Chokindi tog jinslari deb, litosferaning fizik va kimyoviy buzilishidan hosil bolgan mahsulotlardan hamda kimyoviy chokmalar va organizmlarning faoliyati natijasida hosil bolgan geologik jinslarga aytiladi.
Chokindi jins hosil qiluvchi chokmalar er yuzasida va suv xavzalarida turli geologik jarayonlar natijasida paydo boladi. Bu jarayonlar uz mohiyati jixatidan fizik-mexanik, fizik-kimyoviy, kimyoviy va Organik jarayonlardir hamda chokindi hosil bolish (ch okish) muhitining fizik-kimyoviy sharoiti ozgarishi bilan idora qilinib turadi (eritmaning tarkibi va konsentratsiyasi, nordonligi, ishqoriyligi, oksidlanishi, tiklanish potensiali rN).
Chokindi jinslarni hosil bolish sharoiti va uning toplanishiga yordam beradigan omillarga qarab quyidagi genetik guruhlarga ajratish mumkin:
a. Bolakli jinslar.
b. Organogen jinslar.
d. Kimyoviy jinslar
Chokindi togjinslarini organishda ularning struktura va teksturalarini organish katta ahamiyatga ega. Jinsni tashkil qilgan bolak va minerallarning katta-kichikligiga va faunalarning saqlanish darajasiga qarab struktura, bolak zarrachalarining joylashuviga kora tekstura ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |