Mavzu: Kasbiy ta’lim o’qituvchisining individual metodik faoliyati



Download 0,5 Mb.
bet20/131
Sana30.07.2021
Hajmi0,5 Mb.
#132848
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   131
Bog'liq
Tolipova Dilorom 4-kurs AG

O’quv dasturi – har bir alohida fan uchun o’quv dasturi tuziladi. Dastur o’quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, o’quv rejasi bo’yicha ajratilgan soat va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g’oyaviy- siyosiy yo’nalishini o’zida aks ettiradigan davlat hujjatidir.

O’quv dasturida bir sinfda alohida fanlar bo’yicha o’quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda fanning mazmuni, mavzu ketma-ketligi ikkinchi mavzu birinchini to’ldirishi, izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko’rsatiladi. O’quv dasturida shu fan bo’yicha o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar kichik mavzularda ifodalanib, mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi.

Fanning maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda yo’nalishlari ajratiladi. Ular boblarga bo’linadi. Boblar katta-katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo’linib, shu mavzu yuzasidan o’quvchi qanaqa bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishi lozim bo’lsa, shu qisqacha ifodalanib beriladi. O’quv dasturining o’zini amal qilinishi kerak bo’lgan qoidalari mavjud.

1. Dasturni aniq bir g’oyaga asoslanganligi.

Mustaqil jamiyatimiz taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan holda isloh qilingan har bir sohasidagi fan, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar qirralaridagi erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks ettirishi lozim. Dastur uzoqni ko’ra bilish qoidalariga asoslanishi kerak.

2. Dastur ilmiylik printsipiga asoslanadi.

Har bir ta’lim va tarbiya g’oyalari, ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida kiritiladi.



3. O’quv dasturi aniq mazmun va mantiq g’oyalarini o’zida aks ettirishi lozim.

Dasturda fanning maqsad va vazifalari undagi bilim asoslari misollar va masalalar orqali o’rgatiladi. Aks holda o’rgatilayotgan bilim asoslarini nazariy jihatdan tushunish qiyin bo’ladi.



4. Nazariyot bilan amaliyotning birligi printsipi.

Talabalar nazariy olgan bilimlarini, amalda qo’llay olish ko’nikmasini shakllantirishi nazarda tutiladi.



5. O’quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi.

Vaqt o’tishi bilan fan olamida yangi-yangi kashfiyotlar, ma’lum bir ilmiy qonun-qoidalar paydo bo’lib, fan takomillashib boradi. Dastur fanning kelajakdagi istiqbolini o’zida qisqacha ifodalaydi.



6. O’quv dasturi hujjatlar isloh qilingan ta’lim, davlat tomonidan tasdiqlangan reja asosida bakalavr, magistr, litsey, gimnaziya, kollejlarga alohida-alohida tuziladi.

Darslik.

Darslik o’quv jarayonining asosi. Darslik o’quvchining uydagi muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi. Darslik, ya’ni fan ob’ektiv borliq o’rtasidagi muhim qonuniyatli bog’lanishlarni aks ettiradi. Darslikdagi bilimlar tizimi o’zaro ichki, mantiqiy bog’lanishlarga ega bo’lib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan. Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi:

1. Darslikda aks etgan ilmiy bilimlar sinf o’quvchilarining yosh xususiyatiga mos kelishi kerak.

2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asosi, g’oyalari tizimli va izchil bo’lishi talab qilinadi.Ular hayotdan olingan, ishonarli bo’lishi lozim. Shu holdagina o’quvchilardagi ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi.

3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’langan bo’lishi kerak.

4. Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va ta’riflari berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va bezatilishi o’quvchining yoshiga mos, fanning xarakteriga monand bo’lmog’i zarur.

5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo’lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish