Tuproqning suv o`tkazuvchanligi. Tuproqning suvni shimib olib, uni qatlamning quyi qismiga o`tkazish qoboliyatiga tuproqning suv o`tkazuvchanlik xossasi qeyiladi. Tuproqning suv o`tkazuvchanligi ikki bosqichli prases bulib, u dastlab namga tuyinmagan tuproq suvni shiimib tuyinadi, sungra suv qatlamining pastki qismiga malum tezlikda felterlanadi, yane shimilish va filtirlaninish singari ikki bosqichli jarayon buladi.
Suv o`tkazuvchanlik tuproq yuzasiga kelayotgan suvning miqdori bilan ulchanadi.Suv dastlab tuproqqa kup miqdorda shimiladi, keyinchalik esa kamaya borib, feltirlanishning boshlanishi bilan o`zgarmas xolatga utadi.
Tuproqning suv o`tgazuvchanlik qobiliyatini agronomik va melerativ nuqtae nazardan baxolashga doer malumat mana shu jadvalda keltirilgan.
Tempratura 10 gradus va suv bosimi 5 sm bulgandaTuproqning suv o`tkazuvchanligi(N.A.Kacheneske shkalasi)
4-jadval
Suv o`tkazuvchanlikni
baholash
|
Kuzatishning birinchi soatida
tuproqqa shimilayotgan
suvning miqdori,
mm hisobida
|
Buzuvchi
G`oyat (ortiqcha) yuqori
Eng yaxshi
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz
|
1000
1000-500
500-100
100-70
70-30
30
|
Suv o`tkazuvchanlik tuproqning mexanikaviy va mineralagik tarkibi, chirindi miqdori, strukturasi ,qovushmasi va shurtoblik darajasiga bog`liq. Strukturasiz va oz chirindili, zich qovushmali soz tuproqlarning suv o`tkazuvchanligi yomon, aksincha qumli, qumloq va strukturali qumoq tarkebli va g`ovak qovushmali tuproqning suv o`tkazuvchanligi yaxshi buladi.
Tuproqning donodor strukturali xolati buzilsa, suv o`tkazuvchanligi yomonlashadi. Bunday joylarda suvning tuproqqa shimilishiva pastki qatlamiga felterlanishi qiyinlashadi. Shuningdek, plug ostidagi zich qatlam va singdiruvchi kompeleksida natriy kateoni kub bulgan tiniq shurtob va shurtoblashgan tuproqlarda xam suv o`tkazuvchanlik yomon buladi .
Tuproqning namligi, xaydalgan vaqti va dehqonchilikda qullaniladigan agrotexnikaviy tadbirlar sifatiga kura, qatlamlarda suv o`tkazuvchanlik xolati xam uzgaradi. Tuproqning madaniy xolatiga (buz yeryoki xaydalgan yerekanligi ) kura, bir tibdagi tuproqlarda xam suv o`tkazuvchanlik xar xil buladi.
Suv o`tkazuvchanligi juda yuqori bulgan tuproq qatlamlarida yogin paytidagi nam pasga tamon tez siljishi natijasida o`simlik ildizlari yetarli miqdorda suv bilan taminlanadi. Suv o`tkazuvchanlikning g`oyat (ortiqcha) yuqori bulishi ayniqsa sug`oriladigan dehqonchilik zonasida bir qancha salbiy xodesalarga sabab buladi. Bunda kanal va so`g`orish ariqlaridagi suvlarning bir qismi pastki qatlamga felterlanib. Sizob suvning sarxi kutariladi xamda tuproq shurlanadi va botqoqlanish buladi.
Suv o`tkazuvchanlik yomon bulganda suv tuproq yuzasida tuplanib qoladi yoki nishab tamonga oqa boshlaydi va ntejada ekinlar zararlanadi yoki asta sekin tuproq eroziyasi boshlanadi.
Suv berish xossasi deb oqish tufayli tuproqdagi gravitatsion suvning boshqa tamonga chiqarib yuborish qobiliyatiga aytiladi. Tuproqning maksemal suv berish (MSB) kursatkichi, tuliq nam sig`imi (TNS) bilan dala nam sig`imi (DNS) o`rtasidagi suv miqdorining farqiga teng buladi. Demak, bu miqdorning present kursatkichi MSB-TNS-(DNS) formulasi asosida aniqlanadi; biroq tuliq nam sig`im xolatda bulganda tuproq qatlam orasida qamalib qolgan xava tufayli suv berishning xaqiqiy miqdori xisoblab chiqarilganiga nisbatan ancha kamroq buladi.
Har xil ona jins va tuproqlarda MSB ning miqdori turlecha bulib, qumlarda 25-30%. Lyossimon jins (sog` tuproq ) larda 3-6% va og`ir soz tarkibli jinslarda esa bir prasentning 0,1-0,2 hissasiga teng buladi.
Tuproqning malum miqdordagi suvni uz qatlamlari orasida ushlab qolish qobilyatiga uning suv ushlash xossasi deyiladi. Tuproqning bu xossasi ham qatlamlarning mexanikaviy tarkibi, sturukturasi, qavushmasi vachirindisi miqdoriga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |