DARSNING BORISHI: Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Buyuk fransuz burjua inqilobining boshlanishi. 1789-yil 5-may kuni qirol Lyudovik XVI General shtatlar majlisini ochdi. U o‘z nutqida aholiga yangi soliqlar joriy qilishni so ‘radi. Qirolning nutqi uchinchi tabaqa vakillarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Parijlik aholi ham deputatlardan qat’iy qarorlar talab qilib, Versal tomon kela boshladi. Shundan so‘ng uchinchi tabaqa deputatlari o‘z yig‘ilishini Milliy kengash deb e ’lon qildi. Birinchi va ikkinchi tabaqa deputatlaridan islohot
tarafdorlari bo‘lganlar ularga qo‘shildi. Milliy kengash absolutizmni tugatishga qaror qildi.
Bastiliyaning olinishi. O‘zgarishlardan norozi bo‘lgan olomon 1789-yil 14-iyulda Bastiliya qal’asiga bostirib kirdi. Qal’adagi qo‘shinlar taslim bo‘ldi, qal’a komendanti (boshlig‘i) qatl etildi. Shu tariqa inqilob olomonning shafqatsiz terrori bilan boshlandi. Lyudovik XVI qo‘zg‘olonchilarga yon berishga qaror qildi. Qirol Ta’sis majlisini tan oldi. Poytaxtda hokimiyat shahar kengashi — Parij Kommunasi qo‘liga o‘tdi. Hukmron doiralarning mavjud ziddiyatlarni o ‘z vaqtida hal qila olmaganligi shu tarzda inqilobga olib keldi. Absolut monarxiya quladi.
Burjuaziya hokimiyat tepasida. Absolutizmning qulashi bilan hokimiyat yirik burjuaziya qo‘liga o‘tdi, ammo mamlakatda tinchlik o‘rnatilmadi. Butun mamlakatni inqilob va dehqonlar qo‘zg‘olonlari qamrab oldi. Ta’sis majlisi «Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi»ni qabul qildi. U so‘z va matbuot erkinliklari hamda xususiy mulkning daxlsizligi kabi burjua huquqlarini e’lon qildi. Deklaratsiyaning mohiyati «Ozodlik, Tenglik, Birodarlik!» degan uchta so ‘zda o‘z ifodasini topdi
Qirolning taxtdan ag‘darilishi va respublikaning e ’lon qilinishi. 1791-yili yangi Qonun chiqaruvchi majlis o ‘z ishini boshladi. U zafarli urush mamlakatda vatanparvarlik hissini kuchaytiradi va inqilobiy holatni bartaraf etadi, degan fikr bilan Avstriyaga qarshi urush e’lon qildi. Fransuzlar Belgiyaga qo‘shin kiritdi, bunga javoban avstriyaliklar va prusslar Fransiyaga bostirib kirdi hamda bir nechta qal’ani egallab oldi. Fransiyaga qarshi urushga Angliya ham qo‘shildi. Shunda Qonun chiqaruvchi majlis «Vatan xavf ostida!» degan chaqiriq bilan xalqqa murojaat qildi. Valmi qishlog‘i yaqinidagi jangda fransuz qo‘shinlari pruss armiyasi hujumlarini qaytardi. Bu mamlakatni bosqinchilardan ozod qilishning boshlanishi edi. Shu kuni, ya’ni 1792-yil 22-sentabrda Konvent monarxiyani bekor qilish va Fransiyada Respublika tuzumini o ‘rnatish to ‘g ‘risida dekret qabul qildi.
Poytaxtda Milliy gvardiya va ko‘ngillilar lashkari qirol saroyini qurshab oldi. Qirol Lyudovik XVI oilasi bilan birga qamoqqa olindi. Shu tariqa inqilobning ikkinchi bosqichida monarxiya ag‘darib tashlandi
Mustahkamlash:Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Buyuk fransuz burjua inqilobining boshlanishi sabablari nimalardan iborat?
2. Fransiyada «Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi»da qaysi huquqlar kafolatlangan
edi?