Korxonalarning bankrotligi: tushunchasi, sabablari, oldini olish.
Mundarija
Kirish.
Asosiy qism.
Korxonalarning bankrot bo’lish jarayonini o’ziga xos xususiyatlari va oldini olishning nazariy uslubiy asoslari.
Korxonalarni bankrot bo’lish jarayonining nazariy jihatlari
Korxonalarning bankrot bo’lishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tasnifi
Korxonalarni bankrot bo’lishini davlat tomonidan tartibga solish jarayoni
Korxonalarning bankrotligini oldini olish, ularni moliyaviy sog’lomlashtirish va restrukturizatsiya qilish yo’nalishlari.
Xulosa……………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………
Kirish
O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan, bozor munosabatlariga asoslangan barqaror iqtisodiyotni shakllantirishning muhim yo’nalishlardan biri bu moliyaviy xo’jalik foliyatini yuritayotgan korxonanalar holatini yaxshilash, bankrot bo’lish jarayonini oldini olish hisoblanadi. Zero, jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasining ko’rsatishicha, mazkur soha o’zining iqtisodiyotga harakatchanlik baxsh etish, ko’plab ijtimoiy masalalarni hal etish, jumladan ishsizlik darajasini pasaytirish, iqtisodiy o’sish uchun asos yaratish kabi muhim vazifalari bilan ahamiyatlidir.
Prezidentimiz Mirziyoyev.SH.M ning “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asarida quydagi jumlalarni keltirib o’tganlar;
Bizning yana bir qancha vazifamiz - kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo'llab- quvvatlash va rag'batlantirish,mamlakatimiz iqtisodiy qudratini,yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustaxkamlashdan bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda tadbirkor nfaqat o’zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bo’lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni «Xalq boy bo'lsa, davlat am boy va tahlilli bo'ladi» deb aytib o’tganlar.1
Mamlakatimizda ishlab chikarishni modernizatsiya kilish, texnik yangilash va diversifikatsiya kilish, inovatsion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko’lamda amalga oshirilmokda. Shu asnoda, mazkur sub’ektlar moliyaviy munosabatlarini bozor talablariga javob beradigan darajada takomillashtirish, mahsulot ishlab chikarish tannarxini samarali kamaytirish orqali eksport salohiyati yuksaltirish korxonalarni kelgusida muvofaqiyatli rivojlanishini
ta’minlaydi.
Tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlaydigan iqtisodiyotning qishloq xo’jaligi, mashinasozlik, neft-gaz tarmoqlari, bank tizimi kabi ustuvor sohalarining rivojlanishi pirovard natijada mamlakatimizda qulay biznes muhitini yuzaga keltiradi. Tadbirkorlik sub’ektlarini shu tariqa qo’llabquvvatlash aholi turmush darajasining yanada oshishiga, yangi ish o’rinlari tashkil etilishiga va fuqarolar daromadlarining ko’payishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Respublikada bozor iqtisodiyotiga o’tishning hozirgi pallasida xo’jalik sub’ektlarining barqaror va samarali faoliyat ko’rsatishi uchun yetarli shartsharoitlar vujudga keltirilmoqda. Shu bilan birga, samarali faoliyat yuritishni ta’minlashning sanatsiyalash va bankrotlik kabi turli iqtisodiy mexanizmlari takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, 2021 yil 24 apreldan amalga kiritilgan yangi tahrirdagi «Bankrotlik to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi, bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari kabi qoidalarning qo’llanilishi bu boradagi munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keldi.
O’zbekistonda korxonalarning samarali faoliyati uchun zarur shartsharoitlar tobora to’laroq ta’minlab borilishiga qaramay, hamon ularning tashkil etilishi, faoliyat ko’rsatishi va ishlab chiqarish natijalarida ma’lum muammolar uchramoqda. Shunga ko’ra, bugungi kunda korxonalar faoliyatining
barqarorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni, ularning kelib chiqish va namoyon
bo’lish xususiyatlarini o’rganish, bu boradagi turli xil muammo va to’siqlarni
bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |