Mavzu: Kirish darsning maqsadi


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar



Download 156,38 Kb.
bet18/80
Sana18.02.2022
Hajmi156,38 Kb.
#453111
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Bog'liq
2 5190957401624282327

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Yangi davrga kelib, Yevropaning siyosiy xaritasi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib bordi. XVII—XVIII asrlarda Yevropa davlatlarining
jahonda ta’sir doirasiga ega bo‘lish va hududlar uchun kurashlari keyingi davrlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Yevropa sivilizatsiyasi jahon hamjamiyatining iqtisodiy, texnologik va harbiy-siyosiy yetakchisiga aylandi. Yevropa sivilizatsiyasining qadriyatlarini butun dunyoga yoyish uchun uzoq davom etgan kurash boshlandi. Bu kurash davomida jahon bozorini vujudga keltirgan va o‘z mustamlakalari hamda yarimmustamlaka mamlakatlar xalqlarini bu jarayonlarga jalb etgan Yevropa sivilizatsiyasi ilk umumjahon sivilizatsiyasiga aylanib bordi. Aynan shu jarayonlar XVI—XVIII asrlardagi xalqaro munosabatlarning ham mazmunini tashkil qildi. XVI—XVIII asrlardagi xalqaro mojaro va urushlarning bir qancha sabablari bor edi. Birinchidan, Yevropaning kelajagi to‘g‘risida ikki xil qarash mavjud bo‘lib, Avstriyadagi hukmron gabsburglar sulolasi katolik imperator boshchiligida yagona imperiya bo‘lishi lozim desa,
Angliya va Fransiya Yevropada mustaqil milliy davlatlar mavjud bo‘lishi kerak, deb hisoblardi.
Ikkinchidan, XVI asrda Yevropa katolik va protestant diniy mazhablariga bo‘linib ketgan edi. Ular o ‘rtasidagi ziddiyatlar Yevropa miqyosidagi diniy urushlarga olib keldi.
Uchinchidan, iqtisodiy qarama-qarshiliklar — mustamlakalar, bozorlar va dengiz savdo y o ‘llarida hukmronlik uchun kurash ham urushlarga sabab bo‘ldi.
O‘ttiz yillik urush. XVII asr boshiga kelib, diniy asosda boshlangan xalqaro mojaroga katolik bilan protestantlar o ‘rtasida muvozanatni saqlashga harakat qilgan ko‘plab Yevropa davlatlari jalb qilindi. Urush 1618—1648-yillari bo‘lib o ‘tdi va tarixga O‘ttiz yillik urush nomi bilan kirdi. Urush nemis katoliklari va protestantlari o ‘rtasidagi diniy mojaro sifatida boshlandi. Urush harakatlari, asosan, Germaniya hududida olib borildi va butun Yevropa xalqlariga juda katta kulfatlar keltirdi.
Ispaniya taxti uchun kurash. 1700-yili Ispaniya qiroli Karl II vafot etdi. Uning vasiyatiga ko‘ra, Ispaniya taxtiga Fransiya qirolining nabirasi Filipp Anjuy o ‘tirdi. Bundan norozi bo‘lgan davlatlar urush boshladi. Bu urush Fransiyani holdan toydirdi. 1714-yilgi tinchlik sulhiga ko‘ra, Filipp Anjuy Fransiya taxtiga bo‘lgan huquqidan voz kechdi.
Urush oqibatida fransuzlar ham, gabsburglar ham kuchsizlanib qoldi. Bu esa Angliyaning kuchayishiga olib keldi
XVIII asrda Yevropada yuz bergan muhim mojarolardan biri Rossiya Shvetsiyaga qarshi olib borgan urush bo‘ldi. Shimoliy urush (1700—1721) deb nom olgan bu urushda Rossiya g ‘alaba qozondi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. X V I—X V I I I asrlardagi xalqaro mojaro va urushlarning sabablari nimalardan
iborat edi?
2. Vestfal tinchlik sulhi mazmuni nimadan iborat edi?
3. Yevropa davlatlarining deyarli barchasi ishtirok etgan Yetti yillik urushning mohiyati
nimadan iborat?

Download 156,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish