28
|
10
|
10
|
50
|
45
|
Ayirma
|
3
|
26
|
30
|
60
|
80
|
2
|
2
|
3-masala
Olib kelindi – 57 tup ko’chat
O’tqazildi – 30 tup Yechish: 57 – 30 = 27 tup
Qoldi - ? tup Javob: 27 tup ko’chat qoldi.
4- misol
96 = 90 + 6 44 = 40 + 4 22 = 20 + 2
66 = 60 + 6 48 = 40 + 8 88 = 80 + 8
V. Darsni yakunlash: 5-masala og’zaki bajariladi.
Berilgan sahkllarning nomlari o’quvchilardan so’raladi.
VI. Uyga vazifa: 6 -misol (134-bet)
Ona tili
Mavzu: Nazorat ishi
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish; ularning eshirib yozish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: nazorat ishi;
Darsning usuli:diktant yozdirish;
Darsning jihozi: diktantlar to’plami;
Darsning borishi
Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
Nazorat ishi o’tkazilishini e`lon qilish.
Nazorat ishi turi bilan tanishtirish.
III. Diktant yozdirish:
Diktant matni bilan tanishtirish.
Imlosi qiyin so’zlar ustida ishlash:
Kutubxonaga
Saqlaymiz
Kutubxona
Biz kutubxonaga a`zo bo’ldik. U yerda kitoblar ko’p. Juma kuni kitob olishga boramiz. Kitoblarni yaxshi saqlaymiz. Men hayvonlar, qushlar haqidagi kitobni olaman.
IV. Yozilgan diktant matni o’qib eshittiriladi, o’quvchilar o’z yozgan diktantlarini tekshirib boradilar. Tushurib qoldirilgan elementlar to’g’rilab qo’yilishiga ruhsat beriladi.
V. Daftar tekshirish uchun yig’ib olinadi.
O’qish
Mavzu: Maqollar. Topishmoqlar
Maqsad: O’quvchilarni maqol va topishmoqlar bilan tanishtirish; ularni sog’liklarini qadriga yetishga o’rgatish; topqirlik, mulohazalilik malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Rostgo’y bola” ertagini o’quvchilardan so’rash, qayta hikoyalatish.
Podshoh qanday tadbir o’tkazibdi?
Nega bitta boladan boshqa hammaning guli o’sdi?
- Nima uchun podshoh guli o’smagan bolani farzand qilib oldi?
III. Yangi mavzu bayoni: Xalq og’zaki ijodi namunalaridan bo’lgan maqol va topishmoqlar bilan tanishtirish.
Maqollar juda qadimdan beri xalq orasida foydalaniladi. Maqol odamlarga nasihat, maslahat, o’git tarzida qisqa va mazmunli gaplar orqali tarbiya berish vositasidir.
Topishmoqlar odamlarni topqirlikka, kuzatuvchanlikka, sezgirlikka o’rgatadi. Topishmoqlar insonni so’z boyligini oshiradi, fikrlashini kengaytiradi.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. Darslikda berilgan maqollar o’qiladi, mazmuni tushuntiriladi.
2. Darslikda berilgan topishmoqlar o’qiladi, javoblari topiladi. Topishmoqlarda ko’proq belgini bildiruvchi so’zlar ishtirok etishiga o’quvchilarning e`tiborlari qaratiladi.
V. Darsni yakunlash: O’quvchilar darslikdan tashqari o’rgangan maqol va topishmoqlarini aytadilar.
VI. Uyga vazifa: Maqol va topishmoqlarni yod olish.
Ona tili
Mavzu: Belgini bildirgan so’zlar (126-129-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarni belgini bildirgan so’zlarni aniqlash va ularni yozishga oid malakalarini shakllantirish; ularni mustaqil fikrli, mulohazali bo’lishlariga erishish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
Belgini bildirgan so’zlar
Shaxs yoki narsaning xususiyatini, rangini, mazasini, shaklini anglatuvchi so’zlar belgini bildirgan so’zlar deyiladi. Belgini bildirgan so’zlar qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi.
III. Darslik bilan ishlash:
126-mashq. Berilgan namuna asosida mashq sharti bajariladi. Belgini bildirgan so’zlar so’roqlar yordamida aniqlanadi, tagiga to’lqinli chiziq chiziladi.
Oq gulim, oppoq gulim,
Ushlab ko’rsam yumshoq gulim.
127-mashq. Matn o’qiladi, undan foydalanib so’z birikmalari hosil qilinib yoziladi.
Katta bog’; oq, pushti rang; shirin va mazali; mevali dataxtlar.
128-mashq
Polizda shirin qovunlar pishdi.
Men qiziqarli ertak o’qidim.
Bozordan qizil olma sotib oldik.
IV. Darsni yakunlash:o’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa: 129-mashq.
Matematika
Mavzu: 1-6-misol va masalalar ( 135-bet)
Maqsad: o’quvchilarni mavzuga doir bilimlarini shakllantirish; ularga turli kasb-hunarlar haqida qo’shimcha ma`lumotlar berish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:
Yig’indi ko’rinishida yozing:
75, 64, 98, 30;
III. Yangi mavzu bayoni:
1-6-misol va masalalarni yechish
1-misol yordamida yaxli sonlar ustida amallar bajarish haqidagi bilmlarini shakllantiriladi.
IV. Darslik bilan ishlash:
2-misol
Berilgan sonlar yig’indi ko’rinishida yoziladi.
3-misol (og’zaki).
51 – 5 o’nlik va 1 ta birlik; 49 – 4 ta o’nlik va 9 ta birlik; 32 – 3 ta o’nlik va 2 ta birlik; 41 – 4 ta o’nlik va 1 ta birlik; 53 – 5 ta o’nlik va 3 ta birlik;
5-masala
Bor edi – 47 m gazlam Yechish: 1) 47 – 17 = 30 m
Qirqib olindi – 17m va 10m 2) 30 – 10 = 20 m
Qoldi - ? m gazlama Javob: 20 metr gazlama qoldi.
5-misol (og’zaki). Jadvaldagi javobi bir xil misollar topiladi.
V. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 6 -misol (135-bet)
O’qish
Mavzu: Laylak keldi – yoz bo’ldi (qo’shiq)
Maqsad: O’quvchilarni “Laylak keldi – yoz bo’ldi” qo’shig’i bilan tanishtirish; ularga xalq og’zaki ijodi namunalaridan tanishtirish, ularni tushunishga, o’rganishga qiziqishlari oshishiga erishish; yod olish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: Maqol va topishmoqlarni o’quvchilardan yod so’rash. Darslikdan tashqari topishmoqlarni topish yuzasidan o’yin tashkil etish.
Yangi mavzu bayoni: Laylak keldi – yoz bo’ldi (qo’shiq)
“Laylak keldi – yoz bo’ldi” qo’shig’I bolalarning o’yin qoshiqlaridan biri. Bolalar yoz fasli arafasida o’z o’yinlari vaqtida shunday qo’shiqlarni kuylashgan.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. Laylak keldi – yoz bo’ldi qo’shig’I matnini o’qib eshittirish.
2. Mazmunini tushuntirish:
Qo’shiqda laylaklarning kelishi haqiqiy yozning boshlanishidan darak berishiga ishora qilinadi. Bilamiz-ki laylaklar issiqsevar qushlardan biri. Ular kunlar ancha yuqori darajada bolganida yutimizga kelishadi. Qushlarning sezgisi kuchliligini bilgan odamlar laylak kelgandan so’ng kun issiq bo’lishiga ishonib hotirjam bo’lishgan. Bu qo’shiqda laylak ilonlarning dushmani ekanligi, ilonlar uni ko’rib qochishini, ilonlarning po’st tashlash jarayoni tasvirlab kuylangan.
V. Darsni yakunlash:
O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: “Laylak keldi – yoz bo’ldi” qo’shig’ini yod olish.
Matematika
Mavzu: 1-6-misol va masalalar ( 136-bet)
Maqsad: o’quvchilarni mavzuga doir bilimlarini shakllantirish; ularda qushlarga nisbatan mehr-shafqatni o’qtirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:
6 dan o’n hosil qilish uchun unga nechani qo’shish kerak?
9 bilan-chi?
3 bilan-chi?
III. Yangi mavzu bayoni:
1-6-misol va masalalarni yechish
Nol bilan tugaydigan sonlar qatnashgan misollarni yechish malakasini mustahkamlash.
IV. Darslik bilan ishlash:
1-misol orqali mavzu mustahkamlanadi.
2-masala
Yasashdi – 28 ta uycha
Ilib qo’yishdi – 8 ta Yechish: 28 – 8 = 20
Yana ilish kerak- ? ta uycha Javob: yana 20 ta uychani ilish kerak.
3- misol
Misollar musobaqa tarzida bajariladi.
V. Darsni yakunlash: 4-masala og’zaki bajariladi.
Yechish: 26 + 32 = 58 tup
Javob: hammasi 58 tup ko’chat bo’ldi.
VI. Uyga vazifa: 6 -misol (136-bet)
O’qish
Mavzu: Latifalar. Bo’lim yuzasidan takrorlash.
Maqsad: O’quvchilarni xalq og’zaki ijodi namunalaridan biri- latifa janri bilan tanishtirish; ularni hozirjavoblikka, ziyraklikka o’rgatish; tushunib, ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Laylak keldi – yoz bo’ldi” qo’shoig’ini o’quvchilardan yod so’rash.
III. Yangi mavzu bayoni: Latifalar bilan tanishtirish.
Latifalat xalq og’zaki ijodi namunalaridan biridir. Odamlar amaldor, davlat arboblarining yomon odatlarini latifalar orqali kulgiga olib, tanqid qilganlar. Odatda latifaning bosh timsoli – Afandi o’zining topqirligi, hozirjavobligi bilan jamiyatdagi yomon odamlarni kulgiga olgan. Shuningdek latifalarda odamlar suhbatida uchrab turadigan kulgili syhbatlar ham aks ettirilgan.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. Darslikda berilgan latifa namunalarini o’qish.
2. Mazmunini tushuntirish:
Latifada yosh Afandini aqli yetmaydi deb o’ylab uning nonini yeb olish maqsadida bo’lgan kishi Afandining hozirjavobligidan o’zi noqulay ahvolda qoladi. Kattalar bilan suhbatlashganda ularni hurmatlashni unutmagan holda aql bilan javob qilish lozimligi latifada namoyon etilgan.
V. Darsni yakunlash:
“Xaql o’giti – baxt kaliti” bo’limi yuzasida takrorlash o’tkazish. Berilgan bosh qotirma va rebuslarni o’quvchilar bilan birga bajarish.
VI. Uyga vazifa: Darslikda berilmagan latifalardan namunalar to’plab kelish.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (130-132-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarni harakatni bildirgan so’zlarni aniqlash va ularni yozishga oid malakalarini mustahkamlash; ularni rostgo’y, odobli bo’lishga o’rgatish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
Belgini bildirgan so’zlar mavzusini mustahkamlash uchun mashqlar bajarish.
O’tgan darsda tanishtirilgan qoidani o’quvchilardan so’rash.
Ta`limiy o’yinini o’tkazish. O’quvchilarga shaxs va narsani bildirgan so’zlar va belgini bildirgan so’zlar aralash aytiladi. Belgini bildirgan so’zlar aytilganda o’quvchilar o’rinlaridan turadilar, boshqa so’zlarda o’tiradilar. Xato qilgan o’quvchi o’yindan chiqariladi. Oxirgi qolgan o’quvchi g’olib bo’ladi va rag’batlantiriladi.
III. Darslik bilan ishlash:
130-mashq.
Belgini bildiruvchi so’zlarning ma`no turlari o’quvchilarga tushuntiriladi. Ular ishtirokida namunadagidek so’z birikmalari tuziladi va yozdiriladi.
131-mashq. Chiziqchalar o’rniga mashq ostida berilgan so’zlardan mosini qo’yib gap tuziladi, belgini bildirgan so’zlar tagiga to’lqinli chiziq chiziladi.
1. Odobli bola elga manzur.
2. Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi.
3. Yolg’on so’zni so’zlama.
4. Yolg’onchining rost gapi ham yolg’on.
IV. Darsni yakunlash: o’tilganlarni mustahkamlash, o’quvchilarni baholash.
V. Uyga vazifa: 32-mashq. Mashqda berilgan topishmoq ko’chirib yoziladi. So’roqlar yordamida belgini bildirgan so’zlar aniqlanib, tagiga to’lqinli chiziq chiziq chiziladi.
Matematika
Mavzu: 1-6-misol va masalalar ( 137-bet)
Maqsad: o’quvchilarni mavzuga doir bilimlarini shakllantirish; ularga jamoat joylarida o’zini tutish qoidalarini o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash: Mustaqil ish
15 + 5; 20 – 5;
34 + 6; 40 – 6;
79 + 1; 80 – 1;
III. Yangi mavzu bayoni: 1-6-misol va masalalarni yechish
1-misol asosida 50– 27 ko’rinishidagi misollarni yechish usuli tushuntiriladi.
IV. Darslik bilan ishlash:
2-misol.
Sonlar zanjiridagi tushirib qoldirilgan sonlar o’quvchilar tomonidan aytiladi.
3-masala.
Bor edi – 30 ta vertolyot
Uchib ketdi – 13 ta vertolyot Yechish: 30 – 13 = 17 ta
Qoldi - ? ta vertolyot Javob: 17 ta vertolyot qoldi.
4- misol
Berilgan jadvaldagi javobi bir xil misollar topiladi:
69 – 2 va 60 + 7; 70 + 2 va 78 – 6; 57 + 3 va 80 – 20; 52 – 2 va 49 + 1;
5 – masala
60 – 24 ifodasi piyozning massasini aniqlaydi. 60 + (60 - 24) ifodasi jami sabzavotning massasini aniqlaydi.
V. Uyga vazifa: 6 -misol (137-bet)
O’qish
Mavzu: Nazorat ishi
Maqsad: O’quvchilarning ifodali va ravon o’qish malakalarini nazoratdan o’tkazish; ularni kutobsevar bo’lishlariga erishish; tushunib, ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: nazorat darsi;
Darsning usuli: mustaqil o’qish;
Darsning jihozi: turli badiiy kitoblar.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Nazorat darsi o’tkazilishini e`lon qilish.
Notanish matn orqali o’quvchilarning o’qish tezligini aniqlash. O’zlari o’qigan matnning mazmunini qanchalik eslab qolganligini tekshirish.
III. Nazorat o’tkazishda tekshirlishi lozim bo’lgan BKM elementlari nomi va soni:
1. So’zlarni to’g’ri va to’liq o’qish.
2. Gap oxirida ohangni pastlatish.
3. Tushunib o’qish.
4. Ifodali o’qish.
5 1 daqiqada minimum ta so’z o’qiy olish.
IV. Darsni yakunlash: o’quvchilarni BKM elementlari talablari bo’yicha baholash.
V. Uyga vazifa: mustaqil ravishda ixtiyoriy asar o’qib kelish.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (133-136-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarni belgini bildirgan so’zlarni aniqlash va ularni yozishga oid malakalarini rivojlantirish; ularning o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
Belgini bildirgan so’zlar mavzusini mustahkamlash uchun mashqlar bajarish.
O’tgan darsda tanishtirilgan qoidani o’quvchilardan so’rash.
III. Darslik bilan ishlash:
133-mashq. Mashq rasm asosida bajariladi. Rasmda tasvirlangan manzara asosida kichik hikoyacha tuziladi. Unda nomni, belgini, harakatni bildirgan so’zlardan foydalaniladi. Bolalarga ism qo’yiladi.
Darslikda berilgan savollarga javoblar yoziladi. Belgini bildirgan so’zlar tagiga tegishlicha chiziladi.
134-mashq. Har bir ustunchadagi so’zlardan gap tuziladi.
Issiq kunlar boshlandi. Maysalar ko’m-ko’k ko’kardi. Sariq qoqigullar ochildi.
Belgini bildirgan so’zlar aniqlanib, ularning tagiga to’lqinli chiziq chiziladi.
135-mashq. Berilgan so’zlar ichidan belgini bidirgan so’zlar aniqlanadi va ulardan so’z birikmalari tuziladi.
IV. Darsni yakunlash: Darslikda berilgan savollraga o’quvchilardan og’zaki javob olish.
V. Uyga vazifa: 136-mashq. Mashq rasmlar yordamida bajariladi..
Musiqa
Mavzu: “Bug’doy” qo’shig’i.
Maqsad: “Bug’doy” qo’shig’ini o’rgatish, nota haqidagi ma`lumotlarni mustahkamlash; kuyni eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: tanishtirish, kuylatish.
Darsning borishi.
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. 1. “Bug’doy” qo’shig’ining matnini o’quvchilardan yod so’rash.
Bug’doy
R. Tolib she`ri
N. Norxo’jayev musiqasi
Ekkan edim,
Ko’kat bo’ldi, don bo’ldi.
Pishgandan so’ng
Oppoqini non bo’ldi.
Elim boy, elim boy,
Nimaga boy?
Elim boy, elim boy,
Ekar bug’doy.
Qo’shiqni kuyga solish.
Qo’shiqni to’laligicha eshittiriladi. So’ng uning har bir to’rtligini alohida-alohida kuylatib o’quvchilarga o’rgatiladi.
III. Darsni yakunlash:
O’quvchilarga “Bug’doy” qo’shig’ini to’la kuylatish.
IV. Uyga vazifa: “Bug’doy” qo’shig’ini mustahkamlash.
Matematika
Mavzu: 7-12-misol va masalalar ( 138-bet)
Maqsad: o’quvchilarnning ikki xonali sonlar ustida amallar bajarish doir bilmlarini mustahkamlash; ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni:
7-12-misol va masalalarni yechish
III. Darslik bilan ishlash:
7- masala
Bor edi – 90 qop un Yechish: 1) 30 + 32 = 62
Sotildi – 30 qop va 32 qop 2) 90 – 62 = 28 qop
Qoldi - ? qop un Javob: 28 qop un qolgan.
8-misol. Kataklarga kerakli son qo’yiladi.
4 0 + 56 50 + 46
7 0 + 26 96 60 + 36
90 + 6 60 + 36
9-masala.
Bor edi – 39 kg meva Yechish: 1) 20 + 9 = 29
Ishlatildi – 20 kg va 9 kg 2) 39 – 29 = 10 kg
Qoldi - ? kg meva javob: 10 kg meva ortib qoldi.
10-misol.
69 + 21 = 90 27 + 20 = 47 66 + 2 6 = 92 50 + 36 = 86
57 + 43 = 100 38 – 29 = 9 72 – 32 = 40 96 – 46 = 50
V. Darsni yakunlash: 11- masala og’zaki bajariladi. O’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa: 12 -misol (138-bet)
Atrofimizdagi olam
Mavzu: Biz va tabiat. Jonli burchak.
Atrof-muhitni muhofaza qilish (Salomatlik darslari).
Maqsad: o’quvchilarni mavzu bilan tanishtirish, ularni tabiatni sevishga, asrashga o’rgatish; og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash:
O’tgan mavzu bo’yicha suhbat tashkil etish.
Maktabimizda qanday bog’lar tashkil etilgan ekan?
U yerda qanday o’simliklarni ko’rdingiz?
Siz maktab bog’ining parvarishiga qanday hissa qo’shdingiz?
III. Yangi mavzu bayoni:
Biz va tabiat
Bizni o’rab turgan jami-ki narsalar tabiatni tashkil etadi. Havo, yer, suv, o’simliklar, hayvonlar, qushlar, daraxtlar, tog’, tosh, tuproq hamma-hamma narsalar, ular bilan bir qatorda insonlar ham tabiatning bir bo’lagidir. Tabiatdagi hamma narsa bir-biriga chanbarchas bog’langan. Ularning birortasi dunyo yuzidan butunlay yo’qolsa yoki o’ta ko’payib ketsa, tabiatda juda katta talofatlar ro’y berishi mumkin. Shuning uchun insoniyat tabiatdan oqilona foydalanishi, tabiat in`omlarini isrof qilmasligi, ularni o’rninini qoplash choralarini ko’rib borishi zarur.
Biz ham bolalik davrimizdanoq tabiatni asrashga, unga e`tiborli bo’lishga majburmiz. Tevarak-atrofdagi tabiatning jonli va jonsiz bo’laklaridan oqilona foydalanishni odat qilishimiz kerak. Maktab davrida sinf xonasida “Jonli burchak” tashkil etish ham tabiatni yaqindan bilishga yordam beradi. Jonli burchakda kichik uychalarda yashay oladigan tipratikon, quyon, toshbaqa singari hayvonlar parvarish qilinadi. Ular uchun maxsus uyalar yasalib, o’quvchilar navbat bilan parvarish qiladilar.
IV. Darsni yakunlash: Atrof-muhitni muhofaza qilish mavzusida suhbat tashkil etish.
Atrof-muhitni muhofaza qilish har bir insonning burchidir. Bu haqida Konstitutsiyamizning 50 - moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar” deb belgilab qo’yilgan.
V. Uyga vazifa: “Jonli burchak” da parvarish qilish mumkin bo’lgan hayvonlarni qanday parvarish qilish kerakligi haqida ma`lumot olib kelish.
Mehnat
Mavzu: Xona gullarini parvarish qilish
Maqsad: o’quvchilarga xona gullarihaqida ma`lumot berish; ularni xona gullarini o’zlari parvarish qilishlarida odatlantirish; o’quvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning jihozi: xona gullari.
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash, dars uchun zarur ko’rgazmalarni shaylash;
II. Yangi mavzu bayoni:
Xona gullarini parvarish qilish
1.O’quvchilarning e`riborlari xona gullariga qaratiladi. Ularning nima uchun xonada parvarish qilinishi, ularning insonlar hayotidagi ahamiyati haqida suhbat tashkil etiladi.
Matematika
Mavzu: 100 sonini hosil qilish ( 139-bet)
Maqsad: o’quvchilarni 100 soni bilan tanishtirish; ularni turli to’garaklarga qatnashishga da`vat qilish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni:
100 sonini hosil qilish
Ikki xonali sonlarning eng kattasi 99 ekani bizlarga ma`lum. 99 bu 9 ta o’nlik va 9 ta birlikdan iboratdir. 99 ga 1 sonini qo’shsak birliklar xonasidagi 9 ham o’nlikka aylanib, 10 ta o’nlikdan iborat son hosil bo’ladi. 10 ta o’nlik 100 soni demakdir.
IV. Darslik bilan ishlash:
1-misol
54 + 46 = 100 54 + 46 = 100
50 + 40 = 90 54 + 40 = 90
4 + 6 = 10 94 + 6 = 100
90 + 10 = 100 54 + 46 = 100
54 + 46 = 100
2 -masala
Musiqa to’garagiga – 34 nafar - ? ta o’quvchi
Tasviriy san`at to’garagiga – ?, 16 ta ortiq
Yechish: 1) 34 + 16 = 50 ta
2) 34 + 50 = 84 ta
Javob: Ikkala to’garakka 84 nafar o’quvchi qatnashyapti.
3-misol.
Qo’shiluvchi
|
90
|
80
|
70
|
74
|
40
|
50
|
60
|
20
|
Qo’shiluvchi
|
10
|
20
|
30
|
26
|
60
|
50
|
40
|
80
|
Yig’indi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |