Mavzu: Kirish darsning maqsadi


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar



Download 156,38 Kb.
bet10/80
Sana18.02.2022
Hajmi156,38 Kb.
#453111
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Bog'liq
2 5190957401624282327

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: O‘rta asrlarda din G ‘arbiy Yevropa jamiyati hayotida kuchli ta’sirga ega edi. Ammo davr oxiriga kelib, odamlar orasida mavjud diniy tartiblardan norozilik kuchaydi. Endi cherkov tartiblari ko‘plab yevropaliklarni qanoatlantirmay qo‘ydi. Cherkov marosimlari lotin tilida o ‘tkazilib, bu til oddiy odamlar uchun tushunarsiz edi. Shuningdek, ular xristianlarning muqaddas kitobi — Injilni ham tushunmasdi. Kun kechirish og‘ir bo‘lib qolgan Yangi davr boshlarida dehqonlar va shaharlik kambag‘allar qiyinchilik bilan ishlab topgan hamda oilasini boqishga zo‘rg‘a yetadigan pullarining bir qismini cherkov-u ruhoniylarga berishni istamasdi.
Ruhoniylarning qimmatbaho kiyimlari va taqinchoqlari, cherkovni bezashda qo‘llanilgan haykal hamda rasmlar pulning qadrini biladigan tejamkor tadbirkorlarning jahlini chiqarar edi. Ruhoniylar to‘plagan juda katta boyliklarning bir qismini indulgensiyalar — gunohlarni afv etganlik to ‘g ‘risida Rim papasining maxsus yorlig‘ini
sotishdan tushgan pullar tashkil qilardi. Puldor kishilar, hatto hali qilib ulgurmagan gunohlari uchun ham indulgensiyalar sotib olardi.
Papa va kardinallar turli xil hiyla va nayranglar bilan Yevropa davlatlarining ichki ishlariga aralashar, bundan esa hukmdorlar ham norozi edi.
Reformatsiyaning boshlanishi. Jamiyatdagi umumiy norozilik sharoitida G‘arbiy Yevropada xristianlik cherkovini isloh qilish uchun harakat boshlanib, bu jarayon Reformatsiya (reforma — islohot) deb ataldi. Yangi davr boshlarida tarqoq knyazliklardan iborat bo‘lgan
Germaniyaning ichki ishlarida hal qiluvchi rolga katolik cherkov da’- vo qilardi. Germaniyada juda katta yerlar, hatto butun boshli shaharlar ham katolik cherkoviga qarashli edi. Indulgensiya sotuvchi ruhoniylar va cherkov soliqlarini yig‘uvchilar butun Germaniya bo‘ylab kezib yurardi.
Dehqonlar qo‘zg‘oloni 1524-yil yozida Germaniyada boshlandi. Xalq Reformatsiyasi deb atalgan bu qo‘zg‘olonga ruhoniy Tomas Myunser boshchilik qildi. Qo‘zg‘olon tez orada butun Germaniyani qamrab oldi va Buyuk dehqonlar urushi degan nom oldi. Unda o‘n minglab dehqonlar qatnashdi. Bir yildan oshiq davom etgan qo‘zg‘olon 1526-yil boshida mag‘lubiyatga uchradi. Uning ko‘plab ishtirokchilari qattiq jazolandi, T. Myunser qatl qilindi.
Shundan so ‘ng reyxstag (parlament)da ko‘pchilik bo‘lgan katoliklar Reformatsiyaning yutuqlarini bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi. M. Lyuter tarafdorlari esa bunga norozilik bildirdi. Shu paytdan boshlab ular protestantlar (protest — norozilik) deb atala boshlandi.
Kalvinizm va Reformatsiyaning Yevropaga yoyilishi. Reformatsiya butun Yevropa bo‘ylab tarqaldi. Protestantlikning yangi oqimlari paydo bo‘ldi. Ulardan biriga Jeneva shahrida fransuz Jan Kalvin asos soldi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Yevropada Reformatsiyaning boshlanishiga qanday omillar sabab bo‘lgan?
2. Germaniyani qamrab olgan B u yu k dehqonlar urushining asosiy sabablari nimalardan
iborat edi?

Download 156,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish