Korxonalarni bankrot bo’lish jarayonining nazariy jihatlari Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini
sog’lomlashtirish hamda ular faoliyatini bankrot bo’lish holatlarini oldini olish
asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida qarzdorning pul
majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini qondirishga va majburiy to’lovlar
bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar
va to’lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida
qarzdor tomonidan bajarilmagan bo’lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof
etiladi. Korxonalarning bankrot bo’lishi bu xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan,
qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini to’la hajmda
kondirishga yoki majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini to’la hajmda
bajarishga hodir emasligi hisoblanadi. O’zbekistonda faoliyat yurituvchi korxonalarni tugatish jarayonida kelishuv bitimi imzolanishi mumkin. Kelishuv
bitimi bu taraflarning sud nizosini o’zaro yon berish asosida tugatish to’g’risidagi bitimidir. Mazkur holatlardagi kreditorlar esa qarzdor pul majburiyatlari bo’yicha yoki majburiy to’lovlar majburiyatini bajarish bo’yicha qaysi yuridik yoki jismoniy shaxs oldida javobgar bo’lsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar (qarzdor kaysi fukaroning hayoti yoki sog’lig’iga zarar etkazilganligi uchun javobgar bo’lsa, ayni shu fukaro, shuningdek o’z ishtirokidan kelib chikadigan majburiyatlar bo’yicha qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) bundan mustasno) hisoblanadi. Korxonalarni bankrot bo’lishida kreditorlar yig’ilishi vakili bu bankrotlik to’g’risidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yig’ilishi yoki kreditorlar qo’mitasi tomonidan vakolat berilgan shaxsdir.
Kuzatuv jarayoni esa xo’jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga
nisbatan uning mol-mulki but sahlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy
ahvoli tahlilini o’tkazish maksadida qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi
ariza kabul qilingan paytdan e’tiboran keyingi taomilga hadar kullaniladigan
bankrotlik taomili hisoblanadi. Korxonalar faoliyatidagi moratoriy bu qarzdor
yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va majburiy to’lovlar majburiyati
bajarilishini to’xtatib turishdir.
Korxonalar bankrot bo’lishida sudgacha sanatsiya qilish mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilish bu qarzdor yuridik shaxsning muassislari yoki uning
mol-mulki egalari, kreditorlar va boshka shaxslar tomonidan qarzdorning to’lov
kobiliyatini tiklash hamda bankrotligining oldini olish maksadida ko’riladigan
chora-tadbirlardir. Korxonalar bankrot bo’lishida tashqi boshqaruv ham belgilanishi mumkin. Tashki boshkaruv - xo’jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to’lov kobiliyatini tiklash maksadida qarzdorning ishlarini boshkarish vakolatlarini tashki boshkaruvchiga o’tkazgan holda kullaniladigan bankrotlik taomili hisoblanadi.Tugatishga doir ish yuritishda xo’jalik sudi tomonidan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda kondirish hamda qarzdorni qarzlardan kutulgan deb e’lon kilish maksadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan kullaniladigan bankrotlik taomilidir.
Bankrotlik to’g’risidagi ish xo’jalik sudi tomonidan ko’rib chiqiladi.
Bankrotlik to’g’risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo’lgan takdirda, agar
qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish xaki miqdorining
kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo’lsa, qarzdor yakka tartibdagi
tadbirkorga nisbatan esa eng kam ish xaki mikdorining kamida o’ttiz karrasini
tashkil etadigan bo’lsa, xo’jalik sudi tomonidan kuzatilishi mumkin, Qarzdorning arizasi bilan quyidagi hollarda qarzdorning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor xo’jalik sudiga murojaat etishi shart:
· bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini kondirish qarzdorning boshka kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini tulik hajmda bajarishini imkonsiz kilib kuyishga olib keladigan bo’lsa;
· qarzdorning ta’sis hujjatlariga muvofik qarzdorni tugatish to’g’risida qaror kabul qilishga vakolatli bo’lgan qarzdor yuridik shaxs organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan xo’jalik sudiga murojaat etish xakida qaror kabul kilingan bo’lsa;
· qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan xo’jalik sudiga murojaat etish to’g’risida qaror kabul kilingan bo’lsa;
· undiruv qarzdorning mol-mulkiga haratilganda bunday undiruv qarzdorning xo’jalik faoliyatini imkonsiz kilib ho’yadi deb hisoblashga asoslar bo’lsa;
· tugatish komissiyasi, agar yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini tulik hajmda kondirish imkonsizligi aniklangan bo’lsa, qarzdorning arizasi bilan xo’jalik sudiga murojaat etishi shart.
Bankrotlik taomili kullanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini
kreditorlar yig’ilishi yoki kreditorlar qo’mitasi himoya kiladi. Xo’jalik sudi
qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi arizani ish yuritish uchun kabul kilib
olgan paytdan e’tiboran kreditorlar qarzdorga o’z talablarini kondirish maqsadida yakka tartibda murojaat etishga xakli emas. Qarzdorga nisbatan sodir etiladigan harakatlarning hammasini barcha kreditorlar nomidan kreditorlar yig’ilishi yoki kreditorlar qo’mitasi amalga oshiradi. Kreditorlar, majburiy to’lovlarga doir talablar kismi bo’yicha esa davlat solik xizmati organlari va boshka vakolatli organlar kreditorlar yig’ilishining ovoz berish xukukiga ega bo’lgan ishtirokchilaridir. Kreditorlar yig’ilishida maslahat ovozi xukuki bilan qarzdor xodimlarining vakili, sud boshkaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor molmulki egasining vakili ishtirok etadi. Bankrotlik to’g’risidagi ishda yagona kreditor ishtirok etayotgan bo’lsa, kreditorlar yig’ilishining mutlah vakolatiga ta’luqli qarorlarni qabul qilishni shu kreditorning o’zi amalga oshiradi.Kreditorlar yig’ilishining mutlah vakolatiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
· kelishuv bitimi tuzish to’g’risidagi qaror;
· kreditorlar qo’mitasi a’zolarini saylash, uning miqdoriy tarkibini belgilash va bunday qo’mita a’zolarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to’g’risidagi qaror;
· sud sanatsiyasini yoki tashki boshkaruvni joriy etish va ularning muddatini uzaytirish to’g’risida iltimosnoma bilan xo’jalik sudiga murojaat qilish xaqidagi qaror;
· qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to’g’risidagi iltimosnoma bilan xo’jalik sudiga murojaat etish xaqidagi qaror;
· sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash hamda qarzlarni uzish jadvalini ma’qullash to’g’risidagi qaror;
· tashqi boshqaruv rejasini tasdiklash to’g’risidagi qaror.
Kreditorlar yig’ilishida bayonnoma yuritiladi. Kreditorlar yig’ilishi bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
· kreditorlar yig’ilishi o’tkazilayotgan sanadagi holatga ko’ra kreditorlarning talablari reestri;
· kreditorlarning vakillari vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar;
· kreditorlar yig’ilishi ishtirokchilarining qayd varaqalari;
· kreditorlar yig’ilishi ishtirokchilariga tanishib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etilgan materiallar;
· kreditorlar yig’ilishi o’tkaziladigan sana, vaqt va joy xaqida kreditorlar va vakolatli organlar tegishli ravishda xabardor etilganligi dalillari;
· ovoz berish byulletenlari;
· sud boshqaruvchisining ixtiyoriga ko’ra yoki kreditorlar yig’ilishi qaroriga binoan boshqa hujjatlar.
Kreditorlar yig’ilishi bayonnomasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar kreditorlar yig’ilishi o’tkazilgan sanadan e’tiboran besh kundan kechiktirmay xo’jalik sudiga topshirilishi kerak. Kreditorni yoki kreditorlar yig’ilishida ishtirok etish xuquqiga ega boshqa shaxsni shaxsan xabardor qilish uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash imkoni bo’lmaganda yoxud mazkur shaxslarni shaxsan xabardor etish imkonini bermaydigan boshqa holatlar mavjud bo’lgan taqdirda kreditorlar yig’ilishi xaqidagi xabarning rasmiy nashrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda e’lon qilinishi ana shunday shaxslarni tegishli ravishda xabardor etish deb e’tirof etiladi.
Kreditorlar yig’ilishini o’tkazish to’g’risidagi xabarda quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim:
· qarzdor yuridik shaxsning nomi va joylashgan eri;
· kreditorlar yig’ilishi o’tkaziladigan sana, vaqt va joy;
· kreditorlar yig’ilishining kun tartibi;
· kreditorlar yig’ilishi ko’rib chiqadigan materiallar bilan tanishish tartibi;
· kreditorlar yig’ilishi ishtirokchilarini ro’yxatga olish tartibi;
· qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi.
Ovozga quyilgan masalalar yuzasidan kreditorlar yig’ilishi qarori yig’ilishda hozir bo’lgan kreditorlarning ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Har bir kreditor kreditorlar yig’ilishi o’tkazilayotgan sanadagi holatga ko’ra umumiy kreditorlik qarzidagi o’z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo’ladi. Kreditorlar yig’ilishi quyidagi qarorlarni barcha kreditorlarning ko’pchilik ovozi bilan kabul kiladi:
· kelishuv bitimi tuzish to’g’risidagi qaror;
· sud sanatsiyasini yoki tashki boshkaruvni joriy etish va ularning muddatini uzaytirish to’g’risidagi iltimosnoma bilan xo’jalik sudiga murojaat etish xakidagi qaror;
· qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to’g’risidagi iltimosnoma bilan xo’jalik sudiga murojaat etish xakidagi qaror;
· sud boshkaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod qilinishi to’g’risidagi iltimosnoma bilan xo’jalik sudiga murojaat etish xakidagi qaror.
Bankrotlik to’g’risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar kreditorlar yig’ilishining qarori ustidan xo’jalik sudiga shikoyat berishga haqli. Kreditorlar qo’mitasi kreditorlarning manfaatlarini ifoda etadi hamda sud boshqaruvchilarining harakatlari ustidan nazorat olib boradi. Kreditorlar qo’mitasi tarkibiga kreditorlar yig’ilishi tomonidan belgilanadigan mikdorda kreditorlar vakillari kiritiladi. Agar qarzdorning kreditorlari soni yigirmatadan kam bo’lsa, kreditorlar qo’mitasining vazifalarini kreditorlar yig’ilishining qarori bilan kreditorlar yig’ilishi zimmasiga yuklash nazarda tutilishi mumkin. O’z zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda kreditorlar qo’mitasi quyidagilarga xaqli:
· sud boshkaruvchisidan qarzdorning moliyaviy ahvoli va bankrotlik taomilining borishi to’g’risida axborot taqdim etishni talab qilish;
· sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan xo’jalik sudiga shikoyat berish;
· bankrotlik to’g’risidagi ishda ishtirok etish uchun o’z vakilini saylash;
· ushbu Konunda va sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Kreditorlar qo’mitasi quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli:
· kreditorlar yig’ilishini chahirish to’g’risidagi qaror;
· sud boshkaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod qilinishi to’g’risidagi iltimosnoma bilan xo’jalik sudiga
murojaat etishni kreditorlar yig’ilishiga tavsiya kilish xaqidagi qaror;
· qarzdorning yirik bitimlarini hamda amalga oshirilishidan qarzdor manfaatdor bo’lgan bitimlarini tasdiqlash yoki ularni tasdiqlashni rad etish to’g’risidagi qaror.
Kreditorlar qo’mitasining yig’ilishida masalalarni hal etishda kreditorlar
qo’mitasining har bir a’zosi bir ovozga ega bo’ladi. Kreditorlar qo’mitasining
a’zosi ovoz berish xuquqini boshka shaxsga o’tkazishiga yo’l qo’yilmaydi.
Kreditorlar qo’mitasining qarori kreditorlar qo’mitasi a’zolari umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Kreditorlar qo’mitasi yig’ilishlarida
qarzdor xodimlarining vakili, sud boshkaruvchisi, qarzdor muassislarining
(ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili maslahat ovozi
xuquqi bilan ishtirok etishi mumkin.