Mavzu: korrupsiya-milliy ma’naviy xavfsizlikka tahdid kirish I bob. Korrupsiya jamiyat ma’naviy taraqqiyoti kushandasi


II Bob. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – JAMIYAT VA DAVLAT XAVFSIZLIGINING GAROVI



Download 213 Kb.
bet7/13
Sana23.06.2022
Hajmi213 Kb.
#694820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Korrupsiya-1

II Bob. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – JAMIYAT VA DAVLAT XAVFSIZLIGINING GAROVI
2.1. Milliy qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurashishning ma’naviy asoslalari
­Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi ­kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi­da tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2008 yili Birlashgan Millatlar Tashki­lotining Korrupsiyaga qar­shi konvensiyasiga (2003 yil 31 oktyabr, Nyu-York), shuningdek, 2010 yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilo­ti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakat rejasiga (2003 yil 10 sentyabr, Istanbul) qo‘shilishi korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini yaratishda muhim qadam bo‘ldi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini­ olish bilan bog‘liq huqu­qiy mexanizmlarni takomillashtirishga qaratil­gan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, Byudjet, Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari fao­liyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi27.
Korrupsiya va uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish hamda profilaktika qilish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmini tako­millashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga oid bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlaoqdalar: “Butungi kundagi yana bir ustuvor vazifamiz - mamlakatimiz rivojiga to‘siq bo‘layotgan yovuz illat, ya’ni, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarlikning oldini olish masalalarini samarali hal etishdan iborat E’tibor bering, birgina joriy yilning 9 oyida 61 mingdan ortiq jinoyat va 2,5 milliondan ortiq huquqbuzarliklar qayd etilgan. Bu raqamlar jamiyat taqdiri uchun javobgarlikni his qilgan hech bir insonni o‘ylantirmasdan qo‘ymaydi, albatta”28.
Mansabdor shaxsga pora beruvchi shaxs pora bermasa, mansabini
suiiste’mol qilish harakatini bajarmaydi, u faqat pora evaziga bu ishni
bajaradi. Mansabdor shaxsning bunday harakatlari jamiyatga keltiradigan oqibatlari tufayli uning xavfsizligi va barqarorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soladi. Bundan tashqari, uning boyishi, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy ahvoliga zarar yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarining yemirilishiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi, jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini izdan chiqarib, hokimiyat organlarining jinoyatgaaralashib qolishini kuchaytiradi, bozorlarni monopollashtirishga va nopok, g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan topilgan pullarning xo‘jalik va tijorat tuzilmalari orqali yuvilishiga olib keladi.
Korruptsiya jinoyatining eng aniq va to‘g‘ri ta’rifi Jinoyat
kodeksining 205–212-moddalarida qayd etilgan jinoyatlarning barcha
turlarini ifodalaydi29. Korruptsiya jinoyati juda ko‘p sodir etiladigan
jinoyatlar toifasiga kiritilgan.
Mamlakatimizda mazkur muammoga qarshi kurash masalasiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza va tizimli amaliyot shakllantirildi. Eng avvalo, Respublikamizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi (1995 y.), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 y.), Xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya (1997 y.), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000 y.) va boshqa xalqaro hujjatlarning qabul qilingani mazkur illatga qarshi kurashda muhim omil bo‘ldi30.
Xalqaro hujjatlar ichida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi konvensiya” (2003 yil 31 oktyabr) asosiy xalqaro-huquqiy hujjat bo‘lib, u ushbu jinoyatning mohiyatini to‘liq ochib, unga qarshi kurash choralarini belgilab beradi.
Barcha mamlakatlar korrupsiya illatini tag-tomiri bilan qo‘porib tashlashda xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilayotgan bo‘lsa-da, unga qarshi kurash har bir davlatning o‘zida olib borilishi muhim ahamiyatga ega. Zero, yuqoridagi Konvensiya milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilab beradi.
O‘zbekiston bu borada qat’iy qadam tashlab bormoqda. Xususan, 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasida korrupsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdidlardan biri, deya e’tirof etildi. Shu maqsadda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Mamlakatimiz 2008 yil 7 iyulda BMTning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Konvensiyasiga qo‘shildi31.
2017 yil 3 yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini mustahkamlovchi maxsus “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi32. Ushbu qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan iborat. Qonunda korrupsiya tushunchasi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari, ularning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatlari, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev quyidagilarni ta’kidlab o’tganlar: “…mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida ushbu yo‘nalishda alohida qonun qabul qilindi. Shu asosda aniq maqsadlarga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan davlat dasturi izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ana shunday ishlarimiz natijasida shu yilning 9 oyida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga kamaydi. Biz bunday natijalarni korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi uzoq va davomli faoliyatimizning dastlabki samarasi, deb qabul qilishimiz, bu yo‘lda yanada qat’iy ish olib borishimiz shart”33
Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish