Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot


-mavzu: Asosiy uzatmaning vazifasi va ishlash uslubi



Download 9,59 Mb.
bet106/154
Sana11.12.2022
Hajmi9,59 Mb.
#883423
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   154
Bog'liq
Avto TSXK nazriy

22-mavzu: Asosiy uzatmaning vazifasi va ishlash uslubi


Reja

1. Asosiy uzatmaning vazifasi


2. Asosiy uzatmaning tuzilishi
3. Asosiy uzatmaning ishlash uslubi
Ma’lumki zamonaviy avtomobillarda o’lchami va vazni nisbatan kichik, quvvati esa katta bo’lgan porshenli ichki yonuv dvigatellari ishlatiladi. Biroq quvvatining katta bo’lishiga qaramay, dvigatellar vallarida hosil bo’ladigan eng yuqori burovchi moment avtomobilni yurgizish va harakatini davom ettirish uchunyetarli emas. Mabodo, bu momentni to’g’ridan-to’g’ri avtomobilningyetakchi g’ildiraklariga uzatilgan holda ham qarshiligi juda kam bo’lgan tekis va takomillashtirilgan yo’lda avtomobilning harakat qila olishiyetarli bo’lmaydi. Binobarin, dvigateldan olinayotgan burovchi momentning eng katta qiymatiyetakchi g’ildiraklarni harakatga keltirish uchun lozim bo’lgan burovchi momentda bir necha bor kichik. Lekin dvigatel tirsakli valining aylanishi g’ildiraklarning eng katta tezlik olishi uchun kerak bo’lgan aylanishlar sonidan bir necha marotaba ko’p. Shu bilan birga avtomobilning harakatlanishi uchunyetakchi g’ildiraklardagi burovchi momentni ma’lum kattalikkacha ko’paytirish (to’g’ri va tezlatish uzatmasidan tashqari), uzatmalar qutisi yordamida bajarilishi bizga ma’lum, lekin avtomobil ishlashi mobaynida boshqa uzatmalarga qaraganda ko’p vaqt va katta tezlik bilan to’g’ri yoki tezlatish uzatmada esa biroz kamayadi. SHu sababli, bu uzatmalarda hamyetakchi g’ilidiraklarga yuborilayotgan burovchi moment qiymatiyetarli bo’lmaydi. Demak,yetakchi g’ilidiraklardagi burovchi momentni hamma vaqt maqbulqiymatga oshirish uchun avtomobilning kuch uzatmasiga uzatmalar qutisidan tashqari yana asosiy uzatma ham kiritiladi.
Asosiy uzatma deb unga kelayotgan burovchi moment qiymatini ko’paytirgan holda avtomobilning g’yarim o’qlariga uzatuvchi mexanizmga aytiladi. Dvigateli uzalasiga joylashgan avtomobillarda, burovchi momentning yo’nalishini o’zgartirib to’g’ri burchak ostida g’yarim o’qlarga taqsimlash asosiy uzatmaning tarkibiy qismi - konussimon shesternyalar yordamida amalga oshiriladi. Bazan dvigatel avtomobilning bo’ylama o’qiga nisbatan ko’ndalang joylashsa, burovchi moment g’yarim o’qlarga tsilindrik shesternyalar yordamida yo’nalishini o’zgartirmasdan tarqatiladi. Bu shesternyalarning asosanyetakchisi kichik diametrli,yetaklanuvchisi esa katta diametrli qilib yasalgani uchun g’yarim o’qlarning aylanishiyetakchi shesternyasining aylanishiga qaraganda bir necha marta kam, burovchi moment esa shuncha ko’p bo’ladi.yetakchi g’ilidiraklardagi burovchi momentning ko’payishi asosiy uzatmaning uzatish soniga bevosita bog’liq bo’lib, uyengil avtomobillarda Ia. uz *3,5 -5,5, yuk avtomobillari va avtobuslarda esa Ia. uz *5,5-9,0. Asosiy uzatmalar shesternyalarning soniga qarab yakka va qo’shaloq bo’ladi. Yakka uzatma bir juft shesternyadan, qo’shaloq uzatma esa ikki juft shesternyadan tashkil topgan.

Yakka uzatmalar o’z navbatida konussimon shesternyali (53-rasm a), gipoid shesternyali (53-rasm b), tsilindrik shesternyali (53-rasm v) yoki chervyakli bo’lishi mumkin. qo’shaloq uzatmalar esa o’z navbatida ko’prik o’rtasida yaxlit joylashgan markaziy uzatma

(54-rasm a) va ikki qismga ajralgan tarqoq (54-rasm b) uzatmaga bo’linadi.
Yakka uzatmalaryengil avtomobil,yengil va o’rta yuk avtomobillarida qo’llanilib, asosan bir juft spiral yoki gipoid tishli konussimon shesternyalardan, dvigateli ko’ndalang joylashganda esa tsilindrik shesternyalardan iborat bo’ladi. Bunday uzatmadayetakchi kichik shesternya 1 kardan valga ulanadi yoki uzatmalar qutisining ikkilamchi valida bo’ladi.yetaklanuvchi katta shesternya 2 esa differentsial orqali g’yarim o’qlar bilan bog’lanadi. Hozirgi vaqtda ko’pincha gipoid shesternyali yakka uzatmalar ishlatilmoqda, chunki bunday uzatma ancha ko’p tarqalgan konussimon shesternyali uzatmalarga qaraganda ham bir qator afzalliklarga ega.
Birinchidan, shesternyalarning kontruktsiyasi tufayliyetakchi vayetaklanuvchi shesternyalarning o’qlari o’zaro bir o’qda yotmasdan, bir-biriga nisbatan S masofaga siljigan. SHesternyalarning o’qlari bir-biriga nisbatan bunday joylanishi kardanli uzatmaning keyingi uchini pastroq tushiradi, bu esa o’z navbatida avtomobilning og’irlik markazini biroz pasaytirib, uning turg’unligini oshiradi va barqaror ishlashini yaxshilaydi.
Ikkinchidan, gipoid shesternya tishlari spiral yoki konus shesternyalari tishidan farqli ravishda shesternya o’lchamini kichraytirishga imkon beradigan alohida shakldagi tishlarga ega.
Uchinchidan, gipoid uzatmada tishlarning spiral burchagi katta bo’lgani uchun bir vaqtning o’zida ilashib turgan shesternya tishlarining soni va har bir tishda tegib turgan sirtlarning yuzi konussimon shesternyali uzatmalarnikiga qaraganda ko’p. Bu esa uzatmaning shovqinsiz ishlashini ta’minlaydi hamda ilashib turgan tishlarning yuziga va har bir biriga to’g’ri keladigan zo’riqishni kamaytirib, ishlash muddatini oshiradi. Lekin uzatmaning tish sirtlari o’zaro sirpanibroq ishlashi tufayli, ular nisbatan tezyeyiladi.yeyilishning oldini olish uchun Tish sirtlarida mustahkam moy pardasi hosil qiladigan maxsus gipoid moydan foydalanish lozim. Bundan tashqari, bu uzatmaning detallarini tayyorlashdagi va yig’ishdagi aniqlik darajasi yuqori, chunki kichik noaniqlikning salbiy ta’siri uzatma yig’ilgandan so’ng ishlaganda tez seziladi. Lekin shunga qaramay yuqorida keltirilgan afzalliklardan kelayotgan umumiy foyda nihoyat darajada katta. Shuning uchun gipoid tishli shesternyalar asosiy uzatma sifatida qo’llanilishi keng tarqalgan. Shu bilan birga kam yuk ko’taruvchi UAZ turkumiga kiruvchi yuk avtomobillari, shuningdek o’tag’onligi oshirilganyengil avtomobillarda spiral tishli konussimon shesternyali uzatmalar ishlatiladi. Chunki bu turkumga kiruvchi avtomobillarda ishlash sharoitini hisobga olib, orqa ko’prigining sathiyerdan balandroq joylanishi lozim, tabiiyki, bunda avtomobil takomillashmagan yo’lda ham maqbul harakatlanish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Dvigatel avtomobilning bo’ylama o’qiga nisbatan ko’ndalang joylashgan bo’lsa, tsilindrik shesternyali yakka asosiy uzatma qo’llaniladi. (VAZ-1111, ZAZ-1102, VAZ-2108 va AZLK-2141). Chunki, dvigateli bunday joylashuvga ega bo’lgan avtomobil uchun asosiy uzatma yordamida burovchi momentni 90° ga buribyetakchi g’ildiraklarga uzatishga ehtiyoj yo’q.
Ko’prik o’rtasida yaxlit joylashgan qo’shaloq asosiy uzatmalar ko’p va bazan o’rta yuk ko’taruvchi avtomobillar hamda avtobuslarda yuqori uzatmalar sonini olish maqsadida ishlatiladi. Bunday asosiy uzatmada yuqori uzatmalar sonini olish uchun mo’ljallangan ikki juft shesternyayetakchi ko’prikning o’rta qismida karterga joylashgan. Tarqoq asosiy uzatmalarda esa ikki juft konussimon hamda tsilindrik shesternyalar yordamida yuqori uzatmalarni olishga erishiladi. Bu turdagi uzatmada yaxlit uzatma qo’yilganiga nisbatan yuqori uzatmalarni olish ko’prik karterining hajmini deyarli kattalashtirmasdan erishiladi. Shu tufayli uning sathi yo’ldan ancha yuqori ko’tariladi. Xudi shu maqsadlar uchun ba’zi bir yuk avtomobillarida va avtobuslarda bir juft konussimon va yana bir juft shesternyali yoki planetarli mexanizmlar qo’llaniladi. Bular ikki qismga ajralgan tarqoq uzatmalardir. Ikki qismga ajratilgan asosiy uzatmaning ikkinchi juft tsilindrik shesternyasi har biryetakchi g’ildirak yuritmasiga o’rnatilgan bo’ladi, shuning uchun ham u tarqatilgan deb ataladi. Asosiy uzatmaning bunday ikki qismga, yani markaziy (konussimon) va g’ildirak (tsilindrik shesternyali yoki planetar) uzatmalarga bo’linishi g’yarim o’qlar bilan differentsial mexanizmga tushadigan yuklanishni kamaytiradi. Bundan tashqari ko’prikning o’rta qismidagi markaziy uzatma faqat bir juft shesternyadan tarkib topganligi sababli soda va ixcham qilib ishlangan. Bu esa o’z navbatida ko’prik karteri bilanyer orasidagi N masofani kattalashtirib, avtomobilning yomon yo’llarda va yo’lsiz joylarda harakatlanganda o’tag’onligini oshiradi.
Tarqoq uzatmaning konstruktsiyasi avtomobil burilganda yoki g’ilidiraklari shataksiraganda tishli g’ildiraklarining nisbiy aylanish tezligini juda ham kattalashtirib yuboradi. Shu boisdan differentsial detallarining ishqalanuvchi yuzalarini tezyeyilishdan asrash maqsadida ba’zi bir qo’shimcha tadbir va choralar ko’riladi. Shunga ko’ra, diffkrentsialga oshiqcha har xil shayba va vtulkalar kiritiladi hamda ularni moylash jarayoni yaxshilanadi.

Download 9,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish