Mavzu: korrupsiya-milliy ma’naviy xavfsizlikka tahdid kirish I bob. Korrupsiya jamiyat ma’naviy taraqqiyoti kushandasi



Download 213 Kb.
bet9/13
Sana23.06.2022
Hajmi213 Kb.
#694820
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Korrupsiya-1

2.2. Yoshlarni korrupsiyaga oid savodxonlikni yuksaltirish
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlardanoq korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish va davlat apparatini korrupsionerlardan tozalash bo‘yicha izchil va muntazam ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida huquqni muhofaza qilish organlari tarkibida korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi alohida tuzilma va bo‘limlar shakllantirildi40.
Prezident Shavkat Mirziyoyev « Mazkur yo‘nalishdagi e’tiborga molik ishlar qatorida korrupsiyaga qarshi kurashishning yaxlit tizimiyaratilganini alohida ta’kidlash lozim. 
«Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi davlat apparati va fuqarolik jamiyati institutlarining ushbu xavfli illat bilan kurashdagi kuch va imkoniyatlarini birlashtirish imkonini berdi»41, deb yozadilar.
Hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha huquqiy me’yorlar takomillashib bormoqda. Ushbu buzg‘unchi illatning naqadar xavfli ekanligi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan doimiy ravishda ta’kidlanib kelmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “korrupsiya, mahalliychilik va urug- aymoqchilik kabi illatlar davlat hokimiyatini obro‘sizlantirib, iqtisodiyotning o‘sishi va tadbir- korlik rivojiga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda”42-alohida qayd etganlar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida: «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar», deyiladi43. Asosiy qonunning bunday talabi davlat hokimiyati, davlat xizmati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyat mexanizmlarida yoki ularning sohalaridagi mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshiradi, davlat apparatining fuqarolar oldidagi majburiyatlarini belgilab beradi.
Davlat apparati tizimida mansab suiiste’molchiligi, poraxo‘rlik,
uyushgan yoki korrupsiyaviy jinoyatchilik aynan shu tizim buzilishiga yoki
zararlanishiga sabab bo‘ladi. Davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga
putur yetkazadi. Korrupsiya jinoyatchiligini mansabdorlik jinoyatlarisiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Mansabni suiiste’mol qilish orqali mulkni talon-
toroj qilish yoki poraxo‘rlik jinoyatlari korrupsiya jinoyatchiligining eng
xavfli ko‘rinishlari hisoblanadi.
Shu jihatdan O‘zbekistonda ham muayyan darajada ushbu ijtimoiy
salbiy hodisa – korrupsiya mavjud. Unga qarshi kurash ham xalqaro
miqyosda, ham respublikamizda dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Chunki korrupsiya jinoyatchilik, ayniqsa uyushgan jinoyatchilik bilan
bevosita bog‘liqdir44.
Korrupsiya va uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish hamda profilaktika qilish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmini tako­millashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga oid bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Davlat korrupsiyaga qar­shi kurashish sohasida aho­lining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishi, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosa­siz munosabatni shakl­lan­tirishi; davlat va jamiyat­ hayotining barcha soha­la­ri­da korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlashi, ularga chek qo‘­yishi, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruv­chi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishi, korrupsiyaga oid hu­quqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik­ning muqarrarligi prinsipini ta’minlashi kerak45.
Korrupsiyaning mavjud bo‘lishi demokratiya darajasining yuqori yoki
pastligi bilan ham baholanadi. Qayerda demokratiya rivojlansa, u yerda
korrupsiya minimal darajaga tushishi kuzatildi. Mamlakat qanchalik
darajada demokratik bo‘lsa, davlatning moliyaviy mexanizmlari oshkora
bo‘lsa, matbuot qanchalik erkin bo‘lsa, korrupsiya shunchalik ojiz bo‘ladi.
Shu bois mamlakatimizda demokratik institutlarni rivojlantirishga katta
ahamiyat berilmoqda.
Aholi ma’naviyatining darajasi va axloq-odobi, demokratiya qoidalariga sodiqligidagi nuqsonlar, ya’ni e’tiqodning zaifligi, iymonning sustligi
ham korrupsiyaning subyektiv sabablariga kiradi. Shu bois mamlakatimizda
mustaqillikning ilk yillaridanoq fuqarolarimiz ma’naviyatini yuksaltirish
davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Korrupsiyani tag-tomiri bilan tugatib bo‘lmaydi. Unga qarshi
kurashish hamda uni minimal darajaga tushirish uchun keng jamoatchilik
ongiga korrupsiyaning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalardagi
islohotlar rivojiga, mamlakatning barqarorligi va iqtisodiy o‘sishiga g‘ov
ekanligi, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, komil inson kabi
milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga salbiy ta’sir
etuvchi illat, tahdid ekanligini singdirish lozim. Korrupsiyaga oid savodxonlikni hamda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, inson ongini o‘zgartirish orqali korrupsiyani minimal darajaga tushirish mumkin. Bugungi kunda yuksak ma’naviyat va qonun ustuvorligi asosida yashash, el-yurtga sadoqat, adolat, halollik kabi insoniy fazilatlarni faoliyatimizning bosh mezoniga amalda aylantirish orqali korrupsiyaga qarshi immunitetni mustahkamlash mumkin. Bu ishda inson irodasi muhim o‘rin tutadi46.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev: “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish bilan bog‘liq aniq vazifalar belgilangan”47.
Korruptsiya bilan bog‘liq jinoyat sodir etishni qiyinlashtiruvchi va uni
olidini olishni kuchaytiruvchi choralar: xodimlarni ishga qabul qilishda
batafsil tekshirish tizimini joriy etish; yetarli sinov muddatini belgilash;
ilmiy asoslangan cheklashlar va taqiqlar qabul qilish; mansabdor shaxsni
ishbilarmonlik madaniyati va ishga vijdonan munosabatda bo‘lish
darajasini ko‘tarish; mansabdor shaxslarning ish vaqtidagi va ishdan so‘ng
kriminal harakatlarga moyil shaxslar bilan munosabat va uchrashish
harakatlari me’yorini yozib qo‘yilishini joriy etish; mansabdor shaxs
nomiga isnod keltiruvchi vakolatlarni cheklash; faoliyatda oshkoralikni
so‘zsiz ta’minlanishini joriy etish; kerakli qarorlarni oshkora qabul qilishni
ta’minlash; davlat xizmatchilarining hisobot berishini joriy etish; xulq va
axloq qoidalari kodekslarini kiritish; mansabdor shaxslarning doimiy ish
joyini o‘zgartirib turish; mansabdor shaxslarga u moddiy manfaatdor
bo‘lgan tadbirlarda ishtirok etishini taqiqlash; davlat xizmatidan
bo‘shatilguncha uning nazoratida bo‘lgan sohada xususiy faoliyat bilan
shug‘ullanishini vaqtincha taqiqlash; sobiq mansabdor shaxsga o‘z idorasida shaxsiy manfaatlarini himoya qilishni taqiqlash; yolg‘on
ayblarning qurboni bo‘lgan xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash va
boshqalardan iborat48.

Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish