Hanafiya» mazhabi o’zining
demokratik tamoyillari bilan dindorlarga erkinlik beradi, dinga e’tiqod qilish tabiiy
ehtiyoj asosida amalga oshadi. Undagi ezgulik va poklikni targ’ib etuvchi g’oyalari
odamlar qalbiga chuqur o’rnashadi. Islom paydo bo’lgan dastlabki davrlarda ham
Arabiston Yarim orolida turli dinlar mavjud edi. Ana shunday sharoitda har bir
dinning o’ziga xos mavjudligi, rivojlanishi uchun diniy bag’rikenglik tamoyili bor
edi. Qur’oni Karimning «Kofirun» surasida bunga to’g’ri javob berilgan. Ya’ni
unda: «Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim mening uchundir»
deyilgan»
1
.
Shaxs ma’naviy axloqiy kamolotining yuksalishida hadisi sharif g’oyalari va
shariat ko’rsatmalarida adolat va insof, insoniylik, to’g’rilik hayotiy qoida va
talablar o’z ifodasini topgan. Bunda islomga e’tiqod qiluvchi shaxs
ma’naviyatining to’g’ri yo’nalishda borishi bayon etgan va asrlar davomida diniy
va milliy qadriyatlarning uyg’unlashuvi inson va jamiyatning ma’naviy
tiklanishiga xizmat qilgan. Tinchlik, osoyishtalik muammosi hozirgi zamonda
global mazmunga ega. Tinchlik, barqarorlik insoniyat tarixida, uning taraqqiyotida
bosh omil hisoblanadi. Olimlarning tadqiqotlariga binoan jahon tarixida qariib 16
ming marta urushlar bo’lib, yer yuzi aholisining yarimini o’limiga sabab bo’lgan.
Shu bois sayyoramizdagi hayotni saqlash har bir kishi, butun insoniyatning oliy
darajasidagi burchidir. Shuning uchun ham bu xayrli faoliyatdan dunyodagi har bir
vijdonli inson, shu jumladan barcha dinga e’tibor qiluvchilar va diniy tashkilotlar
ham o’zlarini chetga olmayaptilar. Bu sohada jahon dinlarining hissalari kam
emas.
Islom – tinchlik dinidir. Islom paydo bo’lishi sabablaridan biri ham arab
qabilarlari o’rtasidagi nizolarga barham berish, ularni yagona din, yagona xudo-
1
Qarshiyev Sh. Ma’naviyat va islomiy qadriyat. Samarqand, «Zarafshon», 2010, 75-bet.
36
Allox g’oyasi ostida birlashtirish edi. Bu olijanob ishni Allohdan vahiy olgan
Quraysh qabilasining farzandi Muhammad Alayhi Salom o’z zimmasiga oldi va
Islom dini vujudga keldi (VII asr boshida). «Islom» so’zi arabcha bo’lib, «itoat va
bo’ysunish», «Ixlos va turli ofatlardan salomat bo’lish» degan ma’nolarni bildiradi.
Keyingi yillar tadqiqotlarida yuqoridagi tafsilotga yana «Sulh, tinchlik va
omonlik» ma’nolari qo’shilgan»
1
.
Islom tadqiqotchilarining aytishicha Qur’onda «Tinchlik» so’zi 40 marta
uchraydi. Tinchlik tushunchasi «salom» degan, ya’ni tinchlik va xotirjamlik degan
ma’noni anglatadi. Shuningdek, islom dini qandaydir bir qavm, ya’ni urug’ga
qaratilgani bilan emas, balki u barcha toifa xalqlarga munosabatda bo’lishi bilan
qodir xudo tomonidan xalqlar boshini birlashtirishda qaratilganligi, xalqlar va
elatlarni bir-birlarini sevishga chaqirishi orqali tub ma’noda jahon dinlarining
biridir.
Sayyoramizda tinchlikni saqlash istiqbolini ijobiy hal qilish uchun barcha
dindorlarning dinga e’tiqod qilmaydiganlar bilan hamkorlik vositalarini izlab
topish hamda tinchlikni asrash davr taqozosidir. Dindor kishi hyech kim urushni
xohlamaydi. Bu sohada diniy tashkilotlar va din ulamolarining hissalari kam emas.
Tinchlik va osoyishtalik g’oyalari din ulamolarining xalq orasidagi chiqishlarida,
namoz oldin xutba va janoza o’qish paytida, matbaa va televideniye orqali targ’ib
etiladi, odamlarni hushyor bo’lishga da’vat etadi. Buyuk muhaddis Imom al-
Buxoriy islom dinini dunyo ahliga insonparvar va omonlik dini sifatida
tanishtirgan. Chunki «tinchlik va gumanizm-islom dini va islom sivilizasiyasining
asl mohiyati va haqiqiy maqsadini o’zida mujassam etgan»
2
va shu asarda 11 hadis
misol keltirilgan. Unda qo’yidagi satrlarni o’qiymiz: «Yaxshi inson bo’l, yaxshilik
qil, zolim bo’lishdan o’zingni saqla. Tinchlikni saqla, dushmanlikdan hazar qil»
3
.
Istiqlol tufayli O’zbekiston diniy bag’rikenglik (tolerantlik) va dinlararo
murosa borasida nafaqat MDH ichida, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda.
Bu haqda Moskva va butun rus patriarxi marhum Aleksiy II sobiq AQSh davlat
1
Jo’rayev U., Saidjonov. Dunyo dinlari tarixi. «Toshkent islom universiteti nashriyoti», 2001, 100-bet.
2
Баракаев Х. Саидов И. Великий корифей науки Имом ал-Бухари. Самарқанд, «Сугдиѐн», 1998, с.26.
3
Баракаев Х, Саидов И. Ўша асар, 40-бет.
37
kotibi Madlen Olbrayt va hozirgi davlat kotibi Xillari Klinton yurtimizda tashriflari
vaqtida ta’kidlab o’tdilar
1
. Bugun O’zbekistonda 15 ta diniy konfessiya, jumladan
provoslav, katolik, protestant, arman-garigorian, yahudiylik, buddaviylik
cherkovlari, baptist, yevangelist va boshqa diniy uyushmalari qonun asosida erkin
faoliyat yurgizmoqda. Albatta, xalqimizga azaldan xos bu xislat bir zumda paydo
bo’lgan emas, u uzoq tarixga ega.
Ma’lumki, ilk qadimgi zamonda xalqlar va elatlar o’rtasida umuman diniy
adovat bo’lmagan. Qadimgi dunyo aholisining tasavvurida har bir davlat, har bir
shahar va har bir qabila o’z mahalliy bosh xudosi va koinot hamda tabiat kuchlarini
ifodalovchi juda ko’p boshqa xudolarga sig’ingan. Bu xudolar bir-biriga aynan
o’xshash bo’lsada, - ammo har bir xalqning tilida turli ismlar bilan nomlangan.
Tarixdan ma’lumki islomgacha ilk o’rta asrlarda (V-VII) O’rta Osiyo
hududida turli dinlar yonma-yon mavjud bo’lib, dinlararo murosa tarzida faoliyat
yurgizgan: Sug’diyona va Xorazmda – zardushtiylik, Janubiy hududlar va Sharqiy
turkistonda – buddaviylik, shuningdek, xristianlik, shomonlik, moniy dini mavjud
bo’lgan. Buddaviylik Kushon podsholigining rasmiy davlat dini e’lon qilingan.
yuqoridagi dinlarga e’tiqod qiluvchilari o’rtasida qarama-qarshilik va nizolar
bo’lmagan.
Vaholanki XVI asrda yevropada katolisimdan xristianlikning alohida
yo’nalishi sifatida paydo bo’lgan protestantlik ko’pgina qarshilikka uchradi. Hatto
Fransiyada diniy urushlarni keltirib chiqardi. Baxtli tasoduf tufayli O’zbekiston
tarixi bundan mustasno tarzda kechdi deyish mumkin, ya’ni bizda diniy asosda
birorta urush sodir bo’lgani yo’q.
VIII asr boshida Movaraunnahrga islom dinining kirib kelishi hamda yangi
monoteistik din va mahalliy dinlarning bir-biriga o’zaro singishi natijasiga O’rta
Osiyo xalqlari ijtimoiy ongida ajib o’zgarish yuz berdi: ular Allohni qabul
qilganlari holda xuddi shu ma’noda ko’chmanchi turkiy elatlar Tangri atamasini
ishlatishni ham davom eta berdilar.
1
Jo’rayev U. I.Saidjonov. Dunyo dinlari tarixi, T., 2001, 156-bet.
38
IX asrdan boshlab hozirgi O’zbekiston hududida islom dini sunna
yo’nalishining hanifiya (Imom A’zam) mazhabi qaror topdi. Bu ham bejiz
bo’lmasa kerak, zero Imom A’zam mazhabi o’zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga
nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan ajralib turadi.
Hanifiylik ta’limotini takomulga yetkazgan vatandoshlarimiz – Imom
Moturidiy va Imom al-Marg’inoniy kabi allomalar orasidagi g’oyaviy
tarafkashlikka barham berish, islom dinining sunna yo’nalishi va alalxusus, «ahli
sunna va jamoa» yo’li barqaror bo’lib qolishiga katta hissa qo’shdilar. O’rta
Osiyolik hukmronlar ham bu yo’lda kurashdilar. Masalan, X asr o’rtalarida
musulmon dunyosida shia yo’nalishi: Shimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda-
fotimiylar, Yamanda-zaydilar va hatto abbosiylar poytaxti Bag’dodda-buvayhiylar
ustunlikka erishgan bir paytda o’rtaosiyolik tohiriy, somoniy, g’aznaviy, qoraxoniy
hokimlar «ahli sunna va jamoa»ni himoya qildilar.
XII-XIV asrlarda Movaraunnahr aholisining diniy tafakkurida yana bir
muhim o’zgarish yuz berdiki, buning natijasida Yassaviya (Ahmad Yassaviy),
Kubroviya (Najmuddin Kubro) va Naqshbandiya (Bahouddin Naqshband) kabi
tasavvuf tariqatlari shakllandi. O’rta Osiyoning tasavvuf ahli islom dinining ilg’or
vakillari sifatida obro’-e’tibor topdilar. Boshqacha aytganda, bu davrda va
keyinchalik ham islom tasavvuf shaklida Movaraunnahr aholisi uchun g’oyaviy va
ma’naviy birlashtiruvchi kuch rolini o’ynaydi.
O’z davrining ramzi bo’lgan Sohibqiron Amir Temur e’tiqod va
ma’naviyatning katta ahamiyatini to’g’ri idrok etgan. Sharafiddin Ali Yazdiy Amir
Temurni e’tiqodi komil inson sifatida ta’riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur «ahli
sunna va jamoa»ga doim sodiq, diniy aqidaparastlikka qat’iy qarshi bo’lgan.
Qisqasi, u islom dinini mutaassiblikdan holi, erkin tushungan; uning komil e’tiqodi
boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo’lmagan va shu jihatdan ham u nafaqat o’z
asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham namunadir
1
.
Umuman olganda, O’rta Osiyoda Sovet hokimiyati o’rnatilgunga qadar
Islom dini jamiyatning ma’naviy og’izi vazifasini bajarib keldi. Ammo qaramlik
1
Jo’rayev U. I.Saidjonov. O’sha asar. 158-bet.
39
yillarida, marksistik ilmiy ateizm hukm surgan davrda ma’naviy madaniyatning
tarkibiy qismi bo’lgan din qattiq ta’kib va taz’yiqqa tushdi. XX asrning 30-yillari
dinga qarshi hujum boshlandi, minglab diniy va diniy bo’lmagan ilmiy va badiiy
kitoblar arab xurufatida bo’lganligi uchun diniy deb yo’q qilindi, yuzlab masjid va
madrasalar omborxonalarga aylantirildi, dindorlar ta’qib ostiga olindi, ruhoniylar
qatag’on qilindi. O’sha yillar O’zbekistonda «Xudosizlar» nomi bilan o’zbek tilida
jurnal nashr etildi. Bundan atiga 20 yil burun diniy bayramlar va marosimlar
taqiqlangani, hatto sevimli xalq bayrami «Navro’z»ga ham diniy tamg’a urilib man
qilingan edi, tasavvuf zararli deb topildi.
Istiqlol tufayli o’zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash
jarayoni kechayotgan hozirgi paytda umuman dinga, jumladan islom diniga
munosabat tubdan o’zgardi. Siyosiy mustaqillikka erishgan barcha davlatlarga yuz
bergani kabi O’zbekistonda ham xalq ta’limi sohasining jahon andozalariga
moslashtirilishi davlat tili, an’analar, milliy madaniyatga e’tiborning ortishi,
bularning hammasi obyektiv ravishda diniy omil ahamiyatining yuksalishiga olib
keldi. Shuningdek, jamiyatda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, kasaba
uyushmalarining saviyasi yetarli darajada emasligi ham diniy omilga qaysidir
ma’noda ularning o’rnini to’ldirishga, nufuzli kuchga aylanishiga imkon yaratib
berdi. Bular tabiiy, obyektiv jarayondir. Lekin mustaqillik yillarida kutilmagan
voqyealarga ham duch kelindi. Bu – ba’zi qo’shni mamlakatlarda siyosiy va diniy
barqarorlik mavjud bo’lmagani bois diniy ekstremistik guruhlarning ko’payib
ketgani va ularning mamlakatimizga bevosita tahdidi vujudga kelganidir.
Masalaning murakkabligi shundaki, diniy eksterimizm xalqaro terrorizm bilan
uyushib ketdi va endilikda bu muammoning yechimi bir mamlakatning qo’lida
emas, balki u global miqyosida, jahon hamjamiyatining amaliy chora-tadbirlar
o’tkazishini talab qiladi.
Ana shunday murakkab vaziyatda ham O’zbekiston hukumati oqilona, diniy
bag’rikenglik siyosatini olib bormoqda. Respublikamizda Islom bilan bir qatorda
15 diniy konfessiya qonun asosida emin-erkin faoliyat ko’rsatmoqda.
Fuqarolarning millati, irqi, dinidan qat’iy nazar barcha uchun teng huquqlar Qonun
40
orqali kafolatlangan
1
. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18, 31, 61
moddalari diniy huquq masalasiga bag’ishlangan. Fuqarolarning dinga bo’lgan
munosabatlarini tartibga solish maqsadida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to’g’risida»gi qonunning (yangi tahriri) 1998 yil qabul qilindi. Buni diyorimizda
ochiq qalb bilan kelayotgan har bir mehmon o’z ko’zi bilan ko’rmoqda va e’tirof
etmoqda. Bejiz emaski, «Din va demokratiya» nomi ostidagi xalqaro konferensiya
2000 yili Toshkentda o’tkazildi, 2007 yil Toshkent shahri «Xalqaro Islom
madaniyati markazi» e’lon qilindi. Usha yili sentyabrida Toshkent Islom
universitetida dinlarni qiyosiy o’rganish bo’yicha YuNESKO kafedrasi ochildi.
Toshkent Islom universiteti faqat islom dini bilan bog’liq fanlar bilan
cheklanib qolmasdan, boshqa dinlarni tadqiqi bilan shug’ullandi. Dunyodagi
barcha dinlar hatto qadimgi ibtidoiy dinlar ham insoniyat ongi va tafakkurida
muayyan iz qoldirgan. Bizda ularni «yo’q bo’ladi» deb emas, balki borligiga, bir-
biri bilan qiyos qilgan holda o’rganiladi.
XX asr bashariyat tarixiga ikki jahon urushi sodir bo’lgan asr sifatida
yozildi. Bugun jahon afkori ommasi XXI asr – tinchlik asri bo’lmog’i uchun
kurashmoqda. Bu yo’lda diniy bag’rikenglik, dinlararo muloqot katta ahamiyat
kasb etadi. An’anaviy diniy bag’rikenglik o’lkasi sifatida ma’lum va mashhur
bo’lgan O’zbekiston bu jabhada ham o’z burchini sharaf bilan ado etmoqda.
Yuqorida ko’rganimizdek, O’zbekistonda islomdan boshqa dinlar ham
mavjud. Ularga ham qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. Ularni
kamsitishga yo’q qo’yilmaydi va qonunga mos istaklari ro’yobga chiqarilmoqda.
Masalan, 1995 yilda Vazirlar Mahkamasi Rus pravoslav cherkovi Toshkent va
O’rta osiyo arxiyepiskoni Vladimirning Muqaddas Uspenskiy kafedrial sobori
huzurida diniy-ma’muriy Markaz ochish hamda 1996 yilda Yeparxiyaning 125
yilligini nishonlash to’g’risidagi takliflarini qo’llab-quvvatlandi. Zero, diniy
totuvlik ham jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir. Prezident
I.A.Karimov bu tantana qatnashchilariga yo’llagan tabirigida, jumladan, bunday
deb qayd etgan edi. «Musulmonlar va xristianlarning O’zbekiston zaminida
1
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. T., «O’zbekiston», 1992, 18 modda.
41
birgalikda hamnafas bo’lib yashashi diniy-ma’naviy totuvlikning timsoli va barcha
din vakillariga nisbatan bag’rikenglikning eng yaxshi namunasi. Bu jarayonda
Toshkent va O’rta Osiyo yeparxiyasining ham hissasi borligi quvonchlidir».
Darhaqiqat, xristianlikni O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonga kirib kelishi ilk
O’rta asrlarga mansub. Arxeologlar olib borilgan qazishmalar shundan dalolat
beradiki, O’zbekiston hududida V asrda xristianlik jamaolari mavjud bo’lgan.
Bunga Urgut tumanining Qo’shtepa qishlog’idan topilgan yodgorliklar misol
bo’ladi.
Prezident I.A.Karimovning Imom Moturidiy tavalludiing 1130 yilligiga
bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida qo’yidagi satrlarni o’qiymiz:
«Imom Abu Mansur Moturidiy qoldirgan merosning yana bir ibratli tomoni
shundaki, u diniy e’tiqod borasida ashaddiylik va toqatsizlikni rad etadi,
mo’tadillik va bag’rikenglikni yoqlab chiqib, bu muhim tamoyilni jamiyat
hayotining
mezoniga
aylantirishga
intiladi.
Imom
Moturidiy
ta’limoti
insonparvarlik mohiyatiga ko’ra, insoniyat hayoti va taraqqiyotini yaxshilik, poklik
sari, adolat sari yo’naltirishga, odamlarni millati, tili, dinidan qat’iy nazar, o’zaro
ahil, bahamjixat, mehr-oqibatli bo’lib yashashga da’vat etadi».
O’zbekiston – dunyoviy davlat. Dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilgan,
lekin din davlatdan ajratilgani bilan jamiyatdan ajratilgan emas. Har bir demokratik
davlat kabi O’zbekiston ham o’z fuqarolari uchun vijdon erkinligi qonunini e’lon
qilgan. O’zbekiston fuqarolari dinga munosabatidan qat’iy nazar qonun oldida
tenglar O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda (yangi tahriri) biror dinga imtiyoz berilmasligi,
barcha diniy tashkilotlarning qonun oldida tenglik e’lon qilingan va u amalda ham
ta’minlangan. Shuning uchun O’zbekiston – an’anaviy diniy bag’rikenglik o’lkasi
sifatida dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilgan. Istiqlol sharofati tufayli va
shaxsan Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbuslari bilan diniy islohotlar
sohasida juda ko’p misli ko’rilmagan ishlar amalga oshirildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov hozirgi davrda dinning insoniyat hayotidagi
ahamiyati haqida bunday degan edilar: «Insoniyat murakkab jarayonni boshidan
42
kechirayotgan hozirgi davrda dinni turli xalqlar o’rtasida muloqot o’rnatish, ularni
ma’naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirish, zulm va zo’ravonlikka qarshi
birgalikda kurashga da’vat etish borasidagi ahamiyati beqiyosdir».
Bu so’zlarni dinning, jumladan, islom dinining tinchlikni saqlaydigan va
oliyjanoblik sifatida, uning bag’rikengligi yaxlit o’z ifodasini topgan.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |