Mavzu: korrupsiya-milliy ma’naviy xavfsizlikka tahdid kirish I bob. Korrupsiya jamiyat ma’naviy taraqqiyoti kushandasi


Kurs ishini hajmi va tarkibiy tuzilishi



Download 213 Kb.
bet3/13
Sana23.06.2022
Hajmi213 Kb.
#694820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Korrupsiya-1

Kurs ishini hajmi va tarkibiy tuzilishi. Mazkur ish muqaddima, ikki bobni o'z ichiga olgan, beshta paragrifni, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.

I Bob. KORRUPSIYA JAMIYAT MA’NAVIY TARAQQIYOTI KUSHANDASI

    1. Korrupsiyaning mazmun-mohiyati

Korrupsiya - siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy xavfli hodisa, davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishidir4.
Korrupsiya” atamasi lotincha “corruption” so‘zidan kelib chiqqan
bo‘lib, “buzish”, “sotib olish” degan ma’nolarni anglatadi5. Davlat va siyosiy arboblar, jamoat tashkilotlarining rahbarlari va mansabdor shaxslarning g‘arazli maqsad yo‘lida yoki tor shaxsiy manfaatni ko‘zlab «sotilishi», ularning pul va mulk evaziga mulkdorning, nopok guruhlarning «nog‘orasiga o‘ynashi» korruptsiyaning mohiyatini anglatadi. Bunda ham pora berish va olish, mansab soxtakorligi, firibgarlik, mansabni suiiste’mol qilish, qo‘rqitish, tovlamachilik, qasddan odam o‘ldirish kabi jinoyatlar bilan iqtisodiy va siyosiy vaziyatni boshqarish maqsad qilib qo‘yilgan bo‘ladi6.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida “korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”7- deya ta’riflangan.
Ushbu ikki so‘z korrupsiyaning mazmun-mohiyatini belgilab beradi. 1979-yil 17-dekabrda qabul qilingan “Mansabdor shaxslarning huquq tartibotni saqlash borasidagi axloq kodeksi”da: “...korrupsiya tushunchasi milliy huquqda ta’riflanishi lozim” deyilgan bo‘lib, ushbu hodisaning «...mansabdor shaxsning mukofot beruvchi shaxs manfaati yo‘lida mansab yo‘riqnomalarini buzib yoki buzmay mansab vakolatlari sohasida amalga oshirgan har qanday shakldagi harakati yoki harakatsizligi»8, degan taxminiy ta’rifi berilgan.
BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashga oid ma’lumotnomasida:
“Korrupsiya – shaxsiy maqsadda foyda olish uchun davlat hokimiyatini
suiiste’mol qilish»9 ekanligi ko‘rsatilgan.
Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag‘ishlangan
hisobotida korrupsiyaga shunday ta’rif berilgan: «Korrupsiya – shaxsiy
manfaat uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish”10.
Arnold Xeydenxeymer «Siyosiy korrupsiya» asarida yozganidek, «bu
terminning tarixida turli-tuman ma’no va mazmunlar ko‘plab uchraydi».
Siyosatshunoslar va faylasuflar bu hodisani boylik yoki hokimiyatga
noqonuniy vositalar bilan erishish, deb ta’riflaydilar. Shuni ta’kidlash lozimki, korrupsiya hodisasiga bag‘ishlangan birinchi xalqaro hujjat va ayni vaqtda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (OESR) tavsiyalarida belgilab qo‘yilgan eng muhim nazariy g‘oyalar e’tirof etilgan xalqaro hujjat bo‘lib qoldi.
Poraxo‘r(lik) shaxsiy manfaat, g‘arazli maqsad yo‘lida har qancha
tovlamachilik qilishga hoziri nozir ma’naviy qashshoq kimsaga xos illat.
Ilmiy adabiyotlarni o‘rganish shundan dalolat beradiki, korrupsiyani,
amal qilish darajalariga ko‘ra, quyi, yuqori va vertikal korrupsiyaga ajratish
mumkin.
Korrupsiya daromadlarning ochiq bozor qoidalarini chetlagan holda
yashirin taqsimlanishini bildiradi va bu hol ijtimoiy adolatsizlikka olib
keladi. Garchi daromadlar miqdori o‘zgarmasa-da, ular qayta taqsimlanib,
bir qo‘ldan boshqasiga o‘tadi. Adolatsizlikning qaror topishi kishilarning
axloqan buzilishiga, ularda ishonchsizlikning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Hozir vaqtda korrupsiya iqtisodiy rivojlanishga putur yetkazishi,
demokratik institut va qonunning ustunligi prinsipini kuchsizlantirishi,
jamoat tartibini buzishi va jamiyat ishonchini yo‘qotishi, bu bilan uyushgan
jinoyatchilik, terrorizm va insoniyat xavfsizligiga nisbatan boshqa
tahdidlarning gullab-yashnashiga imkon berishini barcha tan olgan.
Hech bir mamlakat – u xoh boy bo‘lsin, xoh kambag‘al – ushbu salbiy
hodisadan butunlay saqlana olmaydi. Korrupsiya davlat sektorida ham,
xususiy sektorda ham o‘zini ko‘rsatishi mumkin, ammo undan doimo faqat
bir taraf, ya’ni jamiyat zarar ko‘radi. Lekin korrupsiyaning rivojlanayotgan
mamlakatlarda kambag‘al odamlarga yetkazadigan zarari nihoyatda katta.
Korrupsiya ularning kundalik hayotiga har xil shakllarda ta’sir etadi va
yanada qashshoqlashuviga olib boradi, ularni iqtisodiy resurslardagi
qonuniy ulushidan yoki hayot uchun zarur yordamdan mahrum etadi.
Korrupsiya asosiy ijtimoiy xizmatlarni pora berish imkoni bo‘lmagan
shaxslar uchun yetishib bo‘lmas narsaga aylantiradi. Korrupsiya rivojlanish
uchun mo‘ljallangan ozgina mablag‘ni boshqa maqsadlarga sarflab, asosiy
ehtiyojlar – oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi ehtiyojlarning
ta’minlanishini qiyinlashtiradi. U har xil ijtimoiy guruhlar o‘rtasida
kamsitish, tengsizlik va adolatsizlikni keltirib chiqaradi, xorijiy investitsiyalar va yordamlarni qochiradi, rivojlanishni sekinlashtiradi. Shu bois, u
siyosiy barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidagi jiddiy g‘ov
hisoblanadi11.
Korrupsiyaning mazkur shakli vazirliklar va idoralarning butun
vertikali darajasida, ayniqsa Moliya vazirliklarida (transferlar, dotatsiyalar,
ssudalar va boshqa budjet mablag‘larini ajratishda) kuzatiladi. Bu yerda
korrupsiya odatda yuqori va quyi korrupsiya o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini
bajaradi. Bu juda xavflidir, chunki mazkur hodisa tarqoq harakatlar
bosqichidan ildiz otayotgan shakllar bosqichiga o‘tganidan dalolat beradi.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib korrupsiya xalqaro muammoga
aylandi. Bir mamlakat doirasida ildiz otgan korrupsiya boshqa mamlakatlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 1994-yilning 31-dekabrida
«Finansial Times» gazetasi dunyo aholisining korrupsiyaga oid
savodxonlikni oshirish maqsadida 1995-yilni «Korrupsiya yili» deb e’lon
qilganligi ko‘pchilikka ma’lum. Birlashgan Millatlar tashkiloti esa
korrupsiyaga oid savodxonlikni tashviqot qilish uchun 9-dekabrni «Xalqaro
korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» deb ta’sis etdi va ushbu kun
2004-yildan boshlab nishonlanib kelinadi12.
Darhaqiqat, hozirgi vaqtda ijtimoiy og‘ishlar cho‘qqisida bo‘lgan
korrupsiya nafaqat huquqshunos olimlarning, balki turdosh bilim sohalari –
falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya, iqtisodiyot, psixologiya kabi sohalarda
faoliyat ko‘rsatuvchi olimlarning ham e’tiborini borgan sari ko‘proq tortmoqda.
Korrupsiya jinoyatchilikning eng xavfli shakli bo‘lib, alohida belgilarga ega. Bir tomondan u tizimli hodisa sifatida uyushgan, g‘arazli, iqtisodiy hamda kasbiy jinoyatchilikning tarkibiy qismi hisoblanadi va ular bilan bog‘liqdir. Boshqa tomondan, u jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aniq jinoyatlar majmui hisoblanadi. Sovet qonunchiligi «korrupsiya» tushunchasini tan olmagan bo‘lsa-da, o‘sha davrlarda «lavozim jinoyatlari» degan tushuncha mavjud edi. Ularning aksariyati bugun korrupsiya hisoblanadi13.
Dunyo tafakkuri korrupsiya muammosini hal qilmay turib davlat
boshqaruvi vazifalarini samarali hal qilib bo‘lmasligiga allaqachon ishonch
hosil qilgan. Masalan, yunon mutafakkirlari Aflotun va Arastu korrupsiyani
siyosiy kategoriyalarga kiritganlar, N. Makiavelli esa uni davlatning
fuqarolar fazilatlarini (fuqarolikni) buzuvchi umumiy illatidan dalolat
beruvchi omil deb hisoblagan. O‘z navbatida, Sh. Monteskyo uni yaxshi
siyosiy tartib yoki tizim yaroqsiz holga keladigan disfunksional jarayon deb
ta’riflagan.
Korrupsiya iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikka keskin tahdid soluvchi
to‘siq vazifasini o‘taydi. Korrupsiya iqtisodiy taraqqiyotning kushandasi
sifatida e’tirof etilgan, chunki u jamiyatda kambag‘allikni keltirib chiqaradi.
Sababi rivojlanish uchun mo‘ljallangan jamiyatning halol va fidokorona
mehnati bilan topilgan mablag‘larni o‘ziga jalb qiladi. Natijada tengsizlik va
adolatsizlik rivojlanishi uchun qulay zamin yaratadi. Bu ijtimoiy keskinlikni
keltirib chiqaradi, jamiyatda ijtimoiy zo‘riqish paydo bo‘ladi va ommaviy
tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish