4-misol. Ushbu
integral hisoblansin, bunda .
Bu holda 2-teoremaning barcha shartlari bajariladi. Usha teoremaga ko’ra
bo’ladi. Integrallarni hisoblab topamiz:
.
Demak,
.
Bu keltirilgan misollarda sodda funksiyalarning sodda soha bo’yicha ikki karrali integrallari qaraldi. Ko’p hollarda sodda funksiyalarni murakkab soha bo’yicha, murakkab funksiyalarni sodda soha bo’yicha va ayniqsa, murakkab funksiyalarni murakkab soha bo’yicha ikki karrali integrallarini hisoblashga to’g’ri keladi. Bunday integrallarni hisoblash esa ancha qiyin bo’ladi.
4. Ikki karrali integrallarning ba’zi bir tatbiqlari
Ushbu paragrafda ikki karrali integrallarning ba’zi bir tatbiqlarini keltiramiz.
10. Jismning hajmini hisoblash. fazoda jism yuqoridan sirt bilan, (bunda funksiya da uzluksiz) yon tomonlaridan yasovchilari o’qiga parallel bo’lgan silindrik sirt hamda pastdan tekislikdagi soha bilan chegaralangan jism bo’lsin.
yopiq sohaning bo’laklashni olamiz. funksiya da uzluksiz bo’lganligi sabali, bu funksiya bo’laklash har bir bo’lagida ham uzluksiz bo’lib, unda , larga ega bo’ladi.
Quyidagi
,
yig’indilarni tuzamiz. Bu yig’indilarning birinchisi jism ichiga joylashgan ko’pyoqning hajmini, ikkinchisi esa jismni o’z ichiga olgan ko’pyoqning hajmini ifodalaydi.
Ravshanki, bu ko’pyoqlar, demak, ularning hajmlari ham funksiyaga hamda sohaning bo’laklashga bog’liq bo’ladi:
, .
sohaning turli bo’laklashlari olinsa, ularga nisbatan jismning ichiga joylashgan hamda jismni o’z ichiga olgan turli ko’pyoqlar yasaladi. Natijada bu ko’pyoqlar xajmlaridan iborat quyidagi
,
to’plamlar hosil bo’ladi. Bunda to’plam yuqoridan to’plam esa quyidani chegaralangan bo’ladi. Demak, bu to’plamlarning aniq chegaralari
,
mavjud. Shartga ko’ra funksiya yopiq sohada uzluksiz. U holda Kantor teoremasining natijasiga asosan, son olinganda ham, songa ko’ra shunday son topiladiki, sohaning diametri bo’lgan har qanday bo’laklashi uchun har bir da funksiyaning tebranishi
bo’ladi. Unda
Demak, sohaning diametri bo’lgan har qanday bo’laklanishi olinganda ham bu bo’laklanishga mos jismning ichiga joylashgan hamda bu ni o’z ichiga olgan ko’pyoq hajmlari uchun har doim
tengsizlik o’rinli bo’ladi. Bundan esa
(9)
tenglik kelib chiqadi. Bu tenglik jism hajmga ega bo’lishini bildiradi.
Endi yuqorida o’rganilgan , yig’indilarni Darbu yig’indilari bilan taqqoslab, ham yig’indilar funksiyaning sohada mos ravishda Darbu quyi hamda yuqori yig’indilari ekanini topamiz. Shuning uchun ushbu
,
miqdorlar funksiyaning quyi hamda yuqori ikki karrali integrallari bo’ladi, ya’ni
,
Yuqoridagi (9) munosabatga ko’ra
tenglik o’rinli ekani ko’rinadi. Demak,
.
Shunday qilib, bir tomondan, qaralayotgan jism hajmga ega ekani ikkinchi tomondan, uning hajmi funksiyaning soha bo’yicha ikki karrali integraliga teng ekani isbot etildi. Demak, jismning hajmi uchun ushbu
(10)
formula o’rinli.
Do'stlaringiz bilan baham: |