Мавзу: Корхоналар банкротлигини олдини олиш ва уни со¨ломлаштириш й¤налишлари



Download 144,85 Kb.
bet10/29
Sana14.07.2022
Hajmi144,85 Kb.
#799289
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
korxonalar bankrotligini oldini olish va ular faoliyatini soglamlashtirish yonalishlari

1-bob bo’yicha xulosalar


Davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan tadbirkorlarni biznesni vijdonan yuritishga, o’zlarining amaliy hamkorlari bilan halol ishlashlariga rag’batlantiruvchi va majbur qiluvchi tegishli axborot muhitini rivojlantirish tashabbusini olishlari maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bunday faoliyat turlariga keng jamoatchilikka nohalol biznes yuritish holati hamda bunday hollarda aybdor bo’lgan shaxslar to’g’risida ommaviy ma’lumot berishni tashkil etish va qonunlashtirish, Internet tarmog’iga vijdonsizlik bilan ish yurituvchi firma va tadbirkorlar ro’yxatini joylashtirish kabi tadbirlarni kiritish mumkin.


Korxonalarni bankrot bo’lish jarayonini davlat tomonidan to’g’ri va oqilona tartibga solinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot ishimizning oldingi bandlarda ko’rib chiqilganidek korxonalar faoliyati barqarorligiga ularning ro’yxatdan o’tkazilishi va faoliyat yuritishga layoqatsiz korxonalarni o’z vaqtida tugatilishi ham muhim o’rin tutadi. Turli mamlakatlarda tadbirkorlar tomonidan korxonani tashkil etish va tugatish bilan bog’liq bo’lgan rasmiyatchiliklarni amalga oshirish uchun sarflangan vaqt va mablag’larni baholashga yo’naltirilgan tadqiqotlarning o’tkazilishi tasodif emas. Ba’zi hollarda ularga asoslangan holda qonunchilik tomonidan «kelishish limitlari», ya’ni zarur hujjatlarning ba’zi bir chegaralari, ularning maksimal hajmi, tadbirkor murojaat qilishi lozim bo’lgan idoralar soni belgilab berilgan. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalar asosida ta’kidlash mumkinki, kichik biznes korxonalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va faoliyatini tugatish borasidagi ishlarning takomillashtirilishi o’z navbatida mazkur korxonalar faoliyati barqarorligining o’sishiga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.
  1. BOB. KORXONALAR BANKROTLIGINI OLDINI OLISH VA UNI SOG’LOMLASHTIRISH YO’NALISHLARI TAHLILI





    1. Korxonalar faoliyati barqarorligi darajasini baholash va sog’lomlashtirishning uslubiy masalalari

Bugungi kunda respublikamizda kichik biznes faoliyatini yanada rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish masalalariga keng e’tibor berilmoqda. Mazkur sohaning barqaror rivojlanishi, ko’p hollarda, nafaqat ularni tashkil etish, balki faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalarni tugatish ishlarining to’g’ri va samarali yo’lga qo’yilishiga ham bog’liq bo’ladi.


Moliya-xo’jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni tugatishda korxona egalari yoki muassislarini bu harakatga undovchi sabablarni chuqur o’rganib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Fikrimizcha, bunday sabablarni o’z ichiga oluvchi sof iqtisodiy va ma’naviy-ruhiy jihatlarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Korxona faoliyatini o’z vaqtida tugatishga undovchi iqtisodiy ahamiyatdagi sabablar tarkibiga quyidagilar kiradi:

      1. faoliyat ko’rsatmagan chog’da ham vujudga keluvchi xarajatlarning oldini olish. Ma’lumki, nazariy jihatdan ishlab chiqarish xarajatlari doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga ajratiladi. Agar o’zgaruvchan xarajatlarning miqdori ishlab chiqarish hajmiga bevosita bog’liq bo’lsa, doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmidan qat’iy nazar mavjud bo’ladi. Aynan ana shu doimiy xarajatlar korxona o’z faoliyatini yuritmayotgan chog’da ham mavjud bo’ladi (masalan, bino va uskunalarning ijara haqi, sug’urta to’lovlari, reklama, binoni qo’riqlash va unga texnik xizmat ko’rsatish xodimlarining ish haqi va boshqa to’lovlar). Korxona faoliyat ko’rsatmayotgan chog’da mazkur xarajatlarning vujudga kelishini oldini olishning yagona yo’li – korxona faoliyatini o’z vaqtida rasman tugatish hisoblanadi.

Agar firma faoliyat ko’rsatishni davom ettirsa, u holda uning amal qilishining iqtisodiy maqsadga muvofiqligi asosan mulkdorlarning xohishiga bog’liq bo’ladi. Hatto korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati deyarli to’xtatilgan bo’lsada, yuridik shaxs sifatida uning ma’lum huquq va majburiyatlari saqlanib qolaveradi. Bu esa barcha soliqlarni o’z vaqtida to’lash hamda nazorat organlariga taqdim etilishi majburiy bo’lgan moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini o’z vaqtida topshirish zarurligini anglatadi.Muassasalarning soliqlarni yoki davlat nobyudjet fondlariga sug’urta badallarini to’lashdan bo’yin tovlaganliklari uchun har qanday yuridik shaxsning rahbarlari, muassislari yoki ishtirokchilari tegishli ravishda javobgarlikka tortiladi. Yuridik shaxsning taqdiri to’g’risidagi qaror o’z vaqtida qabul qilinishi lozim, jarayonlarning cho’zilishi faqat qo’shimcha xarajatlarning kelib chiqishiga olib keladi.
Korxonaning har bir mulkdori bu muammoni o’zicha hal etadi, biroq rentabellikning o’ta, umid qoldirmaydigan darajada pasayib ketishi holatidagi yagona to’g’ri qaror – bu korxonani tugatish hisoblanadi. Afsuski, firmani tashkil etish jarayonida muassislar odatda o’zlari tomondan ta’sis etilgan yuridik shaxsni davlat ro’yxatiga kiritilgandan so’ng, mazkur yuridik shaxsning ro’yxatdan chiqarilgunga qadar bo’lgan hatti-harakatiga javob berishlari haqida o’ylamaydilar. Boshqacha aytganda, xususiy biznesni tashkil etishda barcha harakatlar «kirish – bir so’m, chiqish – ikki so’m» printsipi bo’yicha amalga oshadi.

      1. korxona mulkini saqlab qolish. Bugungi kunda, ya’ni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining amalga oshirilishi natijasida korxonalarning ko’plab xodimlari ularning birgalikdagi egalariga aylandilar. Biroq, aksariyat holatlarda, mulk egasining o’zgarishiga qaramasdan, ko’plab firmalar, hissadorlik jamiyatlari, xo’jalik birlashmalari etarli darajada muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata olmayaptilar. Shunga ko’ra, agar boshqaruv, ishlab chiqarish, marketing va texnologiyani tashkil etishni takomillashtirish sohasidagi barcha chora-tadbirlardan natija olish imkoniyati tugagan bo’lsa, u

holda oqilona amalga oshirilgan likvidatsiya – korxona hissadorlari (qatnashchilari) mulkini saqlab qolish muammosining hal etilishi demakdir.
Korxona faoliyatini o’z vaqtida tugatishga undovchi ma’naviy-ruhiy ahamiyatdagi sabablar tarkibiga esa, bizningcha, quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. tadbirkorning ma’naviy qiyofasi. Tadbirkor odamning yaxshi nomi o’ziga yarasha kapitaldir, u uzoq yillar davomida qilingan mashaqqatli mehnat tufayli to’planadi va o’ylab qilinmagan harakat evaziga bir zumda yo’qotiladi. Bu esa ishchan doiralarga xos bo’lgan konservatizm bo’lib, uning asosiy belgilari: ehtiyotkorlik, aql bilan ish tutish va puxta-aniqlik kabi xususiyatlarda ko’rinadi.11

  2. qonunchilikda ko’zda tutilgan talablarga rioya qilish. Iqtisodchi olimlar Yo.Abdullaev va F.Karimovlar tomonidan tayyorlangan «Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari» deb nomlanuvchi o’quv qo’llanmada tadbirkorda mavjud bo’lgan o’n sifat qatorida mas’uliyatli bo’lish va qonunga itoat qilish alohida ko’rsatib o’tiladi. 12 Tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilik esa, korxona bankrotlikka yuz tutgan, yoki u ma’lum muddat xo’jalik faoliyatini ko’rsatmagan hollarda, ularning o’z vaqtida tugatilishini taqozo etadi.

  3. ro’y berishi mumkin bo’lgan favqulodda holatlar, noxush hodisalarning oldini olish. Faoliyat ko’rsatmayotgan korxonani o’z vaqtida tugatish ro’y berishi mumkin bo’lgan favqulodda holatlar, noxush hodisalarning oldini olish nuqtai nazaridan ham asosli, foydali hisoblanadi. Chunki, faoliyat yuritilmasdan, o’z holiga tashlab qo’yilgan, hisob-kitob, davriy hisobotlarga befarqlik bilan munosabatda bo’lingan hollarda quyidagi salbiy holatlar kelib chiqishi mumkin:

-korxona mol-mulkining saqlanishiga nisbatan xo’jasizlikka yuz tutilishi, ularning yo’qolishi, o’g’irlanishi, yaroqsiz holatga tushishi;
-korxona moliya-buxgalteriya, hisob va hisobot tizimining izdan chiqishi;
11 G’ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. (O’quv qo’llanma). –T., 1998, 52-b.
12 Qaralsin: Abdullaev Yo., Karimov F. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari: 100 savol va javob. – T.:
«Mehnat», 2000, 163-164 b.
-turli ahamiyatdagi hujjatlar, ma’lumotlar va boshqa nazoratdagi ashyo (masalan, muhr, shtamp, firma nomi yozilgan maxsus blanka va b.)larning yo’qolishi, ulardan boshqa shaxslarning foydalanish xavfining paydo bo’lishi;
-qarovsiz qolgan korxona binosi va unga qarashli inshootlarda tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar yuz berishi ehtimoli va h.k. Shunga ko’ra, yuqorida qayd etilgan salbiy holatlarning oldini olishning eng maqbul yo’li – faoliyat yuritmayotgan va kelgusida yuritmaydigan korxonalarni o’z vaqtida tugatish hisoblanadi.
Qaysi davlat organi tugatish jarayoniga to’liq javob berishi va muvofiqlashtirishi kerakligini aniqlab olish lozim. Bizning fikrimizcha, bunday vazifani korxonalarning ro’yxatdan o’tishiga javob beruvchi mahalliy hokimiyatlar zimmasiga yuklash mantiqan to’g’ri bo’lar edi. Buning uchun hokimiyat tarkibida korxonalarni tugatish bo’yicha maxsus bo’linmani tashkil etish lozim (shunda turli komissiyalarni shakllantirish zaruriyati yo’qoladi).

  1. tugatish holatiga tushib qolish sababi va boshqa holatlarga qarab tabaqali yondashuv. N.Yusupova tomonidan faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalarni tugatish mexanizmi taklif etilib, bunda tugatish kim tomondan ilgari surilayotganligi, korxonaning moliyaviy-xo’jalik holatining qandayligi va boshqalardan kelib chiqqan holda quyidagilarga ajratish tavsiya etiladi:

  1. Davlat ro’yxatidan o’tgandan buyon moliyaviy-xo’jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni tugatish:

  1. muassislarning tashabbusiga ko’ra;

  2. davlatning tashabbusiga ko’ra.

  1. Korxonalarning ixtiyoriy tugatilishi:

  1. qarzi bo’lmagan yoki uni to’lay oladigan korxonalar;

  2. iqtisodiy nochor korxonalar.

  1. Muassislari bo’lmagan korxonalarni tugatish:

  1. qarzi bo’lmagan yoki uni to’lay oladigan korxonalar;

  2. iqtisodiy nochor korxonalar.

Birinchi navbatda qarzi bo’lmagan korxonalarni tugatishni amalga oshirish kerak.13


  1. Download 144,85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish