Mavzu.Kimyoviy tola va iplarni o`rganish metodikasi.
Reja
Kirish. To’quvchilik jarayoni bo’yicha umumiy ma’lumоtlar
Tоlа va iplаrning tаsnifi
Tоlalarning kimyoviy tarkibi
4.Tola va iplarning gigroskopik хossalari
5. Tola va iplarning issiqlik хossalari
6. Foydalanilaigan adabiyotlar.
7. Xulosa
Kirish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlis I chaqiriq IX sessiyasida so’zlagan “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” nutqi hamda mazkur sessiyada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning tasdiqlanishi, yangi tahlildagi “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunning qabul qilinishi bilan mamlakatimiz ta’lim tizimini yangilashga asos solindi. Ayni paytda mamlakatimiz ta’lim tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning rivojlanish bosqichi davom etmoqda. Ushbu bosqichdagi asosiy vazifa – to’plagan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va rivojlantirish, ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv tarbiya jarayonini yangi o’quv uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlashdan iboratdir, bu esa bugungu kun uchun zarur va dolzarb vazifa hisoblanadi.
Malakaviy mavzusining dolzarbligi:Ta’limning bugungi vazifasi o’quvchilarni kun-sayin oshib borayotgan axborot ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko’rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishdan iboratdir. Pedagogik texnologiyaning metodologik asoslari umumiy metodologiyaning asosiy tamoyillari tizimida yangi hodisa sifatida uni dialektik mantiq va bilish nazariyasining kategoriya va tamoyillari tizimidagi evristik imkoniyatlar darajasiga olib chiqadi.
Tamoyillar tizimi nazariy metodologik bazis sifatida namoyon bo’lib, mazkur bazis asosida pedagogik texnologiyaning konseptual modelini qurish imkoniyatlari aniqlanadi. Ta’lim majmuining konseptual tahlili quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi. Har qanday texnologiya negizida mehnat faoliyati ko’rinishidagi o’zaro jamoaviy ta’sir yotadi. Texnologiya mehnat jarayonining o’ziga singdiriladi. Pedagogik texnologiyaning pedagogik jarayonni amalga oshirish shakli sifatidagi mohiyati pedagogik faoliyat sohasida namoyon bo’ladi.