Korxonalarning bankrot bo’lishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar
tasnifi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning bankrot bo’lishini olidini olish uchun ularni bankrot bo’lish holatiga kelishida bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, iqtisodiyotda umuman xo’jalik sub’ektlari faoliyatlarining tugatilishi odatda salbiy holat sifatida qabul qilinadi. Chunki, har qanday korxonaning o’z faoliyatini to’xtatishi ma’lum darajada quyidagi holatlarning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’ladi:
· faoliyatga jalb etilgan iqtisodiy resurslarning yo’qotilishi, ulardan olinadigan samaraning pasayishi;
· ishsizlar sonining ko’payishi hisobiga ijtimoiy beqarorlikning kuchayishi;
· jamiyat a’zolari o’rtasida tadbirkorlik bilan shug’ullanishga nisbatan ishonchsizlikning paydo bo’lishi va hokazo.
Biroq, korxona faoliyatining tugatilishi doimo ham falokat, fojea sifatida qabul qilinavermaydi. Bugungi kunda, ya’ni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining amalga oshirilishi natijasida korxonalarning ko’plab xodimlari ularning birgalikdagi egalariga aylandilar.
Biroq, aksariyat holatlarda, mulk egasining o’zgarishiga qaramasdan, ko’plab
firmalar, hissadorlik jamiyatlari, xo’jalik birlashmalari etarli darajada muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmayaptilar. Shunga ko’ra, agar boshqaruv,
ishlab chiqarish, marketing va texnologiyani tashkil etishni takomillashtirish
sohasidagi barcha chora-tadbirlardan natija olish imkoniyati tugagan bo’lsa, u
holda oqilona amalga oshirilgan likvidatsiya – korxona hissadorlari (qatnashchilari) mulkini saqlab qolish muammosining hal etilishi demakdir.
Eng avvalo, korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ajratib olish zarur bo’ladi. Ob’ektiv omillar sirasiga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hattiharakati, faoliyat doirasi va shart-sharoitlaridan qat’iy nazar, mavjud iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida vujudga keluvchi hamda ta’sir ko’rsatuvchi omillar kiradi. Odatda ob’ektiv omillar ta’sirining oldini olish yoki boshqarish imkoniyat darajasidan tashqarida bo’ladi. Odatda korxonalarning bankrotligini oldindan aytib berish uchun E.Altmanning «Z hisobi»dan foydalanilib, mazkur usul o’z ichiga bankrotlik xavfini tashxis etishning besh omilini oluvchi modelni namoyon etadi:
Z=1,2x1+1,4x2+3,3x3+0,6x4+1,0x5,
bu erda: Z – bankrotlik xavfi darajasining integral ko’rsatkichi;
x1 – ishchi kapitali (IK)ning korxona jami aktivlari (A) summasiga nisbati (u aktivlarning likvidlik darajasini ko’rsatadi);
x2 – sof foyda (SF)ning ishlatilayotgan aktivlar o’rtacha miqdori yoki jami kapitalga nisbatini namoyon etuvchi aktivlar yoki jami ishlatilayotgan kapitalning rentabellik darajasi (u korxona foydasini yaratish darajasini ko’rsatadi);
x3 – aktivlar (yoki jami ishlatilayotgan kapital)ning daromadliligi darajasi. Bu ko’rsatkich sof daromad (SD) (yalpi daromaddan mahsulot narxi tarkibiga kiruvchi soliq to’lovlarining ayirmasi)ning ishlatilayotgan aktivlarning o’rtacha miqdori yoki jami kapitalga nisbatini namoyon etadi (u korxona daromadlari joriy xarajatlarni qoplash va foydani shakllantirish uchun qay darajada etarli ekanligini ifodalaydi);
x4 – xususiy kapital summasi (XK)ning qarz kapitali (QK)ga nisbati koeffitsienti. Xorijiy amaliyotda xususiy kapital odatda balans qiymati bilan emas, balki bozor qiymati (korxona aktsiyalarining bozor qiymati) bilan baholanadi;
x5 – mahsulot sotish hajmi (Sh)ning aktivlar o’rtacha qiymati yoki jami
ishlatilayotgan kapitalga nisbatini namoyon etuvchi aktiv yoki kapitalning
aylanishi. U x2 ko’rsatkichi bilan birgalikda korxona kapitalidan foydalanish
jarayonida foydaning shakllanish multiplikatorini ifodalaydi. Altman modeli alohida omillarining ko’rsatib o’tilgan qiymatini hisobga olgan holda bevosita hisob-kitoblar uchun quyidagi ko’rinishda tatbiq etilishi mumkin:
Z=1,2×IK/A+1,4×SF/A+3,3×SD/A+0,6×XK/QK+1,0×Sh/A
yoki
Z=(1,2×IK+1,4×SF+3,3×SD +1,0×Sh)/A+0,6×XK/QK.
Altman modelida korxonaning bankrotlik xavfi darajasi quyidagi shkala
bo’yicha baholanadi (1-jadval):
Xo’jalik faoliyatining tugatilishini tadqiq etish ustun darajada bu holatni keltirib chiqaruvchi sub’ektiv omillarga e’tibor qaratilishini taqozo etadi. Sub’ektiv omillar, ob’ektiv omillardan farqli o’laroq, turli alohida holat, shartsharoit va hatti-harakatlarning natijasi sifatida vujudga kelib, ma’lum choratadbirlarni qo’llash orqali ularning oldini olish yoki ta’sir darajasini boshqarish mumkin bo’ladi.
O’z navbatida, korxonalar faoliyatlarining tugatilishiga olib keluvchi sub’ektiv omillarni yanada chuqurroq o’rganish uchun, ularning kelib chiqish tavsifiga ko’ra turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunga ko’ra, bizning fikrimizcha, mamlakatimiz va boshqa xorijiy mamlakatlar tajribasida uchrab turuvchi ko’plab sub’ektiv omillarni shartli ravishda quyidagi 4 guruhga ajratish mumkin bo’ladi:
1-guruh - shaxsiy-ruhiy omillar;
2-guruh - tashkiliy omillar;
3-guruh - me’yoriy-huquqiy omillar;
4-guruh - iqtisodiy omillar.
Shaxsiy-ruhiy omillar guruhi o’z ichiga tadbirkorning bilimi, malaka va tajribasi, ruhiy va ma’naviy qiyofasi, ishni tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari borasida yuzaga keluvchi faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi. Tashkiliy omillar guruhi o’z ichiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy tuzilmasida o’z faoliyatini davom ettirishida vujudga keluvchi to’siqlarni bartaraf etish, uni o’zgartirish yoki yanada takomillashtirish maqsadida faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi. Me’yoriy-huquqiy omillar guruhi o’z ichiga korxona faoliyatini davom ettirishda ro’y beruvchi amaldagi qonunchilik, me’yoriy qoidalarning buzilishining oldini olish va mavjud tartibbuzarlik holatlarini bartaraf etish maqsadida faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi. Muassislarning korxonadagi ishning borishidan qoniqmasligi. Korxonani tashkil etishning keng tarqalgan shakllaridan biri sherikchilik hisoblanadi. O’z navbatida, tadbirkorlikning mazkur tashkiliy shakli korxonalarning muddatidan ilgari tugatilishiga sabab bo’ladi. Ya’ni, korxona tugatilishining yana bir sababi – bu bir necha yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelgan korxonaning
ta’sischilari o’rtasida daromadning taqsimlanishidir. Tugatishning bu ko’rinishi
ham qonuniyat doirasida bo’lib, statistik ma’lumotlariga ko’ra, bunday jarayon
butun dunyoda yuz beradi. Bunday korxonalarning ta’sischilari bir birlariga da’volar qila boshlaydilar va natijada mol-mulkning bo’linishi orqali korxona
tugatiladi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, ba’zi hollarda bunday maqsad sifatida
amaldagi qonunchilikka, halol biznes yuritishga mos tushmaydigan hattiharakatlar
ham ilgari surilishi mumkin. Jumladan, iqtisodiy manbalarda yoritilishicha, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining miqdoriy ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatuvchi sabablardan biri bo’lib o’z faoliyatini ixtiyoriy to’xtatish hisoblanadi. Faoliyatni bunday tarzda to’xtatish rejali tugatish deb ataladi, ya’ni yaxshi faoliyat ko’rsatuvchi korxona soliq imtiyozlari qo’llaniluvchi davr, aytaylik dastlabki 2 yilda amal qiladi. Bunday imtiyozlar tugashi bilan tadbirkor yangi ishini boshlaydi, so’ngra yana «rejali tugatish» boshlanadi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, tadbirkorlikdagi bunday holat odatiy jarayon hisoblanadi. Diversifikatsiyalashgan kompaniya ishining mazkur yo’nalishini to’xtatish istagi. Bozor sharoitida barqaror holatga ega bo’lish, bozor kon’yunkturasining qaltis oqibatlariga dosh berish, keskin raqobatda g’olib chiqish istagi korxonalarni diversifikatsiya siyosatini qo’llashga, ya’ni o’z faoliyatini kelgusida samara keltirishi mumkin bo’lgan faoliyat yo’nalishlarini o’zlashtirish hisobiga kengaytirishga undaydi. Natijada ko’plab yirik kompaniyalar bir necha soha va yo’nalishlarda faoliyat olib boradilar. Biroq, bu siyosatning o’ziga xos salbiy tomoni ham mavjud bo’lib, kompaniya moliyaviy resurslarining turli tarmoqlarga «parchalanib» ketishi, har bir yo’nalish ustidan etarli darajada bir xil nazorat o’rnatish hamda hukmron mavqeni ushlab turish mumkin emasligi kabi holatlarni keltirib chiqaradi Boshqa xo’jalik jamiyatiga qo’shilish yoki birlashib ketish. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi Qonunining 10-bandida «korxonalar o’z huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda birlashishlari mumkin» 7 deb belgilab berilgan. Shunday qilib, korxonalarning faoliyatini tugatish jarayoni – ma’lum darajada tabiiy jarayon hisoblanadi. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’ta harakatchan, juda tez o’zgara oladi. Masalan, faoliyati tugab borayotgan ikki korxona bitta korxonaga hech qanday muammolarsiz qo’shila oladi.
Korxonaning tashkil qilingan muddatining tugashi. Ba’zi bir korxonalar
(xo’jalik birlashmalari, uyushmalar) ma’lum muddatga tuzilgan bo’lib, bu muddat ularning nizomi yoki ta’sis shartnomasida belgilab qo’yiladi. Odatda bu muddat korxonani tashkil etilishidan ko’zlangan maqsadga erishish, ma’lum vazifa va majburiyatlarning bajarilishidan kelib chiqadi. Belgilangan muddatning tugashi, korxona o’z maqsadiga erishigan bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar, korxonaning o’z faoliyatini to’xtatishini taqozo etadi. Bunday muddatning tugashidan keyingi korxonaning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ma’lum choralar ko’rilishi xavfini tug’diradi. Sud tomonidan korxonaning ro’yxatga olinishini asossiz deb topilishi. Tadbirkorlik faoliyatini keng miqyosda yuritish uchun korxona tuzish taqozo etilib, bu jarayon ma’lum tartib-qoidalarga bo’ysunadi. Korxona hujjatlarining tegishli talablarga javob berishini ta’minlash tadbirkor zimmasida bo’ladi. Biroq, amaliyotda ko’pincha korxonani tashkil etishda qator kamchiliklarga yo’l qo’yish hollari uchrab turadi. Faoliyatning zarur ruxsatsiz (litsenziyasiz) olib borilishi. Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan muhim jihatlardan biri – bu maxsus ruxsat talab etiluvchi faoliyat turlari uchun litsenziyalar (ruxsatnomalar) olinishini ta’minlashdir. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI LITSENZIYALASH, RUXSAT BERISH VA XABARDOR QILISH TARTIB-TAOMILLARI TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 5-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 23-aprelda ma’qullangan chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonining 1-ilovasida quyidagi tarkibda berilgan:
- Vazirlar Mahkamasi;
- Adliya vazirligi;
- Moliya vazirligi;
- Markaziy bank;
- Ichki ishlar vazirligi;
- Sog’liqni saqlash vazirligi;
- Xalq ta’limi vazirligi.
Tadbirkor shug’ullanayotgan faoliyat turi maxsus litsenziyani taqozo etgani holda, mazkur faoliyat bilan litsenziyasiz shug’ullanish agar xavfli retsidivist tomonidan yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirilib sodir etilgan bo’lsa, eng kam oylik ish haqining etmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Qonun tomonidan taqiqlangan faoliyatning yuritilishi. Ma’lumki, har bir
huquqiy davlat o’z fuqarolarining xavfsizligini, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va farovon turmush uchun shart-sharoitlarni ta’minlashni o’z zimmasiga oladi. Shu nuqtai-nazardan ba’zi bir faoliyat turlari bilan erkin shug’ullanish davlat tomonidan taqiqlanadi, masalan, portlovchi moddalar, likeraroq mahsulotlari, giyohvand moddalarning ishlab chiqarilishi, tovarlarning
alohida turlari bilan savdo qilish va boshqalar. Chunki, faoliyatning bunday turlari bilan erkin shug’ullanishga ruxsat berilishi juda katta ijtimoiy xavfni keltirib chiqarishi mumkin. Aynan shunday taqiqning mavjudligi bu faoliyat turlarining serdaromad sohaga aylanishiga olib keladi. Qonun yoki boshqa huquqiy qoidalarning bir necha marta yoki qo’pol ravishda buzilishi. Qonunlar – jamiyat barqarorligi va taraqqiyoti garovi hisoblanadi va ular o’zining aniq bajarilishi bilangina samaralidir. Biroq, tadbirkorlik faoliyatida ham ko’plab hollarda qonunbuzarliklar uchrab turadi. Ro’y berish holatiga ko’ra qonunbuzarlik ataylabdan (ixtiyoriy ravishda) hamda bilmasdan (noixtiyoriy ravishda) sodir etilgan bo’lishi mumkin. Xuddi shunday holatlarni e’tiborga olgan holda, g’ayriixtiyoriy ravishda qilingan yoki dastlabki holda uncha jiddiy bo’lmagan qonunbuzarliklar inobatga olinmasligi yoki engil jazo turini qo’llash bilan cheklanishi mumkin. Agar tadbirkor tomonidan shunday qonunbuzarliklar ataylabdan bir necha marta takrorlansa yoki qo’pol tarzda sodir etilsa, bunday hatti-harakat darhol tadbirkorlik faoliyatining to’xtatilishiga va tegishli choralar ko’rilishiga olib kelishi mumkin.
Korxonaning iqtisodiy nochorlik (bankrotlik) holatiga tushishi. O’zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to’g’risida»gi Qonuniga ko’ra, korxonaning nochorligi (bankrotligi) deganda kreditorlarning tovar(ish, xizmat)lar haqini to’lash bo’yicha talablarini qondirish, shuningdek, byudjet va nobyudjet fondlariga majburiy to’lovlarni ta’minlashdagi layoqatsizlik tushuniladi. Faoliyat foydaliligi darajasining pastligi. Odatda korxonalarda qisqa muddatda olinuvchi foydani ko’zlab ish yuritiladi. Sarmoya va moliyaviy resurslarning cheklanganligi bu mablag’larning qisqa muddatlarda aylanib, faoliyatni kengaytirish uchun etarli bo’lgan foyda miqdorining qo’lga kiritilishini taqozo etadi. Biroq, keskin raqobat sharoitida bunday talabga javob berish aksariyat kichik korxonalar imkoniyatidan tashqarida bo’ladi. Shunga ko’ra, o’z faoliyatining dastlabki yillaridayoq etarli foyda darajasini ta’minlay olmagan korxonalar uni to’xtatishga majbur bo’ladilar.
Yuqoridagi fikr-mulohazalar shuni ko’rsatadiki, kichik tadbirkorlik sub’ektlarining o’z faoliyatini to’xtatishi turli sharoitlarda bir qator omillar ta’siri ostida ro’y beradi. Bu omillarni har birining iqtisodiy tabiati, ro’y berish xususiyatlari va ta’sir darajalarining chuqur va har tomonlama o’rganilishi o’z navbatida mamlakatdagi tadbirkorlik faoliyati barqarorlik darajasini oshirish, har bir alohida holatda mazkur omillarning ta’sirini kamaytirish yoki umuman bartaraf etish mexanizmini ishlab chiqish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |