Jinslarning rangi:
Chokindi jinslar rang-barang bolib, oq dan tim qoragacha ozgaradi. Jinslarning rangi ularni aniqlashda muhim belgi bolib hisoblanadi. Jinslarning rangi quyidagilarga: 1) jinsni hosil qilgan mineralning rangiga; 2) jinsdagi siyrak aralashmalarning va sementning rangiga; 3) kopincha jinsni tashkil etuvchi mineral donachalarni orab olgan juda yupqa parda rangiga bogliqdir. Oq va och ranglar odatda chokindi jinslarni tashkil etgan asosiy minerallar (kvars, kalsit, dolomit, kaolinit va boshqalar) dan kelib chiqadi. Bu esa jinsning ma'lum darajada tozaligidan dalolat beradi. Toq-kulrang va qora ranglar kopincha komirsimon moddalar, bazan marganes va temir birikmalari aralashmasidan kelib chiqadi. Qizil va pushti ranglar, odatda jinsda temir oksidi aralashgan bolishiga bogliq. Bunday ranglar odatda issiq iqlim sharoitida nurash natijasida yuzaga kelganligidan darak beradi. Yashil rang glaukonit, bazan xlorit, malaxit va boshqa yashil minerallarning borligidan darak beradi. Sariq va qongir ranglar jinsda limonit minerali borligini korsatadi.
Kopincha jinslarning rangini aniqlash uchun qoshimcha belgilarni qollash kerak. Masalan, yashil-kulrang, limondek sariq, shishadek kok, jigarrang, qongir, goshtsimon qizil, havorang va hoqazo. Shuning bilan bir vaqtda asosiy rangini ikkinchi oringa qoyish kerak.
Masalan, goshtsimon qizil qumtosh, buning ma'nosi qumtosh qizil bolib, goshtdek tusda degan sozdir.
Jinslarning rangini uchta soz bilan (masalan, kokimtir-yashil-kulrang deb) belgilash togri emas, bunday ta'rif toliq tushuncha bermaydi va kopincha oquvchini adashtiradi. Ranglarning tasviri kop bolmasligi, lekin yetarli darajada mukammal aniq bolishi kerak, chunki bu narsalar keyinchalik juda muhim ahamiyatga ega bolishi mumkin.
3.Bob. Metamorfik tog` jinslari.
Birlamchi magmatik va chokindi tog jinslari yerning chuqur qismlarida ozgarishi natijasida metamorfik jinslar hosil boladi. Metamorfizm jarayonida birlamchi minerallar toliq yoki qisman qayta kristallanadi. Qayta kristallanish minerallarni erish nuqtasidan past haroratda sodir boladi. Metamorfik jinslar yer qobigida keng rivojlangan bolib, koproq dokembriygacha bolgan davrlarda sodir bolgan. Ular yer qobigining katta hududlarida keng rivojlangan.
Tog jinslarining metamorfizmi deb, strukturaviy va mineralogik ozgarishga olib keladigan har qanday jarayonga aytiladi. Ayrim hollarda fizik va kimyoviy sharoitning ozgarishi jinslarning kimyoviy ozgarishiga olib keladi.
Metamorfizmning asosiy omillariga harorat, gidrostatik va bir tomonlama bosimning oshishi, pastdan kotarilgan eritma va gazlar kiradi. Harorat oshishi magmatik jinsning harorati, radioaktiv elementlarning parchalanishi va jinslar Yerning chuqur qismlariga tushib qolishi bilan boglangan. Chuqurga tushish bilan har 33 metrda harorat ortacha 10C ga oshadi. Gidrostatik bosim kontinentda har bir km da 270 atm. ga oshadi. Metamorfizm quyidagi turlarga bolinadi: regional va lokal metamorfizm, dinamometamorfizm, kontakt metamorfizm, kontakt metasomatizm, avtometasomatizm, gidrotermal metasomatizm va boshqalar. Metamorfik togjinslari strukturasi. Metamorfik va metasomatik jinslar strukturasi va teksturasi ularning kristallanish darajasi, mineral donalari shakli, ularning birikishi, katta-kichikligi va ozaro joylanishi bilan belgilanadi.
Metamorfik jarayoni toliq rivojlanmagan vaqtda struktura metamorfik va birlamchi strukturalar oraligida boladi. Bunday strukturalar qoldiq yoki reliktli strukturalar deyiladi. Ularga blastogranitli, blastoporfirli va boshqa strukturalar kiradi. Blastogranitli struktura blastez jarayonida ozgargan granit strukturasidir. Blastez jaryonida mozaikali strukturaga ega bolgan kvars toplamlari yoki ma'lum yonalishga ega bolgan slyudalar orasida kvars toplamlari boladi.
Metamorfik jinslarda magmatik jinslarga nisbatan farqli minerallarning idiomorfizm darajasi ularning kristallanish darajasiga bogliq. Bunday strukturalar kristalloblastli strukturalar deyiladi.
Kristalloblastli struktura bu umumiy atama bolib, hamma toliq kristallangan strukturalarga aytiladi. Kristalloblastli strukturaga quyidagi xususiyatlar xos: 1. Minerallarning chegarasi shaklsiz bolib, kopincha qirqilgan va buxtasimon boladi. 2. Mayda minerallar yirik minerallarga oralgan holda uchraydi; 3. Minerallar toplam holida joylanish xususiyatiga egadir. Metamorfik jinslarda mineral donalarining shakli ksenoblast va idioblast boladi. Ksenoblast minerallar ma'lum kristall shakliga ega emas. Idioblast minerallarga kristallografik qirralarning rivojlanishi xosdir. Blastez jarayonida hosil bolgan minerallarga ularning kristallografik formalari bolmasligi va bir vaqtda hosil bolishligi xosdir. Kristalloblastli struktura quyidagi turlarga bolinadi: Gomeblastli, geteroblastli, granoblastli, rogovikli, lepidoblastli, nematoblastli, fibroblastli, halqasimon, g alvirli, diablastli.
Gomeblastli strukturaga jins tashkil qiluvchi minerallar olchamining ozmi - kopmi bir xilligi xosdir.
Geteroblastli strukturaga jins tashkil qiluvchi minerallar olchamining har xilligi xosdir. Granoblastli strukturada jins minerallari ma'lum miqdorda izometrik shaklga egadir. Minerallarning formasi har xil boladi: dumaloq, poliedrik, buxtasimon va arrasimon.
Rogovikli struktura rogoviklarga xosdir. Unga mineral donalari shakli arrasimonligi va minerallar toplam holida uchrashi xosdir. Bu strukturaga ayrim holda geteroblastli va poykiloblastli tuzilish xosdir.
Lepidoblastli strukturada minerallarning asosiy qismiga tangasimon va plastinkali shaklda bolishligi xosdir. Cheshuykali minerallar slanes yonalishiga parallel holda rivojlangan boladi.
Minerallarning olchami boyicha struktura dagal, mayda, mikroblastli turlarga bolinadi. Lepidoblastli struktura gomeblastli va geteroblastli bolishi mumkin.
Nematoblastli struktura. Ayrim minerallar (Kuznetsov Е.A. bo‘yicha) prizma bo‘yicha uzun kristallarni hosil qilishga moyildir. Minerallar bir yo‘nalishda joylashadi. Bekkeni fikricha nematoblastli strukturada tolali minerallar chalkash agregatlarni hosil qiladi.
Fibroblastli stuktura. Bu struktura nematoblastli strukturadan jinsni uzun tolali minerallardan tashkil topganligi bilan farq qiladi. Halqasimon struktura serpentinitlarga xosdir.
Jinsda kop miqdorda yonalgan halqalar boladi, serpentindan tashkil topgan yollar har xil tomonga yonalganligi xosdir. Yollar tolasimon tuzilgan serpentindan tashkil topgan.
Poykiloblastli struktura. Bu strukturada yirik minerallar ichida kop miqdorda mayda mineral donalarini oz ichiga olgan boladi.
Brekchiyasimon strukturali jinslarga qirrali bolaklarning borligi xosdir. Sementlovchi moddalar bolaklardan strukturasi va hosil bolishi bilan farq qiladi.
Kataklastik struktura. Bu struktura jinslarga Mexanik kuchlar ta'sirida hosil boladi. Unda minerallar buralgan va maydalangan boladi.
Metamorfik togjinslari teksturasi. Metamorfik jinslarga quyidagi teksturalar xosdir: yaxlit, yol-yol, slanesli, hol-hol va bodomsimon.
Yaxlit teksturali jinslarga quyidagilar xosdir: jinsni tashkil qiluvchi minerallar tartibsiz joylashgan bolib, ular markazga qarab va ma'lum yonalish boyicha yonalmagan boladi. Bu tekstura bir xil materialli jinslarning qayta kristallanishi natijasida hosil boladi. Massiv tekstura marmar va kvarsitlarga xosdir.
Yol-yol teksturaga jinslarda yollarning ket-ket kelishi xos bolib, yollar bir-birlaridan mineral tarkibi, strukturasi va boshqa belgilari bilan farq qiladi. Ularning kelib chiqishi har hil boladi. Ular qoldiqli tekstura bolib, birlamchi qatlamli jinslar (qumtosh, ohaktosh, gillar va boshqalar) hisobiga hosil boladi. Bu tekstura yana metamorfizm jarayonida minerallarning qayta joylanishi hisobiga hosil boladi.
Gneyssimon tekstura yol-yol teksturaning turi bolib, gneys va migmatitlar teksturasini alohida takidlash uchun ishlatiladi.
Slanessimon tekstura jinsda parallel joylashgan yollar borligi bilan ajralib turadi. Bu teksturaga jinsda plastinkali, cheshuykali, uzun yonalgan minerallar va hamda linzasimon agregatlar parallel joylashganligi xosdir.
Hol-hol tekstura jinslarga hollar borligi xos bolib, ular asosiy massadan ozining tarkibi, ayrim hollarda strukturasi bilan ajralib turadi. Bu struktura rogoviklarga xosdir.
Bodomsimon teksturali jinslarda dumaloq, yoki uzun tuzilishga ega bolgan agregatlar borligi xosdir. Ular bir yoki bir necha minerallardan tashkil topgan bolib, slaneslanishga parallel joylashadi. Jinsni tashkil qiluvchi mayda donalar ularni orab oladi.
Metamorfik togjinslari har xil geologik jarayonlar ta'siri natijasida hosil boladi. Metamorfik jinslarni klassifikatsiya qilganda, ularning kimyoviy va mineral tarkibini, struktura va teksturasini hamda qaysi metamorfizm turi hisobiga hosil bolganligiga e'tibor beriladi. Minerallarning paragenezisiga qarab qanday termodinamik (P,T) sharoitda, struktura va tekstura belgilariga qarab qanday chuqurlikda jinslar hosil bolganligini aniqlash mumkin. Ularning kimyoviy tarkibini tahlil qilib, birlamchi jinsning tarkibini bilib olish mumkin.
Metamorfik togjinslari ikki xil genetik kelib chiqishga ega. Ularning ma'lum qismi chokindi jinslar (parajinslar), ma'lum qismi esa magmatik jinslar (ortojinslar) hisobiga hosil boladi. Bunga qaramasdan har xil birlamchi jinslar hisobiga bir xil mineral tarkibli metamorfik jinslar hosil boladi.
Metamorfik jinslarning birinchi klassifikatsiyasi Van-Xayz, Bekke, Grubenman va Nigglilarning ishlarida keltirilgan. Ular metamorfik jinslar klassifikatsiyasi Metamorfizmning chuqur zonalari nazariyasiga asoslangan. Bu nazariyaga muvofiq regional meta-morfizmning kuchli rivojlanishi harorat va bosim funksiyasi sifatida koriladi. Ular ma'lum termodinamik sharoitda barqaror bolgan minerallar assotsiatsiyasining borligini korsatib, metamorfizm hosil bolish jarayonini uchta zonaga ajratganlar: epizona, mezazona va katazona.
1. Epizonada harorat va umumiy bosim past, bir tomonlama bosim ortacha bolib, u zonaning ostki qismiga tushgan sari ortib boradi. Bu zonaning oziga xos minerallari quyidagilardan iborat: soizit, epidot, xlorit, seritsit, aktinolit, albit, talk. Epizonada zonada quyidagi jinslar hosil boladi: fillit, slanes, epidotli jinslar, kvarsit, marmar, kataklastik jinslar va boshqalar.
2. Mezazonada harorat va umumiy bosim orta va yuqori, bir tomonlama bosim yuqori boladi. Bu zonaning tipik minerallari quyidagilardir: biotit, muskovit, shox aldamchisi, disten, stavrolit, almandin. Mezazonaning oziga xos jinslari quyidagilardan iborat: muskovitli, muskovit-biotitli, epidotli, kianitli va stavrolitli slaneslar, amfibolit, rogovik, andradit-gedenbergitli skarnlar, marmar, kvarsitlar.
3. Katazonada harorat va umumiy bosim yuqori, bir tomonlama bosim past boladi. Bu zonaning tipik minerallari quyidagilardan iborat: sillimonit, korund, anortit, rombik piroksen, vollastonit, omfatsit, pirop. Bu zonada gneys, sillimonitli va granat - biotitli slaneslar, vollostonit-diopsidli jinslar, rogoviklar, andradit-gedenbergitli skarnlar, eklogitlar, marmar, kvarsit va boshqalar hosil boladi.
Keyinchalik minerallarning muvozanati tog risidagi fizik-kimyoviy talimotning rivojlanishi metamorfik fatsiyalar tushunchasi paydo bolishiga olib keldi. Bu yonalish hozirgi paytdagi metamorfik jinslarni tasnif qilishda asos boldi. Metamorfik fatsiyalar jarayoni fin olimi Eskola tomonidan taklif etilgan. Metamorfik jinslarning mineral tarkibi metamorfizmning fizik - kimyoviy sharoiti funksiyasidir. Har xil termodinamik sharoitda bir xil kimyoviy tarkibli jinsdan har xil mineral assotsiatsiyalar hosil boladi.
Masalan, Vinkler SiO2 : CaO : MgO = 1 : 1 : 1 tarkibli jinsdan past haroratli fatsiya sharoitida kalsit- tremolit- dolomit minerallarining assotsiatsiyasi, xuddi shu tarkibli jinsdan yuqori haroratli fatsiya sharoitida esa magnezit-talk mineral assotsiatsiyasi hosil boladi deb aytadi. Metamorfik jinslarni tasnif qilganda yana jinslar qaysi metamorfizm turlari hisobiga hosil bolganligi hisobga olinadi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda tog jinslarning xosil bulishi va o`zgarishi jarayonlari qator bosqichlarni o`z ichiga oladi. Birinchi boskichda chukindi jins xosil bulishi uchun ilk (birlamchi) maxsulotlar tayyorlanadi.Bu maxsulotlarning asosiy kismi nurash natijasida xosil buladi va bu boskichni gipergenez deyiladi. Ikkinchi boskichda nurash natijasida xosil bulgan maxsulotlar tashiladi va chukmaga tushadi (chukindi xosil buladi). Bu boskichni sedimentogenez deyiladi. Ikkinchi boskichda nurash natijasida xosil bulgan maxsulotlar tashiladi va chukmaga tushadi (chukindi xosil buladi). Bu boskichni sedimentogenez deyiladi. Uchinchi boskichda chukmaning kayta uzgarishidan chukindi jinslar paydo buladi. Bu boskichni-diagenez deyiladi. Uchinchi boskichda chukmaning kayta uzgarishidan chukindi jinslar paydo buladi. Bu boskichni-diagenez deyiladi.
TeksturasiMassiv Strukturasi Bir xil donali ba`zida har xil donali Rangi tўq yashildan qoramtir yashilgacha Uchraydigan minerallar krеmniy,kaliy, magniy,alyuminiy oksidlari Glaukonit GLAUKONIT (yun. glaukos kўkimtir-yashil) minеral. Gidroslyuda guruhiga mansub tеmirning suvli alyumosilikata. Kimyoviy formulasi doimiy emas, murakkab. G.ni asosiy tarkibiy qismlari krеmniy oksidi(49-56%), tеmir oksidi va chala oksidi (21% gacha), alyuminiy oksidi, kaliy oksidi (10% gacha), magniy oksidi (7%gacha) va suv (13% gacha) dan iborat. Monoklin singoniyali. Rangi tўq yashildan qoramtir yashilgacha. Mўrt. qattiqligi 23. Zichligi kgG`m3. Dеngiz yotqiziqlaridan hosil bўlgan jinslarda hamda qum va qumtoshlarda mayda yumaloq, notўg`ri kristallar shaklida uchraydi. Dеngiz tubida gеl holida chўkib hosil bўladi. Mеzokaynozoy chўkindi jinslarida kўp tarqalgan. Ўzbеkistonda Farg`ona vodiysida, g`arbiy Kozog`iston, RF (Volgabўyi), Ukraina, Tojikiston jan.dagi bўr davri qumtoshlaridan kўplab topilgan. Oziq-ovqat sanoatida oqartiruvchi modda. q. x.da o`g`it sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari yashil bўyoq tayyorlashda qўllaniladi.
Adabiyotlar ro’yhati
1.Boboxo’jayev I., Uzoqov P. Tuproqshunoslik. Toshkent, 1995 yil.
2.Kaurichyev S. i dr.Pochvovedeniye,M.Kolos, 1989.
3.Oripov R.O., Xalilov N.X. O’simlikshunoslik. Toshkent, 2007 yil.
4.Yaqubjonov O., Tursunov S. O’simlikshunoslik. Toshkent, 2008 yil.
5.Korenev G.V., Podgorniy P.I. Rastenievodstvo s osnovami selektsii.Semenovodstva.M., Agropromizdat, 1990.
6.Атабаева Х. O’simlikshunoslik. Toshkent, 2006 yil.
7. Internet malumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |