Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Yangicha iqtisodning shakllanishi. Buyuk geografik kashfiyotlardan so ‘ng Amerikadan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallar Yevropa bozorlariga ko‘plab keltirildi. Qirollar mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan ancha ko‘p oltin va kumush tangalar zarb qildilar. Pul ko‘paygan sharoitda hunarmandlar va savdogarlar kasodga uchramaslik uchun o‘z tovarlarining narxini oshirishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa yuz yillar davomida o ‘zgarmasdan kelgan narxnavo shiddat bilan o‘sa boshladi. Bu jarayon «narx-navo inqilobi» deb ataldi. Yevropa mamlakatlarida odamlar yashash uchun pul topishning yangi yo‘llarini izlashga tushdi. Ko‘plab oilalar endi ilgarigidek natural xo‘jalik yurita olmasdan, mahsulotning bir qismini bozorda sotishga majbur bo‘ldi. Natijada, Yevropada tovar ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar, ya’ni bozorda sotishga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar soni ko‘payib bordi.
Kapitalistik munosabatlarning paydo bo‘lishi. Bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan Angliya, Niderland qirolligi va Fransiya kabi mamlakatlarda savdogarlar ulgurji savdoga katta ehtiyoj seza boshladi.
Ular endi vaqt-vaqti bilan o ‘tkaziladigan yarmarkalarga mahsulot olib borish o ‘rniga, yirik shaharlarda tashkil qilingan va birja deb atalgan maxsus joylarda o ‘z mahsulotlarini e’lon qila boshladi. Shu yerda xaridorlar bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzilib, mahsulot kelishilgan joyga jo ‘natilar edi.
Yangi jamiyat kishilari. Kapitalistik munosabatlar jadal rivojlangan G ‘arbiy Yevropa mamlakatlarida kishilarning yangi tipi — tadbirkor paydo bo‘ldi. Tadbirkor kim edi? Tadbirkor o ‘z shaxsiy muvaffaqiyatiga erishish uchun har qanday ishga, tadbirga tayyor bo‘lgan omilkor shaxs edi. Eski gildiyadan chiqib aksionerlik kompaniyasiga a’zo bo‘lgan
savdogar, o‘z sexini tark etib manufakturaga kirgan hunarmand, qishloq jamoasi tarkibidan chiqqan va yerni feodaldan ijaraga olib fermerga aylangan kechagi dehqon tadbirkor bo‘lishi mumkin edi. Bu tadbirkorlarning barchasi yollanma mehnatdan foydalanardi, bozorda raqobatchilik qilardi va kapital yig‘ardi. Shu tariqa jamiyatning yangi qatlami — burjuaziya paydo bo‘ldi.
Yangi davrda Yevropa shaharlari. Shaharlarning rivojlanishi har doim ularning geografik joylashuviga bog‘liq bo‘lgan. Yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi muhim savdo yo‘llarining yo ‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shaharlarning jadal rivojlanishiga olib keldi. Dastlab Portugaliyaning Lissabon va Ispaniyaning Sevilya shaharlari jadal rivojlandi. Bu shaharlarga
Hindistondan tovarlar, Amerikadan qimmatbaho metallar ko‘plab keltirilar
edi. Yangi savdo yo‘llaridan chetda qolgan Italiya shaharlari, aksincha, o ‘zlarining avvalgi ahamiyatini yo‘qotdi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Birja va banklar Yevropada savdo-sanoatning rivojlanishida qanday muhim o ‘rin
egallaydi ?
2. XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab savdo chorrahalari Yevropaning qaysi
hududiga ko‘chdi va nima uchun?
Do'stlaringiz bilan baham: |