Korrupsiya – jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli
illat. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson
huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot
sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan
jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit
yaratib beradi.
Korrupsiya shunisi bilan xavfliki, u ijtimoiy tengsizlikni yuzaga
keltiradi, biznes yuritish xarajatlarini oshiradi, demak, milliy iqtisodiyotni
raqobatga bardoshsiz qiladi, muayyan darajada siyosiy beqarorlikni keltirib
chiqaradi. Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, o‘tgan asr 80-yillarining boshida korrupsiya iqtisodiyotni uquvsiz boshqarish tufayli, Venesueladek neftga
boy mamlakatni to‘lovga qobiliyatsiz holatga olib keldi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, korruptsiya bilan bog‘liq jinoyatlar
jamiyat uchun katta xavf tug‘diradi. Agar uning oldi olinmasa va unga
qarshi jinoiy-huquqiy hamda boshqa ta’sir choralarini qo‘llab, kurash olib borilmasa, u jamiyatning barcha sohalarida, xususan, eng avvalo, sanoat, ishlab chiqarish, savdo, shunindek davlat boshqaruvi sohasida ham «ildiz otib», rivojlanib ketishi mumkin. Korruptsiya bilan bog‘liq jinoyatlar rivojlanib ketadigan bo‘lsa, jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy munosabatlarni izdan chiqarishi, iqtisodiyotning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi, aholi o‘rtasida hokimiyat vakillariga nisbatan ishonchsizlik ruhiyatini paydo qiladi. Korruptsiya birinchi navbatda turli iqtisodiy,
so‘ngra uyushgan jinoyatchilikning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Shunindek, uyushgan jinoyatchilik ta’kidlaganimizdek, davlatning barqarorligiga ham katta xavf tug‘diradi.
Korrupsiyaning jamiyat ma’naviy hayotiga tahdidi
Globollashuv davrida dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolardan biri korrupsiya muammosidir. Har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illat korrupsiyadir14. Shu bois unga qarshi kurash, jahon siyosatining muhim masalalaridan biriga aylandi.
Korrupsiya va jinoyatchilik kabi jirkanch hodisalar bilan birga yuz bergan. Jinoyatchilikning o‘sishi nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid qiladi. Korrupsiya va jinoyatchilik,
birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalgaoshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatib, o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan xufiyona iqtisodiyotning manfaatlari obyektiv ravishda birlashib ketadi15. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadi va urug‘-aymoqlarining manfaatlarini davlat manfaatidan ustun qo‘yadi. Bu esa mamlakatning siyosiy-iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |