Savol 72
Har bir fan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ko‘pgina olimlar ilmiy tadqiqot sohasidagi bilimlarning ahamiyatini ta’kidlashadi.
“Huquqni tadqiq qilish metodlari” fanining zaruriyati va ahamiyati haqida fikrlaringizni bildiring.
“Tadqiqot” atamasi turli xil ma’nolar va tushuntirishlarni oldi. Tadqiqot - bu faktlar yoki printsiplarni izlashda sinchkovlik bilan, tanqidiy o‘rganish yoki tushuntirish nimanidir aniqlash uchun astoydil izlanish hisoblanadi. “Webster lug‘atida “tadqiqot” atamasini “o‘sib borishga qaratilgan muntazam izlanish” ma‘nosini tushuntiradi1”. Ilmiy tadqiqot – fanning mavjudlik shaklidir. Fanning rivojlanishi dalillarni yig‘ish , o‘rganish va tizimlashtirish, mantiqan barqaror ilmiy qonunni yaratish maqsadida ayrim va alohida qonuniyatlarni umumlashtirish va ochib berishdan boshlanadi. Shu o‘rinda huquqiy tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsadga to‘xtalar ekanmiz, tadqiqotlar bilishning ilmiy tamoyillari yordamida aniq va kankret obyektni o‘rganish maqsadida olib boriladi. Huquqiy tadqiqot – yuridik qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni aniqlash va izlanish jarayoni bilan bog‘liq tadqiqotning shaklidir. Bugungi kunda ko‘pcilik bilim darajasini yuksaltirishga intilmoqda va shuni amalga oshirish uchun izlanishlarni olib bormoqda. Huquqiy tadqiq qilish fanining zaruriyati va ahamiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak. Bu juda muhim va o‘rinli savol. Tadqiqot o'tkazishda bu fan bizga ba’zi turtki beruvchi omillari mavjud. Birinchidan, ilmiy daraja olishda bizga qanday taribda izlanish olib borish, qaysi manbalarga murojaat qilish va qaysi manbalar ishinchiligini o‘rgatadi. Shuningdek, tadqiqotga qo‘yiladigan talablarni batafsil o‘rgatishga ko‘makchi bo‘lgan fan hisoblanadi. Ikkinchidan, yangi narsalarni topishga qiziqishni vujuidga keltiruvchi fan hisoblanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydiu deb o‘ylayman. Chunki, bu fan orqali hali aniqlanmagan yoki isbotlanmagan yangi tadqiqot turlarini hamda mavzularini yaratishga ko‘makchi bo‘ladi. Shuningdek, bir mavzu yuzasidan chet el ilmiy maqolalarini o‘rganishda asos hisoblanadi. Uchinchidan, huquqni tadqiq qilish metodlari fanining zaruriyati va ahamiyati bizga ijtimoiy muammolarni hal qilish orqali jamiyatga xizmat qilishga va foydamiz tegishiga o‘rgatadi. Shu o‘rinda fikrimni asoslantirsam, eng avvalo fanni o‘rganib biz kelaj avlod uchun zarur bo‘lgan yoki hali aniqlanmagan ma’lumotni aniqlashtiramiz hamda ma’lum bir ma’lumot ba’zasini shakillantiramiz va shu orqali yosh avlod bilimini oshirishga xizmat qilishga harakat qilamiz. Izlanish ilmiy bo‘lmagan sohalarda ham muhimdir. Hayotimizda yangi muammolar, voqealar, hodisalar va jarayonlar har kuni sodir bo‘ladi. Amaliy, amalga oshiriladigan echimlar va yuzaga keladigan yangi muammolarni hal qilish uchun takliflar talab qilinadi. Shuning uchun huqiqiy tadqiqot fanining zaruriyati yuqori deb o‘ylayman. Tadqiqotlar ko‘plab davlat siyosatining asosini yaratadi. Masalan, tadqiqotlar odamlarning ehtiyojlari, istaklari hamda ehtiyojlarni qondirish uchun daromadlarning mavjudligi yuqori turuvchi organlarga byudjet tayyorlashda yordam berish mumkin.
Savol 20
Ilmiy maqolalar muammoni kichik hajmda tadqiq etishga qaratilgtan ilmiy ish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |