Mavzu: Kasbiy faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o’rni


Shaxsni kasbga moslashish psixologiyasi



Download 0,59 Mb.
bet9/13
Sana31.12.2021
Hajmi0,59 Mb.
#205763
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mustaqil ish 1

4.Shaxsni kasbga moslashish psixologiyasi

Kasbiy moslashuv – bu yosh insonning asta-sekin kasbiy mehnat sharoitiga kirish vazifasiga ko‘ra emas, balki uning psixik xususiyatiga ko‘ra talaba o‘quvchilikdan malakali xodimga aylanishidir.

Organizmning ishlab chiqarish muhiti va mehnat rejimiga moslashish tarzida biologik ko‘nikish elementlarini ham o‘z ichiga olgan holda kasbga ko‘nikish bir butunlikda ijtimoiy ko‘nikishning asosiy turi hisoblanadi. Kasbiy moslashuv davri odatda uchta o‘ziga xos bosqich bo‘yicha boradiki, ularning har biri kasbiy ta’lim pedagoglari uchun juda muhim xususiyatga ega.

1. Kasbiy moslashishning birinchi bosqichi tanishtirish bo‘lib, o‘zining atrof muhitidagi yangi rolini anglashidan iborat. U tanlangan kasb bo‘yicha muayyan malaka olishga qaror qilgandan boshlanadi va ishlab chiqarish ta’limiga dastlabki nazariy tayyorgarlik davrida, o‘quv qobiliyatlari kasb-hunar kolleji tayanch korxona bilan tanishishdan boshlanadi. Kasbiy moslashishning bu birinchi bosqichida qabul qilingan qarorning to‘g‘riligini o‘smir o‘zi baholaydi. Kasbga, ishlab chiqarish mehnati guruhlariga va o‘qituvchilariga, kasb-hunar kelleji va korxonaga munosabati vujudga keladi. O‘smir o‘z kelajagiga nazar tashlaydi hamda tanlagan kasbida qanday jozibali va qandaydir kamchilik tomonlarini ko‘radi. Bolalikda uyg‘ongan, qiziqtirgan sohalar haqidagi o‘y- xayollar barbod bo‘ladi. Hamda yangi umid va intilishlar paydo bo‘ladi. Ta’sirchan o‘smirlar ongida sabablarning qattiq kurashi ketadi. Bu kurash oqibati boshqa bir mashg‘ulotga bo‘lgan oldingi intilishlar engadimi yoki yangi egallash mavqega muvofiq yangi intilishlar tug‘iladimi, bularning hammasi birinchi mashg‘ulot: muallim va yaqin kelajakda o‘qish va ishga to‘g‘ri keladigan kasb hunar kolleji va korxonalarning tuzilishi, ulardagi umumiy sharoitlar uyg‘otadigan taassurotga bog‘liq bo‘ladi.

2. Kasbiy moslashishning ikkinchi tayyorlov bosqichi – ijtimoiy umumiy texnika va maxsus predmetlar hamda o‘quv xonalarida ishlab chiqarish ta’limini asosli o‘rganishdan iborat bo‘lib, bu kasb o‘rganishdir. Bu erda ham tanlangan mehnat yo‘lini baholash davom etadi. Atrof muhitga, ta’limga va o‘zlashtirilayotgan mehnatga munosabat o‘zgaradi. Biroq hal qiluvchi narsa taassurot emas, balki o‘quv mehnatidagi yutuq va kamchiliklar bo‘ladi. Kasbiy moslashishning ancha uzoq va ma’suliyatli bo‘lgan bu bosqichida kasbini o‘zlashtirayotgan malakali xodim shaxsining daslabki shakllanishi yuz beradi. Bu shakllanishning muvaffaqiyati o‘zining o‘quv mehnati natijasidan qanoatlanishi va qanoatlanmasligiga bog‘liq yutuqlar quvontiradi va ilhom beradi, yanada kattaroq muvaffaqiyatlarga undaydi, tasodifiy muvaffaqiyatsizlik yanada ko‘proq kuchni safarbar qilishni talab qiladi. Ammo bunday holat tez-tez bo‘lib tursa, doimiy muvaffaqiyatsizlik esa ishdan, o‘qishdan va kasbdan ixlosini qaytaradi. O‘quv predmeti va ishlab chiqarish mashqlariga bo‘lgan qiziqishning paydo bo‘lishi, kuchayishi yoxud yo‘qolishini hamda kasbni yoqtirmay qolishi ana shu yutuq va muvaffaqiyatsizliklarga bog‘liq bo‘ladi. Bularning hammasi, avvalo, pedagoglarga o‘quvchilarning yutug‘i va muvaffaqiyatsizligi o‘quvchining ruhiy holatiga ko‘ra qanchalik e’tibor berishlariga hamda ularning qanchalik mohirlik bilan boshqara bilishiga bog‘liq.

3. Kasbiy moslashishning uchinchi asosiy bosqichi yosh insonning korxona xodimlari muhitiga singishidir. Bu bosqich o‘quvchi-talaba o‘zini o‘rab olgan o‘sha jamoaning a’zosi sifatida his qiladigan ammo ular darajasida malaka orttirmagan mehnat unumdorligi va mahsuloti sifatini ta’minlay olmaydigan, ba’zan xato va beparvoliklarga yo‘l qo‘yadigan, ishlab chiqarish amaliyoti davrida boshlanadi. Rasmiy jihatdan o‘zining tengligi va atrofdagi kishilar bilan ishlab chiqarish malakasida tez emasligi hamda ularning yosh xodimga «temir qanot qushcha» deb munosabatda bo‘lishini anglash uning bu bosqichdagi kasbiy moslashish jarayonini favqulodda murakkablashtirib qo‘yadi. Buni ijobiy hal qilish esa amaliyotda korxona xodimlari bilan o‘zaro munosabati qanday bo‘lishi kasb-hunar kollejini tugatgach ular bilan birgalikda qiladigan mehnatga bog‘liq bo‘ladi.



Kasb-hunarga moslashish sharoiti bir nechta ta’sir etuvchi omillar natijasida yuzaga keladi. Ularning birinchisi tashqi ta’sir omillari bo‘lib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan ma’naviy-tarbiyaviy ishlar, ijtimoiy-tarbiyaviy mehnat, oilaviy tarbiya, jamoatchilik tarbiyasi kabi tarmoqlardan iborat. Maktabdagi va atrofdagi muhit, ota-onaning kasbi-kori, shaxsning ichki va tashqi tabiati, oilaviy kasb-hunar an’analaridan tashkil topgan ijtimoiy pedagogik omillar ikkinchi guruh hisoblanadi. Uchinchi guruhga kasb-hunarni to‘g‘ri tanlay olish, unga nisbatan qiziqish, malaka, ish sharoiti, mehnat faoliyatining samaradorligi kabi o‘ziga xos omillar kiradi. Ana shu omillarni uyg‘unlashtirish kasbga moslashuv jarayoniga ijobiy ta’sir etish barobarida ta’lim – tarbiya tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va ish tajribalarini joriy qilishni taqozo etadi. Bunday pedagogik tadqiqotlar yoshlarning muayyan kasb-hunarni mukammal va tez fursatda egallashiga yordam beradi. Bu hol o‘z navbatida shaxs va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi.


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish