I. Kirish. II. Asosiy qism. 1.Tuproqdagi suvning turlari.
2.Tuproqning suv xossalari va suv o`tkazuvchanligi.
3. O`simliklarga singadigan tuproq namligi.
4. Tuproqning suvni bug`latish xossasi va suv balansi.
5.Tuproq suv rejimi tiplari va suv rejimini yaxshilash tadbirlari.
III.Xulоsa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish Tuproq paydo bo`lishi hamda uning rivojlanishidagi turli fizik-kimyoviy, biokimyoviy va biologik protseslarning borishida suv muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, suv o`simlik va boshqa turli organizimlar hayoti uchun eng zarur bo’lib, ularning normal oziqlanishi va rivojlanib o`sishini hamda mikroorganizmlar talabini tamin etadigan muhim sharotlardan biri hisoblanadi. Demak, suv tuproq unumdorligining eng muhim faktoridir. Suv tuproqda organik moddalarning to’planishiga, sturuktura elementlaring paydo bo’lishiga, tuproqning fizik mexanikaviy xossalari va dehqonchilikda qo’llaniladigan turli agrotexnikaviy tadbirlarning sifatiga keskin tasir kursatadi. Tuproqda namning mo’tadil bo’lishi, undagi bo’layotgan ijobiy xarakterdagi protseslarning rivojlanishi va tuproq unumdorligi uchun yaxshi sharoit yaratishga imkon beradi.
Urug`larning unib chiqishi va umuman o`simliklar hayotidagi zarur protseslar tuproqda suv yetarli bo’lgandagina yuzaga keladi.
Tuproqda suv mutlaqo bo’lmasa, o`simliklar qurib qoladi va mikrobiologik protseslar ham to’xtaydi. Suv karbanat angidrit birgalikda fotosintez protsessida ishtirok etib, o`simlik uchun zarur bulgan dastlabki organik moddalarni vujutga keltiradi. Suvda erigan oziq moddalar tuproq eritmasi orqali o`simliklar ildiziga shimiladi va o`larning xayotey talabini tamin etadi .
Suv osimlik tarkibing 80-90 % ini tashkil etadi, o`simlik esa o`z hayoti davrida bu suvning ko’p qismini o`zi orqali bug`latib yuboradi. O`simlik hayoti uchun juda ko’b suv talab etiladi. Bir gr quruq modda to’plash uchun o`simlik o`rta hisobda 300-800gr suv sarflaydi.
Tuproqdagi suvning asosiy manbai yog`in suvlaridir, bazi joylarda sizot suvlari orqali ham to’planadi. Sug`oriladigan dehqonchilik sharoitida esa sug`orish suvlari ham ana shunday manbalardan biri hisoblanadi.
Ekinlardan mo’l va sifatli hosil olishda tuproqning suv rejimini puxta o`rganish va uni boshqarish yo’llarini bilish g`oyat katta ahamiyatga egadir.