Мавзу: Корхоналар банкротлигини олдини олиш ва уни со¨ломлаштириш й¤налишлари


Korxonalarni bankrot bo’ldishini davlat tomonidan tartibga solish jarayoni



Download 144,85 Kb.
bet8/29
Sana14.07.2022
Hajmi144,85 Kb.
#799289
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
korxonalar bankrotligini oldini olish va ular faoliyatini soglamlashtirish yonalishlari

Korxonalarni bankrot bo’ldishini davlat tomonidan tartibga solish jarayoni


Iqtisodiyotda moliyaviy xo’jalik faoliyatini yurituvchi korxonalarni bankrot bo’lish jarayonini davlat tomonidan nazoratini amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kun amaliyotida bankrotlik sohasini davlat


tomonidan tartibga solishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organi amalga oshiradi. Bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organining o’z vakolatlari doirasida kabul kilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, davlat boshkaruvi boshka organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

      • pul majburiyatlari va majburiy to’lovlar bo’yicha bankrotlik taomillarida O’zbekiston Respublikasining kreditor tarikasidagi talablarini takdim etishning yagona tartibini tasdiklaydi;

      • sud boshkaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning attestatsiyadan o’tish tartibini, ularga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni hamda sud boshkaruvchilarining yagona reestrini yuritish tartibini tasdiklaydi;

      • sud boshkaruvchilari faoliyati tartibini tasdiklaydi;

      • sanatsiya fondini shakllantirish va uning mablag’laridan foydalanish tartibini belgilaydi;

      • ustav fondida davlat ulushi bo’lgan bankrot korxonalarning mol- mulkini realizatsiya kilish tartibini belgilaydi;

      • konun hujjatlariga muvofik boshka vakolatlarni amalga oshiradi.

Bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organi: to’lov kobiliyatiga ega bo’lmay holgan, zarar keltirib ishlayotgan va iktisodiy nochor korxonalarni aniklash maksadida ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini yuritadi; ustav fondida davlat ulushi bo’lgan va O’zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo’yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to’g’risida ish kuzatish xakida ariza bilan xo’jalik sudiga murojaat etadi; sud boshkaruvchilari attestatsiyasini o’tkazadi hamda sud boshkaruvchilarining yagona reestrini yuritadi;ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya kilish, ularning sud sanatsiyasi va tashki boshkaruvi rejalarini kelishib oladi; ustav fondida davlat ulushi bo’lgan
korxonalarni davlat tomonidan yordam ko’rsatgan holda sudgacha sanatsiya kilish handay borayotganligi, shuningdek bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;sud boshkaruvchilari faoliyati ustidan konun hujjatlariga muvofik nazoratni amalga oshiradi, sud boshkaruvchisining faoliyatida konun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta ho’pol ravishda buzilganligi aniklangan takdirda uni vazifasini bajarishdan ozod kilish xakida xo’jalik sudiga ariza bilan murojaat etadi;moliyaviy ahvoli monitoringi yuritilayotgan korxonalarning rahbarlari yoki boshka mansabdor shaxslariga mazkur korxonalar moliya-xo’jalik faoliyati xakidagi materiallar takdim etilmaganligi yoki o’z vaktida takdim etilmaganligi uchun jarima soladi;konun hujjatlariga muvofik boshka vakolatlarni amalga oshiradi.
Bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organi xakidagi nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklanadi.
Bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organining Horahalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshkarmalari:to’lov kobiliyatiga ega bo’lmay holgan, zarar keltirib ishlayotgan va iktisodiy nochor korxonalarni aniklash maksadida ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarning moliyaviy ahvoliga oid ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirishni amalga oshiradi;ustav fondida davlat ulushi bo’lgan va (yoki) O’zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo’yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to’g’risida ish kuzatish haqidagi ariza bilan bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organining ko’rsatmasiga binoan xo’jalik sudiga murojaat etadi;tegishli hududda joylashgan, ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarni davlat tomonidan yordam ko’rsatgan holda sudgacha sanatsiya kilish handay borayotganligi, shuningdek bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;tegishli hududdagi korxonalarning bankrotligi jarayonlari monitoringini yuritadi;sud boshkaruvchilari faoliyati ustidan konun hujjatlariga muvofik nazoratni amalga oshiradi, sud boshkaruvchisini belgilangan tartibda vazifasini
bajarishdan ozod kilish zarurligi xakida bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organiga iltimosnoma bilan murojaat etadi; bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari amalga oshirilayotganda, shuningdek ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilayotganda xo’jalik sudi muhokamasiga sud boshkaruvchiligiga nomzodlar takdim etish xukukiga ega;ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarning rahbarlari yoki boshka mansabdor shaxslariga mazkur korxonalarning moliya- xo’jalik faoliyati xakidagi materiallar takdim etilmaganligi yoki o’z vaktida takdim etilmaganligi uchun jarima soladi;konun hujjatlariga muvofik boshka vakolatlarni amalga oshiradi.
Bankrotlik alomatlari aniklangan takdirda davlat solik xizmati organlari, davlat statistika organlari bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organi va uning hududiy boshkarmalariga ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalar xakida ma’lumotlar takdim etishlari, shuningdek bankrotlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha davlat organining so’roviga binoan korxonalarning iktisodiy hodirligi to’g’risidagi boshka ma’lumotlarni takdim etishlari shart. Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi to’g’risidagi ish ko’rilayotganda quyidagi taomillar kullaniladi:

      • kuzatuv;

      • sud sanatsiyasi;

      • kelishuv bitimi;

      • tashqi boshqaruv;

      • tugatishga doir ish yuritish.

      • Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bankrotligi to’g’risidagi ish ko’rilayotganda quyidagi taomillar qo’llaniladi:

      • kelishuv bitimi;

      • tugatishga doir ish yuritish.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, korxonalarni bankrot bo’lish jarayonini davlat tomonidan to’g’ri va oqilona tartibga solinishi muhim ahamiyat kasb
etadi. Tadqiqot ishimizning oldingi bandlarda ko’rib chiqilganidek korxonalar faoliyati barqarorligiga ularning ro’yxatdan o’tkazilishi va faoliyat yuritishga layoqatsiz korxonalarni o’z vaqtida tugatilishi ham muhim o’rin tutadi. Turli mamlakatlarda tadbirkorlar tomonidan korxonani tashkil etish va tugatish bilan bog’liq bo’lgan rasmiyatchiliklarni amalga oshirish uchun sarflangan vaqt va mablag’larni baholashga yo’naltirilgan tadqiqotlarning o’tkazilishi tasodif emas. Ba’zi hollarda ularga asoslangan holda qonunchilik tomonidan «kelishish limitlari», ya’ni zarur hujjatlarning ba’zi bir chegaralari, ularning maksimal hajmi, tadbirkor murojaat qilishi lozim bo’lgan idoralar soni belgilab berilgan. Bir vaqtning o’zida korxonalarni ro’yxatga olish va tugatishning keyinchalik andoza sifatida boshqalarga tatbiq etilishi mumkin bo’lgan eng yaxshi tajribalari aniqlangan. Shunga ko’ra, fikrimizcha, O’zbekistondagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish va tugatishning eng muvaffaqiyatli tajribalarini o’rganishga yo’naltirilgan maxsus tadqiqotlarni o’tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Korxona faoliyatini tugatish bilan bog’liq bo’lgan turli ko’rinishdagi sarf va xarajatlar ham xuddi shunday ta’sir ko’rsatadi: aksari hollarda tadbirkor o’z faoliyati uchun yuridik shaxs maqomini olib, davlat bilan rasmiy munosabatlarga kirishishni umuman istamaydi. Korxonalarni davlat ro’yxatidan o’tkazishning umumiy masalalari bo’yicha jamoat fikrini o’rganish mazkur jarayonlarning printsip va maqsadlarini tushunishdagi ahamiyatli tafovutlarni ochib berdi. Ayniqsa, bu masalalarga tadbirkorlar va mutaxassislar tomonidan yondashuvda qarashlarning farqlanishi yaqqol namoyon bo’ldi. Jumladan, so’rov o’tkazilgan tadbirkorlarning ahamiyatli qismi kichik biznes korxonalarini ro’yxatga olish (46%) va tugatish (51%) jarayonlarining murakkabligini bildirishgan. Tugatish va ro’yxatga olish jarayonlarini soddalashtirish borasida ba’zi bir mutaxassislar (tegishli ravishda 21% va 17%) bu jarayonlar tartibining haqiqatan ham murakkab ekanligini, biroq bunday murakkablik darajasi ayni paytda «soxtalashtirilgan korxonalar»ning tashkil topishi uchun to’siq yaratishi sababli ijobiy tavsif kasb etishini ta’kidlab o’tdilar. Darhaqiqat, har bir masalaga
turli nuqtai-nazardan yondashish mumkinligi korxonalarni tashkil etish va tugatish jarayonlarining o’ta darajada soddalashtirilib yuborilishi natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlarni ham hisobga olinishini taqozo etadi.
Kichik biznes sub’ektlarini ro’yxatga olish va ular faoliyatini tugatish borasidagi mehnat sarfini hujjat aylanmasini soddalashtirish hisobiga ham kamaytirish mumkin. Ko’plab hujjatlar ro’yxatga olish jarayonida ko’p martalab takrorlanadi va aslida bir joyda kerak bo’lishiga qaramay, bir necha joyda saqlanadi.
Masalan, Yakkasaroy tumani hokimining 28.08.2011 y. 1082-sonli qarori bilan «Bazalt Yafat» jamoa korxonasi «Tezkor-Qurilish» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga o’zgartirilishi munosabati bilan qayta davlat ro’yxatidan o’tkazishda, ortiqcha ravishda 27 nafar ta’sischilarning pasport nushalari, asosiy vositalarni qayta baholash hujjati, korxona faoliyatining buxgalteriya hisobotlari, korxonani xususiylashtirishga doir to’lov hujjatlari, 97 nafar ta’sischilarning jamoa tarkibidan chiqish haqidagi arizalari hamda topilmalar byurosidan ma’lumotnomalar nushalari talab qilingan. Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimligi huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish inspektsiyasi tomonidan 14.07.2011 yilda «Muslima Bobur Biznes» xususiy korxonasini ro’yxatdan o’tkazishda ta’sis shartnomasi, ta’sischining pasport nushalari ortiqcha olingan.
Jadvaldan ko’rinadiki, respublika bo’yicha o’rtacha olganda yiliga o’n mingdan ortiq korxonalar faoliyat yuritmasligiga qaramay ularning tugatilishi amalga oshirilmaydi. To’g’ri, ularni tugatish borasida xo’jalik sudiga da’vo arizalari taqdim etilib, ularni tugatish to’g’risida sudning qarori ham chiqarilishi mumkin. Biroq, sudning tugatish to’g’risidagi qarori qarorligicha qolaveradi, chunki sud korxonalarni tugatishni ularning aksariyat hollarda mavjud bo’lmagan rahbarlariga topshiradi. Bunday muassisi va egasi mavjud bo’lmagan korxonalarni tugatish bilan hech kim shug’ullanmaydi, u uzoq muddat harakatsiz turib qoladi, ya’ni tugatish jarayonida bo’ladi. Shunga ko’ra, soliq,
pensiya fondi hisobida ko’plab miqdordagi korxonalar osilib turadi, amalda esa ular yo’q va ularni tugatish imkoni ham mavjud emas.
Bugungi kunda egasiz korxonalarni bartaraf etishning oqilona yo’li - ularni mavjud bo’lmagan qarzdor sifatida tugatishdan iborat. Bu borada O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Bankrotlik to’g’risida»gi Qonunida bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari (XI bob) kiritilgan bo’lib, uning 2-bandida hozir bo’lmagan qarzdorning bankrotligi holatida soddalashtirilgan taomilni qo’llash tartiblari bayon etilgan. Biroq, doimiy ravishda ham xo’jalik sudlari bunday korxona faoliyatini tugatish bo’yicha da’vo kiritishni istamaydilar, chunki buning uchun poshlinani hech kim to’lamaydi. Shuning uchun bunday da’volar xo’jalik sudlari tomonidan juda qiyinchilik bilan qabul qilinishi mumkin.
“Bankrotlik” haqidagi qonun davlat hududida xo‘jalik yurituvchi subyektlari bilan birgalikda ularning mulk shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy munosabatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Bankrotlik dеb topilishdan maqsadi iqtisodiy nochorlik bеlgilarini erta bosqichda aniqlash, kichik biznеs korxonalarini sanatsiyalash yoki tugatish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiєishni amalga oshirish yўli bilan korxonalar bankrot bo‘lishining oldini olish va ularning to‘lovga qobilligini qo‘llab- quvvatlashdan iboratdir.
Iqtisodiy xolatiga bogliq ravishda korxonalar quyidagi guruxlarga bo‘linadi:

  • barqaror moliyaviy axvolga ega;

  • iqtisodiy tavakkalchilikga ega;

  • iqtisodiy nochor.

Iqtisodiy tavakkalchilik bеlgilari aniqlanganda korxonalar moliya- xo‘jalik faoliyatini soglomlashtirish bo‘yicha tadbirlar majmuini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari kеrak.
Iqtisodiy nochor korxonalar qonunga muvofiq bankrotlik to‘g‘risida e'lon bеrish yўli bilan majburan (ixtiyoriy ravishda) tugatilishi kеrak.
Pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar bўyicha muddati o‘tgan qarzlar qonunga muvofiq majburiy to‘lovlarni tўlash majburiyatlari va pul majburiyatlari bўyicha krеditorlarning talablarini bajarish payti kеlishi bilan bеlgilanadi (masalan, soliqlarni byudjеtga xar oyda yoki xar chorakda, xisobot davridan kеyingi muayyan sanada to‘lash muddatlari).
Qarzlar summasini bеlgilash paytida muddati ўtmagan, uzoq muddatli va qisqa muddatli krеditlar va zayomlar, ya'ni to‘lash muddati kеlmagan uzoq muddatli va qisqa muddatli krеditlar va zayomlar summalari chiqarib tashlanishi mumkin.
Muddati olti oydan oshib kеtgan qarzlar to‘grisidagi ma'lumotlar "Dеbitorlik va krеditorlik qarzlari to‘grisidagi ma'lumotnoma" dеgan 2-a- Moliyaviy xisobot shaklidan olinadi.
Iqtisodiy nochorlikni bеlgilash uchun mazkur hujjat bilan tasdiqlangan koeffitsiеntlarning mе'yoriy qiymatlari barcha kichik korxonalar uchun yagonadir.
O‘z xo‘jalik faoliyatini davom etirayottan subyektlarini va ularning kreditorlari orasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Qarzdorga (bankrotga) nisbatan xo‘jalik sudi tomonidan quyidagi choralar ko‘rilishi mumkin: sanatsiya, tugatish, tinchlik kelishuvi. Bu yerda sanatsiya deganda tarkibni qayta tuzish tartibi, mulk huquqini o‘zgarishi, qarzdorni mulk tomonidan, yoki vakolat berilgan idora, yoki boshqa shaxslar tomonidan ushbu qarzdorni va uning mehnat jamoasini saqlab qolish niyatida moliyaviy qo‘llab quvvatlash tushuniladi. Agar xo‘jalik sudi qarzdorni mulki bankrotlik ishi bo‘yicha olib boriladigan ishlar harajatiga yetmasligini aniqlasa, unda sud qarzdorni bankrot deb e’lon qiladi va bankrotlik ishini tugadi deb hisoblaydi. Agar bankrotlik tinchlik kelishuvi tuzish bilan tugasa yoki bankrotlik ishini xo‘jalik sudi to‘xtatsa, yoki qarzdorda o‘z faoliyatini davom ettirish uchun barcha shikoyatlardan so‘ng yetarli mulki qolsa unda yuridik shaxs tugatilmaydi.Tinchlik kelishuvi-bu qarzdor va kreditorlar orasidagi qarzlarni to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lib, unda qarzlarni kamaytirish yoki ularni
to‘lash muddati o‘zaytirish va boshqa tomonlarni kelishuvi bilan amalga oshiriladigan shartnomalar ko‘zda tutiladi.
Tinchlik kelishuvi tuzilgan deb quyidagi holatlarda hisoblanadi:

  1. Qarzdor qarzlarni yarmidan oz qismini to‘lashni taklif etganda unga rozi bo‘lib 2/3 dan kam bo‘lmagan majlis kreditorlari o‘rnida bo‘lgan katnashchilari ovoz bersa, agar ularning talablari 2/3 dan kam bo‘lmagan imtiyozsiz qiymat talablarni tashkil qilsa.

  2. Qarzdor qarzlarini yarmidan kam qismini to‘lashni taklif qilsa, agar bunga barcha qatnamayotgan kreditorlarning 3/4 qismi rozi bo‘lib ovoz bersa, agar ularning talablari 3/4 qismidan kam bo‘lmasa.

Download 144,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish