Ilmiy tadqiqot metodi
Bu metod ta’lim tizimida unchalik keng tarqalmagan metod bo’lib, ma’lum tayyorgarlikni talab etadi. Pedagog rahbarligida talabalar yoki bir talaba ma’lum ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishi va ma’lum fan uchun yangi hulosalarni yasashi mana shu metodni qo’llash jarayonida vujudga keladi. Bu metod oliygohlarda ko’proq qo’llaniladi. Bu metod davomida ilmiy bilish jarayoni sodir bo’ladi, ya’ni xali noma’lum bo’lgan bilimlar kashf etiladi va egallanadi. Buning uchun ilmiy tadqiqot rejasi tuziladi. Maqsad belgilanadi va tadqiqot usullari tanlab olinadi. Tadqiqot natijalari asosida hulosalar yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |