2- Mavzu : Hozirgi zamon psixologiyaning to`ilishi va tadqiqot metodlari.
Reja:
Hozirgi zamon psixologiyasining to`ilishi va prinsiplari. Determinizm prinsipi, ong va faoliyat birligi prinsipi, ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi. Aniq faoliyatni o‘rganuvchi psixologiya sohalari, rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari, Shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarni o‘rganuvchi psixologiya sohalari. Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari va ularning tahlili, kuzatish metodi, eksperiment metodi, suhbat va so‘rovnoma metodi, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi, test metodi, sotsiometriya metodi, biografiya metodi, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni.
Tayanch tushunchalar - mexnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, yuridik psixologiyasi, muxandislik psixoloiyasi, xarbiy psixoloiyasi, sport psixoloiyasi, kosmik psixologiya, savdo psixoloiyasi,yosh davrlari psixologiyasi, maxsus psixologiya ,Psixologiya metodlari: kuzatish, suxbat, inson faoliyatining samarasini taxlili qilish. Eksperiment, diagnostik testlar.Sotsiometriya, biografiya, anketa metodi
Hozirgi zamon psixologiyasi fanining tamoyillari, determinizm tamoyili, ong va faoliyat birligi tamoyili, ongni faoliyatda rivojlanish tamoyili
Psixologiyaning asosiy tamoyillari, determinizm, ong va faoliyat birligi, psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo’lib hisoblanadi.
1. Determinizm - belgilayman ma’nosini bildiradi tamoyili tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik xodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanishi hakidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, ongning ob’ektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug’i xisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o’zgarishiga mutanosib ravishda u ham o’zgarishini anglatadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hayvonlar psixikasining rivojlanishini biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan o’lchanadi. Hayvonlardan farqli o’laroq insonda ong shakllanishining paydo bo’lishi muayyan bosqichlar orqali rivojlanishi moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda takomillashtirish, mahsulotlarni qayta ishlash bilan belgilanadi. Inson ongining ijtimoiy-tarixiy taraqqiy hususiyati ekanligini anglashi (tushunish) Shaxs ongining ijtimoiy borliqqa (makro, mikro, mize muhitiga) bog’liqligi haqidagi ham tabiatshunoslik, ham insonshunoslik umumiy prinsipga asoslangan buyuk xulosa qishilik jamiyatining olamshumul tantanasidir.
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili psixologiya fanida qabul qilinishi shunday ma’noni anglatadi: a) ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas, b) ong bilan faoliyat aynan biror-biriga o’xshash xam emas; v) ong bilan faoliyatning birligi ularning xukm surishi mexanizmidir (E.G.). Faoliyat o’zining to`ilishi bo’yicha ichki va tashqi tarkiblariga ega bo’lsada, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. Ong bo’lsa faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks ettiradi. Real vaqtlarning o’zgaruvchan (rivojlanishni anglatuvchi) modeli ongda yo`aga keladi, odam atrof muhit bilan munosabatga kirishganda undan mo’ljal oladi, natijada nuqsonlarga yo’l qo’ymaydi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va o’z navbatida ong mazkur jarayonda takomillashadi (muammo va uning yechimi varyantlar, invariantlar turtki vazifasini o’taydi.
Ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan ong bilan faoliyat birligi prinsipi, birinchidan, hulk-atvor, faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishga kafolat beradi; ikkinchidan, harakat, sa’y-harakatlarni muvaffaqiyatlarga erishishning ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmni aniqlashga imkon beradi; ularning birligi psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga muhim imkoniyati, puxta shart-sharoit yaratadi.
Agarda psixika faoliyat samarasi va maxsuli sifatida talqin qilinsa, u taqdirda psixika va ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi to’g’ri tushunilgan bo’ladi. Mazkur prinsip rus psixologlari L.S. Vigoqkiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.M.Teplov, B.G. Ananev va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o’z ifodasini topgan.
Ongni faoliyatda rivojlanish tamoyili Psixikaning taraqqiyotini dialektika nuqtai nazaridan tushunish psixik taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o’yin faoliyatiga bog’lik ekanligini aniqlashdan dalolat beradi. Ijtimoiy tajribani o’zgartirish jarayonining yo` berishi Shaxs uchun psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi va dasturiy bilimlarni egallashga mus-tahkam zamin xozirlaydi. Har qaysi faoliyat turi inson psixikasini rivojlantirish manbai va mexanizmi rolini bajaradi. Psixologlarning ushbu prinsipga taalluqli fikrlaridan namunalar keltiramiz: 1) L.S. Vigoqkiy: ta’lim psixikaning rivojlanishini yo’naltiradi, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi; 2) P.P.Blonskiy: tafakkur kichik maktab yoshida o’yinlar bilan, o’spirinlik yoshida o’kish bilan bog’liq tarzda rivojlanadi; 3) S.L. Rubinshteyn; ong faoliyatda paydo bo’lib, ana shu faoliyatda shakllanadi; 4) B.M.Teplov; qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bo’ladi, lekin rivojlanishi faoliyat jarayonidan boshqacha muhitda yo` bermagandek, qobiliyat tegishli yaqqol faoliyatdan ajralmagan holda paydo bo’la olmaydi.
Ma’lumki, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning hususiyati va miyaning maxsulidir. Psixika borliqning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, bilish jarayonlarida, Shaxsning xususiyati va holatlarida, diqqati, his tuyg’ulari, harakter xislatlarida, qiziqishi hamda ehtiyojlarida o’z ifodasini topadi.
Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo’zg’atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog’lanishlari psixik xodisalarning fiziologik asoslari xisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo’ladi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog’lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo’ladi.
Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini -uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o’rganishdir. «Odamning ongliligi uning turli-tuman faoliyatida, hatti-harakatlarida namoyon bo’ladi. Inson Shaxsi har xil shakl va mazmunga eta bolgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda muhit, irsiy belgilar, ijtimoiy ta’sir asosiy omillar xisoblanadi.
Inson o’zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarni o’zlashtira boradi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy muhitda uning his-tuyg’ulari, harakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e’tiqodi, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilaklari, xohishlari asta-sekin o’zgarib boradi.
Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o’zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to’laroq, aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo’sindagi o’zaro bog’lanishlari, murakkab munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o’ziga munosabati vujudga keladi.
Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo’ladi. Insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgai to`umning moddiy asosiga emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, ijod mahsullari va hatti-harakatlarining majmuasidir.
Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi ob’ektiv borliqqa va o’ziga faol ta’sir ko’rsatishida sodir bo’ladi. O’yinni kuzatishi, mehnati, o’qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi, qiziqishining barqarorlashuvi va boshqalar Shaxsning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
Rivojlanish inson Shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o’zaro bog’liq bosqichlarda amalga oshadi. Shaxs aql-zakovatining ko’rsatkichi, sifati, hususiyati uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga keladi, o’zaro ta’sir natijasida unda aqlning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, tezligi, mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi orta boradi.
Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari
Kuzatish metodi
Eksperiment metodi
Suhbat va so’rovnoma metodi
Psixologiyaning asosiy metodlari
ASOSIY METODLAR
|
Asosiy metodlarning variantlari
|
KUZATISH METODI
|
Tashqi (ob’ektiv kuzatish)
Ichki (sub’ektiv, o’z-o’zini kuzatish)
Erkin ko`atuv Standartlashtirilgan
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish
|
SO’ROЈ METODLARI
|
Og’zaki so’roq
YOzma so’roq
Erkin so’roq (suhbat) Standartlashtirilgan so’roq
|
TESTLAR METODI
|
Test-so’rov
Test-topshiriq
Proektiv test Soqiometrik test
|
EKSPERIMENT
|
Tabiiy eksperiment Laboratoriya eksperimenti
|
MODELLASHTIRISH
|
Matematik modellashtirish Mantiqiy modellashtirish
Texnik modellashtirish Kibernetik modellashtirish
|
Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi ko`atuv mohiyatan ko`atiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. O’z-o’zini kuzatish esa odam o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki xodisani o’zi o’rganish maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir.
Erkin ko`atuv ko’pincha biror ijtimoiy xodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida ko`atuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo’lmaydi, ko`atuv ob’ekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. YOki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yo`asidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan ko`atuv esa, buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, ko`atuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning Shaxs xulq-atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan ko`atuv tashkil qilinadi, bunda ko`atuvchi Shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. SHu yo’l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi tomondan, agar ko`atuvchida konformizm xislati kuchli bo’lsa, o’zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim xodisalarni sub’ektiv ravishda qayd etadigan bo’lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi-ya’ni ko`atuvchi guruhga yoki ko`atilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo’ladi va faqat bevosita ko’zi bilan ko’rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi.
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko’rsatgichlarni qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga ko`atuvchining professional mahorati, ko`atuvchanligi, sabr-qanoatiga bog’liq bo’lgan jihatlar, yana to’plangan ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda taxlil qilish xavfi bo’lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi.
Eksperiment metodi Professor A.F.Lazurskiy (1874—1917) tomonidan eksperimental metodning alohida turi — tabiiy eksperimental metod 1910-yilda ishlab chiqilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixolo-giyasini o`rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta'lim psixo-logiyasi masalalarini ishlab chiqishda keng va unumli foydalanil-moqda.
Eksperimental metodning tadbiq qilinishi psixologiya fani taraq-qiyotiga juda unumli ta'sir ko`rsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish va o`z-o`zini kuzatish yo`li bilan aniqlash qiyin bo`lgan yoki butunlay mumkin bo`lmagan ko`p ma'lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o`rtasidagi bog`lanishlar aniqlangan, psixik jarayon-lardagi, ayniqsa, sezgilar, idrok, diqqat, xotira sohasidagi ba'zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yo`li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida, tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonning fiziologik hodisalar bilan, shuningdek tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo`lgan bog`lanishlari ochilgan. Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimen-tal metodning usullaridan foydalanishda amaliy faoliyatning turli sohalarida - o`quv tarbiya ishlarida, tibbiyotda, mehnatni tashkil
qilish va raqionalizaqiyalashda, sud ishlarida, san'atda juda ko`p foyda keltirdi.
Shunday qilib, eksperimental psixologiya - eksperimental metodlar vositasida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy nomlanishidir.
So’rovnoma metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo’ladi.
Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o’tkazadigan Shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga etarli bo’lmasa, so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob ma’lumotlarni to’plash imkoniga ega bo’ladi.
Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand to`ilgan bo’lsa, shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to’planadi.
So’roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo’lib, birinchisida oldindan nimalar so’ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so’roq o’tkazilishi nazarda tutiladi
Xozirgi zamon psixologiyasi juda ham Ko`p tarmoqli fan bo`lib, uning tarmoqlari rivojlanishning turli bosqichida ekanligi va xayotning turli soxalari bilan bog`liqligi bilan xarakterlanadi. Bunday sertarmoq bo`lgan psixologiyani qanday klassifikao`iya qilmok kerak? Klassifikao`iya qilishning eng muxim shartlaridan biri psixikaning faoliyat proo`essida rivojlanishiga asoslanishdan iboratdir. SHunday qilib, psixologiyani inson faoliyatining konkret turiga qarab klassifikasiya qiladigan bo`lsak, uning bir qancha tarmoqlari borligini kuramiz.
I. Mexnat psixologiyasi. Bu inson mexnat faoliyatining psixologik asoslarini, mexnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tomonlarini o`rganadi. 1
Mexnat psixologiyasi ma’lum darajada mustaqil bo`lgan, lekin bir-biri bilan chambarchas boglangan turlarga bo`linadi:
Injenerlar psixologiyasi
Aviao`iya psixologiyasi.
Kosmik psixologiyasi.
II. Pedagogik psixologiya.
Bu ham o`z navbatida bir qancha turlarga bo`linadi:
Ta’lim psixologiyasi. (didaktika va xususiy metodikalarning psixologik asoslari, programmalashtirilgan ta’lim, aqliy faoliyatlarning shaqllanishi va boshqalar).
Tarbiya psixologiyasi. (tarbiya metodikasining psixologik asoslari, o`quvchilar jamoasi psixologiyasi, mexnat – axloq to`atish pedagogikasining psixologik asoslari).
O`qituvchi psixologiyasi.
Aqli zaif bolalar tarbiyasi psixologiyasi.
III. Tibbiyot psixologiyasi. Bu shifokor faoliyatining psixologik tomonlarini va kasal xulkini o`rganadigan fandir. Bu fan ham o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi:
Neyropsixologiya – bu bosh miya nervlari faoliyati asosida vujudga keladigan psixologik xolatlarni o`rganadi.
Psixofarmakologiya. – bu turli dorilarning inson psixik faoliyatiga ta’sirini o`rganadi.
Psixoterapiya – bu kasallarni davolashda psixologik ta’sir qilishdan foydalanish yullarini o`rganadi.
Psixoprofilaktika va psixogigiena – bu kishilarni psixik tomondan soglom bo`lishini ta’minlashga oid tadbirlar ishlab chikish bilan shugullanadi.
IV. Yuridik psixologiya. Bu o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi:
Sud psixologiyasi.
Kriminal psixologiya.
Mexnat – to`atish psixologiyasi.
V. Xarbiy psixologiya.
VI. Sport psixologiyasi.
VII. Savdo psixologiyasi.
Bordiyu, psixologiya soxalarini klassifikao`iya qilishda psixikaning rivojlanishini asos qilib olsak, unda psixologiyaning yana quyidagi soxalari mavjudligini kuramiz:
YOsh psixologiyasi. Bu o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi:
Bolalar psixologiyasi.
Usmirlar psixologiyasi.
YOshlar psixologiyasi.
Katta kishilar psixologiyasi.
Gerantopsixologiya. (Karilar psixologiyasi).
2. Maxsus psixologiya.
a) Patopsixologiya – miyaning o`sish davrida kasallanishi tufayli psixikada yo` beradigan o`zgarishlarni o`rganadi.
b) Oligofrenopsixologiya – bu miyasida tugma kamchiligi bor bolalar psixikasining o`sish masalalari bilan shugullanadi.
s) Surdopsixologiya – karlarning psixik tarakkiyotini o`rganadi.
d) Tiflopsixologiya – kurlar va ko`rish qobiliyati pastlarning psixologik tarakkiyotini o`rganadi.
3. Solishtirma psixologiya – bu xayvonlar psixikasi bilan inson psixikasini takkoslab o`rganadigan fandir. Uning tarmogi zoopsixologiyadir.
4. Ijtimoiy psixologiya. Bu kishilarning jamoadagi o`zaro munosabati jarayonida vujudga keladigan psixolgik xolatlarni o`rganadi. Moda va eskilik qoldiqlarining ta’siri, turli mish-mishlar ta’sirida xosil bo`ladigan jamoatchilik kayfiyatini o`rganish ham ijtimoiy psixologiya vazifasiga kiradi.
Uning tarmog’i din psixologiyasidir.
Shaxs psixologiyasi. Buning vazifasi Shaxsning individual – psixologik xususiyatlari: xarakteri, oliy nerv faoliyati tipi va temperamenti, qobiliyatlari, xulkining bosh motivlari, kasbga qobiliyati va ko`nikmalari kabilarni o`rganishdir.
Uning bo`limlariga:
Xarakterologiya.
Individual psixologik farqlar tipologiyasi
Professiografiya (kasbga bo`lgan qobiliyati va ma’lum bir kasbga yarokli ekanligini o`rganadigan fandir).
Do'stlaringiz bilan baham: |