Mavzu: korrupsiya-milliy ma’naviy xavfsizlikka tahdid kirish I bob. Korrupsiya jamiyat ma’naviy taraqqiyoti kushandasi



Download 213 Kb.
bet6/13
Sana23.06.2022
Hajmi213 Kb.
#694820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Korrupsiya-1

Birinchidan, davlat va jamiyat rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, Iqtisodchi Berdhenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. Uning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm va h.k. Bozor iqtisodi tizimi kushandasi, davlatlar o‘rtasida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik, biznes va investitsiya rivojida shafqatsiz to‘siq ham ayni shu korrupsiyadir. Har yili o‘nlab qo‘shma korxonalarning ochilishi va yopilishi tagida ana shu “ko‘rinmas” qo‘llar yotadi, albatta. Korrupsiya darajasi yuqorilashgan davlatga chet el investitsiyasini kiritish kamayib borayotgani asl sabablarini ham shu illatdan izlash lozim19.
Ikkinchidan, korrupsiya jinoyati davlatga, qonunlarga ishonchsizlik, ularni hurmat qilmaslik ruhini vujudga keltiradi.
Uchinchidan, korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va quyi tabaqalarning noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohalardagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadi.
To‘rtinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi, o‘z haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishiga yo‘l ochib beradi.
Korrupsiya muammosi bilan hattoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti alohida shug‘ullanib, maxsus qaror qabul qilgan va korrupsiyani: “Mansabdor shaxslar tomonidan davlat mulkini o‘g‘irlash, talon-toroj qilish va o‘zlashtirish, noqonuniy foyda olish uchun o‘z xizmat lavozimini suiiste’mol qilish, ijtimoiy burch va shaxsiy tamagirlik, manfaatlar o‘rtasidagi ziddiyat”– deb ta’riflagan20.
Korruptsiyaning keng tarqalganligi, tag-tomiri bilan yo‘q qilishning ilojini topish qiyinligini ko‘zda tutib, uni xalqaro ofat deb atash mumkin.
Ammo tinchlik, demokratiya, huquqiy davlat va jamiyat qoidalari keng tarqalib, xalqaro hamkorlik takomillashgani sari, davlatlar butun dunyo bo‘ylab korrupiyaga qarshi kurashishning mukammal yo‘llarini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqdalar. Bu borada butun dunyoda qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mustaqil O‘zbekiston davlati ham dastlabki kunlardanoq bu ishga faol kirishib, jahon hamjamiyati bilan birgalikda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashga oid choralarni ko‘rmoqda21.
Korruptsiyaga qarshi kurash mustaqilligimizni mustahkamlashning muhim zamini va «tamal toshlari»dan biri bo‘lib, hozirgi kunda
O‘zbekiston ana shu yo‘ldan bormoqda. Qanchalik qayg‘uli bo‘lmasin, jinoyatchilik hamma mamlakatlarda va hamma davrlarda mavjud bo‘lgan. Biroq o‘tish davrida uning mazmuni faqat jinoiy qilmish doirasi bilangina cheklanib qolmaydi. Yangi mustaqil davlatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar orqali mulkni amalda qayta taqsimlash jarayoni yuz bermoqda. Ayni shu hol islohotlarning mohiyatini belgilaydi. Avvalgi tuzumda davlat tomonidan tortib olingan boylik endilikda uni yaratgan va o‘z mehnati bilan ko‘paytirayotganlarga tegishli bo‘lishi lozim, qayta taqsimlashning mohiyati shundadir.
Jahonning boshqa davlatlari singari O‘zbekiston Respublikasi ham
bundan xoli emas. Korruptsiya va jinoyatchilikka qarshi kurash masalasiga qiziqish aslo bejiz emas. Albatta, totalitarizmdan demokratiya va bozor munosabatlariga o‘tishdek murakkab davrning mohiyati asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy tuzilmalarni «sindirib» tashlashi tufayli jamiyatdagi axloq-odob me’yorlariga salbiy ta’sir etadi va jinoyatchilik hamda korruptsiya muqarrar ravishda kuchayadi. Lekin mazkur hodisalarning davlat xavfsizligi, barqarorligi va pirovardida uning suverenitetiga qanday tahdid solishini chuqur tushunish uchun birgina shu ta’rifning o‘zi kamlik qiladi22.
Aniqki, har bir mamlakat ushbu jarayonning shakllari va sur’atlarini mustaqil belgilamoqda. Uni jinoyatchilar dunyosining halokat keltiruvchi ta’siridan himoya qilishga intilmoqda.
Korruptsiya vujudga kelib, eng avvalo, uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanadi. Bu esa keltiradigan salbiy oqibatlari tufayli jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdiddir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo'yadigan adolat tuyg'usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e'tibor qaratmoqda: “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”23.
Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi sodir bo‘layotgan voqeliklar korruptsiya va jinoyatchilikning xavfsizlikka soladigan tahdidini yaqqol tasavvur etish imkonini beradi. Jinoyatchilik va korruptsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.
«Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad –ularni chetlab o‘tishdir» degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng
oddiy huquq-tartibot va jamoat tartibini saqlab turish «qobiliyati»dan
mahrum bo‘lishiga olib boradi. Basharti, jamiyat rivojlanishining asosiy
negizi – iqtisodiyotni jinoiy guruhlar, «reketchilar» to‘dalari va
korruptsiyalashgan mansabdor shaxslar egallab olsalar, jamiyatdagi
barqarorlik va sobitqadamlik haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas.
Jinoyatchilik va korruptsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini
yemirib, uning a’zolarini fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga
oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun
sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni, shu jumladan «qudratli markazning kuchli qo‘li»ni qo‘msash hissini tug‘diradi24.
Hokimiyat organlarining jinoyatlarga aralashib qolishi
rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy
tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan «chatishib» ketishi,
ularning turli hokimiyat tarmoqlariga «kirib olishi» jamoatchilik nazdida
fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning
obro‘sizlantirilishi mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham unga
ishonchsizlik ortishiga sabab bo‘ladi.
Jamiyatda jinoiy xufyona iqtisodiyotning mavjud bo‘lishi uyushgan jinoyatchilikni keltirib chiqaradi. Davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bo‘g‘inlari va turli darajalari vakillari ham uning yo‘ldan ozdiruvchi ta’siriga tushib qoladi. O‘tish davrining muayyan qiyinchiliklari sharoitida fuqarolar ongida, ayniqsa, yosh avlod vakillarining ayrim qismida, hayotda yuksak turmush
darajasiga erishishning asosi qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan
mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishi va qaror topishi mumkin.
Qing‘ir yo‘l bilan boylik orttirishga intilish, basharti u jamiyatning va
huquqiy nazoratning e’tiboridan chetda qolsa, odamlarni, ayniqsa, hayotga endigina qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarni yomon yo‘lga boshlaydi25.
Axir, jamiyat va davlat uchun yosh avlodning axloqan buzilishi va yuztuban ketishidan ham ayanchliroq va halokatliroq hol yo‘qdir.
Mamlakatimizning kelajagi va obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir
vijdonli fuqaro bu tahdidni esda tutmog‘i darkor. Halol mehnat qilish, o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati va ijodiy qobiliyatini sarflash uchun barqaror shartsharoit bo‘lishini istaydigan, farzandlari va yaqin kishilarining kelajakda demokratik fuqarolik jamiyatida, sivilizatsiyalashgan bozormunosabatlarining samaralaridan tula-to‘kis foydalanishini orzu qiluvchi har bir fuqaro jinoyatchilik va korruptsiya yo‘liga o‘z vaqtida zarur to‘siq qo‘yilmasa, bunday illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi anglab yetmog‘i lozim.
Xalqda «pul hokimiyatga intiladi», degan bir ibora bor. Lekin pul
jinoiy yo‘l bilan topilgan bo‘lsa-yu, uning egalari jamiyatning hokimiyat
tuzilmalariga chiqib olsalar, ularning uni qanday usullar bilan
boshqarishlarini tasavvur etish mushkul emas, albatta. Jinoyat olamining
nufuzli shaxslari hokimiyatga qanday yo‘llar orqali kirib olishi yaxshi
ma’lum va ko‘p mamlakatlarda sinovdan o‘tgan. Avvaliga bu ish nopok
daromad manbalarini saqlab qolish, ulardan kafolatli foydalanish
maqsadida hokimiyat tuzilmalari bilan aloqa bog‘lash va bu aloqani
mustahkamlashdan boshlanadi. Shundan so‘ng hokimiyatning o‘zi ham
«qo‘lga kiritiladi».
Nopok yo‘l bilan boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va
o‘zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun har qanday xattiharakatlarni amalga oshirishga tayyor turadi. Bunday kimsalar adolatli jazodan qo‘rqib, hamma ishni qilishga, hatto vaziyatni beqarorlashtirishga, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga shay turadilar. Bunday paytda ehtiroslarni junbushga keltirish, olomonni qo‘zg‘atish va uning orqasiga yashirinib olishdan qulayi yo‘q. Bunday odamlarning «faqat bizga yaxshi bo‘lsa, ishimiz bitsa – bo‘lgani» qabilidagi dunyoqarashi xudbinlikning, hamyurtlariga nisbatan surbetlarcha loqaydlikdir26.
Jinoiy usullar bilan boylik va mo‘may pul orttirgan kimsalarning
yangi huquq himoyachilari va hatto demokratiya uchun jafo chekkan
kurashchilar sifatida siyosat olamiga kirib olishga harakat qilayotganiga
misollar oz emas. Ular bunday xatti-harakatlari bilan insoniyatning adolat va demokratiya kabi olijanob qadriyatlariga naqadar jiddiy zarar
yetkazayotganlari, o‘z xalqlari va mamlakatlari sha’niga dog‘
tushirayotganlarini aytib o‘tirishga hojat yo’q. Aslida, ular o‘Z xalqlari va mamlakatlarining taqdiriga, ozodlik va mustaqillik ideallariga mutlaqo befarqdirlar.
Bunday shaxslarning turish-turmushi ketma-ket qilingan jinoiy xattiharakatlar «zanjiri»dan iborat. Avvaliga o‘z xalqini aldab, sarmoya
to‘playdilar, keyinchalik demokratiya va adolatni ro‘kach qilib jamoatchilik fikrini chalg‘itib, siyosiy obro‘ orttiradilar. Sir emaski, bunday shaxslar o‘z manfaatlari yo‘lida respublikadagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishga urinayotgan tashqi kuchlarga xizmat qilishga hamisha tayyor turadilar.
Xulosa qilib aytish kerakki, korruptsiya bilan bog‘liq jinoyatlar
hozirgi zamonda davlatimiz oldida turgan katta muammolardan biridir.
Korruptsiya jinoyatlari bilan shug‘ullangan mansabdor shaxs o‘z
manfaatlarini o‘ylab, davlat, jamiyat va fuqarolarga katta miqdorda moddiy va ma’naviy zarar yetkazadi, davlatning rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi.



Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish