Mavzu: Ko’pburchaklar



Download 1,59 Mb.
bet3/9
Sana06.07.2022
Hajmi1,59 Mb.
#745703
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Matematika

Sariq gul, shirin olma, aqlli qiz, beshta nok.
Ajratilgan so’zlarning ma`nosi tushuntiriladi.
83-mashq.
Kim? – Gulsara, ishchi, Zabiniso.
Nima? – ko’za, soch, bodom,
Nima qildi?- kuldi, ochildi, uxladi.
Qanday?- qizil, shirin.
Nechta? – o’n, yetti, beshta.
V. Darsni yakunlash: Mavzuni mustahkamlash:
- So’zlar qanday ma`nolarni anglatar ekan?
VI. Uyga vazifa: 84-mashq.

.
O’qish


Mavzu: Navro’z bayrami
Maqsad: O’quvchilarni mavzu bilan tanishtirish; ularning Navro’z bayrami haqidagi tushunchalarini kengaytirish, milliy idumlarmizga hurmatini oshirish; ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: Navro’z tantanalari tasvirlangan rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Bekinmachoq” she`rini o’quvchilardan yoddan so’rash. Savollarga javob olish.
III. Yangi mavzu bayoni:
“Navro’z bayrami” hikoyasini o’qish.
Matnni o’qishga tayyorgarlik ko’rish.

  • Bahorda qanday bayramlar nishonlanadi?

  • Navro’z bayrami aynan qaysi kuni nishonlanishini bilasizmi?

  • Navro’zda qanday taomlar pishiriladi?

IV. Darslik bilan ishlash:
1. “Navro’z bayrami” matnini o’quvchilarga o’qib berish.
2. Uning mazmunini tushuntirish.
3. Lug’at ishi o’tkazish:
Jag’-jag’, yalpiz, ismaloq kabi o’simliklar haqida suhbat o’tkaziladi.
4. Matn o’quvchilarga o’qitish
5. Draslikda berilgan savollarga javob olish.
V. Darsni yakunlash:
Darslikda berilga topishmoq va tez aytishlar ustida ishlash.
O’tilgan mavzuni savollar yordamida mustahkamlash:
- Navro’z so’zi qanday ma`noni anglatar ekan?
VI. Uyga vazifa: “Navro’z bayrami” matnini o’qib kelish.
Matematika
Mavzu: 3 – 8 misol va masalalar. (116-bet)
Maqsad: o’quvchilarni o’nliklar ustida amallar bajarishga doir bilimlarini mustahkamlash; ularni bir-biriga e`riborli, ozaro hurmatda bo’lishga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlash;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;

  2. Yangi mavzu bayoni:

O’nliklar ustida amallar mavzusiga oid misol va masalalar yechish.
O’quvchilarga o’ntalab o’ng va teskari usulda sanatish orqali mavzuni takrorlash.
III. Darslik bilan ishlash
3-misolni og’zaki bajarish orqali mavzu mustahkamlanadi.
Sariq cho’plar 6 ta o’nlik, qizil cho’plar 3 ta o’nlik. Hamma cho’plar 9 ta o’nlik. Ya`ni: 60 + 30 = 90
4- masala
Karimda – 10 ta kaptar - ? ta kaptar
A nvarda – shuncha
Yechish: 10 + 10 = 20 ta
Javob: Ikkalasining kaptari 20 ta
5-misol. Taqqoslash
10 +20 = 30 20 + 40 > 40
30 – 10 < 40 50 + 10 < 80
6- masala
Savatda 40 ta olma bor edi. Bolalar 10 ta olmani yedilar. Savatda qancha olma qoldi?
Yechish: 40 – 10 = 30 ta Javob: 30 ta olma qoldi.
7 -masala
Bor edi – 50 ta kitob - bo’ldi - ? ta
Yana berdi – 10 ta kitob
Yechish: 50 + 10 = 60 ta
Javob: Irodada 60 ta kitob bo’ldi
IV. Mustahkamlash:

  • Eng kichik ikki xonali sonni ayting.

  • Eng katta ikki xonali sonni ayting.

V. Uyga vazifa: 8-misol (116-bet)

Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (85-87-mashqlar)


Maqsad: o’quvchilarning so’z ma`nolarida doir bilimlarini mustahkamlash; ularni vaqtni qadrlashga, undan ununmli foydalanishga o’rgatish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:
So’zlarga savol bering: olma, katta, bordi, ota, bir, o’tirdi, to’g’ri, mehribon.
III. Yangi mavzu bayoni: Mashqlar bajarish (85-87-mashqlar)
IV. Darslik bilan ishlash:
85-mashq. Juftlab berilgan so’zlarning ma`nosini tushuntirish.
Kul (har.) – ko’l (narsa), qol (har.) – qo’l (narsa), qo’y (har.) – to’y (narsa), bil (har.) – bol (narsa).
86-mashq. Rasm asosida suhbat tashkil etish. Bahor fasli, uning o’ziga xos tabiati, bahorgi mehnat haiqda suhbat o’tkazish. Behorgi ununmli mehnat yillik ishlarimizning samarali bo’lishini ta`minlashini tushuntirish.
Savollarga rasm asosida javob berilib, javoblar yozdiriladi.
1. Bahor fasli boshlandi.
2. Aziz, Barno, Lola sayrga chiqdi.
3. Bolalar qirda lolaqizg’aldoq terishdi.
V. Darsni yakunlash: Mavzuni mustahkamlash:
- So’zlarni bo’g’inlab ko’chirishda nimalarga e`tibor qaratilish kerak?
VI. Uyga vazifa: 87-mashq.
O’qish
Mavzu: Navro’z
Maqsad: O’quvchilarni Rauf Tolibning “Navro’z” she`ri bilan tanishtirish; ularga milliy qadriyatlarimiz haqida qo’shimcha malumotlar berish; ifodali, tushunib o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish; munozara.
Darsning jihozi:bahor tasvirlangan rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Navro’z bayrami” matnini o’quvchilarga ifodali o’qitish. Mazmunini so’zlatish. Savollarga javob olish.
III. Yangi mavzu bayoni:
“Navro’z” she`ri bugungi mavzu ekanligi e`lon qilinadi. Yangi mavzu ham o’tgan darsdagi mavzuimizning davomi ekanligi aytiladi.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. She`r matnni o’qib beriladi, o’quvchilar kitobdan matnni kuzatib boradilar, mazmuni ustida suhbat uyshtiriladi.
2. Lug’at ishi o’tkazish:
Turon – yurtimizning qadimgi nomi
Mo’l-ko’l – juda ko’p
Sayilgoh – bayramlar o’tkaziladigan maydon.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
- Tabiatda bahorda qanday o’zgarishlar bo’ladi?
- Navro’z taomlarining pishirish jarayonini kuzatganmisiz?
VI. Darsni yakunlash:

  • Topishmoq topish va tez aytish musobaqasi o’tkaziladi.

  1. Uyga vazifa: “Navro’z” she`rini yodlash.

Matematika
Mavzu: 1 – 6 –misol va masalalar (117-bet)
Maqsad: o’quvchilarning ikki xonali sonlarga doir bilmlarini mustahkamlsh; ularni mustaqil fikrlashga, mulohazali bo’lishga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;

  2. Mustahkamlash uchun mashqlar bajarish

III. Darslik bilan ishlash
1-misol

Qo’shiluvchi

20

50

70

30

80

40

60

Qo’shiluvchi

20

10

20

40

10

40

30

Yig’indi

40

60

90

70

90

80

90

2- masala


1- jo’yakda – 40 ta bodring - ? ta bodring
2 - jo’yakda -20 ta bodring
Yechish: 40 + 20 = 60 ta
Javob: Ikkala jo’yakda 60ta bodring bor.
3- misol
40 +40 = 80 23 – 3 = 20 80 + 5 =85 36 -6 =30
60 – 20 = 40 70 + 8 = 78 59 – 9 = 50 40 + 7 = 47
4- misol. (og’zaki)
Berilgan misollar musobaqa tarzida og’zaki bajariladi.
IV. Darsni yakunlash: 5-misolda berilgan mantiqiy misol o’quvchilar bilan bajariladi.
V. Uyga vazifa: 6-misol (117-bet)
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (88-90-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning so’z ma`nolari mavzusiga doir bilimlarini mustahkamlash; ularning tabiatga bo’lgan mehrini yanadu kuchaytirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:

  • So’zlar qanday ma`nolarni anglatadi? Ularga misollar keltiring.

III. Yangi mavzu bayoni:
Mashqlar bajarish (88-90-mashqlar)
So’zlarga savol berish malakalarini mustahkamlash.
IV. Darslik bilan ishlash:
88-mashq.
Bahor keldi. Dehqon dala ishlarini boshladi.
Bahorgi ishlar haqida suhbat o’tkazish.
89-mashq. So’roqlar o’rniga mos so’zlarni qo’yib, gaplarni ko’chiriladi.
Yomg’ir tindi. Chumoli o’rmaladi. Sayroqi qushlar navosi boshlandi.
Tuzilgan gaplarning har bir so’zining ma`nosini aniqlanadi.

  1. Darsni yakunlash: Mavzuni o’yin orqali mustahkamlash:

Harakarlarga mos narsa yoki shaxs nomini ayting:
Uchadi, pishadi, yozadi, uxladi, kishnadi, sayradi, urdi, sotadi, ekadi, tikdi, ko’rsatadi.
V. Uyga vazifa: 90-mashq.
O’qish
Mavzu: Bo’lim yuzasidan takrorlash
Maqsad: “Ko’klam – yashardi olam” bo’limida olimgan bilimlarni takrorlash; o’quvchilarni tabiat go’zalliklaridan zavqlanishga, onalarni hurmat qilishga o’rgatish; ifodali, ravon va tushunib o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: umumlashtiruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Navro’z” she`rini o’quvchilardan yoddan so’rash. Mazmunini so’zlatish. Savollarga javob olish.
III. Yangi mavzu bayoni:
“Ko’klam – yashardi olam” bo’limida olimgan bilimlarni takrorlash.
Bo’limda tanishgan mavzularni esga olish (“Bahor kelgach”, “Lola”, “Ona allasi”, “Mehribon oyijonim”, “Bekinmachoq”, “Navzo’r bayrami”, “Navroz” she`r va rivoyatlari, topishmoq va tez aytishlar).
1. Bo’limdagi qaysi mavzu sizga ko’proq yoqdi?
2. “Ko’klam – yashardi olam” bo’limiga nima uchun onalar haqidagi she`r va matnlar kiritilgan?
3. Shu bo’limda o’rganganlaringizga o’xshash maqol yoki topishmoq bilasizmi? Aytib bering.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. Darslikda berilgan boshqotirmani yechish.
1- bola; 2- lola; 3- gul; 4- ari so’zlari yozilishi kerak.
2. Bahor gullari: lolaqizg’aldoq, boychechak, binafsha;
V. Darsni yakunlash:
O’quvchilarni baholanadi va rag’batlantiriladi.

  1. Uyga vazifa: Darslikdagi rasm asosida “Navro’z bayrami” mavzusida og’zaki hikoya tuzish.

Matematika
Mavzu: 1 – 6 –misol va masalalar (118-bet)
Maqsad: o’quvchilarning ikki xonali sonlarga doir bilmlarini mustahkamlsh; ularni muammolardan o’zini yo’qotmaslikka o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;

  2. Mustahkamlash uchun mashqlar bajarish. 1- 6 –misol va masalalar (118-bet)

III. Darslik bilan ishlash
1-misol

Kamayuvchi

29

33

48

57

66

71

95

Ayriluvchi

9

3

8

7

6

1

5

Ayirma

20

30

40

50

60

70

90

2- masala
Bor edi – 80 m gazlama
Qirqib olindi – 30 m Yechish: 80-30 = 50 m
Qoldi - ? m gazlama Javob: Qoldi 50 m gazlama.
3- misol
60 +10 = 70 76 – 6 = 70 50 - 30 =20 35 -5 =30
6 0 – 20 = 40 88 - 8 = 80 40 + 20 = 60 23 – 3 = 20
Nok – 20 kg - 50 kg Yechish: 50 – 20 = 30 kg
Anor - ? kg Javob: Anor 30 kg .
5- misol. (og’zaki)
Berilgan shakllarning nomlari o’quvchilardan so’raladi.
IV. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
V. Uyga vazifa: 6-misol (118-bet)
Ona tili
Mavzu: Shaxs va narsani bildirgan so’zlar
Maqsad: o’quvchilarning kim? va nima? so’rog’iga javob bo’luvchi so’zlarning ma`nosi bilan tanishtirish; ularni vatanparvarlik tuyg’ularini o’stirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
III. Yangi mavzu bayoni:
Shaxs va narsani bildirgan so’zlar
Odamlarni, buyumlarni nomini bildirgan so’zlar shaxs va narsani bildiruvchi so’zlardir. Ya`ni: o’qituvchi, olim, bola, qiz kabi so’zlar odamlarni angalati va ular shaxsni bildiruvchi so’zlar deyiladi; qalam, daraxt, daftar, ko’ylak kabi so’zlar buyumlarni bildiradi va narsani bildirgan so’zlar deyiladi.
IV. Darslik bilan ishlash: 91-mashq.
Ulug’ Temur bobomiz
Sevgan, sig’ingan Vatan!
Bobur Mirzo doimo
Qo’msab sog’ingan Vatan!
She`rning mazmunini o’quvchilarga tushuntirish.
92-mashq.
Qush – turna, qaldirg’och;
Gul – binafsha, chuchmoma.
Sabzavot – sabzi, piyoz.
Su-zish, ku-rash, shax-mat, fut-bol, ten-nis.
V. Darsni yakunlash: Darslikda berilgan qoida ustida ishlash.
VI. Uyga vazifa: 93-mashq.

O’qish
Mavzu: Bakinmachoq


Maqsad: O’quvchilarni Anvar Obidjonning “Bekinmachoq” she`ri bilan tanishtirish; ularning o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash; ifodali o’qish, yod olish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Mehribon oyijonim” she`rini o’quvchilardan yod so’rash. Mazmunini so’zlatish. Savollarga javob olish.
III. Yangi mavzu bayoni:
Bahor fasli, bahoriy o’yinlar haqida suhbat o’tkazish.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. She`r o’quvchilarga ifodali o’qib beriladi, mazmuni ustida suhbat uyshtiriladi.
2. Savol-javob o’tkazish:
- She`rda qanday voqea tasvirlangan?
- Kimlar bekinmachoq o’ynashdi?
- Lolalar bolaga nima degandek tuyuldi?
V. Darsni yakunlash:
She`r o’quvchilarga navbat bilan ifodali o’qitiladi.
O’quvchilarni baholanadi va rag’batlantiriladi.

  1. Uyga vazifa: “Bekinmachoq” she`rini yod olish

Musiqa
Mavzu: “Boboq xo’roz” kuyi. “Shudring” qo’shig’i. Chorak nota.
Maqsad: “Boboq xo’roz” kuyi bilan tanishtirish, “Shudring” qo’shig’ini o’rgatish, chorak nota haqida ma`lumot berish; kuyni eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: tanishtirish, kuylatish.
Darsning borishi.
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. “Boboq xo’roz” kuyini eshittirish.
III. 1. “Shudring” qo’shig’ining matni bilan tanishtirish
Shudring
Qambar Ota she`ri
N. Norxo’jayev musiqasi
Qatra-qatra mitti jonsan,
Himmati zo’r pahlavonsan.
Tunda changni quvib chiqding,
Maysalarni yuvib chiqding.
Naqorot: Olmos shudring, tolmas shudring.
Shudring, shudring.
Har bir qatrang sehrga kon,
Muruvvat-u mehrga kon.
Senda aksin ko’rar jahon,
Tizimlarining marjon-marjon.
2. Qo’shiqni kuyga solish.
IV. Darsni yakunlash:
1. Chorak nota haqida ma`lumot berish:
Butunning to’rtdan bir bo’lagi chorak bo’ladi.
2. O’quvchilarning olgan bilimlarini umumlashtirish.

  1. Uyga vazifa: “Shudring” qo’shig’ining matnini yodlash.

Matematika
Mavzu: Qavslar
Maqsad: o’quvchilarni qavs belgisi va uning vazifasi bilan tanishtirsh; ularni bir nacha topshiriqni o’z vaqtida nazorat qilishga odatlantirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi

  1. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;

  2. Yangi mavzu bayoni: Qavslar

  1. O’quvchilarni qavs belgisi bilan tanishtirish: ( ).

  2. Agar songa yig’indi yoki ayirmani qo’shish kerak bo’lsa, ular qavs ichiga yoziladi. Qavslar ichidagi amallar birinchi bo’lib bajariladi.

III. Darslik bilan ishlash
1-misol (og’zaki)
15 + 3 = (10 + 5) + 3 = 10 + (5 + 3) = 10 + 8 = 18
15 – 3 = (10 + 5 ) - 3 = 10 + ( 5 – 3) = 10 + 2 = 12
2- misol
1) 9 soniga 7 va 3 sonlarining yig’indisini qo’shing:
9 + (7 + 3) = 9 + 10 = 19
2 ) 18 sonidan 8 va 5 sonlarining ayirmasini ayiring:
18 – (8 - 5) = 18 – 3 = 12
IV. Darsni yakunlash:
- Qavs qanday belgi ekan?
- Qavsli ifodalarda amallar qanday tartibda bajarilar ekan?
V. Uyga vazifa: 3-misol (119-bet)

Matematika


Mavzu: 4-8-misol va masalalar
9-14-misol va masalalar.
Maqsad: o’quvchilarni qavsli ifodalarda amallarni bajarish usuli bilan tanishtirsh; ularni bir nacha topshiriqni o’z vaqtida nazorat qilishga odatlantirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni: Misol va masalalar yechish
Qavs mavzusini mustahkamlash
Qavsli ifodalarda avval qavslar ichiga yozilgan sonlar ustida amallar bajariladi.
Ikkita qo’shni qo’shiluvchini yig’indi bilan almashtirish mumkin.
III. Darslik bilan ishlash
4-misol
Qo’yilgan belgilar asosida amallarni bajarish tartibi tushuntiriladi, o’quvchilar bilan birgalikda doskada bajariladi.
5-masala
Ko’chat – 50 tup
Ochildi – 20 tup Yechish: 50 – 20 = 30
Ochilmagan - ? tup Javob: 30 tup ko’chat ochilmagan.
6-7-misol va masalalar og’zaki bajariladi.
Bir qiymat boshqasidan kam ekanligi aytilganda noma`lum son ayirish orqali topilishi eslatiladi.
9-masala
Bor edi – 40 ta kitob javoni
Sotildi – 20 ta
Qoldi - ? ta kitob javoni
Yechish: 40 – 20 = 20 ta
Javob: 20 ta kitob javoni qoldi.
10-misol.
6 + 4 + 7 = (6 + 4) + 7 = 10 + 7 = 17
9 + 1 + 5 = (9 + 1 ) + 5 = 10 + 5 =15
50 + 20 + 9 = (50 + 20) + 9 = 70 + 9 = 79
11-12-13-misol va masalalar og’zaki bajariladi.
IV. Darsni yakunlash:
- Qavsli ifodalarda amallar qanday tartibda bajarilar ekan?
V. Uyga vazifa: 8-misol (120-bet), 14-misol (121-bet)

O’qish
Mavzu: Maktab – oftob qo’shig’i


Maqsad: O’quvchilarni Quddus Muhammadiyning “Maktab – oftob qo’shig’i ” she`ri bilan tanishtirish; ularni o’qishga, ilm olishga qiziqishlarini mustahkamlash, yaqinlariga e`tiborli bo’lish tuyg’ularini shakllantirish; ifodali o’qish, yod olish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Ko’klam – yashardi olam” bo’limini yakunlash, o’tilganlarni mustahkamlash. Savollarga javob olish.
III. Yangi mavzu bayoni:
“Ilm – aql chirog’i” bo’limi boshlanayotganligi, unda maktab, bilim, o’qish mavzularida she`r va hikoyalar bilan tanishishimiz e`lon qilinadi.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. “Maktab – oftob qo’shig’i” she`ri o’quvchilarga ifodali o’qib beriladi, mazmuni ustida suhbat uyshtiriladi.
2. Savol-javob o’tkazish:
- She`r kimning tilidan yozilgan ekan?
- Maktab qanday joy?
- Maktabdagi o’qituvchilarga, sinfdoshlarga, maktab jihozlariga qanday munosabatda bo’lish kerak?
V. Darsni yakunlash:
She`r o’quvchilarga navbat bilan ifodali o’qitiladi.
O’quvchilarni baholanadi va rag’batlantiriladi.

  1. Uyga vazifa: “Maktab – oftob qo’shig’i” she`rini yod olish

Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (94-96-mashqlar)


Maqsad: o’quvchilarning kim? va nima? so’rog’iga javob bo’luvchi so’zlarni aniqlash malakalarini rivojlantirish; ularda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat tuyg’ularini o’stirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
III. Yangi mavzu bayoni:
Shaxs va narsani bildirgan so’zlar mavzusini mustahkamlash
O’tgan darslarda o’rganilgan qoidalarni takrorlash.
IV. Darslik bilan ishlash:
94-mashq.
Nima? va nimalar?, kim? va kimlar? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlar aniqlanib yoziladi.
Birlik va ko’plik ma`nosi tusuntiriladi.
Darslikda berilgan qoida ustida ishlanadi:
Bittadan ortiq shaxslarni bildirgan so’zlar kimlar?, bittadan ortiq narsani bildirgan so’zlar nimalar? so’roqlariga javob bo’ladi.
95-mashq.
Avval kim?, so’ng nima?, nimalar? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar ko’chirib yoziladi.
Kim?: Amir Temur;
Nima?: saroy, hovuz, favvora, daraxt, gul.
Nimalar?: bog’lar, tovuslar, ohular.
V. Darsni yakunlash: Darslikda berilgan qoidani mustahkamlash.
VI. Uyga vazifa: 96-mashq.
O’qish
Mavzu: Kitobni asrang
Maqsad: O’quvchilarni “Kitobni asrang ” matni bilan tanishtirish; ularni kitobni e`zozlash, asrab-avaylashga o’rgatish,; tushunib o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Maktab – oftob qo’shig’i” she`rini yod so’rash. Savollarga javob olish.
III. Yangi mavzu bayoni:
“Ilm – aql chirog’i” bo’limining ikkinchi mavzusi “Kitobni asrang” matni bilan tanishishimiz e`lon qilinadi.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. “Kitobni asrang” matni o’quvchilarga o’qib beriladi, mazmuni ustida suhbat uyshtiriladi.
2. Savol-javob o’tkazish:
- Biz kitobdan qanday foydalanamiz?
- Kitob bizga nima beradi?
- Siz kitobdan qanday foydalanasiz?
V. Darsni yakunlash:
Hikmatli gap va maqollarni o’qish mazmunini tushuntirish.

    • Kitob – bilim bulog’i.

    • Bilimdan ortiq boylik yo’q.

Topishmoqni o’qish, javobini topish:

  • Tinmay o’qisang agar, Bilsang, uka, o’ylab top,

Ko’p narsani o’rgatar. Bilim koni u – (kitob)

  1. Uyga vazifa: “Kitobni asrang” matnini o’qish, hikmatli gapni yodlash.

Ona tili
Mavzu: Mustahkamlash
Maqsad: o’quvchilarning kim? va nima? so’rog’iga javob bo’luvchi so’zlarni aniqlash malakalarini rivojlantirish; ularda milliy an`analarimizga hurmat-ehtiromni o’stirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
III. Yangi mavzu bayoni:
Mustahkamlash

  • So’zlar nimalarga bo’linadi?

  • Qaysi tovushlar bo’g’in hosil qiladi?

  • So’zlar bir satrdan ikkinchi satrga qanday ko’chiriladi?

  • So’zlar qanday ma`nolarni bildiradi?

  • Shaxsni bildirgan so’zlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi?

  • Narsani bildirgan so’zlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi?

  • Shaxs va narsa bittadan ortiq bo’lsa qanday qo’shimcha qo’shiladi?

IV. Diktant yozdirish:
Navro’z
Navro’z – yangi kun degani. Navro’zda tabiat uyg’onadi. Ko’chalar tozalanib, yasatiladi. Hamma birgalikda o’ynab kuladi.
V. Darsni yakunlash: Darslikda berilgan qoidalarni so’rash.
VI. Uyga vazifa: gap tuzish
O’qish
Mavzu: Kitob, mening do’stimsan
Maqsad: O’quvchilarni Zafar Diyorning “Kitob, mening do’stimsan” she`rini bilan tanishtirish; ularni kitobni e`zozlash, asrab-avaylashga o’rgatish,; tushunib o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Kitobni asrang” matnini so’zlatish. Savollarga javob olish.
Hikmatli gap va maqollarni yod so’rash.
III. Yangi mavzu bayoni:
Zafar Diyorning “Kitob, mening do’stimsan” she`ri
IV. Darslik bilan ishlash:
1. Zafar Diyorning “Kitob, mening do’stimsan” she`rini o’quvchilarga o’qib beriladi, mazmuni ustida suhbat uyshtiriladi.
2. Savol-javob o’tkazish:
- Biz do’st deb kimlarni aytamiz?
- Kitob bizga nima uchun do’st hisoblanadi?
- Siz kitobdan qanday foydalanasiz?
3. Lug’at ishi:
Shuur olar – ma`no, zavq oladi
Ko’zlaydi – maqsad qiladi
V. Darsni yakunlash:
Maqolni o’qish mazmunini tushuntirish.

    • Bilgan o’qir, bilmagan to’qir.

  1. Uyga vazifa: Zafar Diyorning “Kitob, mening do’stimsan” she`rini yod olish.

Matematika
Mavzu: Mustahkamlash uchun mashqlar
Maqsad: o’quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlkash; ularni bir necha topshiriqni o’z vaqtida nazorat qilishga odatlantirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni: Mustahkamlash uchun mashqlar
III. Darslik bilan ishlash
1-misol
10 + 5 = 15 35 + 10 = 45 40 + 6 = 46 50 + 2 0 = 70
15 + 20 = 35 45 – 5 = 40 46 + 4 = 50 70 – 60 = 10
2 -masala
Ertak kitob – 20 ta hammasi 50 ta
She`riy kitob - ? qolgani
Yechish: 50 – 20 = 30
Javob: 30 ta she`riy kitob.
3-misol
60 + 2 = 62 80 + 10 = 90
60 + 10 = 70 80 + 5 = 85
60 + 7 = 67 80 + 8 = 88
60 + 5 =65 80 +2 = 82
4-misol
7 + 3 + 2 = (7 + 3) + 2 = 10 + 2 = 12
40 + 30 + 9 = (40 + 30) + 9 = 70 + 9 = 79
30 + 10 + 7 = (30 + 10) + 7 = 40 + 7 = 47
IV. Uyga vazifa: -misol (122-bet)
Matematika
Mavzu: Ikki amalli masalalar
Maqsad: o’quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlkash; ularni bir necha topshiriqni o’z vaqtida nazorat qilishga odatlantirish; ikki amalli masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni: Ikki amalli masalalar
Biz ikki amalli misollarni yechish tartibini bilib olganmiz. Masalalarda ham tartib bilan ikki ish bajarilsa, ularning natijasi ikkita amal yordamida topiladi.
III. Darslik bilan ishlash
1-misol (og’zaki)
Qanday ikkita sonning yig’indisi 8 ga teng?
4 + 4 = 8 5 + 3 = 8 2 + 6 = 8
2-misol
10- (6+3) = 1 16 – (7 + 3) = 6 (6 + 4) – 3 =7
3 -masala
I - 5 ta qalam ?
I I - ?, 2 ta ortiq qalam
Yechish: 1) 5 + 2 = 7 ta
2) 5 + 7 = 12 ta
Javob: Ikkala qutida 12 ta qalam bor.
4-misolni o’quvchilar mustaqil bajaradilar.
5-masala (og’zaki)
Yechish: 22 + (22– 10) = 22 + 12 = 34 ta yo’lovchi
Javob: Ikkala tramvayda 34 ta yo’lovchi bor.
IV. Uyga vazifa: 6-misol (125-bet)
Ona tili
Mavzu: Kishilar ismi va familiyasining bosh harf bilan yozilishi
(97-99-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarga atoqli otlar va ularning imlosi haqida dastlabki tushunchalarni berish; ularda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat tuyg’ularini o’stirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. O’tilganlarni takrorlash:

  • So’zlar bir satrdan ikkinchi satrga qanday ko’chiriladi?

  • So’zlar qanday ma`nolarni bildiradi?

  • Shaxs va narsani bildirgan so’zlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi?

  • Shaxslar va narsalarni bildirgan so’zlar qaysi so’roqqa javob bo’ladi?

II. Yangi mavzu bayoni:
Kishilar ismi va familiyasining bosh harf bilan yozilishi
Kishilar ismi va familiyasining bosh harf bilan yoziladi.
III. Darslik bilan ishlash:
97-mashq. Birinchi ustundagi so’zlar turli odamlarga nisbatab ishlatilishi mumkin, shuning uchun ular kichik harflar bilan yoziladi. Keyingi ustunlardagi so’zlar kishilarga atab qo’yilgan nomlar bo’lgani uchun bosh harfda yoziladi.
98-mashq. Matn o’qiladi, mazmuni qayta hikoya qilinadi. Ismlarga familiya qo’shib yoziladi.
Nilufar, Xurshida va Xolida Aliyevalar opa-singillar. Ularning onasi. Saodat Aliyeva mohir chevar. Qizlar ham onalaridan bichish-tiki9shni o’rganishgan.
V. Darsni yakunlash: Darslikda berilgan qoidani mustahkamlash.
VI. Uyga vazifa: 99-mashq.
Matematika
Mavzu: Misol-masalalar yechish (7-12-m/m, 126-bet)
Maqsad: o’quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlkash; ularni sportga bo’lgan qiziqishlarini o’stirish; ikki amalli masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: mavzuga oid ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni: Misol-masalalar yechish
Ikki xonali sonlar ustida amallar bajarish malakalarini rivojlantirish.
III. Darslik bilan ishlash
7-misol (mantiqiy topshiriq).
Sonlar kuzatilib qanday tartibda qo’yilgani aniqlanadi va qator davom ettiriladi. Sonlar beshtalab qo’shish orqali hosil qilingan.
8-masala
A zim – 33 m, 3 m ortiq
Z afar - ? m suzgan
Yechish: 33 – 3 = 30 m
Javob: Zafar 30 metr masofaga suzgan.
9-misol

Qo’shiluvchi

50

30

20

60

40

10

Qo’shiluvchi

9

7

6

7

20

50

Yig’indi

59

37

26

67

60

60

1 0-masala
O ta – 17 ta baliq tutdi - ? ta baliq tutgan
J amshid - ?, 7 ta kam
Yechish: 17 + (17 – 7) = 17 + 10 = 27 ta
Javob: Ikkalasi 27 ta baliq tutgan
IV. Uyga vazifa: 12-misol (126-bet)
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (100-102-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning ism va familiyalarni bosh harf bilan yozish malakalarini rivojlantirish; ularda vaqtni qadrlash, undan unumli foydalanish ko’nikmalarini o’stirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
Kishilar ismi va familiyasining bosh harf bilan yozilishi mavzusini mustahkamlash.
O’tgan darslarda o’rganilgan qoidani takrorlash.
III. Darslik bilan ishlash:
100-mashq. Rasm asosida hikoya tuzish. Unda odamlar ism va familiyalaridan foydalanish.
Malika Murodova o’quvchilarni o’qityapti. Bahodir Ahmedov, Zuhra Ashurova, Barno Yunusova, Shokir Olimovlar o’qituvchining gaplarini tinglayapti.
Ismni bildirga so’zlarni tagiga chiziladi.
101-mashq.
She`r o’qiladi. Mazmuni muhokama qilinadi. Unda Davron va Omonlarning o’zaro suhbati yozilgani tushuntiriladi.
Davron, Omon ismlari ko’chirib yoziladi.
IV. Darsni yakunlash: O’tilganlarni umumlashtireish, xulosa yasash.
V. Uyga vazifa: 102-mashq.

O’qish
Mavzu: Kompyuter


Maqsad: O’quvchilarning o’qish malakalarini rivojlantirish. Kompyuter texnikasi, uning cheksiz imkoniyatlaridan bolalarni xabardor qilish; ularni zamonaviy texnologiyadan to’g’ri va samarali foydalanishga tayyorlash; tushunib o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Ilm – aql chirog’i” bo’limida tanishgan mavzularni takrorlash. “O’quv va bilim haqida” mavzusini mustahkamlash:

  • Yusuf Xos Hojib o’z asarida qanday fikrlarni aytib o’tgan?

  • Kitobdan qanday foydalanish zarur?

  • Nima uchun kitob bizga do’st sanaladi?

Hikmatli gap va maqollarni yod so’rash.
III. Yangi mavzu bayoni: “Kompyuter” matnini o’qish.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. “Kopyuter” matnini o’quvchilarga o’qib beriladi, mazmuni ustida suhbat uyshtiriladi.
2. Savol-javob o’tkazish:
- Siz kopyuterdan qanday foydalanasiz?
- Kompyuterning siz bilmagan qanday imkoniyatlari bor ekan?
- Kompyuterdan faqat o’yin o’ynash uchun foydalanish to’g’rimi?
3. Hikmatli gap mazmuni ustida ishlash:

    • Ilm olsang dunyoda,

Aqling bo’lar ziyoda
V. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: “Kompyuter” matnini o’qib kelish.
Ona tili
Mavzu: Joy nomlarining bosh harf bilan yozilishi
Maqsad: o’quvchilarning atoqli otlarning imlosiga oid bilimlarini mustahkamlash; Vatanimizning markaziy shaharlari haqida to’la tushuncha berish, ularni sevishga, asrab-avaylashga o’rgatish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
III. Yangi mavzu bayoni:
Joy nomlarining bosh harf bilan yozilishi
O’tgan darslarda o’rganilgan qoidalarni takrorlash. Yangi qoida bilan tanishtirish:

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish