Korxonalarni bankrot bo’ldishini davlat tomonidan tartibga solish Jarayoni
Iqtisodiyotda moliyaviy xo’jalik faoliyatini yurituvchi korxonalarni bankrot
bo’lish jarayonini davlat tomonidan nazoratini amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kun amaliyotida bankrotlik sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organi amalga oshiradi.
Bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organining o’z vakolatlari doirasida kabul kilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, davlat
boshkaruvi boshka organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
· pul majburiyatlari va majburiy to’lovlar bo’yicha bankrotlik taomillarida O’zbekiston Respublikasining kreditor tarikasidagi talablarini takdim etishning yagona tartibini tasdiklaydi;
· sud boshkaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning attestatsiyadan o’tish tartibini, ularga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni hamda sud boshkaruvchilarining yagona reestrini yuritish tartibini tasdiklaydi;
· sud boshkaruvchilari faoliyati tartibini tasdiklaydi;
· sanatsiya fondini shakllantirish va uning mablag’laridan foydalanish tartibini belgilaydi;
· ustav fondida davlat ulushi bo’lgan bankrot korxonalarning molmulkini realizatsiya kilish tartibini belgilaydi;
· qonun hujjatlariga muvofik boshka vakolatlarni amalga oshiradi.
Bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organi: to’lov kobiliyatiga
ega bo’lmay holgan, zarar keltirib ishlayotgan va iktisodiy nochor korxonalarni
aniqlash maksadida ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini yuritadi;
Ustav fondida davlat ulushi bo’lgan va O’zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo’yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to’g’risida ish kuzatish xakida ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat etadi; sud boshkaruvchilari attestatsiyasini o’tkazadi hamda sud boshkaruvchilarining yagona reestrini yuritadi;ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya kilish, ularning sud sanatsiyasi va tashki boshkaruvi rejalarini kelishib oladi; ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarni davlat tomonidan yordam ko’rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish handay borayotganligi, shuningdek bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Sud boshkaruvchilari faoliyati ustidan konun hujjatlariga muvofik nazoratni amalga oshiradi, sud boshkaruvchisining faoliyatida konun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta ho’pol ravishda buzilganligi aniklangan takdirda uni vazifasini bajarishdan ozod qilish xakida xo’jalik sudiga ariza bilan murojaat yetadi;
moliyaviy ahvoli monitoringi yuritilayotgan korxonalarning rahbarlari yoki
boshqa mansabdor shaxslariga mazkur korxonalar moliya-xo’jalik faoliyati
xaqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki o’z vaqtida taqdim etilmaganligi
uchun jarima soladi;konun hujjatlariga muvofik boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organi xaqidagi nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organining Qorahalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari: to’lov qobiliyatiga ega bo’lmay holgan, zarar keltirib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarning moliyaviy ahvoliga oid ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirishni amalga oshiradi;ustav fondida davlat ulushi bo’lgan va (yoki) O’zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo’yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to’g’risida ish kuzatish haqidagi ariza bilan bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organining ko’rsatmasiga binoan xo’jalik sudiga murojaat etadi;tegishli hududda joylashgan, ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarni davlat tomonidan yordam ko’rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish handay borayotganligi, shuningdek bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tegishli hududdagi korxonalarning bankrotligi jarayonlari monitoringini
yuritadi;
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisini belgilangan tartibda vazifasini bajarishdan ozod qilish zarurligi xaqida bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organiga iltimosnoma bilan murojaat etadi;
bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari amalga oshirilayotganda, shuningdek ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilayotganda xo’jalik sudi muhokamasiga sud boshkaruvchiligiga nomzodlar taqdim etish xuquqiga ega;ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarning rahbarlari yoki boshka mansabdor shaxslariga mazkur korxonalarning moliyaxo’jalik faoliyati xakidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki o’z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun jarima soladi;qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Bankrotlik alomatlari aniqlangan taqdirda davlat solik xizmati organlari,
davlat statistika organlari bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organi
va uning hududiy boshqarmalariga ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalar xaqida ma’lumotlar taqdim etishlari, shuningdek bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organining so’roviga binoan korxonalarning iqtisodiy hodirligi to’g’risidagi boshqa ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi to’g’risidagi ish ko’rilayotganda quyidagi taomillar qo’llaniladi:
· kuzatuv;
· sud sanatsiyasi;
· kelishuv bitimi;
· tashqi boshqaruv;
· tugatishga doir ish yuritish.
· Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi to’g’risidagi ish ko’rilayotganda quyidagi taomillar qo’llaniladi:
· kelishuv bitimi;
· tugatishga doir ish yuritish.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, korxonalarni bankrot bo’lish jarayonini
davlat tomonidan to’g’ri va oqilona tartibga solinishi muhim ahamiyat kasb
etadi. Tadqiqot ishimizning oldingi bandlarda ko’rib chiqilganidek korxonalar
faoliyati barqarorligiga ularning ro’yxatdan o’tkazilishi va faoliyat yuritishga
layoqatsiz korxonalarni o’z vaqtida tugatilishi ham muhim o’rin tutadi. Turli
mamlakatlarda tadbirkorlar tomonidan korxonani tashkil etish va tugatish bilan
bog’liq bo’lgan rasmiyatchiliklarni amalga oshirish uchun sarflangan vaqt va
mablag’larni baholashga yo’naltirilgan tadqiqotlarning o’tkazilishi tasodif emas.
Ba’zi hollarda ularga asoslangan holda qonunchilik tomonidan «kelishish
limitlari», ya’ni zarur hujjatlarning ba’zi bir chegaralari, ularning maksimal
hajmi, tadbirkor murojaat qilishi lozim bo’lgan idoralar soni belgilab berilgan.
Bir vaqtning o’zida korxonalarni ro’yxatga olish va tugatishning keyinchalik
andoza sifatida boshqalarga tatbiq etilishi mumkin bo’lgan eng yaxshi tajribalari
aniqlangan. Shunga ko’ra, fikrimizcha, O’zbekistondagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish va tugatishning eng muvaffaqiyatli tajribalarini o’rganishga yo’naltirilgan maxsus tadqiqotlarni o’tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Korxona faoliyatini tugatish bilan bog’liq bo’lgan turli ko’rinishdagi sarf va xarajatlar ham xuddi shunday ta’sir ko’rsatadi: aksari hollarda tadbirkor
o’z faoliyati uchun yuridik shaxs maqomini olib, davlat bilan rasmiy munosabatlarga kirishishni umuman istamaydi. Korxonalarni davlat ro’yxatidan
o’tkazishning umumiy masalalari bo’yicha jamoat fikrini o’rganish mazkur
jarayonlarning printsip va maqsadlarini tushunishdagi ahamiyatli tafovutlarni
ochib berdi. Ayniqsa, bu masalalarga tadbirkorlar va mutaxassislar tomonidan
yondashuvda qarashlarning farqlanishi yaqqol namoyon bo’ldi. Jumladan, so’rov o’tkazilgan tadbirkorlarning ahamiyatli qismi kichik biznes korxonalarini ro’yxatga olish (46%) va tugatish (51%) jarayonlarining murakkabligini
bildirishgan. Tugatish va ro’yxatga olish jarayonlarini soddalashtirish borasida
ba’zi bir mutaxassislar (tegishli ravishda 21% va 17%) bu jarayonlar tartibining
haqiqatan ham murakkab ekanligini, biroq bunday murakkablik darajasi ayni
paytda «soxtalashtirilgan korxonalar»ning tashkil topishi uchun to’siq yaratishi
sababli ijobiy tavsif kasb etishini ta’kidlab o’tdilar. Darhaqiqat, har bir masalaga
turli nuqtai-nazardan yondashish mumkinligi korxonalarni tashkil etish va tugatish jarayonlarining o’ta darajada soddalashtirilib yuborilishi natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlarni ham hisobga olinishini taqozo etadi. Kichik biznes sub’ektlarini ro’yxatga olish va ular faoliyatini tugatish borasidagi mehnat sarfini hujjat aylanmasini soddalashtirish hisobiga ham kamaytirish mumkin. Ko’plab hujjatlar ro’yxatga olish jarayonida ko’p martalab takrorlanadi va aslida bir joyda kerak bo’lishiga qaramay, bir necha joyda saqlanadi.
Bugungi kunda egasiz korxonalarni bartaraf etishning oqilona yo’li ularni mavjud bo’lmagan qarzdor sifatida tugatishdan iborat. Bu borada O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Bankrotlik to’g’risida»gi Qonunida bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari (XI bob) kiritilgan bo’lib, uning 2-bandida hozir bo’lmagan qarzdorning bankrotligi holatida soddalashtirilgan taomilni qo’llash tartiblari bayon etilgan. Biroq, doimiy ravishda ham xo’jalik sudlari bunday korxona faoliyatini tugatish bo’yicha da’vo kiritishni istamaydilar, chunki buning uchun poshlinani hech kim to’lamaydi. Shuning uchun bunday da’volar xo’jalik sudlari tomonidan juda qiyinchilik bilan qabul qilinishi mumkin.
“Bankrotlik” haqidagi qonun davlat hududida xo‘jalik yurituvchi subyektlari bilan birgalikda ularning mulk shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy munosabatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bankrotlik dеb topilishdan maqsadi iqtisodiy nochorlik bеlgilarini erta bosqichda aniqlash, kichik biznеs korxonalarini sanatsiyalash yoki tugatish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiєishni amalga oshirish yo’li bilan korxonalar bankrot bo‘lishining oldini olish va ularning to‘lovga qobilligini qo‘llab quvvatlashdan iboratdir. Iqtisodiy xolatiga bogliq ravishda korxonalar quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
- barqaror moliyaviy axvolga ega;
- iqtisodiy tavakkalchilikga ega;
- iqtisodiy nochor.
Iqtisodiy tavakkalchilik bеlgilari aniqlanganda korxonalar moliyaxo‘ jalik faoliyatini soglomlashtirish bo‘yicha tadbirlar majmuini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari kеrak. Iqtisodiy nochor korxonalar qonunga muvofiq bankrotlik to‘g‘risida e'lon bеrish yўli bilan majburan (ixtiyoriy ravishda) tugatilishi kеrak. Pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bўyicha muddati o‘tgan qarzlar qonunga muvofiq majburiy to‘lovlarni tўlash majburiyatlari va pul majburiyatlari bўyicha krеditorlarning talablarini bajarish payti kеlishi bilan
bеlgilanadi (masalan, soliqlarni byudjеtga xar oyda yoki xar chorakda, xisobot
davridan kеyingi muayyan sanada to‘lash muddatlari). Qarzlar summasini bеlgilash paytida muddati ўtmagan, uzoq muddatli va qisqa muddatli krеditlar va zayomlar, ya'ni to‘lash muddati kеlmagan uzoq muddatli va qisqa muddatli krеditlar va zayomlar summalari chiqarib tashlanishi mumkin.
Muddati olti oydan oshib kеtgan qarzlar to‘grisidagi ma'lumotlar "Dеbitorlik va krеditorlik qarzlari to‘grisidagi ma'lumotnoma" dеgan Moliyaviy xisobot shaklidan olinadi. Iqtisodiy nochorlikni bеlgilash uchun mazkur hujjat bilan tasdiqlangan koeffitsiеntlarning mе'yoriy qiymatlari barcha kichik korxonalar uchun yagonadir.
O‘z xo‘jalik faoliyatini davom etirayottan subyektlarini va ularning kreditorlari orasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Qarzdorga (bankrotga) nisbatan xo‘jalik sudi tomonidan quyidagi choralar ko‘rilishi mumkin: sanatsiya, tugatish, tinchlik kelishuvi. Bu yerda sanatsiya deganda tarkibni qayta tuzish tartibi, mulk huquqini o‘zgarishi, qarzdorni mulk tomonidan, yoki vakolat berilgan idora, yoki boshqa shaxslar tomonidan ushbu qarzdorni va uning mehnat jamoasini saqlab qolish niyatida moliyaviy qo‘llab quvvatlash tushuniladi. Agar xo‘jalik sudi qarzdorni mulki bankrotlik ishi bo‘yicha olib boriladigan ishlar harajatiga yetmasligini aniqlasa, unda sud qarzdorni bankrot deb e’lon qiladi va bankrotlik ishini tugadi deb hisoblaydi.
Agar bankrotlik tinchlik kelishuvi tuzish bilan tugasa yoki bankrotlik ishini
xo‘jalik sudi to‘xtatsa, yoki qarzdorda o‘z faoliyatini davom ettirish uchun
barcha shikoyatlardan so‘ng yetarli mulki qolsa unda yuridik shaxs tugatilmaydi.Tinchlik kelishuvi-bu qarzdor va kreditorlar orasidagi qarzlarni
to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lib, unda qarzlarni kamaytirish yoki ularni to‘lash muddati o‘zaytirish va boshqa tomonlarni kelishuvi bilan amalga oshiriladigan shartnomalar ko‘zda tutiladi. Tinchlik kelishuvi tuzilgan deb quyidagi holatlarda hisoblanadi:
1. Qarzdor qarzlarni yarmidan oz qismini to‘lashni taklif etganda unga rozi bo‘lib 2/3 dan kam bo‘lmagan majlis kreditorlari o‘rnida bo‘lgan qatnashchilari ovoz bersa, agar ularning talablari 2/3 dan kam bo‘lmagan imtiyozsiz qiymat talablarni tashkil qilsa.
2. Qarzdor qarzlarini yarmidan kam qismini to‘lashni taklif qilsa, agar bunga barcha qatnamayotgan kreditorlarning 3/4 qismi rozi bo‘lib ovoz bersa, agar ularning talablari 3/4 qismidan kam bo‘lmasa.
Tinchlik kelishuvi ta’sir qilish muxlati kreditorlarning umumiy majlisida qarzdorning taklifi asosida belgilanadi. Xo‘jalik sudi boshqaruvchining yoki kreditorning taklifi bilan tinchlik kelishuvini quyidagi hollarda tugatadi, agar: qarzdor atayin yoki qalbaki bankrotlikni amalga oshirsa; qarzdor tinchlik kelishuvida ko‘zda tutilgan majburiyatlarini bajarmasa; tinchlik kelishuvining ta’sir qilish mudatining yarmidan kam bo‘lmagan qismi o‘tgandan keyin qarzdor tinchlik kelishuvini shartini bajara olmasa. Agar tinchlik kelishuvi tugatilsa, unda bankrotlik ishini ko‘rish yana tiklanadi.
Korxonalarning bankrotligini oldini olish, ularni moliyaviy sog’lomlashtirish va reestrukturizatsiya qilish yo’nalishlari Iqtisodiy nochor xo’jalik sub’ektlariga nisbatan bankrotlik tartibotini qo’llashda ularga o’z iqtisodiy ahvolini o’nglab olishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida respublika xo’jalik sudlari tomonidan sud sanatsiyasi hamda tashqi boshqaruv huquqiy institutidan foydalanishga e’tibor qaratilmoqda. Sud sanatsiyasi xo’jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to’lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o’tkazmagan holda qo’llaniladigan bankrotlik taomili hisoblanadi. Restrukturizatsiyalash jarayonini quyidagi yo’nalishlarga bo’lishimiz mumkin:
- korxonanining ishlab chiqarishini yoki ishlab chiqarish quvvatlarini restrukturizatsiyalash. Bunda korxonaning ishlab chiqarish strukturalarini tahlil qilish orqali, qaysidir qism ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab qolish yoki kelajakda bozorini yo’qota borayotgan va korxonaga zarar keltiruvchi, ya’ni kelajagi yo’q ishlab chiqarish quvvatlarini to’xtatish belgilab olinadi. Bu to’xtalishi nazarda tutilgan ishlab chiqarish quvvatlarida bozor talabidan kelib chiqqan holda yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish, yoki shu ishlab chiqarish quvvatlari bazasida boshqa ishlab chiqarishga mo’ljallangan (profilini o’zgartirgan holda) sho’’ba va qo’shma korxonalar tashkil qilish, yoki sotish nazarda tutiladi.
Qisqacha qilib aytadigan bo’lsak restrukturizatsiyalashning bu qismida korxona qanday mahsulot, ish xizmat ishlab chiqarishi va qaysi bozorni egallashi, ishlab chiqarish quvvatlarni qanday taqsimlanishi strategiyalari belgilab olinadi.
Korxonalarning 2-3 yilga mo’ljallangan ishlab chiqarish va korxonani yangi texnologiyalar bilan qayta jihozlash (rekonstruktsiya qilish) dasturlari ishlab chiqiladi, hamda bu dasturlarning samaradorligi aniqlanadi.
Korxona moliyasi va iqtisodini restrukturizatsiyalash.
Bu qismda inqirozga qarshi boshqaruv uslublaridan foydalangan holda asosan 3 yo’nalishda ish olib borilishi nazarda tutiladi. Birinchisi - korxona va tashkilotlarning ichki rezervlarini mobilizatsiya qilish. Quyidagi ishlar amalga oshiriladi: Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning asosiy muammolaridan biri sotilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning o’z vaqtida puli kelib tushmasligi, ya’ni debitor sifatida osilib turishidir. Demak, biz tayyorlayotgan restrukturizatsiyalash rejalarining asosiy yo’nalishlaridan biri debitorlarni o’z vaqtida undirish orqali moliyaviy resurslarga ega bo’lishdir.
Juda ko’p korxonalarda ishlab chiqarish boshqaruvi to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi sababli, normativdan ortiqcha ishlab chiqarish zahiralari saqlanib kelmoqda. Bu o’z navbatida korxonalarni qarzdorlarga vaqtida to’lovni amalga oshira olmasligiga olib kelmoqda. Normativdan ortiqcha ishlab chiqarish zahiralarni sotish orqali korxonalarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash rejalarida ko’zda tutiladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek korxonalarning foydalanilmayotgan ortiqcha quvvatlarini va asosiy vositalarini sotish, hamda korxonalardagi ba’zi ortiqcha xarajatlarni kamaytirish orqali korxonalarning iqtisodiy holatlarini ko’tarish. Respublikamizdagi juda ko’p korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish darajasi pastdir. Korxona ichki rezervlarini mobilizatsiya qilish, yana bir muhim yo’nalishi mehnat resurslarini restrukturizatsiyalash. Korxonaning bugungi kundagi haqiqatdagi faoliyatidan kelib chiqqan holda yoki korxona oldiga qo’yilgan maqsadlaridan kelib chiqib, ishchilar sonini optimallashtirish yoki qisqartirish. Korxonalar aylanma mablag’larining ta’minlaganlik darajasini oshirish maqsadida, yuqorida aytib o’tilgan aylanma mablag’laridan tashqari, korxona balansida bir necha yillardan beri muzlagan shaklda yotgan aylanma mablag’larini sotish yoki aylanishga jalb qilish. Ba’zi korxonalarni (qurilish korxonalarida) xususiylatirish jarayonlari tahlil qilinganda korxonalar aktsiyalari bir-birlariga majburan sotilgan va bugungi kungacha umuman divident keltirmagan. Shunday aylanma mablag’larni sotish orqali mablag’larni korxonaga jalb qilish.
Ikkinchidan – korxonalarning kreditor qarzlarini restrukturizatsiya qilish.
Bu jarayon korxonalarni sog’lomlashtirish maqsadida korxonalarning kreditlari bilan kelishgan holda, xo’jalik sudlari qarorlariga, davlat oldidagi kreditor qarzlarni davlat komissiyalari qarorlariga asosan ma’lum bir davrga to’lov muddatlarini uzaytirish yoki kreditor qarzlarini muzlatish masalari ko’riladi. O’zbekiston Respublikasi "Bankrotlik to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq bunday restrukturizatsiyalash jarayonlarining 3 turi mavjud:
1.Korxonaga sudgacha sanatsiya jarayonini joriy qilish. Sudgacha sanatsiya qilish, bankrotlik to’g’risida ish ko’zg’atilgunga qadar amalga oshiriladi. Bankrotlik alomatlari yuzaga kelgan taqdirda, qarzdorning rahbari bu hakda qarzdorning muassislariga (ishtirokchilariga), boshqaruv organlariga yoki qarzdorning mol – mulki egasiga yozma shaklda xabar qilinishi shart. Bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari (ishtirokchilari), boshqaruv organi yoki qarzdorning mol-mulki egasi qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza xo’jalik sudiga taqdim etilgunga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko’radi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan bitimga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham ko’rilishi mumkin. Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: to’lov muddati o’tkazib yuborilgan qarzlarni to’la yoki qisman sotib olish, ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish, chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish; xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, qarzdorning to’lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko’rsatilishi, qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun, qarzdor bilan kreditorlar o’rtasida kreditorlarga to’lanadigan to’lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo’lib-bo’lib to’lash yoxud qarzlardan siylov berish to’g’risida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim, majburiy to’lov majburiyatini bajarishni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish va qarzdor yuridik shaxsni restrukturizatsiyalash.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko’rsatgan holda o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshiriladi.
2.Korxonaga sud sanatsiyasini joriy etish. Sud sanatsiyasi Xo’jalik sudi tomonidan kreditorlar yig’ilishining qarori asosida joriy etiladi. Xo’jalik sudining sud sanatsiyasini joriy etish to’g’risidagi ajrimida sud sanatsiyasining muddati ko’rsatilishi, unda Xo’jalik sudi tomonidan tasdiqlangan qarzni uzish jadvali, majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar haqidagi, bunday ta’minotning miqdori va shakllari, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash va unga to’lanadigan haq miqdori haqidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak. Xo’jalik sudining sud sanatsiyasini joriy etish to’g’risidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi uning ijrosini to’xtatib qo’ymaydi.Sud sanatsiyasi ko’pi bilan yigirma to’rt oylik muddatga joriy etiladi, bu muddat majburiyatlarni bajarish ta’minotini bergan shaxslar kreditorlarning talablarini qondirishi uchun xo’jalik sudi tomonidan ko’pi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin. Sud sanatsiyasi o’tkazilayotganda qarzdorning boshqaruv organlari o’z vakolatlarini ushbu bobda belgilangan cheklovlar bilan amalga oshiradilar. Sud sanatsiyasi joriy etilgan paytda: kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari qabul qilingan choralar bekor qilinadi, qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning o’ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida joriy etilishi mumkin, sud sanatsiyasi paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy sanktsiyalar, to’lanishi lozim bo’ladigan foizlar qo’llanilmaydi.
3.Korxonaga tashqi boshqaruvni kiritish. Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan e’tiboran: qarzdorning rahbari o’z vazifasini bajarishdan chetlashtiriladi, qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga yuklatiladi, qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi. Qarzdorning rahbari va qarzdorning boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tashqi boshqaruvchiga o’tadi, qarzdorning boshqaruv organlari tashqi boshqaruvchi tayinlangan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlari va shtamplari, moddiy va boshqa qimmatliklari tashqi boshqaruvchiga topshirilishini ta’minlashi shart, kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari ko’rilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi, qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning o’ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida qo’llanilishi mumkin, qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to’lovlari yuzasidan kreditorlar talablarining qondirilishiga nisbatan moratoriy joriy etiladi. Tashqi boshqaruv tugaganidan keyin pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha kreditorlarga qarzdor to’lashi shart bo’lgan neustoyka (jarima, penya), shuningdek etkazilgan zarar summalari tashqi boshqaruvni joriy etish paytidagi mavjud miqdorlarda to’lash uchun taqdim etilishi mumkin.
Uchinchidan–korxonalarning ba’zi majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish. Bunday restruktukrizatsiya holatlari asosan qo’shma korxonalarda olib borilgan bo’lib, bunda banklardan olingan chet el valyutasidagi kreditlarning to’lov muddatlarini uzaytirish, yoki boshqa yuridik shaxslar sotib olinishi nazarda tutilgan. Korxona mahsulot sotish bozorini restrukturizatsiyalash. Iqtisodiy nochor va past rentabelli yirik sanoat korxonalarga moliyaviy sog’lomlashtirish va restrukturizatsiya qilishda yuqorida ham ta’kidlab o’tganimizdek asosiy masalardan biri mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarini orttirishdir. Korxonalar mahsulot sotish bozorini restrukturizatsiyalashda quyidagi asosiy yo’nalishlarda ish olib borish ko’zda tutilgan: yangi assortimentdagi mahsulotlar ishlab chiqarish orqali korxonani inqirozdan olib chiqish;
arzonroq xom-ashyo bozorini tanlash orqali mahsulot rentabellik darajasini orttirish;
marketing tadqiqotlari olib borish natijasida yangi bozorlarga chiqish;
mahsulot sifatini yaxshilash va sertifikatlash masalasida olib boriladigan ishlar rejalarini belgilash.
- korxona va tashkilotlarni restrukturizatsiyalashda korxonalarga tashqi va ichki investitsiyalarni jalb qilishdir.
Korxona va tashkilotlarda qo’shimcha aktsiya chiqarish, yoki korxona egalarini o’zgartirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu masala hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
- korxonalarning boshqaruv tizimlarini restrukturizatsiyalash.
Korxalarning boshqaruv tizimlarini bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda restrukturizatsiyalash, yangi tizimlar tashkil qilish va korxonalarda kompyuter informatsion sistemalarni joriy qilish nazarda tutiladi. Xorijiy davlatlarda olib borilgan restrukturizatsiyalash ishlarini tahlil qilib ko’radigan bo’lsak, restrukturizatsiyalash jarayoni asosan biznesni yangi mavqelarga olib chiqish, qiymatini oshirish, yangi bozorlarni egallashga erishish va yangi texnologiyalarni joriy qilish yo’lida olib borilgan. Shu bilan birgalikda oxirgi yillarda yirik korxonalarda olib borilgan restrukturizatsiyalash jarayoni, ularning bozordagi monopol holatlarini kamaytirish maqsadida olib borilgan.
Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini ta’minlashda kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo’nalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ayni paytda, bosib o’tilgan yo’l – oldingi davrdagi erishilgan yutuq va natijalarni tanqidiy baholash orqali tegishli xulosalar chiqarish, ular asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini yanada takomillashtirib borish ham muhim printsipial ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi sharoitda korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, moliyaviy resurslar va moliyaviy munosabatlarni boshqarish hamda boshqa turdagi tadbirlarni amalga oshirishda korxona moliyaviy menejerlaridan yanada ko’proq ilmiy salohiyatni, amaliy ko’nikmalarni, tashqi muhitga tez moslasha olish va ushbu holatlarni oldindan bashorat qilib borish kabi xislatlarni talab etadi.
Korxona moliyaviy menejerlari inqirozga qarshi boshqaruvni samarali tashkil etishda korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini belgilovchi ko’rsatkichlarga alohida e’tibor berishlari lozim bo’ladi. Chunki ushbu ko’rsatkichlardan foydalanib korxonada inqiroz holatlarini oldindan bashorat qilish, xo’jalik moliyaviy faoliyatda yuzaga keladigan kamchiliklarning manbalarini aniqlash va bularni bartaraf etish bo’yicha aniq chora tadbirlar ishlab chiqishlari mumkin bo’ladi. Quyidagi rasmda biz korxonaning texnik-iqtisodiy jihatlarining kuchlik va kuchsiz tomonlarini belgilovchi (sifat) ko’rsatkichlarini ko’rsatib o’tishga harakat qilamiz ( 2-rasm).
Kuchli tomoni
Kuchsiz tomoni
Arzon ishchi kuchi va xom-ashyo resurslari
Tashqaridan kirib kelayotgan ba’zi mahsulotlarga boj to’lovlarining yuqoriligi
Raqobatchilar bozorining rivojlanganligi
Mamlakatda ba’zi soliq turlari stavkalarining pastligi
Respublikamizda va O’rta Osiyoda to’yinmagan yirik bozorning mavjudligi
Korxona rahbarining (menejmenti) bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini bilmasligi va bu sohadagi bilim darajasining pastligi
Mahsulot va xizmatlar sifat darajasining pastligi
Ishlab chiqarishda foydalanmayotgan asosiy vositalarining eskirish darajalari yuqoriligi
I/ch quvvatlaridan to’liq foydalanmasliklari natijasida mahsulotning tannarxi (xarajatlari)ning yuqoriligi.
Raqobat bozorining to’liq rivojlanmaganligi
Mahsulotlarning iste’molchilar talabiga mos kelmasligi
Aylanma mablag’larining aylanishi sustligi (kreditor qarzdorlik)
Korxona biznesiga investorlarning qiziqishi pastligi, (yo’qligi)
Korxona va tashkilotlarni texnik-iqtisodiy jihatlarining kuchli va kuchsiz tomonlarini belgilovchi ko’rsatkichlari Avval ta’kidlaganimizdek, kompaniyalarda moliyaviy menejmentni tashkil etish jarayonlari, uning rivojlanish tsiklining turli bosqichlarida farqlanadi. Ayniqsa, kompaniyalarning inqirozli holatlarida moliyaviy boshqaruvni oqilona va har tomonlama chuqur o’ylagan holda tashkil etish talab qilinadi. Shuningdek, kompaniyalarda inqirozga qarshi boshqaruvni samarali tashkil qilishda asosan quyidagi shartlarning mavjudligi muhim hisoblanadi: inqirozga qarshi boshqaruvni amalga oshiruvchi mutaxassislar, moliyaviy menejerlar, moliyaviy rahbarlar guruhining maxsus tayyorgarliklari, o’z ishlarini mukammal bilishlari va professionalligi; inqiroz holatlarida monitoring tizimi ishlarini sifatli amalga amalga oshirilishi; inqiroz kelib chiqish sabablarini o’z vaqtida bashorat qilish va inqirozga qarshi tadbirlar dasturini loyihalashtirish; iqtisodiy inqiroz davrida boshqaruv qarorlarini qabul qilishni metodoloyasini ishlab chiqish va rivojlantirish; inqirozga qarshi qabul qilingan dasturlarning sifatliligi; inqirozga qarshi boshqaruv mutaxassislarining ro’y berayotgan holatlarga tezkor va mushohada bilan ta’sir ko’rsata olishi.
Xulosa
Davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan tadbirkorlarni biznesni vijdonan yuritishga, o’zlarining amaliy hamkorlari bilan halol ishlashlariga rag’batlantiruvchi va majbur qiluvchi tegishli axborot muhitini rivojlantirish
tashabbusini olishlari maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bunday faoliyat turlariga
keng jamoatchilikka nohalol biznes yuritish holati hamda bunday hollarda aybdor bo’lgan shaxslar to’g’risida ommaviy ma’lumot berishni tashkil etish va qonunlashtirish, Internet tarmog’iga vijdonsizlik bilan ish yurituvchi firma va
tadbirkorlar ro’yxatini joylashtirish kabi tadbirlarni kiritish mumkin.
Korxonalarni bankrot bo’lish jarayonini davlat tomonidan to’g’ri va oqilona tartibga solinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot ishimizning oldingi bandlarda ko’rib chiqilganidek korxonalar faoliyati barqarorligiga ularning ro’yxatdan o’tkazilishi va faoliyat yuritishga layoqatsiz korxonalarni o’z vaqtida tugatilishi ham muhim o’rin tutadi. Turli mamlakatlarda tadbirkorlar tomonidan korxonani tashkil etish va tugatish bilan bog’liq bo’lgan rasmiyatchiliklarni amalga oshirish uchun sarflangan vaqt va mablag’larni baholashga yo’naltirilgan tadqiqotlarning o’tkazilishi tasodif emas. Ba’zi hollarda ularga asoslangan holda qonunchilik tomonidan «kelishish limitlari», ya’ni zarur hujjatlarning ba’zi bir chegaralari, ularning maksimal hajmi, tadbirkor murojaat qilishi lozim bo’lgan idoralar soni belgilab berilgan. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalar asosida ta’kidlash mumkinki, kichik biznes korxonalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va faoliyatini tugatish borasidagi ishlarning takomillashtirilishi o’z navbatida mazkur korxonalar faoliyati barqarorligining o’sishiga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarni bankrotlikka olib keluvchi sabablarni aniqlash va moliyaviy holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlili borasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Hozirgi kunda barcha korxonalarda o’z vaqtida pul tushumlarining kelishi, hisoblashish intizomiga rioya qilish, xususiy va qarz mablag’larining to’g’ri nisbatga bo’lishini ta’minlash, moliyaviy tartib va intizomga, iqtisod va tejamkorlikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu talablarni bajarilmasligi esa korxonalarni iqtisodiy nochorlikka olib kelishi mumkin. Shu boisdan ishda bankrotlik tushunchasining iqtisodiy-ijtimoiy mohiyati ochib berildi va korxonalarni iqtisodiy nochorlikka olib keluvchi sabablar o’rganildi.
2.Ishda korxonaning mulkiy holatini ifodalovchi ko’rsaktichlarni iqtisodiy mazmuni jihatdan va mantiqiy ketma-ketlikka asoslangan usullari tadqiq qilindi. Xususan, tadqiqot ob’ekti “Fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati amaliy ma’lumotlarini qo’llagan holda mulkiy holati ko’rsatkichlari tuzilmasi tahlil qilindi va tegishli tavsiyalar berildi. Tahlil qilinayotgan korxonada muddati o’tgan debitorlik va qarzlar mavjud emas. Bular korxona mablag’lari tuzilmasini yaxshilaydi hamda moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
3.Korxonaning to’lov qobiliyati eng muhim ko’rsatkich hisoblanib – u korxonaning moliyaviy holatining barqarorligini ifodalaydi. To’lov qobiliyati korxonaning o’z aylanma mablag’larining saqlanuvchanligini, tez pulga aylanadigan aylanma aktivlarning holatiga va ulardan samarali foydalanishga bog’liq.
4.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar uchun zarur shart – moliyaviy hisob-kitob intizomiga qat’iy rioya qilishdir.