Mavzu; Kichik lirik janrlar tavsifi
Mundarija
Kirish
Reja;
I bob. Lirika haqida umumiy ma’lumot va lirikaning kichik janrlari
1.1. Lirika haqida umumiy ma’lumot
1.2. Lirikaning kichik janrlari
II bob. Qit’a va g‘azal munosabatlari. Tuyuk va Tajnis
2.1 . Qit’a va g‘azal munosabatlari va xususiyatlari
2.2. Tuyuk va Tajnis
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik asnosida, umumbashariy qadriyatlarga tayangan, go‘zallik-ezgulik-adolat tamoyillariga asoslangan adabiyot ilmi qaror topdi. Adabiyotshunoslik ilmi yangi-yangi talqin va tahlil metodlari, usullari bilan o‘z imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda, ildiz otib, palak yozmoqda.
“Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, - deydi Sh.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya haqida o‘z nutqida.
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalshga bog‘liq. Ana shunday muhim vazifani amalga oshirish uchun Vataniga, xalqiga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan, erkin, ijodkor shaxsni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib turadi.Ma’lumki, hozirgi davrdagi tub islohotlar har bir kishidan bilim, salohiyat, samarali mehnat, madaniyatlilik, yuqori malaka, yuksak onglilik, ijodkorlik, jamiyat oldida mas’uliyatni his etishni talab etadi.Insonparvarlik, demokratik, mustaqil davlat quruvchi har bir inson ana shu xislatlarga ega bo‘lishi zarur.
Pedagogika ilmi va amaliyotdan ma’lumki, nazariyadan yo‘naltirilgan ta’limga qarab borish o‘quvchining ijtimoiy hayotda o‘z bilimi va qobiliyatini namoyish etish imkoniyatini yaratadi.Komil insonni tarbiyalsh maqsadi ta’lim jarayoniga ijodkorlik bilan kompleks yondashishni taqozo etib , zamonaviy darslarni tashkil qilishga zamin yaratadi. Binobarin, faqat ijodkorlik va mustaqil faoliyat muhitida tashkil etilgan ta’lim natijasidagina o‘quvchida o‘zligini shaxs sifatida namoyish eta olish ko‘nikmalari shakllanib boradi.
Badiiy adabiyotning inson kamolotidagi o’rni yuksak ekanligi barchaga yaxshi ayon. Zero, inson ko’ngli kechinmalari, nozik va nafis tuyg’ulari ifodasi bo’lgan so’z san'atining nazokati va sehru jozibasi asrlar osha jilolanib kelmoqda. Bu narsa mumtoz shoirlarimiz asarlari orqali yanada oydinlashmoqda. O’zbek mumtoz adabiyoti xalqimizning ma'naviy mulki, uning hayoti, shuuri, ruhiyati bilan chambarchas bog’liq. Mumtoz adabiyotimizni puxta o’rganish, buyuk san'atkorlarimiz hayoti, shaxsiyati, asarlarini talabalar, o’quvchilar qalbiga singdirishning ahamiyati bugungi kunda yanada yorqinroq namoyon bo’lmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek: “Sharq sivilizatsiyasi yutuqlarini, o’tmish ajdodlarimizning madaniy va ma'naviy boyligini chuqur va har tomonlama o’rganishimiz darkor... Buyuk ajdodlarimiz bo’lmish mutafakkir, olimlar, go’zallik ijodkorlarining biz uchun yangi bo’lgan nomlari va asarlarini milliy ma'naviyatimiz xazinasiga qaytarish muqaddas vazifamizdir”. Malaka ishimiznig ham dolzarbligi anashundadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |