Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi:
Boshlang‘ich matematika kursi maqsadiga muvofiq ravishda tanlangan masalalar sistemasi asosida quriladi. Bu sistemada matnli masalalar katta o‘rinni egallaydi. Arifmetik amallar orasidagi mavjud mazmunini ochishda tegishli oddiy matnli masalalardan foydalaniladi. Matnli masalalar bolalarni shuncha katta (kichik), “shuncha marta katta (kichik)” so‘zlari bilan ifodalanuvchi matematik munosabatlar bilan tanishtiruvchi muhim vosita ham hisoblanadi. O‘quvchilarni, masalan, baho, miqdor va qiymat, vaqt, tezlik va masofa orasidagi mavjud bog‘lanishlar bilan tanishtirishda matnli, masalalarning ahamiyati juda katta. Masalalar boshlang‘ich matematika kursida boshqa muhim vazifani ham bajaradi: ular bolalarda mantiqiy fikrlashni, analiz va sintez qilish, umumlashtirishga, qaratilayotgan hodisalar orasidagi mavjud bog‘lanishlarni ochib berish malakasini o‘stiruvchi foydali vosita ham bo‘ladi. Bolalarni matnli masalalarni yechishga o‘rgatishning ahamiyati ular ustida ish olib borish metodikasiga bog‘liq.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi.
Matnli masalalarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda izlanayotgan sonni topish uchun berilgan sonlar ustida qanday amalni bajarish kerakligi to‘g‘risidan to‘g‘ri ko‘rsatilmaydi. Shu sababli masala matnida berilgan sonlar bilan izlanayotgan son orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi biror bir vosita ko‘rsatmalar bo‘lishi va bu bog‘lanish kerakli arifmetik amallarni tanlash va ular tartibini aniqlash kerak.
Masalaning to‘la echimi shartning analizidan (tahlildan): amallarning bajarish tartibini ko‘rsatuvchi plandan; kattalikning u yoki bu qiymati qanday amal bilan topilishi va nega shu amal bilan topilishini tushuntirishdan; arifmetik amallarni bajarish va javobdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, masala echilishiga tekshirish va olingan javobning yaroqli va yaroqsiz ekanini aniqlash ham kiritiladi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiyligi.
Shuni ta’kidlash kerakki, masalaning to‘la yozma echilishi juda katta joyni egallaydi va tez yozish ko‘nikmasini bo‘sh egallagan bolaning ancha vaqtini oladi. Shu sababli I-IV sinflarda kam qo‘llaniladi. Ammo boshlang‘ich sinflarda masala echimiga beriladigan to‘la og‘zaki tushuntirishni qo‘llashga o‘rganish kerak. O‘quvchilarga beriladigan ta’limda masalalar va ularning echimlari vaqt bo‘yicha ham, bolaning aqliy rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha ham muhim o‘rinni egallaydi. Yechilayotgan masalaning roli o‘qituvchining u yoki bu masalani yechish uchun undan qanday pedigogik maqsadni ko‘zlaganiga bog‘liq. Ko‘pincha masalalar o‘quvchilarga ularning bilimlarini to‘ldirish, malakalarini egallash, ko‘nikmalarini takomillashtirish va puxtalash uchun beriladi. O‘quvchining masalani mustaqil yechishidan unda ko‘nikma va malakalarning tarkib topish uchungina emas, balki, o‘quvchi va o‘qituvchi uchun ham foydalidir, bu esa o‘qituvchiga o‘rgatilayotgan kuzatish va uning muvaffaqiyatlarini tekshirish imkonini beradi. Bilimlarni tekshirishda masala o‘quvchi tafakkurining rivojlanishi haqida fikr yuritish, kerakli amallarni to‘g‘ri tanlash, xisoblash ko‘nikmalari haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |