Mavzu: Ko’pburchaklar



Download 1,59 Mb.
bet2/9
Sana06.07.2022
Hajmi1,59 Mb.
#745703
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Matematika

O’quvchilar so’zlarni o’qiydilar, ularning ma`nolarini aytadilar.
V. Darsni yakunlash:
Tovushlar haqida olingan bilimlarni mustahkamlash.

  1. Uyga vazifa: 2-mashq.

O’qish
Mavzu: Vatan bu...
Maqsad: O’quvchilarni Po’lat Mo’minniong “Vatan bu...” she`ri bilan tanishtirish; ularni Vatanimizni sevishga, ardoqlashga o’rgatish, ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat
Darsning borishi:

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Ularni O’qish darsligi bilan tanishtirish.

  2. Yangi mavzu bayoni:

Po’lat Mo’minning “Vatan bu ...” she`ri bilan o’quvchilarni tanishtirish.

  1. She`rni o’quvchilarga ifodali o’qib berish.

  2. She`r mazmunini tushuntirish.

  1. Mustahkamlash:

- Vatan deganda nimani tushunasiz? degan savolga o’quvchilardan javob olinadi. Ularning javoblari to’ldiriladi.
She`rda Vatanni insonning eng muhim a`zosi – yurakka o’xshatilmoqda. Chunki inson yuraksiz yashay olaganidek, xalqning vatani bo’lmasligi mumkin emas. Vatan – bu insonning tug’ilib o’sgan makoni, yaqin qarindoshlari, aziz insonlaridir.
IV. She`rni o’quvchilarga o’qitish: she`rning har bir misrasi bittadan o’quvchiga o’qitiladi.
V. Maqol ustida ishlash:
Darslikdsa berilgan maqolni o’qitish, mazmunini tushuntirish.
VI. Uyga vazifa: “Vatan bu ...” she`rini yod olish.

Matematika


Mavzu: Santimetr
Maqsad: o’quvchilarni santimetr uzunlik o’lchov birligi bilan tanishtirish; ularni ziyrak, kuzatuvchan qilib tarbiyalash; hisoblash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvhi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: chizg’ich, turli o’lchamdagi tasmalar;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:

  • 2 va 5 ning yig’indisi nimaga teng?

  • Litr qanday o’lchov birligi?

  • Besh burchakni qanday ko’pburchaklarga ajratish mumkin?

III. Yangi mavzu bayoni:
Santimetr
1-misol yordamida o’quvchilarga yangi mavzu tushuntiriladi.
Santirmetr butun dunyida qabul qilingan uzunlik o’lchov birligidir. Kichik hajmli narsa-buyumlar santimetrda o’lchanadi. Tasvirlanayotgan rasm santimetrlarda aniq o’lchanmasa, uning shakli va ko’rinishiga zarar yetkazishi mumkin.
Santimetr matematik ifodalar bajarishda sm tarzida qisqartirib yoziladi. Biz foydalanadigan daftarimizning ikki katagi 1 sm ga teng.
IV. Darslik bilan ishlash:
2-misol
1- kesmaning uzunligi- 7 sm, 2- kesmaning uzunligi- 9 sm.
3-misol. Kataklardan foydalanib tasmalar o’lchanadi, chizg’ich yordamida tekshiriladi.
4-misol
6 + 4 = 10 sm kesma chiziladi.
IV. Uyga vazifa: 5-misol (85-bet)
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish
Maqsad: o’quvchilarni tovush va harflar mavzusini mustahkam egallashlariga erishish; sinfdagi do’stona munosabatni mustahkamlash; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish;
II. Mustahkamlash:

  • O’zbek tilida nechta tovush bor?

  • Unli tovushlar qanday paydo bo’ladi?

  • Undosh tovushlar qanday paydo bo’ladi?

III. Yangi mavzu bayoni:
Mashqlar bajarish
Tovushlar harf bilan ifodalanadi.
Harflarni yozamiz, ko’ramiz va o’qiymiz. O’zbek yozuvida 29 ta harf bor.
IV. Darslik bilan ishlash:
3-mashq. Darslikda berilgan rasm kuzatiladi, savollarga rasm asosida javob topiladi va yoziladi.
1. Bolalar qorbo’ron o’ynayapti.
2. Gulnora chanada uchyapti.
3. Do’stlar qorbobo yasayaptilar.
V. Darsni yakunlash:
Harflar haqida olingan bilimlarni mustahkamlash.

  1. Uyga vazifa: 4-mashq.

O’qish
Mavzu: Buyuklar vatani
Maqsad: O’quvchilarni yurtimizning buyuk siymolari haqidagi bilimlarini o’stirish; ularni Vatanimizni sevishga, ardoqlashga o’rgatish; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat
Darsning borishi:

    1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.

    2. O’tkan mavzuni mustahkamlash: Po’lat Mo’minning “Vatan bu ...” she`rini o’quvchilardan yod so’rash.

III. Yangi mavzu bayoni:
Qutlibeka Rahimboyevaning “Buyuklar vatani” matnini o’qish.

  1. Matnni o’quvchilarga o’qib berish.

  2. Asar mazmunini tushuntirish.

  3. Unda sanab o’tilgan buyuk bobokalonlarimizning vatan uchun qilgan xizmatlarini hozirga qadar qadrlanishi haqida tushuncha berish.

  1. Mustahkamlash:

Matnni o’quvchilarga o’qitish. Ularni tushunib o’qishga odatlantirish.
V. Maqol ustida ishlash:
Darslikdsa berilgan maqolni o’qitish, mazmunini tushuntirish.
Ona yurting – oltin beshiging.
Insonning o’z tug’ilib o’sgan yurti – beshik kabi hotirjamlik, farog’at bilan yashash, oltin kabi boylikda, bekam-u ko’st yasash imkonini berishi maqol mazmunini tashkil etadi.
VI. Uyga vazifa: “Buyuklar vatani” matnini o’qish .
Matematika
Mavzu: Misol va masalalar yechish
Maqsad: o’quvchilarni santimetr uzunlik o’lchov birligiga oid bilimlarini mustahkamlash; sinfdagi do’stona munosabatni o’stirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: chizg’ich, turli o’lchamdagi tasmalar, ko’pburchaklar, raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:

  • Santimetr qanday o’lchov birligi?

  • Santimetr qasqartirilganda qanday yoziladi?

  • 8 va 4 ning ayirmasi nimaga teng?

  • Qanday sonlar juft sonlar deyiladi?

  • Toq sonlarga misollar keltiring.

  • Noma`lum qo’shiluvchi (ayriluvchi)ni qanday topamiz?

III. Yangi mavzu bayoni: Misol va masalalar yechish
IV. Darslik bilan ishlash:
6 va 7 misollar og’zaki bajariladi.
8-masala
Bor edi – 10 ta yong’oq Yechish: 10 – 6 = 4 ta
Berdi – 6 ta yong’oq Javob: Dilshodda 4 ta yong’oq qoldi.
Qoldi - ? ta yong’oq
9-misol.
8 = 5 + 3 9 = 5 + 4 7 = 4 + 3
10-misol. Darslikda ko’rsatilgan kataklardan foydalanib chizmalar daftarga chiziladi.
V. Uyga vazifa: 11-misol (86-bet)
Darsda foydalanish uchun qo’shimcha materiallar.
Matematik diktant:
3 kg, 5 l, 6 sm;
Ta`limiy o’yinlar:
“Sonni top” o’yini. O’yinda bir nechta o’quvchi doskaga chaqirilib, qo’llariga ma`lum tartibda sonlar beriladi. Sonlarning ba`zilari ko’rsatilmagan holda ushlanadi. Qolgan o’quvchilar ana shu “yashiringan” sonni topadilar.
1 4 5

4 1

7 5 4 1

Dam olish daqiqasi uchun mashg’ulot:


O’quvchilar o’qituvchi yordamida geometrik shakllardan manzara yasaydilar. Manzaraga mos gap tuzadilar.
9-misolni bajarishda “Sherigingni top” o’yinidan foydalaniladi. Buning uchun tagishli sonni hosil qilish uchun berilgan songa qo’shilishi kerak bo’lgan son kartochkalar orqali ko’rsatiladi.

Ona tili


Mavzu: Mashqlar bajarish
Maqsad: o’quvchilarni tovush va harflar mavzusini mustahkam egallashlariga erishish; tabiatimizning naqadar hilma-xilligini anglashlariga erishish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish;
II. Mustahkamlash:

  • O’zbek yozuvida nechta harf bor?

  • Ular nechta tovushni anglatadi?

  • Qaysi harf ikkita tovushni anglatadi?

III. Yangi mavzu bayoni:
Mashqlar bajarish
IV. Darslik bilan ishlash:
5-mashq. Darslikda berilgan so’zlarning bitta tovushini o’zgartirib, yangi so’z hosil qilinadi va yoziladi.
Qovun – sovun, ikki – ukki, mart – mard, so’qmoq – to’qmoq, savlat – davlat.
So’zlarning ma`nolari sharhlanadi.
6-mashq.
“Qovunlar” she`ri o’qiladi, mazmuni tushuntiriladi. She`rda keltirilgan qovunlarning nomlari ajratib olinib, daftarga yoziladi.
Ananas, oqurug’, bo’rikalla, asati, ko’kturna.
V. Darsni yakunlash:
Tovush va harf haqida olingan bilimlarni mustahkamlash.
VI. Uyga vazifa: 7-mashq.
O’qish
Mavzu: O’zbekiston askarlari
Maqsad: O’quvchilarni Odil Abdurahmonning “O’zbekiston askarlari” she`ri bilan tanishtirish; ularni vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.

    1. O’tgan mavzuni mustahkamlash: Qutlibeka Rahimboyevaning “Buyuklar vatani” matnini o’quvchilardan so’rash.

III. Yangi mavzu bayoni:
Odil Abdurahmonning “O’zbekiston askarlari” she`ri bilan tanishtirish

  1. She`rni ifodali o’qib berish.

  2. She`r mazmunini tushuntirish.

IV. Lug’at ishi:
Posbon – himoya qiluvchi, qo’riqlovchi
Mash`al – yorituvchi olov
General, marshal – harbiy unvonlar

  1. Mustahkamlash:

O’quvchilar bilan mavzuga mos savol–javob o’tkazish:
- 14-yanvar qanday kun?
- Nima uchun har bir davlatning o’z armiyasi bo’lishi kerak?
- Haqiqiy askar bo’lish uchun bolalaikda qanday bo’lish kerak?
VI. Maqol ustida ishlash:
Darslikdsa berilgan maqolni o’qitish, mazmunini tushuntirish.
Ona yurting omon bo’lsa,
Rangi ro’ying somon bo’lmas.
VII. Uyga vazifa: Odil Abdurahmonning “O’zbekiston askarlari” she`rini ifodali o’qish.
Matematika
Mavzu: Kesmalarning uzunligini o’lchash va taqqoslash
Maqsad: o’quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtirish; ularni ozodalikka, tartiblilikka o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: chizg’ich, turli o’lchamdagi tasmalar, ko’pburchaklar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:

  • Santimetr qanday asbob bilan o’lchanadi?

  • Noto’g’ri jumlani toping:

7kg olma, 8 litr sut, 6 sm sharbat;
III. Yangi mavzu bayoni: Kesmalarning uzunligini o’lchash va taqqoslash
IV. Darslik bilan ishlash:
1-misol
2-misol.(og’zaki)
Birinchi shaklda 5 ta kesma bor. Ikkinchi shaklda 4 ta kesma bor.
3-misol. Sinfxonasidagi parta va xat taxtasigacha bo’lgan masofa amalda o’lchanadi.
4-misol.
8 - 4 = 4 4 + 5 = 9 9- 2 = 7
7 + 2 = 9 9 – 3 = 6 6 + 3 = 9
5-misol
Darslikda berilgan shakllarning tomonlarini o’quvchilar chizg’ich yordamida o’lchaydilar.
V. Mustahkamlash: Taqqoslang: 5 sm va 2 sm; 4 sm va 1 sm; 8 sm va 10 sm; 7 sm va 9 sm
VI. Uyga vazifa: 6-misol (87-bet)
Ona tili
Mavzu: Unli tovushlar va harflar
Maqsad: o’quvchilarni tovush va harflar mavzusini mustahkam egallashlariga erishish; Vatanimiz shaharlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • O’zbek yozuvida nechta harf bor?

  • Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi?

  • Nimani talaffuz qilamiz va eshitamiz?

III. Yangi mavzu bayoni:
Unli tovushlar va harflar
O’zbek tilidagi 30 ta tovushning 6 tasi unli tovushlardir, bular: a, o, u, i, e, o’ tovushlari. Unli tovushlar talaffuz qilinganda cho’ziladi, to’siqqa uchramaydi. Unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi
IV. Darslik bilan ishlash:
8-mashq. Darslikda berilgan she`rning dastlabki ikki qatori kochirib yoziladi, unlilarning tagiga chiziladi.
Poytaxt shahar, bosh shahar,
Qadim tuproq, Shosh shahar...
9-mashq. So’z tuzish.
Kuz, kun, tuz;
V. Darsni yakunlash:
Unli tovushlar va harflar haqida olingan bilimlarni mustahkamlash.
VI. Uyga vazifa: 10-mashq.
O’qish
Mavzu: Ota rozi – Vatan rozi
Maqsad: O’quvchilarni Eson Rahimovnning “Ota rozi – Vatan rozi” she`ri bilan tanishtirish; ularni vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish; yod olish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: Odil Abdurahmonning “O’zbekiston askarlari” she`rini o’quvchilarga ifodali o’qitish;
III. Yangi mavzu bayoni:
Eson Rahimovnning “Ota rozi – Vatan rozi” she`ri bilan tanishtirish.

  1. She`rni ifodali o’qib berish.

  2. She`r mazmunini tushuntirish.

IV. Lug’at ishi:
Jon fidosi – jonini ham ayamaydi
Ko’z ziyosi – ko’zining nuri.

  1. Mustahkamlash:

O’quvchilardan darslikda berilgan savolga javob javob olish:
Kimlar yaxshi farzand deyiladi?
VI. Darsni yakulash:
O’tgan darsda o’rganilgan tez aytishni musobaqa tarzida ayttirish.
Bahodir bayroqni Botirga berdimi,
Botir Bahodirga bayroqni berdimi?
VII. Uyga vazifa: Eson Rahimovnning “Ota rozi – Vatan rozi” she`rini yod olish.

Matematika


Mavzu: Misol va masalalar yechish
Maqsad: o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: chizg’ich, turli o’lchamdagi tasmalar, ko’pburchaklar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:
Taqqoslang:
7 va 4 5 sm va 9sm
0 va 1 6 kg va 2 kg
III. Yangi mavzu bayoni: Misol va masalalar yechish (7-12- misol va masalalar)
IV. Darslik bilan ishlash:
7-misol

8-misol
9-misol.


10-misol.

11-misol
.


V. Mustahkamlash: Taqqoslang: 5 sm va 2 sm; 4 sm va 1 sm; 8 sm va 10 sm; 7 sm va 9 sm
VI. Uyga vazifa: 12-misol (88-bet)

Mehnat
Mavzu: Mehnatning mahsuli-mahsulot va uning turlari (Iqtisod va soliq alifbosi)


Maqsad: o’quvchilarning mavzuga oid bilimlarini mustahkamlash, ularning iqtisodiy bilimlarini rivojlantirish, mahsulotning tayyorlanish jarayoni, xom-ashyolar haqida tushuncha berish; o’quvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: tayyor mahsulot va unga ketadigan xom-ashyolar;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash;

  2. Yangi mavzu bayoni:

Mehnatning mahsuli - mahsulot va uning turlari
Atrofimizdagi barcha narsalar mehnat bilan bunyodga keladi. Biz o’tirgan stol-stul, dars paytida ishlatilayotgan qalam, daftar, chizg’ich, o’chirg’ich, bilim olayotgan maktabimiz, yashayotgan uyimiz, kiygan kiyimimiz – barcha –barchasi ota-onamizdan tortib quruvchi, tikuvchi, duradgor, temirchi, xullas ko’plab ishchi-yu xizmatchilarning mehnati bilan yaralgan.
Biz ertalablari ishtaha bilan yeydigan bir to’rg’am issiq non bizning dasturxonimizga kelguniga qadar unga bir necha o’nlab odam mehnat qiladi. Dehqon mehnat qilib, bug’doy hosilini yig’ib oladi, bu uning mehnat mahsuli. Tegirmonchi bug’doyni yanchib un qiladi, bu tegirmonchining mehnat mahsuli. Non novvoyning, tandir tandirchining mehnat mahsuli. Inson o’z mehnati mahsuli evaziga daromad qiladi, tirikchilik o’tkazadi. Qilgan mehnatingiz sifatli bo’lsa daromadingiz ko’p bo’ladi, aksincha sifatsiz bo’lsa daromad ham kamayadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ham, kiyim-kechaklar ham, uy-jihoz buyumlari ham ma`lum kasb egalarining mehnat mahsulidir. Demak mahsulotlar oziq-ovqar va nooziq-ovqat bo’lishi mumkin ekan.

  1. Darsni yakulash: mavzu bo’yicha o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish.

  2. Uyga vazifa: mavzuni mustahkamlash.

Mehnat
Mavzu: Mozaika orqali multfilm qahramonlarini yasash.
Maqsad: o’quvchilarning qo’l harakatlarini rivojlantirish, ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: amaliy mashg’ulot;
Darsning jihozi: multfilm qahramonlari tasvirlangan rasm, turli rangli qog’oz bo’laklari;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash, dars uchun zarur mehnat qurollarini shaylash;

  2. Yangi mavzu bayoni:

O’quvchilarga mozaika usulida multqahramon tasvirini yasashni o’rgatish.
1. Elim, qaychi kabi mehnat qurollari bilan ishlash qoidalarini eslatib o’tiladi.
2. Datslab o’quvchilar o’zlariga yoqqan mult qahramonning rangsiz tasviri tushirilgan kartonlarni oladilar. Ularning tana qismlari, kiyimlari qanday rangda bo’lishini tasavvur qilib, shu ranglardagi qog’ozlardan mayda bo’lakchalar tayyorlab oladilar. Tayyor bo’lakchalarni rasmdagi chiziqlar bo’ylab yopishtirib chiqadilar.
III. Darsni yakunlash.
Multfilm qahramonlarining hususiyatlari, ularni nima uchun yoqtirishlari haqida o’quvchilar bilan suhbat tashkil etiladi.
IV. Uyga vazifa: ishni tugallamagan o’quvchilarga uyda tugallash topshiriladi.
Atrofimizdagi olam
Mavzu: Biz foydalanadigan jihozlar
Ehtiyoj va imkoniyatlar (Iqtisod va soliq alifbosi)
Maqsad: o’quvchilarga inson uchun xizmat qiladigan jihozlarni hayotimizdagi o’rni haqida ma`lumot berish; ularni tejamkorlika o’rgatish; og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.

  2. O’tgan mavzuni mustahkamlash:

O’tgan chorakda o’tilgan mavzular bo’yicha umumiy suhbat tashkil etish.

  • 1-sentabr qanday kun?

  • Gigiyena deganda nimani tushunasiz?

  • Qanday hasharotlar foydali, qandaylari zararli?

  • Yovvoyi hayvonlar qanday hayot kechiradilar?

  • Yangi yil hisobi qachondan boshlanadi?

  1. Yangi mavzu bayoni:

Biz foydalanadigan jihozlar
O’quvchilarning diqqati darslikdagi rasmga qaratiladi. Unda tasvirlangan har bir jihoz haqida alohida suhbat o’tkaziladi. Ular insonga nima uchun kerakligi, undan qanday foydalanilishi, qanday bunyod etilishi, ishlash tizimi haqida tushunchalari aniqlanadi, kamchiliklar to’ldiriladi.
IV. Mustahkamlash:
Buyumlardan oqilona, o’z o’rnida, samarali foydalanish lozimligi haqida tushuncha beriladi.

  1. Darsni yakunlash: olingan ma`lumotlarni umumlashtirish;

  2. Uyga vazifa: “Biz foydalanadigan jihozlar” mavzusini mustahkamlash.

Atrofimizdagi olam


Mavzu: Oshxonada
Maqsad: o’quvchilarga oshxona jihozlari, undan foydalanish tartibi haqida ma`lumot berish; ularni ozodalikka o’rgatish; og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.

  2. O’tgan mavzuni mustahkamlash:

O’tgan mavzul bo’yicha suhbat tashkil etish.

  • Dars qilishimiz uchun qanday jihozdan foydalanamiz?

  • Televizor bizga nima uchun kerak?

  • Yumshoq divanlar qanday xonalar uchun mo’ljallangan?

  1. Yangi mavzu bayoni:

Oshxonada
Oshxona hayotimizda keng o’rin tutadigan maskandir. Oshxona oilaviy va umumiy bo’ladi. O’z uyimizda oilamiz uchun oziq-ozqat tayyorlash uchun foydalaniladigan oshxona oilaviy oshxona. O’quv maskanlarida, mehnat joylarida, savdo-sotiq markazlarida ko’pchilik foydalanadigan oshxona umumiy oshxonalardir. Lekin har ikkisi ham oziq-ovqat tayyorlanadigan maskan bo’lganligi uchun eng yuqori gigiyenik talablarga mos kelishi zarur. Oshxona albatta tozalikni ta`minlay olish darajasida bo’lishi kerak.
Oshxonaga ovqatlanish uchun kirgan insonlar ham ma`lum tartibga rioya qilishlari talab etiladi. Oshxonada qattiq gapirish, kulish, idishlarni ortiqcha taraqlatish odob qoidalariga to’g’ri kelmaydi. Oshxonada ovqatlanayotganlarga salom berilmaydi.
IV. Mustahkamlash:
“Siz oshxonada nima bilan shug’ullanasiz” mavzusida suhbat o’tkazish..

  1. Darsni yakunlash: olingan ma`lumotlarni umumlashtirish;

  2. Uyga vazifa: “Oshxonada” mavzusini mustahkamlash.

Matematika
Mavzu: Misol va masalalar yechish
Maqsad: o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: chizg’ich, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:
Chizg’ich yordamida 4 sm li kesma chizing.
III. Yangi mavzu bayoni: Misol va masalalar yechish (7-11- misol va masalalar)
IV. Darslik bilan ishlash:
7-misol. Taqqoslash
3 + 1 = 4 9 + 1 > 9 3 – 1 < 4
4 + 1 = 5 7 + 2 > 8 4 + 1 > 3
5 + 1 = 6 5 + 5 = 10 7 + 1 > 4
8-masala (og’zaki)
Chinnigul va atirgul hammasi: 6 + 3 = 9 ta
Chinnigul atirguldan 6 – 3 = 3 ta ko’p; atirgul chinniguldan 3 ta kam.
9-misol. (og’zaki). Rasm asosida ifodalar nimani bildirishi aniqlanadi.
10-misol.
1-shaklda 3 ta uch-k, 1 ta kvadrat, 1ta to’rt-k bor;
2-shaklda 1 ta uchb-k, 2 ta to’rt-k bor.
V. Mustahkamlash: Taqqoslang: 5 sm va 2 sm; 4 sm va 1 sm; 8 sm va 10 sm; 7 sm va 9 sm
VI. Uyga vazifa: 11-misol (90-bet)
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish, (14- 16-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarni u va I unlilarining imlosi bilan tanishtirish; Qushlar hayoti haqidagi tasavvurlarini kengaytirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • Qaysi so’zlarda “a” unlisining o’rniga “o” eshitiladi?

  • Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi?

  • Nimani talaffuz qilamiz va eshitamiz?

  1. Yangi mavzu bayoni:

Mashqlar bajarish.
IV. Darslik bilan ishlash:
14-mashq. Darslikda berilgan tez aytishlar o’qiladi, o’quvchilarga aytdiriladi, so’ng daftarga kochirib yoziladi, u unlisi I tarzida aytiladigan so’zlarning tagiga chiziladi.
1. Chumchuq chug’urchuqni cho’qimasa,
Chug’urchuq chumchuqni cho’qimaydi.
2. Tursunda to’rtta to’r qop bor.
15-mashq. Qushlarning nomlari yoziladi, u unlisining tagiga chiziladi.
Chunchuq, boyqush, bulbul, qirg’ovul, burgut.
V. Darsni yakunlash:
Qoida ustida ishlash:
a, e, i, o, u, o’ – unli tovushlarni ifodalovchi harflar
VI. Uyga vazifa: 16-mashq.
O’qish
Mavzu: Qish.
Maqol. Topishmoqlar. Tez aytish.
Maqsad: O’quvchilarni i bilan tanishtirish; ularni mehribonlik, g’amxo’rlik tuyg’ularini shakllantirish; ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: Erkin Maliknning “Suv - shifo” hikoyasini o’quvchilarga so’zlatish;
III. Yangi mavzu bayoni:
Tursunboy Adashboyevnning “Qor” she`ri.
1. She`rni ifodali o’qib berish.
2.She`r mazmunini tushuntirish.
IV. Lug’at ishi:
shudgor – haydalgan yer, dala.
piyma – qishgi oyoq kiyim.
V. Mustahkamlash:
O’quvchilardan darslikda berilgan savolga javob javob olish:
Qish fasli sizga nimasi bilan yoqadi?

  1. Maqol. Topishmoqlar. Tez aytishlar ustida ishlash.

Berilgan maqollar o’qib mazmuni tushuntiriladi. Topishmoqlarning javobi topiladi. Tez ayish musobaqa tarzida o’tkaziladi.
VII. Darsni yakulash:
VII. Uyga vazifa: Tursunboy Adashboyevnning “Qor” she`rini ifodali o’qish. Mavzuga mos maqol, topishmoqlar topib kelish.

Matematika


Mavzu: Misol va masalalar yechish
Maqsad: o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:

  • Noma`lum qo’shiluvchini (ayriluvchini, kamayuvchini) qanday topamiz?

III. Yangi mavzu bayoni:
Misol va masalalar yechish (1-6- misol va masalalar)
IV. Darslik bilan ishlash:
1-misol. Bo’sh kataklarga kerakli sonni qo’ying:

Kamayuvchi

9

8

7

9

6

8

Ayriluvchi

4

3

4

5

0

8

Ayirma

5

5

3

4

6

0

2-misol. (og’zaki)
5 1
7 + 3 10 - 5
4 2
3-masala
Valijonda - 7 ta Yechish: 7 – 4 = 3
Tolibjonda - ?, 4 ta kam Javob: Tolibjonda 3ta kaptar bor.
4-misol. Bo’sh kataklarga kerakli belgini qo’ying:
3 + 4 > 4 6 + 1 < 8 2 + 4 > 5
5 – 2 = 3 8 – 4 < 5 9 + 1 > 6
3 + 2 < 6 10 – 1 > 7 7 – 5 = 2
V. Mustahkamlash: 5-misolni og’zaki bajarish.
VI. Uyga vazifa: 6-misol (91-bet)
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish, (17-19-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarni u va I unlilarining imlosi bilan tanishtirish; Qushlar hayoti haqidagi tasavvurlarini kengaytirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • Qaysi so’zlarda “a” unlisining o’rniga “o” eshitiladi?

  • Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi?

  • Nimani talaffuz qilamiz va eshitamiz?

  1. Yangi mavzu bayoni:

Mashqlar bajarish.
IV. Darslik bilan ishlash:
O’qish
Mavzu: Oy allasi
Maqsad: O’quvchilarni Odil Abdurahmonning “Oy allasi” she`ri bilan tanishtirish; ularni ota-onalarni hurmat qilishga o’rgatish, tabiatga mehr uyg’otish; ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: Tursunboy Adashboyevnning “Qor” she`rini ifodali o’qitish. Berilgan maqol, topishmoqlarni mustahkamlash. Tez aytish musobaqasi tashkil etish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Odil Abdurahmonning “Oy allasi” she`ri
1. She`rni o’qishga tayyorgarlik. “Oy allasi” she`rini o’qishdan avval oy, quyosh, yulduzlar haqida suhbat tashkil etiladi.
2. She`rni ifodali o’qib berish.
3.She`r mazmunini tushuntirish.
IV. Lug’at ishi:
bahramand – ulush olish, tatib ko’rish
horisa – charchasa
yumush – ish
V. Mustahkamlash:
O’quvchilardan darslikda berilgan savolga javob javob olish:

  • Oy bolalariga nima deb alla aytar ekan?

  • Quyoshdan kimlar bahramand bo’ladi?

  1. Rebus yechimini topish.

Oy ona emish bolasi yulduz.
VII. Uyga vazifa: Odil Abdurahmonning “Oy allasi” she`rini ifodali o’qish, mazmunini so’zlab berishga tayyorlanish.
Matematika
Mavzu: Misol va masalalar yechish
Maqsad: o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash; ularni bilim olish ishtiyoqini o’stirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: chizg’ich, qalam, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:
Og’zaki hisoblang:
2+1; 5+1; 7+1; 8-1; 9-1; 10-1; 6+1; 4-1; 3-1;
III. Yangi mavzu bayoni: Misol va masalalar yechish 7-12- misol va masalalar. (92-bet)
IV. Darslik bilan ishlash:
7-masala.
S ariq jo’ja – 7 ta - 10 ta Yechish: 10-7 = 3 ta
Oq jo’ja - ? Javob: oq jo’jalar 3 ta.
8-misol
4 + 1 > 4 6 – 2 < 8 7 + 2 > 8
9 + 0 = 9 5 + 1 > 5 8 – 3 = 5
7 – 1 < 9 8 + 1 < 10 4 -2 < 7
9-misol. Berilgan o’lchamlar asosida kvadrat va to’rtburchak chiziladi.
10-masala. (og’zaki)
Halima 7 ta gul rasmini chizdi. U chizgan rasmlarining 3 tasini bo’yadi. Halima yana nechta gulni bo’yashi kerak?
11-misol. Nuqtalar asosida hosil bo’lgan to’rtburchaklar chiziladi..
V. Mustahkamlash: Uzunlikni o’lchashda qaysi nuqta o’lchovning boshi deyiladi?
VI. Uyga vazifa: 12-misol (92-bet)
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish, (20-22-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarni unlilarining imlosiga oid bilimlarini mustahkamlash; bilim bebaho boylik ekanligini tushunishlariga erishish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • O’zbek tilida nechta unli tovushlar bor?

  • Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi?

  • Qaysi tovush bo’g’in hosil qiladi?

III. Yangi mavzu bayoni:
Mashqlar bajarish.
IV. Darslik bilan ishlash:
20-mashq.
O’quvchilar a, o, o’, u, i, e unli tovushlarni anglatuvchi harflarning yozma shaklini yozadilar.
21-mashq.
1. Bilim – davlatdan qimmat.
2. Olim bo’lsang, olam seniki.
Maqollarda u unlisi ishtirok etmagan.
Davlat – boylik.

  1. Darsni yakunlash: 21-mashqdagi maqollarning mazmuni yuzasidan suhbat o’tkazish.

Darslikda berilgan savollarga javob olish.

  1. Uyga vazifa: 22-mashq.

O’qish
Mavzu: Charxpalak
Maqsad: O’quvchilarni Shoyim Bo’tayevning “Charxpalak” ertagi bilan tanishtirish; ularga yurtimizning obod bo’lishiga har birimiz mas`ul ekanligimizni tushuntirish; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: Odil Abdurahmonning “Oy allasi” she`rini ifodali o’qitish. Mazmunini og’zaki so’rash;
III. Yangi mavzu bayoni:
Shoyim Bo’tayevning “Charxpalak” ertagi
1. Ertak matnini o’qishga tayyorgarlik. O’quvchilarga charxpalak, uning vazifasi haqida ma`lumot berish.
2. Matnni obrazli qilib o’qib berish.
3.Ertak mazmunini tushuntirish.
IV. Lug’at ishi:
Nov – suv oqishi uchun mo’ljallangan maxsus qurilma, tarnov.
V. Mustahkamlash:
Matn mazmuni yuzasidan suhbat:

  • Charxpalak nima uchun kerak ekan?

  • Usta tangalarni nimalarga sarfladi?

  • Qaysi ariqda charxpalak paydo bo’ldi?

  • Usta nima uchun tun-u kun ter to’kib ishladi?

  1. Darsni yakunlash:

1. Ona tabiatni asrash har birimizning vazifamiz ekanligini tushuntirish.
2. O’quvchilarni baholash.
VII. Uyga vazifa: Shoyim Bo’tayevning “Charxpalak” ertagini o’qish, mazmunini so’zlab berishga tayyorlanish.
Musiqa
Mavzu: “Buvijonim” qo’shig’i. Tovushqatorlarning yuqorilab va pastlashib borishi.
Maqsad: O’quvchilarga “Buvijonim” qo’shig’ini kuylashni o’rgatish; ularni kattalarni hurmat qilishga odatlantrish; kuyni eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: tanishtirish, kuylatish.
Darsning borishi.

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.

  2. “Buvijonim” qo’shig’ining matnini yoddan so’rash.

Oftob nur olar yuzingizdan,
Dil yashnar shirin so’zingizdan.
Sochilar gullar yo’lingizga,
Biz talpinamiz doim sizga.
Buvijonimsiz,
Mening sevimli buvijonim.
Mehribonimsiz,
Mening hammadan mehribonim.
Uyimiz yorug’ siz kelsangiz,
Olam quvonchi siz kulsangiz.
Yayrab o’ynaymiz bag’ringizda,
Bor bo’ling doim baxtimizga.

  1. Ovoz sozlash mashqini o’tkazish.

  2. “Buvijonim” qo’shig’ini kuylatish.

V. Tovushqatorlarning yuqorilab va pastlashib borishi haqida ma`lumot berish.
7 ta musiqiy nota o’sib borish tartibida qo’yilgan. Ularni ortga qaytishida ovoz pasayib boradi. Odatda kuy va qo’shiqlarda ovoz asta-sekin balandlab borib, o’rtasida eng avj nuqtaga chiqadi. So’ng yana pastlab boradi.
VI. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
VII. Uyga vazifa: “Buvijonim” qo’shig’ini kuylashni mustahkamlash.
Matematika
Mavzu: Mustahkamlash uchun mashqlar
Maqsad: o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash; ularni mulohazali, zehnli qilib tarbiyalash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’pburchaklar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash uchun mashqlar
1-misol (og’zaki)
Berilgan shakllarning alohida va umumiy nomlari o’quvchilardan so’raladi
2- masala.
Taqsimchada 5 ta o’rik bor edi. Dilshod ulardan birini yeganidan so’ng, taqsimchada nechta o’rik qoldi?
Yechish: 5 – 1 = 4 ta
Javob: 4 ta o’rik qoldi.
3-misol. Bo’sh kataklarga kerakli amallarni qo’yish.
4+2=6 9-2=7 5+4=9
8-3=5 6+3=9 8-6=2
4-masala
Karim – 9 ta misol
Lola - ?, 2 ta kam
Yechish: 9-2=7 ta
Javob: Lola 7 ta misol yechgan.

  1. Mustahkamlash:

  • 10 gacha ikkitalab sanang

  • 10 dan teskari sanang

  1. VI. Uyga vazifa: 12-misol (88-bet)

Atrofimizdagi olam


Mavzu: Elektr jihozlari
Maqsad: o’quvchilarga oshxona jihozlari, undan foydalanish tartibi haqida ma`lumot berish; ularni ozodalikka o’rgatish; og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.

  2. O’tgan mavzuni mustahkamlash:

O’tgan mavzul bo’yicha suhbat tashkil etish.

  • Oshxonada qanday buyumlar bor?

  • Siz oshxonada qanday ishlarni bajarasiz?

  1. Yangi mavzu bayoni:

Elektr jihozlari
Hayotimizda turli yumushlarni oson va tez bajarishimizda bizga elektr jihozlari yaqindan yordam beradi. Kir yuvish mashinasi, changyutgich, mikroto’lqinli pech, dazmol, choy qaynatgichlar uy bekalarining yaqin yordamchilaridir.
Hayotimizni ma`naviy boyitishimizda ham elektr jihozlaridan televizor, magnitafon, kompyuter, kamera, fotoaparat kabilar muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunimizni bunday jihozlarsiz umuman tasavvur ham qila olamymiz. Ulardan foydalanishda tejamkorlik va havfsizlik talablariga ham e`tibor qaratishimiz lozim. Jihozlarni elektr manbaiga ulashda va uzishda ehtiyot choralarini ko’rishimiz kerak.
IV. Mustahkamlash:

  • Siz eng ko’p foydalanadigan elektr jihozi qaysi?

  • Undan qanday foydalanasiz?

  1. Darsni yakunlash: olingan ma`lumotlarni umumlashtirish;

  2. Uyga vazifa: “Elektr jihozlari” mavzusini mustahkamlash.

Mehnat
Mavzu: Kattalar hizmatini qadrlash


Maqsad: o’quvchilarning o’zgalarning hizmatini qadrlashga o’rgatish; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning jihozi: turli mehnat jarayoni tasvirlangan rasmlar
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash, dars uchun zarur ko’rgazmalarnio shaylash;

  2. Yangi mavzu bayoni:

Kattalat hizmatini qadrlash.
O’quvchilarni e`tibori tevarak-atrofga qaratiladi. Ularning qulay va samarali bilim olishlari hozirlangan sharoitlarga ahamiyat berishlari so’raladi. Bu shart-sharoit o’z-o’zidan paydo bo’lmaganligini, ularning zamirida ming-minglab odamlarning mehnati yotganligini tushuntiriladi.
Oddiygina bir burda non bizning qo’limizga yetib kelishi uchun dehqonning, tegirmonchining, novvoyning qilgan mehnati tahlil qilinadi. Qolaversa ana shu nonni sotib olish uchun ota-onamizning qilgan mehnatlari hisobga olinadi. Biz foydalanayotgan parta, stul, kitob javoni, daftar, ruchka, qalam va hokazolarning tayyor holarga kelgunicha ham bir qancha bosqichlardan o’tishi, xonalarning tozaligi, ta`mirlanganligi ham kattalarning hizmatlari evaziga ekanligi eslatib o’tiladi. Shuning uchun kattalar mehnatini qadrlash lozimligi tushuntiriladi.
III. Darsni yakunlash.
“Ming kishi pishirgan non” ertagini o’qib berish
IV. Uyga vazifa: o’z ota-onalarining hizmat jarayoni tasvirlangan rasm chizib kelish.
Matematika
Mavzu: Mustahkamlash uchun mashqlar
Maqsad: o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash; ularni bilim olish ishtiyoqini o’stirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: chizg’ich, qalam, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:
Og’zaki hisoblang:
5-1+1; 10-2+2; 8+2-2; 6-4+4;
III. Yangi mavzu bayoni: Misol va masalalar yechish (93-bet)
IV. Darslik bilan ishlash:

V. Mustahkamlash: 9 da nechta bir bor? 4 da nechta ikki bor?


VI. Uyga vazifa:

Ona tili


Mavzu: Nazorat ishi
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish;
bilim bebaho boylik ekanligini tushunishlariga erishish;
eshitib yozish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: nazorat ishi;
Darsning usuli: diktant yozdirish;
Darsning jihozi: diktantlar to’plami.
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Bugungi darsda nazorat ishi o’tkazilishini e`lon qilish.
II. Nazorat ishi o’tkazish:

  1. Nazorat ishi uchun daftarlarni tarqatish.

  2. O’quvchilarga diktant yozish tartibini eslatib o’tish.

  3. Diktant matni bilan tanishtirish:

4. Bosh harf bilan yoziluvchi so’zlar, imlosi qiyin so’zlar ustida ishlash

  1. Darsni yakunlash: Daftarlarni tekshirish uchun yig’ib olish.

  2. Uyga vazifa: Tovush va harf mavzusiga doir qoidalarni yod olish.

O’qish
Mavzu: Vatan
Maqsad: O’quvchilarni Miraziz A`zamning “Vatan” she`ri bilan tanishtirish; ularga yurtimizning obod bo’lishiga har birimiz mas`ul ekanligimizni tushuntirish; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Charxpalak” ertagini so’zlatish;
III. Yangi mavzu bayoni:
Miraziz A`zamning “Vatan” she`ri
1. She`r matnini ifodali o’qib berish.
2. She`r mazmuni haqida suhbat o’tkazish.
3.She`rni o’quvchilarga ifodali o’qitish.
IV. Lug’at ishi:
Kon – biror narsaga mo’l joy.
V. Mustahkamlash:
Darslikda berilgan savollarga javob olish:

  • Sizning vataningiz qayer?

  • O’zingiz yashayotgan shahar, qishloq, mahalla, ko’cha nomlarini ayting.

  1. Darsni yakunlash:

1. Ona tabiatni asrash har birimizning vazifamiz ekanligini tushuntirish.
2. O’quvchilarni baholash.
VII. Uyga vazifa: Miraziz A`zamningning “Vatan” she`ri ifodali o’qish, mazmunini so’zlab berishga tayyorlanish.
O’qish
Mavzu: Yagonadir Vataning sening
Maqsad: O’quvchilarni “Yagonadir Vataning sening” matni bilan tanishtirish; ularga yurtimizga bo’lgan muhabbatni qandayligini tushuntirish; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Vatan” she’rini yoddan aytib berish;
III. Yangi mavzu bayoni:
Xurshid Davronning “Yagonadir Vataning sening” matni
1. Matnni ifodali o’qib berish.
2. Matn mazmuni haqida suhbat o’tkazish.
3. Matnni o’quvchilarga ifodali o’qitish.
IV. Lug’at ishi:
Donishmand – bilimdon o’qimishli inson.
V. Mustahkamlash:
Darslikda berilgan savollarga javob olish:

  • Vatan degani nima ekan?

  • Inson uchun eng aziz narsa nima?

  • Vatanga muhabbat nimadan boshlanadi?

  1. Darsni yakunlash:

1. Tez aytish o’rnini o’tkazish.
2. O’quvchilarni baholash.
VII. Uyga vazifa: Hurshid Davronning “Yagonadir Vatanin sening” matnini ifodali o’qish, mazmunini so’zlab berishga tayyorlanish.

Ona tili


Mavzu: Undosh tovushlar va harflar
Maqsad: o’quvchilarga undosh tovushlar va harflar mavzusini mustahkamlash; bilim bebaho boylik ekanligini tushunishlariga erishish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • O’zbek tilida nechta undosh tovushlar bor?

  • Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi?

  • Qaysi tovush bo’g’in hosil qiladi?

III. Yangi mavzu bayoni:
Undosh tovushlar talafuz qilinganda to’siqqa uchrab hosil bo’ladi. Undosh tovushlarni cho’zib talaffuz qilib bo’lmaydi.
IV. Darslik bilan ishlash:
23-mashq.
O’quvchilar undosh harflar tagiga chiziq chizadilar.
Yong’oq
Kuz kelganda pishaman,
Qoqsang tap-tap tushaman.
Yog’li qilib noningni,
Tozalayman qoningni.
24-mashq.
Rasmdagi sabzavotlar nomini yozing
Karam, kartoshka, turp, piyoz, sholg’om, sabzi, lavlagi, ko’k piyoz.

  1. Uyga vazifa: 25-mashq.

Matematika
Mavzu: Nazorat ishi
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish;
bilim bebaho boylik ekanligini tushunishlariga erishish;
mustaqil ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: nazorat ishi;
Darsning usuli: mustaqil ishlash;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Bugungi darsda nazorat ishi o’tkazilishini e`lon qilish.
II. Nazorat ishi o’tkazish:

  1. Nazorat ishi uchun daftarlarni tarqatish.

  2. O’quvchilarga nazorat ishi yozish tartibini eslatib o’tish.

  3. Nazorat ishini o’tkazish usuli bilan tanishtirish:

Nazorat ishi


1 -variant 2-variant



  1. Darsni yakunlash: Daftarlarni tekshirish uchun yig’ib olish.

  2. Uyga vazifa: O’tilganlarni mustahkamlash.

Matematika


Mavzu: 11 dan 20 gacha bo’lgan sonlar
Maqsad: o’quvchilarga 11 dan 20 gacha bo’lgan sonlar haqidagi bilimni berish; ularning bilim olish ishtiyoqini o’stirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: abak, xatcho’p, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni: 11 dan 20 gacha bo’lgan sonlar
Har qanday son birlardan tashkil topadi. Biz 1 dan 9 gacha bo’lgan raqamlar bilan shu sonlarni ifodalaymiz, lekin sanoqda 9 dan katta sonlar ham bor. Ularni ifodalashda o’nliklardan foydalanamiz. Birlar o’nta bo’lganida 10 soni hosil qilinadi.
III. Darslik bilan ishlash:
1va 2-misol yordamida yangi mavzu mustahkamlanadi.
Bitta o’n va ikkita bir 12 sonini hosil qilishi;
Ikkita o’n 20 sonini hosil qilishi tushuntiriladi.
3-misol
11<12 13>12 15=15 18>17
4-misol
Bo’sh kataklarga kerakli sonlar qo’yilib to’ldiriladi. Sanash yordamida kerakli sonlar aniqlanadi.

  1. Mustahkamlash:

- 10 nechta birdan hosil bo’lar ekan?
- 7 ta birlikdan iborat sonni ayting.
V. Uyga vazifa: 5-misol (95-bet)
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (26-28-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning undosh tovushlar va harflar mavzusiga oid bilimlarini mustahkamlash; ona yer bizning bebaho boyligimiz ekanligini tushuntirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • O’zbek tilida nechta undosh tovushlar bor?

  • Unli tovushlar qanfay aytiladi?

  • Unli tovushlarni ayting.

III. Yangi mavzu bayoni:
Undosh tovushlar mavzusini mustahkamlash
IV. Darslik bilan ishlash:
26-mashq.
Mashqda berilgan harflar o’qitiladi, ajratib ko’rsatilganlari yozma shaklda yoziladi.
Bb, Dd, Gg, Hh, Kk, Nn, Rr, G’g’, Shsh, Chch, Ngng;
27-mashq.
“Zar, Zamin va Zargar” matni o’qiladi. Uning mazmuni tushuntirilib, tugallanadi.
Zargar Zaminni zo’r dedi. Chunki u butun odamlarni boqadi.
Zamin – yer
V. Mustahkamlash: qoida ustida ishlash
VI. Uyga vazifa: 28-mashq.

O’qish
Mavzu: Bo’lim yuzasidan takrorlash


Maqsad: O’quvchilarni “O’zbekiston – mening vatanim” bo’limida olgan bilimlarini umumlashtirish; ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: umumlashtiruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Yagonadir Vataning sening” matnini o’quvchilardan so’rash. Savollarga javob olish:

  • Vatan degani nima ekan?

  • Inson uchun eng aziz narsa nima?

  • Vatanga muhabbat nimadan boshlanadi?

III. Yangi mavzu bayoni:
Bo’lim yuzasidan takrorlash
1. “O’zbekiston – mening vatanim” bo’limida tanishgan mavzularni esga olish (“Vatan bu...”, “Buyuklar vatani”, “O’zbekiston askarlari”, “Ota rozi – Vatan rozi”, “Suv - shifo” va boshqalar)
2. Ulardagi umumiy mazmunni aniqlash
3. Bo’limda o’rganilgan maqollardan aytish.
IV. Draslik bilan ishlash:
Darslikda berilgan topshiriqlarni bajarish.
Boshqotirma javoblari:

  1. Uluig’bek. 2. tug’ilgan; 3. O’zbekiston; 4. buyuklar; 5. Vatani;

Rebusning yechimi:
Oy ona emish, bolasi yulduz.
V. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash;
VII. Uyga vazifa: Ikkinchi boshqotirmani to’ldirish, savollarga javob topish.
Matematika
Mavzu: Misol va masalalar yechish (96-bet)
Maqsad: o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash; ularni muomala odobiga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: 10 dan 20 gacha sonlarning xona birliklari yozilgan ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:
Sanang:
10 da 20 gacha; 20 dan 10 gacha teskari, 10 talab;
III. Yangi mavzu bayoni: Misol va masalalar yechish (96-bet)
1 dan 20 gacha bo’lgan sonlarning xona birliklari haqidagi bilimlarini mustahkamlash. 1- misolda berilgan jadvaldan foydalanish.
IV. Darslik bilan ishlash:
2-misol (og’zaki)
1) 13, 15, 17, 19 sonlaridan oldin keladigan qo’shni sonlarni ayting;
2) 12, 14, 16, 18 sonlaridan keyin keladigan qo’shni sonlarni ayting;
3-masala.
Berilgan: Yechish:
Bor edi - 8 ta daftar 8+2=10
Berdi – 2 ta daftar Javob: Rahimda 10 ta daftar bo’ldi.
Bo’ldi - ? ta
4- misol.sonlar tartibini davom ettiring.
6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13
14, 15, 16, 17, 18, 19, 20;
V.Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash;
VI. Uyga vazifa: 5-misol (96-bet)
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (29-31-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning x va h undosh tovushlar va harflar imlosi bilan tanishtirish; yaqin qarindoshlarni e`zozlash, hurmatlash kerakligini tushuntirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • O’zbek tilida nechta undosh tovushlar bor? Harflar-chi?

  • Nega undosh tovushlar undosh harflardan bitta ko’p?

III. Yangi mavzu bayoni:
Undosh tovushlar mavzusini mustahkamlash. X va h harflari ishtirok etgan so’zlarni to’g’ri yozishga o’rgatish.
IV. Darslik bilan ishlash:
29-mashq.
Mashqda berilgan so’zlar o’qitiladi, mazmuni tushuntiriladi. Ular ko’chirib yoziladi, x va h harflarining tagiga chiziladi.
Xiva, hovli, Buxoro, mehmon, Jizzax, hammom, Xorazm, mehribon.
30-mashq.
Mashqda berilgab xatdan foydalanib o’quvchilar o’z yaqin kishilariga xat yozadilar.
Assalomu alaykum, Xolida xola! Tuzalib qoldingizmi? Xat orqali sog’ligingizni ma`lum qiling.
Onam sizga salom yo’llayaptilar.
Xayr. Jiyaningiz Hakima.
VI. Uyga vazifa: 31-mashq.
O’qish
Mavzu: Nazorat ishi
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish;
bilim bebaho boylik ekanligini tushunishlariga erishish;
eshitib yozish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: nazorat ishi;
Darsning usuli: o’qish tezligini tekshirish;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Bugungi darsda nazorat ishi o’tkazilishini e`lon qilish.
II. Nazorat ishi o’tkazish:

Musiqa
Mavzu: Doira usullari. Childirma


Maqsad: O’quvchilarga doira usullari bilan tanishtirish, “Childirma” qo’shig’ini o’rgatish; ularni san`atni sevishga corlash; kuyni eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: tanishtirish, kuylatish.
Darsning borishi.
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Tasnaga yozilgan doira usullarini o’quvchilarga eshittirish.
III. “Childirma” qo’shig’ining matni bilan tanishtirish.
Childirma
P. Mo’min she`ri
D. Omonullayeva musiqasi

O’zi oyday,


Ziraklari shildir-shildir.
Chalganingda
Ohanglari xilma-xildir.

Topsang darrov bildirma,


bildirma, bildirma.
Gumbadagum-gumbadagum,
gumbadagum,
Uning nomi – childirma!
IV. Darsni yakunlash: o’quvchilarning olgan bilimlarini umumlashtirish.

  1. Uyga vazifa: “Childirma” qo’shig’ining matnini yodlash.

Matematika


Mavzu: Misol va masalalar yechish
Maqsad: o’quvchilarni 10, 11, 12 sonlarining tarkibi bilan tanishtirish; ularni bir-biriga e`riborli, ozaro hurmatda bo’lishga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Darslik bilan ishlash
1, 2 va 3-misollarni og’zaki bajarish orqali 10, 11 va 12 sonlarining tarkibi haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi.
9+1=10 8+1+1=10
8+2=10 7+1+2=10
7+3=10 6+1+3=10
6+4=10 5+1+4=10
5+5=10 4+1+5=10
= 9+1+1=11
= 10+2=12

4- misol.


9+1+1=11 5+5+2=12
8+2+1=11 4+6+2=12
7+3+1=11 7+3+2=12
6+4+1=11 8+2+2=12
III. Mustahkamlash:

  • 10 gacha ikkitalab sanang

  • 10 dan teskari sanang

VI. Uyga vazifa: 5-misol (97-bet)

Atrofimizdagi olam


Mavzu: Kompyuter
Maqsad: o’quvchilarga oshxona jihozlari, undan foydalanish tartibi haqida ma`lumot berish; ularni ozodalikka o’rgatish; og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.

  2. O’tgan mavzuni mustahkamlash:

O’tgan mavzul bo’yicha suhbat tashkil etish.

  • Elektr jihozlaridan qanday foydalanish kerak?

  • Ularning foydalsi yoki zararini bilasizmi?

  1. Yangi mavzu bayoni:

Kompyuter
Kompyuter hozirga zamonaviy tashkilot, o’quv muassasalarining ajralmas qismi bo’lib qolgan. Hozirgi kunda har bir kishi kompyuterdan foydalana olishi shart.
Kompyuterda yoziladi,rasmlar chiziladi va turli o’yinlar o’ynaladi.
Kompyuter orqali yangiliklarni bilish va xabarlashish mumkin.
IV. Mustahkamlash:
Kompyuter qismlari, ularning bajaradigan ishlari haqida qo’shimcha ma`lumotlar berish.

  1. Darsni yakunlash: olingan ma`lumotlarni umumlashtirish;

  2. Uyga vazifa: “Kompyuter” mavzusini mustahkamlash.

Mehnat
Mavzu: Meva va sabzavot mahsulotlari


Maqsad: o’quvchilarning tabiat in`omlaridan to’g’ri foydalanishga o’rgatish; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning jihozi: turli meva va sabzavotlar tasvirlangan rasmlar
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash, dars uchun zarur ko’rgazmalarnio shaylash;
II. Yangi mavzu bayoni:
Meva va sabzavotlar
Meva va sabzavotlar inson organizmini kerakli moddalar bilan ta`minlovchi asosiy vositalardir. Ularni turli ovqat va shirinliklar tarkibida istemol qilish orqali biz o’z tanamizga kuch-quvvat, darmon bilan ta`minlaymiz.
Meva va sabzavotlarni bir turini ko’p is`temol qilish, bir turini umuman yemaslik organizmimizga zarar keltirishi mumkin. Ya`ni ba`zi moddalar ko’payib, ba`zilari kamayib ketishi turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Meva va sabzavotlar dasturxonimizga yetib kelguniga qadar ham ma`lum mehnat talab qilinadi. Ularni vaqtida ekish, parvarishlash, sug’orish, yi’g’ib olish, ma`lum sharoitlarda saqlash ham mashaqqatli mehnat evaziga bajariladi. Shunday ekan ota-onamiz bizga tayyorlagan ovqat va boshqa yeguliklarni bir-biridan ajratmasdan is`temol qilishga o’rganishimiz kerak.
III. Darsni yakunlash.
Meva va sabzavotlar haqidagi she`rlarni o’qib berish
IV. Uyga vazifa: Meva va sabzavotlar tasvirlangan rasm chizib kelish.

Matematika


Mavzu: Misol va masalalar yechish
Maqsad: o’quvchilarni 13, 14, 15 sonlarining tarkibi bilan tanishtirish;bilimlarini mustahkamlash; ularni vaqtdan unumli foydalanishga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:
11= 10+? 12=10+? 10=10+?
III. Yangi mavzu bayoni: Misol va masalalar yechish (98-bet)
O’quvchilarni 13, 14, 15 sonlarining tarkibi bilan tanishtirish.
13=10+3 bitta o’nlik va 3 ta birlik; 14=10+4 bitta o’nlik va 4ta birlik, 15=10+5 bitta o’nlik va 5 ta birlikdan iborat.
IV. Darslik bilan ishlash:
1 va 2-misollar og’zaki bajarilib mavzu mustahkamlanadi.
3-misol
Bir xonali sonlar: 2, 6, 5, 9, 7;
Ikki xonali sonlar: 11, 10, 12, 13, 15, 14.
4-misol
10+3=13 13-10=3 13+1=14 10+5=15
13-3=10 10+4=14 14+1=15 15-5=10
5-masala
Bor edi – 13ta o’rdak
Suzib ketdi – 3 ta o’rdak Yechish: 13-3=10
Qoldi - ? Javob: 10ta o’rdak qoldi.
V. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash;
VI. Uyga vazifa:
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (32-34-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning J undosh tovushi va harfining imlosi bilan tanishtirish; ularni tabiatni asrash, e`zozlashga o’rgatish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • H va x tovushi ishtirok etgan so’zlarga namunalar keltiring.

  • Ularning mazmunini tushuntiring.

III. Yangi mavzu bayoni:
Undosh tovushlar mavzusini mustahkamlash. J harfi ishtirok etgan so’zlarni to’g’ri yozishga o’rgatish.
J tovushi undosh tovushlar ichida o’ziga xos jihatga ega bo’lib, u bitta harf bilan ifodalansa-da ikki xil tovush beradi. Masalan: jirafa, jo’ja kabi.
IV. Darslik bilan ishlash:
32-mashq.
Mashqda berilgan rasm asosida “Ona tabiat” mavzusida hikoya tuziladi. Savollarga javob yoziladi.

  1. Rasmda jayron va jayra tasvirlangan.

  2. Ular jilg’a yoqasiga suv ichgani kelishgan.

33-mashq.
Mashqda berilgan so’zlar ko’chirib yoziladi, j harfining tagiga chiziladi.
Jamol, jur`at, jiyda, ajdar, ijozat, ijro, jiblajibon.
V. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 31-mashq.
O’qish
Mavzu: Amir Temur
Maqsad: O’quvchilarni “Biz - buyuklar avlodi” bo’limining qisqa mazmuni bilan tanishtirish; ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: Amir Temur siymosi tasvirlangan rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “O’zbekiston – mening vatanim” bo’limini yakunlash. Savollarga javob olish:

  • Bo’limdagi qaysi mavzu sizga yoqdi?

  • Unda qanday maqollar bilan tanishdingiz?

  • Qo’chqor kecha ko’chat ko’chirdi. Taz aytishni ayting

III. Yangi mavzu bayoni:
Amir Temur
“Biz - buyuklar avlodi” bo’limida buyuk ajdodlarimizning xalqi uchun qilgan xizmatlari, vatanini gullab-yashnashi uchun chekkan zahmatlari haqida bilib olishimiz haqida ma`lumot beriladi.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. “Amir Temur” matnini o’qish.
2. Amir Temur o’gitlarini o’qitish, mazmunini tushuntirish.
V. Darsni yakunlash:
Amir Temur bobomiz haqida kengroq so’zlab berish. U zot vatanimizni mo’g’il bosqinchilaridan ozod qilganligi, xalqining farovonligi uchun qilgan tadbirlari haqida ma`lumot berish.
VII. Uyga vazifa: Amir Temur o’gitlarini yod olish.
Matematika
Mavzu: Misol va masalalar yechish
Maqsad: o’quvchilarni 15 soni tarkibiga qadar olgan bilimlarini mustahkamlash; ularni suvni tejab, undan oqilona foydalanishga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:
15= 10+? 15=5+? 14=10+? 14=4+?
III. Yangi mavzu bayoni: Misol va masalalar yechish (99-bet)
O’quvchilarni 13, 14, 15 sonlarining tarkibiga doir bilimlarini mustahkamlash.
IV. Darslik bilan ishlash:
7- 9- va 10-misollar og’zaki bajarilib 14 va 15 sonlari ustida amallar bajarish tushuntiriladi.
8 - masala
1- akvariumda – 4 ta baliq - 14 ta baliq
2- akvariumda -? ta baliq
Yechish: 14-4= 10 ta
Javob: ikkinchi akvariumda 10 ta baliq bor.
11-misol
10+5=15 14+1=15 12+1=13 10+3=13
15-5=10 15-1=14 14-1=13 13-3=10
V. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash;
VI. Uyga vazifa: 12-masala
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (35-37-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning sh, ch, ng harf birikmalari imlosi bilan tanishtirish; ularni do’stlikni asrashga o’rgatish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • Jamol, Jamila, jiguli, jurnal so’zlarini talaffuz qilganda j tovushining farqlanishini tushutiring.

III. Yangi mavzu bayoni:
Undosh tovushlar mavzusini mustahkamlash. Sh. Ch. ng harflari ishtirok etgan so’zlarni to’g’ri yozishga o’rgatish.
IV. Darslik bilan ishlash:
35-mashq.
Shamol, qayga chopyapsan,
Seni quvlarmi birov?
- Axir, qancha ishim bor,
Bo’lmas bormasam darrov.
36-mashq.
Mashqda berilgan “Til topishdi” she`ri o’qitiladi, ajratib berilgan so’zlar ko’chirib yoziladi, harf birikmalarining tagiga chiziladi.
Uchrashdilar, isming, seniki-chi, topishdi, chopishdi.
V. Darsni yakunlash: o’tilganlarni umumlashtirish, o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 37-mashq. “Sharhrisabz” matnini ko’chirish, harf birikmalarining tagiga chizish.

O’qish
Mavzu: G’azal mulkining sultoni. Alisher Navoiyning hikmatli so’zlari


Maqsad: O’quvchilarni bobomiz Alisher Navoiyning buyuk ishlari bilan qisman tanishtirish; bobomizga munosib farzand bo’lishga intilishlarini uyg’otish; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: Alisher Navoiy siymosi tasvirlangan rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: Amir Temur bobomiz haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, o’gitlarini yoddan so’rash.
III. Yangi mavzu bayoni:
G’azal mulkining sultoni. Alisher Navoiyning hikmatli so’zlari
Bobomiz Alisher Navoiy buyuk shoir, olim va davlat arbobi bo’lgan. Besh-olti yoshidayoq ko’p she`rlarni yod olgan.
Bobomiz bizga juda ko’p asarlar yozib qoldirgan. Bu ulug’ zot shoirlarning sultoni bo’lgan.
IV. Darslik bilan ishlash:
Alisher Navoiyning hikmatli so’zlarini o’qitish, mazmunini tushuntirish.

  • Bilmaganni so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan o’ziga zolim.

  • Oz—z o’rganib dono bo’lur, qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.

  • Yaxshi kishi yomonlarga ham yaxshligini unutmas.

  • Yaxshilikni bilmasang, yaxshilarga qo’shil.

V. Darsni yakunlash:
Draslikda berilgan savollarga javob olish. Boshqotirmani yechish:
Aql yoshda emas – boshda.
VII. Uyga vazifa: Alisher Navoiyning hikmatli so’zlarini yod olish.
Matematika
Mavzu: Misol va masalalar yechish (100-bet)
Maqsad: o’quvchilarni 16, 17 sonlarining tarkibiga doir bilimlarini mustahkamlash; ularni to’g’riso’z, odobli qilib tarbiyalash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:
5 ta birlik; 1 ta o’nlik 3 ta birlik. 2 ta o’nlik, 1 ta o’nlik 9 ta birlik bilan sonlarni hosil qiling.
III. Yangi mavzu bayoni: Misol va masalalar yechish (100-bet)
O’quvchilarni 16, 17 sonlarining tarkibiga doir bilimlarini mustahkamlash.
16= 10+6 17= 10+7
IV. Darslik bilan ishlash:
1va 4-misollar og’zaki bajarilib 16 va 17 sonlari ustida amallar bajarish tushuntiriladi. 10+6=16 15+1=16 16-1=15; 10+7=17 16+1=17 17-1=16
2-misol (og’zaki)
11 – 1 ta o’nlik va 1 ta birlik; 13 – I ta o’nlik va 3 ta birlik; 15- 1 ta o’nlik va 5 ta birlik; 16 – 1 ta o’nlik va 6 ta birlik; 17 – 1 ta o’nlik va 7 ta birlik;
3-masala
1 - likopda – 6 ta olma - 16 ta olma
2- likopda -? ta olma
Yechish: 16-6= 10 ta
Javob: ikkinchi likopda 10 ta olma bor.
5-misol. Taqqoslash: 17>15 16=16 15<17 14>13
V. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash;
VI. Uyga vazifa: 6-misol (100-bet)
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (38-40-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning aytilishi va yozilishi farq qiladigan harflar imlosi bilan tanishtirish; ularga qushlar bizning do’stimiz ekanligini o’rgatish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • Alifbomizda nechta harf birikmalari bor?

  • Ular qaysilar?

III. Yangi mavzu bayoni:
Undosh tovushlar mavzusini mustahkamlash. Aytilishi va yozilishi o’zaro farq qiladigan harflar ishtirok etgan so’zlarni to’g’ri yozishga o’rgatish.
Ba`zi so’zlarda talaffuzda boshqa tovush eshitilsa ham boshqa harf yozilishi mumkin. Masalan: kitop- kitob, bark- barg, harp – harf, hisop-hisob;
IV. Darslik bilan ishlash:
38-mashq. Rasm asosida hikoyaning kirish qismi aniqlanadi.
Beodob qushga cho’zma bilan tosh otdi. Tosh borib qush bolasiga tegdi. Qush bolasi zarbdan yerga quladi va nobud bo’ldi.
Ona qarg’a nobud bo’lgan bolasi oldiga asta qo’ndi. Boshini egganicha uzoq turdi. Keyin o’zi ham yiqildi. U qaytib turmadi.
39-mashq. Mashqda berilgan kataklardagi bo’sh joylarga q yoki g’ harflaridan mosi qo’yib ko’chiriladi.q va g’ harflarining tagiga chiziladi.
Qaymoq, qishloq, tog’, pishloq, quloq, dog’.
VI. Uyga vazifa: 40-mashq. Berilgan so’zlarni matnini ko’chirish, harf birikmalarining tagiga chizish. Shu so’zlar ishtirokida gap tuzish.
O’qish
Mavzu: Alisherning yoshligi
Maqsad: O’quvchilarni bobomiz Alisher Navoiyning bolalik davridagi qiziqishlari, intilishlari bilan tanishtirish; bobomizga munosib farzand bo’lishga intilishlarini uyg’otish; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: Alisher Navoiy siymosi tasvirlangan rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: Alisher Navoiy bobomiz haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, hikmatli so’zlarini yoddan so’rash.

  • Alisher Navoiyni nima uchun g’azal mulkining sultoni deymiz?

  • “Bolmaganin so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan o’ziga zolim” hikmatli so’zlarini qanday tushundingiz?

III. Yangi mavzu bayoni:
Alisherning yoshligi
Bobomiz Alisher Navoiyning yoshligi haqida hikoya qiluvchi “Alisherning yoshligi” mavzusini o’qish.
IV. Darslik bilan ishlash:

  • Matnni o’qib berish, mazmunini tushuntirish.

  • Lug’at ishi o’tkazish:

Xo’b- rosa, juda
Suluv – chiroyli
Lazzatli – shirin, mazali
Ermak – qo’shimcha mashg’ulot
V. Darsni yakunlash:
Draslikda berilgan savollarga javob olish. Topishmoqlarni o’qish, javobini topish;
VII. Uyga vazifa: “Alisherning yoshligi” matnini o’qib kelish.
Matematika
Mavzu: Misol va masalalar yechish (101-bet)
Maqsad: o’quvchilarni 18, 19 sonlarining tarkibiga doir bilimlarini mustahkamlash; ularni mehnatsevarli ruhida tarbiyalash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:

  • Bir xonali sonlarni aytib bering.

  • 10 necha xonali son?

III. Yangi mavzu bayoni: Misol va masalalar yechish (101-bet)
O’quvchilarni 18, 19 sonlarining tarkibiga doir bilimlarini mustahkamlash.
18= 10+8 19= 10+9
IV. Darslik bilan ishlash:
1va 3-misollar og’zaki bajarilib 18 va 19 sonlari ustida amallar bajarish tushuntiriladi. 10+8=18 17+1=18 18-1=17; 18-8=10 18-10=8
10+9=19 18+1=19 19-1=18 19-9=10 19-10=9
2-masala
Bor edi – 18 ta pomidor
Ishlatildi – 8 ta pomidor
Qoldi - ? ta
Yechish: 18-8= 10 ta
Javob: qoldi 10 ta pomidor
V. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash;
VI. Uyga vazifa: 4-misol (101-bet)
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (41-43-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning undosh harflar imlosiga oid bilimlarini mustahkamlash; ularni tabiatni asrashga o’rgatish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • O’zbek tilida nechta undosh tovush bor?

  • Unli tovushlar-chi?

III. Yangi mavzu bayoni:
Undosh tovushlar mavzusini mustahkamlash.
IV. Darslik bilan ishlash:
41-mashq. Topishmoqlarni o’qib, javobi topiladi. Bo’sh kataklarga kerakli harf qo’yilib, javoblar to’ldiriladi.
Qo’lsiz,oyoqsiz eshik ochar.
(shamol)
39-mashq. Mashqda berilgan “Top, o’rtoq” she`ri o’qiladi. Unda qatnashgan harf birikmali so’zlar ko’chirib yoziladi:
Shu, joyingda, shimol, sharq, quyosh.
V. Darsni yakunlash: Darslikda berilgan savollarga o’quvchilardan og’zaki javoblar olish.
VI. Uyga vazifa: 43-mashq. Berilgan she`r matnini nuqtalar o’rniga tegishli undoshlar qo’yib ko’chirish.
O’qish
Mavzu: Non isi
Maqsad: O’quvchilarga bobomiz Alisher Navoiyning zukko, dono inson bo’lganliklari haqida ma`lumot berish; bobomiz kabi bo’lishga intilishlarini uyg’otish; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: turli nonlar tasvirlangan rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.

  • II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Alisherning yoshligi” hikoyasini o’quvchilarga o’qitish. Mazmunini so’zlatish. Savollarga javob olish.

III. Yangi mavzu bayoni:
Non isi
Bobomiz Alisher Navoiyning zukkoligi, donoligi haqida hikoya qiluvchi “Non isi” hikoyasini o’qish.
IV. Darslik bilan ishlash:

  1. Matnni o’qib berish, mazmunini tushuntirish.

  2. Lug’at ishi o’tkazish:

Xushbo’y- shirin hid
murojaat qildi – so’radi
is – hid
3. Matnni o’quvchilarga o’qitish
V. Darsni yakunlash:
Draslikda berilgan savollarga javob olish.
Maqolni o’qish, mazmunini tushuntirish;
VII. Uyga vazifa: “Non isi” hikoyasini o’qib kelish.
Musiqa
Mavzu: “Childirma” qo’shig’ini kuylash
Maqsad: O’quvchilarga “Childirma” qo’shig’ini kuylatish; ularni san`atni sevishga chorlash; kuyni eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: tanishtirish, kuylatish.
Darsning borishi.
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. “Childirma” qo’shig’ining matnini yoddan so’rash.
III. “Childirma” qo’shig’ini kuylatish
Childirma
P. Mo’min she`ri
D. Omonullayeva musiqasi

O’zi oyday,


Ziraklari shildir-shildir.
Chalganingda
Ohanglari xilma-xildir.

Topsang darrov bildirma,


bildirma, bildirma.
Gumbadagum-gumbadagum,
gumbadagum,
Uning nomi – childirma!
IV. Darsni yakunlash: o’quvchilarning olgan bilimlarini umumlashtirish.

  1. Uyga vazifa: “Childirma” qo’shig’ini kuylashni mustahkamlash.

Matematika


Mavzu: Misol va masalalar yechish
Maqsad: o’quvchilarni 20 sonining tarkibi bilan tanishtirish; ularni bir-biriga e`riborli, ozaro hurmatda bo’lishga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;

  2. Yangi mavzu bayoni:

O’quvchilarni 20 soni bilan tanishtirish:
2 0 = 10+10 yigirma ikkita o’nlikdan iborat. 20 19 ni bitta orttirish yo’li bilan hosil qilinadi.

10

10

19

1

19

1

III. Darslik bilan ishlash


1 va 3-misollarni og’zaki bajarish orqali 20 sonining tarkibi va u bilan amallar bajarish usuli haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi.
10+10=20 20-10=10
19+1=20
20-1=19
2- masala
Bor edi – 20 ta televizor
Sotildi – 10 ta Yechish: 20-10=10
Qoldi - ? ta Javob: 10 ta televizor qoldi.
5-misol. Berilgan sonlar taqqoslab kerakli belgi qo’yiladi.
IV. Uyga vazifa: -misol (102-bet)

Atrofimizdagi olam


Mavzu: Biz O’zbekistonda yashaymiz
Maqsad: o’quvchilarga Vatanimiz – O’zbekiston haqida kengroq ma`lumot berish; ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.

  2. O’tgan mavzuni mustahkamlash:

O’tgan mavzul bo’yicha suhbat tashkil etish.

  • Kompyuter qanday topshiriqlarni bajarishi mumkin?

  • U qanday jihozlarga kiradi?

  1. Yangi mavzu bayoni:

Biz O’zbekistonda yashaymiz
Bizning vatanimiz – O’zbekiston. Uning tabiati juda go’zal. O’zbekistonda bog’lar, dalalar va yaylovlar ko’p. daryolar to’lib oqadi. Tog’ yonbag’irlarida o’rmonlar bor.
O’zbekistonda cho’llar ham bor. Cho’llarning bir qismi o’zlashtirilgan. U yerlarda paxta, bug’doy ekiladi. Bog’larda turli-tuman mevalar, dalalaeda pexta, sabzavot, shirin-shakar qovun va tarvuzlar yetishtirliadi. Yaylovlarda qo’y-qo’zilar, mollar boqiladi.
Biz vatanimiz tabiatidan zavqlanamiz.
IV. Mustahkamlash:
Vatanimizning o’zigagina xos xususiyatlari haqida suhbat tashkil etish. O’quvchilarga O’zbekistonning har qanday bo’lagi ham bizning Vatanimiz ekanini, uni qanday bo’lsa shundayligicha sevish lozimligini tushuntirish.
V. Darsni yakunlash: olingan ma`lumotlarni umumlashtirish;
VI. Uyga vazifa: “Biz O’zbekistonda yashaymiz” mavzusini mustahkamlash.

Mehnat
Mavzu: Dala yumushlari


Maqsad: o’quvchilarni jismoniy mehnatga o’rgatish; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning jihozi: turli jismoniy mehnat bajarilayotgan jarayon tasvirlangan rasmlar
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash, dars uchun zarur ko’rgazmalarni shaylash;
II. Yangi mavzu bayoni:
Dala yumushlari
Biz vatanimiz – O’zbekistonni serquyosh o’lka ekanligidan faxrlanamiz. Bizning o’lkamizda yilning to’rt faslini ham ko’rish mumkin. Har faslning o’ziga xos tabiati, mehnati bor.
Yurtimizga bahor fasli ham yaqinlashib kelmoqda. Bahor yangilanish, yosharish faslidir. Shu sabab ham dalalarda bahorda yangi hosil uchun mehnat jarayoni boshlanadi.
Bahorda dala qishdan so’ng quyoshdan yana bahra olishi uchun qaytradan haydaladi. Ariqlar yangidan qazilib, ekinlarga suv erkin kelishi uchun sharoit yaratiladi. Dala turli zararli o’tlardan tozalanadi. O’tgan yilgi hosildan qolgan chiqindilar olib tashlanadi.
Biz ham o’qishdan bo’sh vaqtlarimizda kattalarga dala yumushlarida yordam berishimiz lozim. Bu bizning yil yakunida olingan hosilga qo’shgan hissamiz bo’ladi.
III. Darsni yakunlash.
O’quvchilarning dalada bajargan ishlari haqida suhbat tashkil etish.
Matematika
Mavzu: Misol va masalalar yechish (8-13-m/m)
Maqsad: o’quvchilarni 11 dan 20 gacha bo’lgan sonlarining tarkibi va ular ustida amallar yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash; ularni o’zgalar mehnatini qadrlashga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, kesma sonlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:
20 soni nechta o’nlikdan iborat?
15 sonida nechta o’nlik bor?
9 sonida o’nlik bormi?
III. Yangi mavzu bayoni: Misol va masalalar yechish (103-bet)
O’quvchilarni 11 dan 20 gacha bo’lgan sonlar ustida amallar bajarish malakalarini rivojlantirish.
IV. Darslik bilan ishlash:
8-misol

Qo’shiluvchi

10

10

10

10

10

10

Qo’shiluvchi

9

5

6

7

8

10

Yig’indi

19

15

16

17

18

20

9 -masala


Akbarda – 10 ta kanareyka - ? ta kanareyka
Salimda - shuncha
Yechish: 10+10=20
Javob: ikkalasida 20 ta kanareyka bor.

10-misol.


10 = 10 + 2 13 = 10 + 3 17 = 10 + 7
14 = 10 +4 15 = 10 + 5 18 = 10 + 8
19 = 10 + 9 16 = 10 + 6 20 = 10 + 10
5-masala
Bor edi – 10 ta stol
Qo’yildi – 9 ta
Bo’ldi - ? ta
Yechish: 10 + 9 = 19
Javob: 19 ta stol bo’ldi.
12-misol
15 – 5 = 10 10 + 4 = 14
10 + 6 = 16 19 – 9 = 10
18 – 8 = 10 10 + 7 = 17
10 + 9 = 19 10 + 3 = 13
V. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash;
VI. Uyga vazifa:

Ona tili


Mavzu: Mashqlar bajarish (44-46-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh tovushilar haqida dastlabki ma`lumotlarni berish; ularni ehtiyotkor, olijanob bo’lishga o’rgatish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • Alifbomizda nechta harf birikmasi bor?

  • Ularning aytib bering.

  • Harf birikmalari undosh tovushlarni anglatadimi yoki unli tovushlarni?

III. Yangi mavzu bayoni:
Undosh tovushlar mavzusini mustahkamlash. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar haqida ma`lumot berish. Ba`zi so’zlar talaffuzida jarangli undosh o’rniga uning jarangsiz sherigi eshitilishi mumkin. Ularni aniqlashda so’zga bitta unli tovush qo’shib aytiladi va qaysi undosh harf yozilishi aniqlanadi. Masalan: Dilshod – Dilshoda kabi.
IV. Darslik bilan ishlash: 44-mashq.
Mashqda berilgan so’zlar ko’chirilib, ma`nosini o’zgartirayorgan harfning tagiga chiziladi. 1. Tug - tuk qarz – qars
Yod – yot tub – tup so’zlarning ma`nolari tushuntiriladi.
2. B – P, D – T, G – K, Z – S;
45-mashq.
Mashqda berilgan so’zlarga kerakli harf qo’yib ko’chirib yoziladi.
V. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 46-mashq.
O’qish
Mavzu: Abu Ali ibn Sino
Maqsad: O’quvchilarni buyuk allomalarimizdan yana biri Abu Ali ibn Sino haqidagi ma`lumotlar bilan tanishtirish; ularni ajdodlarimiz bilan faxrlanishga, ularga munosib bo’lishga o’rgatish; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: Abu Ali ibn Sino siymosi tasvirlangan rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Non isi” mavzusini qayta so’zlatish,matnni o’qitish. Savollarga javob olish:

  1. Husayn Boyqaro nima keltirishni buyurdi?

  2. Vazirlar kimga murojaat qilishdi?

  3. Navoiy saroyga nima olib bordi?

III. Yangi mavzu bayoni:
Abu Ali ibn Sino
O’quvchilar e`tiboriga Abu Ali ibn Sinoning rasmi havola etiladi. U insonning buyuk tabib, olim bo’lganligi haqida qisqacha haqida ma`lumot beriladi.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. Abu Ali ibn Sino haqidagi matnni o’qib berish, mazmunini tushuntirish.
2. Lug’at ishi o’tkazish:
Hakim – shifokor
Tabobat – shifokorlik
V. Darsni yakunlash:
O’quvchilarga meditsina so’zini kelib chiqishi haqida malumot berish.
VII. Uyga vazifa: Abu Ali ibn Sino haqidagi matnni o’qish, mustahkamlash.

Matematika


Mavzu: Mustahkamlash uchun mashqlar
Maqsad: o’quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash; ular o’rtasidagi do’stona muhitni yanada shakllantirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:
19= 10+? 20=10+? 14=10+? 11=1+?
III. Yangi mavzu bayoni: Mustahkamlash uchun mashqlar (104-bet)
O’quvchilarni 20 gacha bo’lgan sonlarining tarkibiga doir bilimlarini mustahkamlash.
IV. Darslik bilan ishlash:
1-misol
10 +10 = 20 18 – 8 = 10 14 + 1 = 15 12 + 1 = 13
20 – 10 = 10 10 + 9 = 19 15 – 5 = 10 12 – 2 = 10
16 – 10 = 6 18 – 1 = 17 10 + 3 = 13 13 – 3 = 10
2-misol. Taqqoslash.
17 < 19 20 > 18
16 = 16 15 > 14
3-masala
Hovlida hammasi bo’lib 18 ta bola o’ynamoqda.
18 – 10 = 8
O’g’il bolalar 8 ta ko’p.
Qizlar o’g’il bolalardan 8 ta kam.
V. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash;
VI. Uyga vazifa: 4-misol (104-bet)
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (47-49-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning b-p, d-t, g-k, z-s undoshlarining imlosi bilan tanishtirish; ularni bilim olishga ishtiyoqini oshirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:
Diktant yozdirish:
Bahor kelmoqda.
III. Yangi mavzu bayoni:
Undosh tovushlar mavzusini mustahkamlash. b-p, d-t, g-k, z-s harflari ishtirok etgan so’zlarni to’g’ri yozishga o’rgatish.
IV. Darslik bilan ishlash:
47-mashq.
Davlat, ozod, tuk, tarvuz, hisob, rubob, barg, Zaynab, koptok, Abbos, talaffuz.
48-mashq.
Tanishaylik, men kitob,
Asl bilimlarga kon.
Boylik beray behisob,
Bo’lsang agar qadrdon.
V. Darsni yakunlash: o’tilganlarni umumlashtirish, o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 49-mashq.

O’qish
Mavzu: Kitobga mehr


Maqsad: O’quvchilarga bobomiz Abu Ali ibn Sinoning kitobni qanchalik qadrlaganini tushuntirish; bobomizga munosib farzand bo’lishga intilishlariga erishish; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: Abi Ali ibn Sino siymosi tasvirlangan rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: Abi Ali ibn Sino bobomiz haqida olgan bilimlarini mustahkamlash:

  1. Abi Ali ibn Sino haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. U kishi bemorlarga nima degan?

III. Yangi mavzu bayoni:
“Kitobga mehr” matnini o’qish.

  1. Matnni o’quvchilarga tushunarli, ravon qilib o’qib eshittirish.

  2. Mazmunini tushuntirish.

Kitob tuganmas boylik ekanligini tushuntirish.
Kitobdan olingan bilim o’z egasini hech qachon tashlab ketmaydi, aldamaydi. Uni hayotda o’z o’rnini topib ketishiga yaqindan ko’mak beradi. Shu sabab imkoniyat bor bo’lganda o’z vaqtida kitob o’qish, o’z bilimini oshirib borish lozim.
IV. Darslik bilan ishlash: Matnni o’quvchilarga o’qitish.
V. Darsni yakunlash:
Draslikda berilgan savollarga javob olish. Topishmoqning javobini topish:
Qat-qat qatlama,
Aqling bo’lsa, tashlama. (kitob).
VII. Uyga vazifa: “Kitobga mehr” mavzusini o’qib kelish.
Ona tili
Mavzu: Tutuq (`) belgisi (50-52-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarni tutuq (`) belgisining vazifasi bilan tanishtirish; ularni ziyrak, kuzatuvchan bo’lishga o’rgatish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:
Diktant:
Dilshod kitob sotib oldi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Undosh tovushlar mavzusini mustahkamlash.
Tutuq (`) belgisi
Tutuq belgisi tovush bildirmaydi, lekin so’zlarning talaffuziga ta`sir ko’rsatadi. Tutuq belgisi qatnashgan yoki qatnashmagan, qolgan harflari bir xil bo’lgan so’zlar ma`no jihatidan bir-biridan farq qilishi mumkin. Shuning uchun tutuq belgisi qatnashgan so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish lozim.
IV. Darslik bilan ishlash:
50-mashq. Berilgan maqollar ko’chirib yoziladi, mazmuni tushuntiriladi:
1. Rahmat olgan omondir,
La`nat olgan yomondir.
2. Va`daga vafo – mardning ishi.
51-mashq.
Da`vo – davo she`r – sher
Sur`at – surat ta`na – tana
VI. Uyga vazifa: 52-mashq.
O’qish
Mavzu: Buyuk munajjim
Maqsad: O’quvchilarga munajjim bobomiz Mirzo Ulug’bekning hayoti, xususiyati haqida qisqacha ma`lumot berish; bobomiz bilan faxrlanish tuyg’ularini hosil qilish; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihoziMirzo Ulug’bek siymosi tasvirlangan rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Kitobga mehr” matnini mazmunini so’rash, matnni o’qitish.

  • Husaynning kitobni yaxshi ko’rishini nimadan bilib oldingiz?

- Sizlarni qanday kitoblar qiziqtiradi?
III. Yangi mavzu bayoni:
Buyuk munajjim
Bobomiz Mirzo Ulug’bek haqida hikoya qiluvchi “Buyuk munajjim” mavzusini o’qish.
IV. Darslik bilan ishlash:
Buyuk munajjim
Mirzo Ulug’bek ham podshoh, ham olim edi. U kishi Amir Temurning nevarasi bo’lgan.
Mirzo Ulug’bek o’n besh yoshidan boshlab podshohlik qilgan. Qirq yillik podshohlik davrida ko’p savob ishlarni amalga oshirgan. Samarqandda rasadxona qurdirgan. Rasadxonda osmon, oy, yulduzlar kuzatilgan.
Shuning uchun u kishini buyuk munajjim, olim va shoh deyishadi.
V. Darsni yakunlash:
Draslikda berilgan savollarga javob olish. Rasadxona so’zini tushuntirish.
VII. Uyga vazifa: “Buyuk munajjim” matnini o’qib kelish.

Matematika


Mavzu: 100 ichidagi sonlar (105-bet)
Maqsad: o’quvchilarni 20-29 sonlarining tarkibiga doir bilimlarini shakllantirish; ularni mehnatsevarli ruhida tarbiyalash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:

  • 15, 19, 14, 6, 20 sonida nechta o’nlik, nechta birlik bor?

III. Yangi mavzu bayoni: 100 ichidagi sonlar. 20 – 29 (105-bet)
O’quvchilarni 20 dan 29 gacha bo’lgan sonlarining tarkibiga doir bilimlarini 1-misol yordamida shakllantirish

O’nlik

Birlik




2

1

21

2

22

3

23

4

24

5

25

6

26

7

27

8

28

9

29

IV. Darslik bilan ishlash:
2-misol
23-3 = 20 28 – 8 = 20
27 – 7 = 20 20 – 10 = 10
3-misol. Taqqoslash
29 > 20 10 < 24 20 = 20 27 > 25
4 -masala
Qizil koptok – 5 ta Hammasi – 25 ta Yechish: 25-5=20
Sariq koptok - ? ta Javob: sariq koptoklar 20 ta
VI. Uyga vazifa: 5-misol (105-bet)

Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (53-55-mashqlar)


Maqsad: o’quvchilarning tutuq belgisiga oid bilimlarini mustahkamlash; ularni tabiatni asrashga o’rgatish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • Sher va sh`er so’zlarining ma`nosini ayting.

  • Tutuq belgisi so’zlarda qanday vazifani bajaradi?

III. Yangi mavzu bayoni:
Tutuq belgisi qatnashgan so’zlarning imlosiga doir bilimlarini mustahkamlash.
IV. Darslik bilan ishlash:
53-mashq. Berilgan tez aytishlar asosida musobaqa tashkil etiladi.
Sa`va saharda sadada sayradi.
Tal`at tandir tagidan tanga topdi.
Sa`va – sava, Tal`at – talat – so’zlarining ma`nolari tushuntiriladi.
54-mashq. Mashqda berilgan she`r o’qiladi, mazmuni haqida suhbat o’tkaziladi. She`r va sher so’zlari qatnashtirilib gap tuzib, yoziladi:
V. Darsni yakunlash: Darsda berilgan ma`lumotlar umumlashtiriladi.
VI. Uyga vazifa: 55-mashq. Tutuq belgili o’nta ism yozib kelidani.
O’qish
Mavzu: Shoh va shoir
Maqsad: O’quvchilarga bobomiz Z. M. Bobur haqida dastlabki ma`lumotlarni berish; andijonlik bobomizga munosib bo’lishga intilishlarini uyg’otish; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: turli nonlar tasvirlangan rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Buyuk munajjim” hikoyasini o’quvchilarga o’qitish. Mazmunini so’zlatish. Savollarga javob olish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Shoh va shoir
Bugun bobomiz Z. M. boburning tavallud kuni ekanligini e`lon qilinadi. U zot biz yashayotgan Andijon zamining farzandi ekanligi haqida so’zlab beriladi. 12 yoshida taxt boshqaruvi yosh Boburning zimmasiga tushib hayoti juda tahlikali o’tganligi hikoy qilib beriladi.
IV. Darslik bilan ishlash:
Shoh va shoir
Bobur Mirzo Andijonda tug’ilgan. Uzoq yillar Hindistonda shohlik qilgan. Bizga ko’p kitob yozib qoldirgan. Shuning uchun ham uni shoh va shoir deyishadi.
“Boburnoma” kitobida bobomiz o’z boshidan o’tkazgan voqealarni yozgan. Shuningdek, unda tog’lar, gullar, qushlar, hayvonlar haqida ham fikrlarini yozib qoldirgan.
V. Darsni yakunlash:
Draslikda berilgan savollarga javob olish.
Maqolni o’qish, mazmunini tushuntirish;
VII. Uyga vazifa: “Shoh va shoir” matnini o’qib kelish.

Musiqa
Mavzu: “Chamandagi gullarmiz” qo’shig’ini tinglash. “Gullola” qo’shig’ini o’rganish. Butun nota haqida ma`lumot berish.


Maqsad: O’quvchilarni “Chamandagi gullarmiz” qo’shig’i bilan tanishtirish, “Gullola” qo’shig’ini o’rgatish; ularni san`atni sevishga chorlash; kuyni eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: tanishtirish, kuylatish.
Darsning borishi.
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. “Chamandagi gullarmiz” qo’shig’ini eshittirish.
III. “Gullola” qo’shig’ining matni bilan tanishtirish
Gullola
M. Oqilova she`ri
I. Akbarov musiqasi
Biz bahorda chiqamiz
Dalalarga, bog’larga.
Gullolalar ochilgan
Ko’m-ko’k maysazorlarga.
Dalalarda ochildi
Gunafshalar, lolalalar.
Bizga uchib kelishdi
Mayna, bulbul, sa`valar.
Bir tomonda lolalar,
Quvnab terar bolalar.
Bir tomonda qushchalar
Bizni qutlab sayrashar.
IV. Darsni yakunlash: Butun nota haqida ma`lumot berish, o’quvchilarning olgan bilimlarini umumlashtirish.

  1. Uyga vazifa: “Gullola” qo’shig’ining matnini yodlash.

Matematika
Mavzu: Misol va masalalar yechish (106-bet)
Maqsad: o’quvchilarni 30 sonining tarkibi bilan tanishtirish; ularga jamoat joylarida o’zini tutib yurish qoidalarini eslatib o’tish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;

  2. Yangi mavzu bayoni:

O’quvchilarni 30 soni bilan tanishtirish:
30 = 10+10 +10 o’ttiz uchta o’nlikdan iborat. 30 29 ni bitta orttirish yo’li bilan hosil qilinadi.
III. Darslik bilan ishlash
1-misol
30+5=35 30+4=34
36-6=30 37-7=30
2-misol
30+6=36 28-8=20
30-0=30 30+2=32
3-misol og’zaki bajariladi.
4-masala
Bor edi – 36 ta yo’lovchi
Tushib qoldi – 6 ta
Qoldi - ? ta
Yechish: 36-6=30
Javob: 30 ta yo’lovchi qoldi.
IV. Darsni yakunlash 30 sonini hosil bo’lishi mavzusini mustahkamlash
V. Uyga vazifa: 5-misol (106-bet)

Atrofimizdagi olam


Mavzu: Suv - obihayot
Maqsad: o’quvchilarga insonlar uchun suvning ahamiyati haqida ma`lumot berish; ularni tejamkorlik ruhida tarbiyalash; og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.

  2. O’tgan mavzuni mustahkamlash:

O’tgan mavzul bo’yicha suhbat tashkil etish.

  • Biznig vatanimiz nima deb ataladi?

  • Vatanimiz tabiati qanday ekan?

  1. Yangi mavzu bayoni:

Suv - obihayot
Suv bhor joyda hayot bor. O’simliklar ham, hayvonlar ham, odamlar ham suvsiz yashay olmaydi.
O’lkamizda daryolar ko’p. ariq va anhorlar suvni daryolardan oladi.
Bog’ va dalalar ariq va anhor suvlari bilan sug’oriladi.ichimlik suvi suvquvurlari orqali keladi.
Suv – tabiat boyligi. Uni tejab sarflash kerak.
IV. Mustahkamlash:
Suv haqida,uning insoniyat hayotidagi o’rni haqida suhbat tashkil etish. O’quvchilarga suvning tuganmas emasligini, uni tejab-tergab ishlatilmasa bir kun suv tanqisligi yuzaga kelishini tushuntirish. Hozirgi kunda suv tanqisligidan ozor chekayotgan mamlakatlar hayoti haqida so’zlab berish.
V. Darsni yakunlash: olingan ma`lumotlarni umumlashtirish;
VI. Uyga vazifa: “Suv - obihayot” mavzusini mustahkamlash.
Mehnat
Mavzu: Dala yumushlari
Maqsad: o’quvchilarni jismoniy mehnatga o’rgatish; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning jihozi: turli jismoniy mehnat bajarilayotgan jarayon tasvirlangan rasmlar
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash, dars uchun zarur ko’rgazmalarni shaylash;
II. Yangi mavzu bayoni:
Dala yumushlari
Biz vatanimiz – O’zbekistonni serquyosh o’lka ekanligidan faxrlanamiz. Bizning o’lkamizda yilning to’rt faslini ham ko’rish mumkin. Har faslning o’ziga xos tabiati, mehnati bor.
Yurtimizga bahor fasli ham yaqinlashib kelmoqda. Bahor yangilanish, yosharish faslidir. Shu sabab ham dalalarda bahorda yangi hosil uchun mehnat jarayoni boshlanadi.
Bahorda dala qishdan so’ng quyoshdan yana bahra olishi uchun qaytradan haydaladi. Ariqlar yangidan qazilib, ekinlarga suv erkin kelishi uchun sharoit yaratiladi. Dala turli zararli o’tlardan tozalanadi. O’tgan yilgi hosildan qolgan chiqindilar olib tashlanadi.
Biz ham o’qishdan bo’sh vaqtlarimizda kattalarga dala yumushlarida yordam berishimiz lozim. Bu bizning yil yakunida olingan hosilga qo’shgan hissamiz bo’ladi.
III. Darsni yakunlash.
O’quvchilarning dalada bajargan ishlari haqida suhbat tashkil etish.
Matematika
Mavzu: Misol – masalalar yechish (107-bet)
Maqsad: o’quvchilarni 40-49 sonlarining tarkibiga doir bilimlarini shakllantirish; ularni o’quv qurollarini toza, chiroyli saqlashga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:

  • 34, 29, 30, 16, 20, 10 sonida nechta o’nlik, nechta birlik bor?

III. Yangi mavzu bayoni: 100 ichidagi sonlar. 40-49 (105-bet)
O’quvchilarni 40 dan 49 gacha bo’lgan sonlarining tarkibiga doir bilimlarini 1-misol yordamida shakllantirish

O’nlik

Birlik




4

1

Qirq bir

2

Qirq ikki

3

Qirq uch

4

Qirq to’rt

5

Qirq besh

6

Qirq olti

7

Qirq yetti

8

Qirq sakkiz

9

Qirq to’qqiz

IV. Darslik bilan ishlash:
1-misol
40+1=41 48-8=40
40+5=45 43-3=40
40+7=47 49-9=40
40+6=46 44-4=40
4 -masala
Katak daftar – 40 ta Hammasi – ? ta Yechish: 40+9=49
Birchiziq daftar - 9 ta Javob: hamma daftar 49 ta
VI. Uyga vazifa: 4-misol (107-bet)

Ona tili
Mavzu: Alifbo (56-59-mashqlar)


Maqsad: o’quvchilarning alifboga oid bilimlarini mustahkamlash; ularni gullarni sevishga o’rgatish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • Ba`zi so’zlarda b tovushining o’rniga qaysi tovush eshitiladi?

  • Eshitilishida farq qiluvchi so’zlarni to’g’ri yozish uchun, uni qanday aniqlash mumkin?

  • Tutuq belgisi so’zlarda qanday vazifani bajaradi?

III. Yangi mavzu bayoni: Alifbo
Alifbomizda 29 ta harf bor. Ulardan uchtasi harf birikmasi. 1ta tutuq belgisi bor. Alifboda harflar tartib bilan joylashadi.
IV. Darslik bilan ishlash:
57-mashq. Nuqtalar o’rniga kerakli harf qo’yib,alifbo tartibida yoziladi.
Gulsafsar, karnaygul, qo’qongul, chinnigul.
O’quvchilar gullar nomidan qatnashtirib gap tuzadilar. Eng ma`noli, chiroyli gap daftarga yozdiriladi.
58-mashq.
Izzat, kassa, mitti, naqqosh, novvot, rassom, varrak..
O’quvchilar shu so’zlardan qatnashtirib gap tuzadilar. Eng ma`noli, chiroyli gap daftarga yozdiriladi.
V. Darsni yakunlash: Darsda berilgan ma`lumotlar umumlashtiriladi.
VI. Uyga vazifa: 59-mashq.
O’qish
Mavzu: Ona sabog’I
Maqsad: O’quvchilarga bobomiz Z. M. Boburning bolalik davridan qisqacha ma`lumot berish; ularga yoshlikdan ilm olishga intilish kerakligini tushuntirish; ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: turli nonlar tasvirlangan rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Shoh va shoir” hikoyasini o’quvchilarga o’qitish. Mazmunini so’zlatish. Savollarga javob olish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Ona sabog’I
Z. M. Boburning bolalik chog’laridan bir shingil hikoya qiluvchi hikoyani o’quvchilarga tanishtirish.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. “Ona sabog’i” hikoyasini o’quvchilarga o’qib berish.
2. Uning mazmunini tushuntirish.
3. Lug’at ishi o’tkazish:
Musaffo – toza, tiniq
O’zaro – bir-biri bilan
Ko’k – osmon
Angladim – tushundim
V. Darsni yakunlash:
Draslikda berilgan savollarga javob olish.
Topishmoq va tez aytishlarni o’qish. Topishmoqning javobini topish.
VII. Uyga vazifa: “Ona sabog’i” matnini o’qib kelish.
Matematika
Mavzu: Misol – masalalar yechish (110-bet)
Maqsad: o’quvchilarni 70-79 sonlarining tarkibiga doir bilimlarini shakllantirish; ularni jamoat joylarida o’zini tutish qoidalari bilan tanishtirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash: bir va ikki xonali sonlar yuzasidan mustahkamlash ishlarini o’tkazish;
III. Yangi mavzu bayoni: 100 ichidagi sonlar. 70-79 (106-bet)
O’quvchilarni 70 dan 79 gacha bo’lgan sonlarining tarkibiga doir bilimlarini 1-misol yordamida shakllantirish

O’nlik

Birlik




7

1

yetmish bir

2

yetmish ikki

3

yetmish uch

4

yetmish to’rt

5

yetmish besh

6

yetmish olti

7

yetmish yetti

8

yetmish sakkiz

9

yetmish to’qqiz

IV. Darslik bilan ishlash:
1-misol
70+5=75 70+8=78 70+6=76 79-9=70 76-6=70
70+4=74 70+3=73 74-4=70 71-1=70 77-7=70
2-masala
Bor edi – 78 ta stul
Bo’yaldi – 8 ta stul Yechish: 78 – 8 = 70 ta
Bo’yash kerak - ? ta stul Javob: 70 ta stulni bo’yash kerak.
3-misol: 75, 51, 74 sonlari yoziladi.
VI. Uyga vazifa: -misol (110-bet)
Atrofimizdagi olam
Mavzu: Bahor. Qushlar bizning do’stimiz
Maqsad: o’quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtirish, insonlar uchun qushlarning ahamiyati haqida ma`lumot berish; ularni tabiatni sevishga, asrashga o’rgatish; og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.

  2. O’tgan mavzuni mustahkamlash:

O’tgan mavzul bo’yicha suhbat tashkil etish.

  • Biz uchun suvning qanchalik muhimligi haqida nimalarni ayta olasiz?

  • Suvdan qanday foydalanish kerak?

  1. Yangi mavzu bayoni:

Bahor.
Bahor keldi. Kunlar isidi. Ba`zi daraxtlar barg yozdi. Ayrimlari qiyg’os gulladi. Quyosh charaqlab turibdi. Jiblajibonlar, qaldirg’ochlar uchib kelishib, in qurishmoqda.
Dalalar yam-yashil o’tlarga burkandi. Dehqonlar dalalarda ish boshladilar.
Qushlar bizning do’stimiz
Qushlar tabiatning go’zal mavjudotlaridan biri. Ular tabiatga faqatgina go’zallik bermaydi, balki uni tozaligiga ham o’z hissalarini qo’shadilar. Qushlar o’simliklardagi turli zararli qurt va hasharotlarni yeb bitiradi. O’simlik urug’larini tarqatib obodonchilikka yordam beradi. Shuning uchun qushlar insonlar uchun do’stdir.
IV. Mustahkamlash:
- Qushlar bizning do’stimiz ekan, ularga biz qanday munosabatda bo’lishimiz kerak?
V. Uyga vazifa: “Bahor” va “Qushlar – bizning do’stimiz” mavzularini mustahkamlash.
Mehnat
Mavzu: Onajonlarga sovg’a
Maqsad: o’quvchilarni jismoniy mehnatga o’rgatish; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning jihozi: rangli qog’ozlar, qaychi, elim, karton qog’oz.
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash, dars uchun zarur ko’rgazmalarni shaylash;
II. Yangi mavzu bayoni:
Onajonlar uchun sovg’a tayyorlash

  1. O’quvchilarga tayyor mahsulotni ko’rsatish.

  2. Sovg’ani tayyorlashni bosqichma-bosqich o’rgatish:

Dastlab karton qog’ozga suvni tasvirlash uchun havo rangli qog’oz yopishtiriladi. Uning ustiga gul barglarini eslatuvchi shaklda yashil rangdagi bo’laklar yopishtiriladi. Oq qog’ozdan aylana shakl qirqib olinib, o’rtasi uzilmagan holda olti bo’lakka bo’linadi. Bo’laklarning uchlari gul yaproqlari shaklida yopishtirilib, o’rtasidan tayyor asosga yopishtiriladi. Gulning o’rtasiga sariq rangdagi qog’ozdan olinib yopishtiriladi. Tayyor sovg’aning bir tomonida har bir o’quvchi o’z tilaklarini yozishlari mumkin.
III. Darsni yakunlash.
Ishni yakunlash, ish stolini tozalash.

Matematika


Mavzu: Misol – masalalar yechish (112-bet)
Maqsad: o’quvchilarni 90-99 sonlarining tarkibiga doir bilimlarini shakllantirish; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash: bir va ikki xonali sonlar yuzasidan mustahkamlash ishlarini o’tkazish;
III. Yangi mavzu bayoni: 100 ichidagi sonlar. 90-99 (112-bet)
O’quvchilarni 90 dan 99 gacha bo’lgan sonlarining tarkibiga doir bilimlarini 1-misol yordamida shakllantirish

O’nlik

Birlik




9

1

To’qson bir

2

To’qson ikki

3

To’qson uch

4

To’qson to’rt

5

To’qson besh

6

To’qson olti

7

To’qson yetti

8

To’qson sakkiz

9

To’qson to’qqiz

IV. Darslik bilan ishlash:
1-misol
90+4=94 90+6=96 98-8=90 97-7=90
90+8=98 90+9=99 95-5=90 94-4=90
2 -masala
Oq atirgul – 90 ta - ? ta Yechish: 90 + 8 = 98 ta
Qizil atirgul – 8 ta Javob: 98 ta atirgul bor.
3-misol:
80 + 2 = 82 90 + 5 = 95 80 + 8 = 88 69 – 9 = 60
70 + 6 = 76 99 – 9 = 90 75 – 5 = 70 96 – 6 = 90
4- misol (og’zaki bajariladi)
91, 92, 93, 94, 95, 96, 97, 98, 99;
5-misol (og’zaki bajariladi)
97 – 9 ta o’nlik va 7 ta birlik;
83 – 8 ta o’nlik va 3 ta birlik;
79 – 7 ta o’nlik va 9 ta birlik;
69 – 6 ta o’nlik va 9 ta birlik;
91 – 9 ta o’nlik va 1 ta birlik bor.
V. Darsni yakunlash: bugungi berilgan bilimlarni umumlashtirish, mustahkamlash.
VI. Uyga vazifa: 6-misol (112-bet)

Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (66-68-mashqlar)


Maqsad: o’quvchilarning so’zlarni bo’g’inlarga bo’lish mavzusiga oid bilimlarini mustahkamlash; ularni o’simliklarning hayoti bilan tanishtirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • Unli tovushlarni aytib bering.

  • So’z nimaga bo’linadi?

III. Yangi mavzu bayoni: Mashqlar bajarish (66-68-mashqlar)
IV. Darslik bilan ishlash:
66-mashq. Topishmoqdagi so’zlar bo’g’inga bo’linadi.
Suv-ga yoy-sa bo’-la-di,
So’ng o’l-ja-ga to’-la-di. (baliq tutish uchun to’r).
Unli tovushlar bo’g’in hosil qilishi tushuntiriladi.
67-mashq. Matn ko’chirib yoziladi, ajratilgan so’zlar bo’g’inga bo’linadi.
Do’lana
Do’-la-na – tog’ o’simligi. Do’lana tog’li joylarda, sha-g’al-li qiyaliklarda o’sadi. Respublikamizda u-ning besh-ta turi bor. Do’lananing me-va-si ju-da ko’p kasalliklarga davodir.
V. Darsni yakunlash: Mavzuni mustahkamlash:
- Qaysi tovush bo’g’in hosil qiladi?
VI. Uyga vazifa: 68-mashq.
Xonqizi haqida berilgan matnni ajratib ko’rsatilgan so’zlari bo’g’inga bo’lib ko’chirib yoziladi.
O’qish
Mavzu: Lola
Maqsad: O’quvchilarni Hamid Olimjonning “Lola” she`ri bilan tanishtirish; ulardagi tabiatga bo’lgan mehrni yanada o’stirish; ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: turli nonlar tasvirlangan rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Bahor kelgach” she`rini o’quvchilarga ifodali o’qitish. Mazmunini so’zlatish. Savollarga javob olish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Bahor fasli haqida suhbat tashkil etish. Hamid Olimjon haqida qisqacha ma`lumot beriladi.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. “Lola” she`rini o’quvchilarga ifodali o’qib berish.
2. Uning mazmunini tushuntirish.
3. Lug’at ishi o’tkazish:
Kechga qadar – kech tushguncha
Mo’l – ko’p
chakka – quloq oldi
butkul – butunlay
V. Darsni yakunlash:
1. She`rni o’quvchilarga o’qitish
2. Draslikda berilgan savollarga javob olish.
VI. Uyga vazifa: “Lola” she`rini ifodali o’qib kelish.

Matematika


Mavzu: Metr. Detsimetr
Maqsad: o’quvchilarni metr va detsimetr uzunlik o’lchov birliklari bilan tanishtirish; ularni bir-biriga e`riborli, ozaro hurmatda bo’lishga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;

  2. Yangi mavzu bayoni:

Metr. Detsimetr
Biz santimetr uzunlik o’lchovi haqida ma`lumotga egamiz. Metr va detsimetr ham uzunlik o’lchov birliklari bo’lib, ular hajmi katta narsalarni o’lchashda ishlatiladi. 10 sm = 1 dm ga, 100 sm = 1 m ga 10 dam = 1 sm
III. Darslik bilan ishlash
1-misolni og’zaki bajarish orqali uzunlik o’lchov birliklariga doir masalalarni yechish tushuntiriladi.
Stolning balandligi – 8 dm
Stulning balandligi – 5 dm Yechish: 8 – 5 = 3 dm
Stol qancha baland? Javob: stol stuldan 3 dm baland
2- misol.
40 sm – 20 sm = 20 sm 50 sm +10 sm = 60 sm
10 dm + 30 dm = 40 dm 60 m + 9 m = 69 m
Bir xil o’lchov birliklaridagi sonlarni bir-biriga to’g’ridan to’g’ri qo’shish mumkin.
3-misol
10 +9 = 19 80+ 7 = 87 22 – 2 = 20 44 – 4 = 40
20 + 7 = 27 80 + 9 = 89 18 – 8 = 10 28 – 8 = 20

4- masala


Ko’cha – 8 m
Yo’lka va ariq – 4 m Yechish: 8 – 4 = 4 m
Mashina yo’li - ? m Javob: Mashina yuradigan yo’l 4 m.
5- misol
19-9=10+4=14-10=4+5=9
IV. Mustahkamlash:

  • Sm, dm, metr qanday o’lchov birliklari ekan

V. Uyga vazifa: 6-misol (113-bet)

Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (69-72-mashqlar)


Maqsad: o’quvchilarning so’zlarni bo’g’inlab ko’chirish qoidasi bilan tanishtirish; ularga milliy boyliklarimiz haqida tushuncha berish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • Qaysi tovush bo’g’in hosil qiladi?

III. Yangi mavzu bayoni: Mashqlar bajarish (69-72-mashqlar)
So’zlarni bo’g’inlab ko’chirish
Yozuvda har doim ham so’zlar to’laligicha bir satrga sig’masligi mumkin. Bunday hollarda so’zlar satrdan satrga bo’g’inlab ko’chiriladi. So’zlarning hamma bo’g’ini ham satrdan satrga ko’chirilavermaydi. Bitta harfdan iborat bo’lgan bo’g’in o’zidan oldingi yoki keyingi so’zga bog’lab yoziladi.
Masalan: o’-quv-chi so’zi o’quv-chi tarzida ko’chirilishi mumkin xolos.
IV. Darslik bilan ishlash:
69-mashq. Mashq og’zaki bajarilib, mavzu o’quvchilarga tushuntirladi.
70-mashq.
Hi-lo-la, ota, sak-kiz, o’quv-chi, ki-tob, ushoq.
71-mashq.
A`lo, odob, eshik, o’roq, odam, opa, asal, e`lon, uka.
V. Darsni yakunlash: Mavzuni mustahkamlash:
- So’zlarni bo’g’iga bo’lish bilan bo’g’inlab ko’chirish o’rtasida qanday farq bor ekan?
VI. Uyga vazifa: 72-mashq.
O’qish
Mavzu: Ona allasi
Maqsad: O’quvchilarni “Ona allasi” rivoyati bilan tanishtirish; ularga milliy qadriyatlarimiz haqida qo’shimcha malumotlar berish; ifodali, tushunib o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish; munozara.
Darsning jihozi: ona allasi yozilgan tasma, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Lola” she`rini o’quvchilarga ifodali o’qitish. Mazmunini so’zlatish. Savollarga javob olish.
III. Yangi mavzu bayoni:
“Ona allasi” rivoyati bugungi mavzu ekanligi e`lon qilinadi. Alla qo’shig’I haqida o’quvchilarni fikrlari so’raladi, uning insonga ta`siri yuzasidan munozara uyushtiriladi. Alla qo’shig’i tasma orqali eshittiriladi..
IV. Darslik bilan ishlash:
1. Matnni o’qib beriladi, o’quvchilar kitobdan matnni kuzatib boradilar, mazmuni ustida suhbat uyshtiriladi.
2. Lug’at ishi o’tkazish:
Yum-yum yig’labdi – kuyunib, ko’p ko’z yosh to’kib yig’labdi
munis – mehribon
V. Darsni yakunlash:
Matn o’quvchilarga navbat bilan ifodali o’qitiladi. Har bir so’zning to’g’ri talaffuziga e`tibor qaratiladi va xatolar tuzatiladi.
Mazmuni yuzasidan savol-javob o’tkaziladi:

  • Podshoh kimlarni chaqirtiribdi?

  • Kimning qo’shig’i podshohga yoqibdi? Nima uchun?

  1. Uyga vazifa: “Ona allasi” rivoyatini ifodali, tushunib o’qish, so’zlashga tayyorlanish.

Matematika
Mavzu: Mustahkamlash uchun mashqlar
Maqsad: o’quvchilarning ikki xonali sonlarga doir bilmlarini mustahkamlsh; ularni mustaqil fikrlashga,mulohazali bo’lishga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;

  2. Mustahkamlash uchun mashqlar bajarish

III. Darslik bilan ishlash
1-misolni og’zaki bajarish orqali ikki xonali sonlarga doir bilimlarini mustahkamlash.
1) Berilgan sonlardan bitta keyin keladigan qo’shni sonlar aytiladi.
2) Berilgan sonlardan bitta oldin keladigan qo’shni sonlar aytiladi.
3) Berilgan sonlarni 100 gacha to’ldiriladi.
2- misol.
30 + 3 = 33 69 – 9 = 60 70 + 3 = 73 48 – 8 =40
40 + 5 = 45 87 – 7 = 80 70 + 8 = 78 54 – 4 = 50
3- masala
Yeyishdi – 10 ta olxo’ri
Qoldi – 5 ta olxo’ri Yechish: 10 + 5 = 15 ta
Bor edi - ? ta olxo’ri Javob: 15 ta olxo’ri bor edi.
4- misol
40 dm + 50 dm = 90 dm 90 sm – 60 sm = 30 sm
20 sm – 10 sm = 10 sm 30 dm + 20 dm = 50 dm
IV. Mustahkamlash:

  • Sm, dm, metr qanday o’lchov birliklari ekan?

V. Uyga vazifa: 5-misol (114-bet)
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (73-76-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning so’zlarni bo’g’inlab ko’chirish qoidasiga doir bilimlarini mustahkamlash; qushlarning insonlar uchun foydasi haqidagi ma`lumotlarini kengaytirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • So’zlarni bo’g’iga bo’lish bilan bo’g’inlab ko’chirish o’rtasida qanday farq bor ?

III. Yangi mavzu bayoni:
Mashqlar bajarish (73-76-mashqlar)
So’zlarni satrdan satrga ko’chirish qoidasini eslatib o’tish.
IV. Darslik bilan ishlash:
73-mashq. Mashqda berilgan so’zlar bir bo’g’inli so’zlar bo’lganligi sababli, ular bir satrdan ikkinchi satrga ko’chirib o’tkazilmaydi.
74-mashq.
Jiblajibon
Jib-la-ji-bon – foydali qush. U ba-hor-da o’lkamizga birinchi bo’lib uchib keladi. Jiblajibon mayda ha-sha-rot-lar bilan oziqlanadi.
75-mashq.
Kat-ta-ni hurmat qil,
Ki-chik-ni iz-zat qil.
V. Darsni yakunlash: Mavzuni mustahkamlash:
VI. Uyga vazifa: 76-mashq.

O’qish
Mavzu: Mehribon oyijonim


Maqsad: O’quvchilarni Po’lat Mo’minning “Mehribon oyijonim” she`ri bilan tanishtirish; ularni onalarga hurmat ko’rsatish, mehr-oqibatlik bo’lishga o’rgatish; ifodali o’qish, yod olish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Ona allasi” rivoyatini o’quvchilarga ifodali o’qitish. Mazmunini so’zlatish. Savollarga javob olish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Yaqinlashib kelayotgan sana 8-mart Onajonlar bayrami haqida suhbat tashkil etish.
Shoir Po’lat Mo’min haqida ma`lumot berish.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. She`r o’quvchilarga ifodali o’qib beriladi, mazmuni ustida suhbat uyshtiriladi.
2. Savol-javob o’tkazish:
- She`r matni o’qilayotganda nimalarni his qildingiz?
- Nima uchun onajonlarimizni shunchalik qadrlaymiz?
- Onajonlar haqidagi qanday maqollar va hikmatli so’zlarni bilasiz?
V. Darsni yakunlash:
She`r o’quvchilarga navbat bilan ifodali o’qitiladi.
O’quvchilarni baholanadi va rag’batlantiriladi.

  1. Uyga vazifa: “Mehribon oyijonim” she`rini yod olish

Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (77-80-mashqlar)


Maqsad: o’quvchilarning so’zlarni bo’g’inlab ko’chirish qoidasiga doir bilimlarini mustahkamlash; ularning sportga bo’lgan qiziqishlarini o’stirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • Bo’g’inlab ko’chirish mumkin bo’lmagan so’zlarga misollar keltiring.

(ona, ota, opa, ilon, a`lo, tol, tut, ip, it va b.)
III. Yangi mavzu bayoni:
Mashqlar bajarish (77-80-mashqlar)
So’zlarni satrdan satrga ko’chirish qoidasini eslatib o’tish. Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so’zlarni bo’g’inga bo’lish qoidasi bilan tanishtirish.
IV. Darslik bilan ishlash: 77-mashq.
Meni derlar Maz-za-lar-ning
Nashvati Maz-za-si.
Sharbatlarning Laz-zat-lar-ning
Sharbati Laz-zati.
78-mashq.
Yo-ni-ga kel-sa bo-la-si,
Ta`-zim qi-lar ona-si. (choynak va piyolalar)
79-mashq.
Su-zish, ku-rash, shax-mat, fut-bol, ten-nis.
V. Darsni yakunlash: Darslikda berilgan savollarga javob olish
VI. Uyga vazifa: 80-mashq.

O’qish
Mavzu: Bakinmachoq


Maqsad: O’quvchilarni Anvar Obidjonning “Bekinmachoq” she`ri bilan tanishtirish; ularning o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash; ifodali o’qish, yod olish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Mehribon oyijonim” she`rini o’quvchilardan yod so’rash. Mazmunini so’zlatish. Savollarga javob olish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Bahor fasli, bahoriy o’yinlar haqida suhbat o’tkazish.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. She`r o’quvchilarga ifodali o’qib beriladi, mazmuni ustida suhbat uyshtiriladi.
2. Savol-javob o’tkazish:
- She`rda qanday voqea tasvirlangan?
- Kimlar bekinmachoq o’ynashdi?
- Lolalar bolaga nima degandek tuyuldi?
V. Darsni yakunlash:
She`r o’quvchilarga navbat bilan ifodali o’qitiladi.
O’quvchilarni baholanadi va rag’batlantiriladi.

  1. Uyga vazifa: “Bekinmachoq” she`rini yod olish

Musiqa
Mavzu: “Quyonim” xalq o’yini. “Sehrli dunyo” qo’shig’ini o’rganish. Yarim nota haqida ma`lumot berish.
Maqsad: “Quyonim” xalq o’yini bilan tanishtirish, “Sehrli dunyo” qo’shig’ini o’rgatish, yarim nota haqida ma`lumot berish; kuyni eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: tanishtirish, kuylatish.
Darsning borishi.
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. “Quyonim” xalq oyinini o’rgatish.
III. “Sehrli dunyo” qo’shig’ining matni bilan tanishtirish
Sehrli dunyo
H. Ahmedova she`ri
X. Hasanova musiqasi
Dillarda orzu,
Kuylaymiz jo’shib.
Quvonch, shodlikni
Kuylarga qo’shib.
Bolalaik guldir
Bu go’zal chamanda.
Yashaymiz yayrab
Eng baxtli Vatanda .
Naqorot: Kuylar olam
Sochib ziyo.
Chorlar har dam
Bu sehrli dunyo.
IV. Darsni yakunlash: Yarim nota haqida ma`lumot berish, o’quvchilarning olgan bilimlarini umumlashtirish.

  1. Uyga vazifa: “Sehrli dunyo” qo’shig’ining matnini yodlash.

Matematika
Mavzu: O’nliklar ustida amallar
Maqsad: o’quvchilarni o’nliklar ustida amallar bajarishga doir bilimlarini shakllantirish; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash: bir va ikki xonali sonlar yuzasidan mustahkamlash ishlarini o’tkazish;
III. Yangi mavzu bayoni: O’nliklar ustida amallar
O’quvchilaga o’ntalab sanash tartibini eslatib o’tish. O’nliklarning nomlanishlarini, tartibini mustahkamlash.

O’nliklar



Birliklar






1

0

O’n

2

0

Yigirma

3

0

O’ttiz

4

0

Qirq

5

0

Ellik

6

0

Oltmish

7

0

Yetmish

8

0

Sakson

9

0

To’qson

IV. Darslik bilan ishlash:


1-misol
20 + 20 50 - 10
2 o’nlik + 2 o’nlik = 4 o’nlik 5 o’nlik – 1 o’nlik = 4 o’nlik
20 + 20 = 40 50 – 10 = 40

20 + 10 40 – 20


2 o’nlik + 1 o’nlik = 3 o’nlik 4 o’nlik – 2 o’nlik = 2 o’nlik
20 + 10 = 30 40 – 20 = 20

70 + 10
7 o’nlik + 1 o’nlik = 8 o’nlik


70 + 10 = 80
V. Darsni yakunlash: bugungi berilgan bilimlarni umumlashtirish, mustahkamlash.
VI. Uyga vazifa: 2-misol (115-bet)

Ona tili
Mavzu: So’zning ma`nosi


Maqsad: o’quvchilarning so’zning ma`nosi mavzusiga oid bilimlarini shakllantirish; ularni mazmunli, tushunarli gapirishga odatlantirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • So’zlar nimalarga bo’linadi?

  • Qaysi tovushlar bo’g’in hosil qiladi?

  • So’zlar bir satrdan ikkinchi satrga qanday ko’chiriladi?

III. Yangi mavzu bayoni: So’zning ma`nosi
Har bir so’z o’ziga yarasha ma`noni anglatadi. Ular ma`lum bir so’roqqa javob bo’ladi. So’zlar odam yoki narsalarning nomini, harakatini, belgisini, sanog’ini anglatishi mumkin.
IV. Darslik bilan ishlash:
81-mashq. Rasmdagi shaxs va jonivorlarning nomlari aytiladi. Harakatni bildirgan so’zlar kim yoki nimalarga mos ekanligi aniqlanadi. So’zlarga so’roq berish o’rgatiladi.
Qush uchadi, baliq suzadi, ot yuguradi, o’quvchi yozyapti.
82-mashq.

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish