Mavzu: Kasbiy faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o’rni



Download 0,59 Mb.
bet5/13
Sana31.12.2021
Hajmi0,59 Mb.
#205763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mustaqil ish 1

Emotsiya turlari

Tavakkalchilik paytida kutilayotgan noxushlik bunday holatdagi muvaffaqiyatsizlik ehtimoli va noqulay oqibatlar darajasining uyg‘unlashtirilishi bilan belgilanadi. Tavakkalchilikning ikki turi farqlanadi: oqlangan va oqlanmagan.

Shaxsning irodaviy fazilatlariga yana bir nechta faoliyat motivlari ham kiradi. Ular:

Intilish - hali etarli darajada anglanmagan ehtiyojdan iborat faoliyat motividir.

Istak - faoliyatning motivi sifatida ehtiyojning etarli darajada tushunib etilganligi bilan tavsiflanadi. Bunda faqat ehtiyoj ob’ekti emas, balki uni qondirishning mumkin bo‘lgan yo‘llari ham tushunib etiladi. Irodaning kuchliligi va kuchsizligi shaxsning individual xususiyatlariga kiradi.

Hissiyotning buzilishlari ikki xil ko‘rinishda bo‘lib, ulardan birinchisi:



Abuliya – bu miya patologiyasi zaminida yuzaga keladigan faoliyatga intilishning yo‘qligi, harakat qilish yoki uni bajarish uchun qaror qabul qilish zarurligini tushungan holda bunday qila olmaslikdir.

Ikkinchisi: Apraksiya – miya tuzilishining shikastlanishi natijasida kelib chiqadigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidir. Bu jarayon irodaviy harakatning bajarilishini qiyinlashtiradi. Abuliya va apraksiya – psixikasi (ruhiyati) og‘ir kasallangan odamlarga xos, nisbatan kam uchraydigan hodisadir.

Shaxs ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida uning xulq-atvorini boshqarib turadigan axloq mezonlari shu his-tuyg‘ularning tevarak atrofdagilardan ob’ektiv ravishda olib turadigan baholashning asosi hisoblanadi. Ayniqsa, ma’naviy his-tuyg‘ularni tarbiyalash pedagogik faoliyatda muhim jihatlardan biri hisoblanadi.

Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chiqqan:

A. Kognitiv komponent - ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;

B. Affektiv komponent - ustnovka ob’ektiga nisbatan sub’ekt his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi emotsional munosabatlar);

V. Harakat komponenti - sub’ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‘lish).

Bu uch xil komponentlar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustivorroq bo‘lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bo‘lsalar ham, har doim ham unga rioya qilavermaydilar. «Tasodifan dars qoldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi holatlar kognitiv va harakat komponentlarida uyg‘unlik yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqka zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu holatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama-qarshilik va tafovut bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgatib borishimiz kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Kasbga yo‘naltirishda hal qiluvchi davr o‘smirning o‘z istagi yoki zaruratiga ko‘ra, tanlagan va uning mehnat yo‘lini belgilaydigan kasbga kirishish davridir. Bu davr shuning uchun ham hal qiluvchiki, kishining mehnat yo‘li bo‘lishi, bu yo‘lda u qanchalik uzoq vaqt muvaffaqiyatli bora olishi ishlab chiqarishni xodimlar o‘rtasidagi muomalani endi o‘quvchi emas, balki boshqa rolni malakali xodim rolini qanchalik oson yoki qiyin, tez yoki sekin o‘zlashtirishiga bog‘liq.


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish