Mavzu: Karimbek Kamiy hayoti va ijodi (2 soat)



Download 30,38 Kb.
bet1/3
Sana22.08.2022
Hajmi30,38 Kb.
#847485
  1   2   3
Bog'liq
Мавзу


Mavzu: Karimbek Kamiy hayoti va ijodi (2 soat)


(1864-1927 yil)


Karimbek Kamiy hayoti va ijodining o’rganilishi. Shoirning hayot yo’li. Kamiy va Toshkent adabiy muhiti. Kamiyning ijodiy merosi. Shoir lirikasida an’anaviy ruh va shakl. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotida Karimbek Kamiyning tutgan o’rni.

Karimbek Kamiy - milliy uyg’onish davrining faol ijodkorlaridan. Shoir ijodini o’rganishda asosiy manba – uning asarlari. Asarlarining shu davrda tuzilgan bayozlarga kiritilishi, vaqtli matbuotlarda bot-bot chop etilishi shoir ijodini ommalashtirishning birinchi bosqichi edi. Demak, shoir ijodi uning hayotlik chog’idayoq e’tiborga tushgan.

Shoir Karimbek Kamiy o’z davrining e’tirof etilgan shoirlaridan biri sifatida haqli suratda XX asrda tuzilgan majmua-bayozlardan o’rin olishi bilan bir qatorda, bayozlarda ijodkor do’stlar tomonidan u haqda yozilgan g’azallar ham uchraydiki, bu ham Kamiyning shoirlik darajasini belgilab beradi. Inchunun, 1912 yili G’.H. Orifjonov matbaasida chop etilgan “Bayozi mahbubu-l-mahbub” kitobda shoir Omoniyning “Dar madhi janobi mavlono Kamiy Toshkandiy...”g’azali berilgan bo’lib,

Baldai ash’arni kezgan hasti mavlono Kamiy,

Boisi taskin bo’lur deb ishqa mavlono Kamiy

deya g’azal “baldai ash’arni» (o’n shaharni) kezgan Kamiyni vasf etish bilan boshlanadi. G’azal to’laligicha Karimbek Kamiy madhiga bag’ishlanadi.

Shoirning nomi va asarlari o’zining yashagan makon va Farg’ona vodiysi bo’ylabgina ma’lum bo’lib qolmay, uning she’rlari asr boshlaridagi qo’shni xonlik hududida ham ma’lum edi. Xorazmlik shoir Ilyos Mulla Muhammad o’g’li So’fining (1860-1916) Kamiy g’azaliga bog’lagan muxammasi, Kogonda chop etilgan bayozlarda berilgan Kamiyning maktab haqidagi murabba’si 1906-yildayoq Sankt-Peterburgda chiqadigan “Ulfat” gazetasida e’lon qilingan. Ko’rinadiki, shoir nomi XX asr boshlaridayoq Turkiston chegarasidan chiqa boshladi, shoir Amoniy aytganidek, «balki Islombo’lni oldi”.

Zamondoshlari uning ijodiga ayricha mehr qo’yib yuqori baho berdilarki, buni yuqorida keltirilgan ta’riflardan ham sezish mumkin.

Karimbek Kamiy ijodiga munosabat doim ham bir xilda tekis kechmadi. Zamondoshlari Anbar Otin va Ibrohim Davronlar unga qarshi tanqidiy fikrlar bildirganlar. Yosh adabiyotshunos Olim To’laboyev bu qarama- qarshilikning asosiy sababini “ular orasidagi adabiy-estetik va falsafiy qarashlarning ayricha bo’lganligidadir” deb belgilaydi.

XX asrda tuzilgan tazkiralar ham shoir ijodini o’rganishda manba bo’lib xizmat qiladi. Xususan, Mo’minjon Toshqinning “Toshkent shoirlari” (1948), qo’qonlik Po’latjon Qayumiyning “Tazkirai Qayumiy”(60-yillar) tazkiralari shular jumlasidandir.

O’zbek adabiyotshunoslik ilmida B.Qosimov A.Jalolov, M.Hamidova, M.Zokirova kabi olimlar Kamiy hayoti va ijodiga ilmiy jihatdan yondashganlar. 90-yillarga kelib shoir hayoti va ijodiga oid ilmiy maqolalar, adabiy merosidan namunalar vaqtli matbuotlarda chop etila boshladi. Bu borada Kamiy hayoti va ijodini jiddiy, maxsus tadqiq etishga kirishgan adabiyotshunos O.To’laboyevning vaqtli matbuot sahifalaridagi shoirning hayoti va ijodini yorituvchi maqolalari e’tiborga loyiq.

Eng quvonarlisi, 1998-yilda “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan “Karimbek Kamiy. Dilni obod aylangiz. Tanlangan asarlar” kitobi chop etildi. Kitobni nashr yuzini ko’rishida Olim Oltin (Olim To’laboyev)ning xizmatlarini alohida qayd etmoq lozim. O.Oltinbek shoirning tarqoq asarlarini yig’ib, nashrga tayyorlab, so’z boshi va izohlar talqini bilan mukammal jiddiy kitob holiga keltirdi. Bu esa shoir Kamiy ijodini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.

Shoirning ismi Karimbek, otasining ismi Sharifbek, Kamiy esa adabiy taxallusidir. Mulla Karimbek Kamiy 1865 yillarda Toshkent shahrida Sebzor dahasiga qarashli Chaqar mahallasida choponfurushlar oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Sharifbek aka adabiyotga ayricha mehr qo’ygan kishi edi. Sharifbek akaning to’rt o’g’li, bir qizi bo’lib, ular Mahmudbek xoji, Ahmadbek, Rahimbek, Karimbek va Bibinisolardir. Farzandlar ichida Karimbek yoshligidan zehni tez bo’lgani sababli ota-onasi ham, maktabdor domlasi ham uning bilim olishiga ayricha ahamiyat bera boshladilar. Ma’lumotlarga qaraganda, shoir Kamiy ibtidoiy maktabni o’sha vaqtning mashhur maktabdori, ham xattoti Mozorxon mahallalik Mansurxon domlada tamom qilib, «Beklarbegi» madrasasiga kelgan hamda Shomahmud Oxundda dars o’qib, «xatmi kutub» qilgan. Yoshlik chog’ida ham ko’p tezzehn bo’lib, she’r yozishga ham juda ishqiboz bo’lgan. Mazkur madrasa shoirni kamolotga erishuvida katta ahamiyat kasb etadi. Negaki, bu madrasadan u o’ziga xos va mos davrani topdi, ya’ni ko’p adabiyotshunoslar bilan tanishdi. Bulardan Toshkent bedilxonlaridan domla Umarbek, Ma’rufxon to’ra, Karimbek qori va shoirlardan Miriy taxalluslik Mirahmad muftiy, Rahimxo’ja Qozi, Qori Fazlulloh Almaiy kabilar bilan adabiy do’stlik rishtalarini bog’ladi.

«Beklarbegi» madrasasining mudarrisi Shomahmud Oxundni talabalar «Hazrati domla» deb ulug’lashar edi. Domlaning vafotidan keyin uning o’rniga Hazrati imom yonboshidagi Mozorxon mahallalik va Kadubod mahallasining mudarrisi Bahodirxon mahdum mudarris bo’lib keldi. Bu kishining ta’rifini ilmi toliblar «Buxoroning yarim ilmini olib kelgan» deb ta’rif etar edilar. Mazkur «Beklarbegi” madrasasi va madrasaning zakiy mudarris va tolibi ilmlarining Kamiyga bo’lgan e’tibori uning ijodiy kamolotga erishuvida alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Karimbekning yoshlik yillari deyarli shu madrasada kechgan. Ilk va yuqori tahsili ham shu yuqori madrasa bilan bog’liq. She’r aytuvga va yozuvga ishqi va ixlosi ham shu davrdan boshlangan. Madrasa yosh Karimbek uchun faqatgina ilm tahsilgohi bo’libgina qolmay, yashash uyi, kichik vatani ham edi. Mo’minjon Toshqinning ma’lumotlariga qaraganda, “Bahodirxon Mahdum mudarris bo’lib kelgandan keyin o’quvchi-mullabachchalar ko’payib ketib Kamiyga darvoza tashqarisidagi hujralardan zax bir hujrani berdilar. Buning ustiga Alijon degan ko’knori bir peshqadamni unga hamhujra qilib qo’ydilar. Bular qarg’a bilan bulbulni bir qafasga qamagandek har kun urush, janjal va bir-birlariga kinoyali pichinglar otish bilan tura boshladilar. Chunki u ko’knori hujraga taqillatib kirib, taqillatib chiqib, o’tun yorib, shalp-shulp ko’knori ezib, Kamiyning she’r yozishga va kitob mutoala qilishga halal berar edi”. Kamiy savdogar oilasidan bo’lsa-da, turmush sharoiti ana shunday tor va zax kulbada o’tdi. Mavlono Kamiy dadasi va og’a-inilari singari savdogarlik-choponfurushlik hunarini qilmadi. Bo’lajak shoir ko’p vaqtini kitoblar o’qish, xusnixat qilib xatlar yozish, turli she’rlarni yozish bilan o’tkazar edi. Xatto xatti noxuniy (tirnoq bilan yozish) ilmini ham yaxshi egallagan edi. Boylikka havaslanmagan, dunyo ne’matlariga ko’ngilsiz bo’lgan Karimbek Kamiy umri qashshoqlik, kambag’allikda o’tdi. Mahsisi, kavushi, ko’ylak va choponlari ham har joydan yomoq, ammo ozoda va yuvilgan bo’lar edi. Mo’minjon Toshqin «Toshkent shoirlari…»da Kamiyning xulq-atvori va odobi haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi. Bu shoir haqida shunday yozadi: «Mulla Karimbek Kamiy ko’p nozik tabiatli odam bo’lib, har vaqt yolg’iz o’ltirib, mutolaa va she’r yozish bilan mashg’ul bo’lishni xohlar edi. Kamiyning o’zi tug’ilgan hovlisida «har vaqt yolg’iz o’ltirib mutolaa va she’r yozish bilan mashg’ul bo’lishni xohlar edi». Kamiyning o’zi tug’ilgan hovlisida «har vaqt bir sidra uy-ro’zg’or» jihozlari va otasidan meros tekkan bir uy-ayvon» bo’lgani ma’lum. Shoir bu yerda tez-tez bo’lib, asosan, she’r yozish, mutolaa qilish va bayozlar tuzish bilan mashg’ul bo’lgan.

Kamiyning nozik tabiatligini shundan ham bilsa bo’ladiki, «Terlaganda ko’ylak yoqasi kir bo’lmasligi uchun bir dastro’molni bo’yniga – ko’ylak yoqasi ostidan solib yurar, yurtning obro’li odamlari yoki olim va fozillari yo’lda yo’liqib qolsa, tavoze’ bilan egilib salom berar edi», - deb yozadi.

Shoir Kamiy Muqimiy va Furqatlar bilan asrdosh va ular bilan ko’p suhbat qurishgan, bir-birlarining she’rlariga muxammaslar bog’lashib, naziralar bitishgan, hollaridan hasratlangan “arzu hollar” qilishgan. Shuningdek, Muqimiy bir g’azalida o’z qadriga yig’lab :


Mulki Hindu Marvdin kelsam, topardim e’tibor,

Shul erur aybim, Muqimiy, mardumi Farg’onaman.

deganidek, shoir Kamiy ham, «Ekanman» radifli g’azalida:


Ahvolim so’rg’udek kishi yo’q,

O’z shahrim aro g’arib ekanman, -

deb o’z qadriga achinadi. M.Toshqin Kamiyning haqiqatan-da g’aribona hayot kechirganligini yozar ekan, “rastalardan o’tgan chog’ida do’koniga chaqirib, choy-non qiluvchilar bor bo’lsa-da, juda oz topilar, ular ham masjid yoki mehmonxona solgan bo’lsalar, she’r bilan bino tarixi yozdirib olish yoki so’zlarini ta’rif qildirib, bir she’r yozib berishni aytish uchun chaqirar va ko’p pul va’da qilib, juda oz narsa to’laganligini» e’tirof etadi. Shoir Kamiy o’zining g’arib holidan shunday xitob qiladi:


Men oshiqi bir habib ekanman,

Doim g’azabi yetib ekanman…

Bildimki, qator qullaringdin

Vah-vahki, Kamiy, hasib ekanman.

90-yillar oxiriga kelib, Kamiy ustoz shoirlar safidan o’rin oldi. «Beklarbegi»dagi uning hujrasi endi shoirlar va she’r ixlosmandlarining markaziga aylangan edi. Shuningdek, «Toshkent shoirlari»da shoir Miskinning ham «asosiy muallimi va mudarrisi Kamiy» ekanligi, hatto Mo’minjon Toshqinning o’zi ham Kamiyning shogirdlaridan bo’lganligini yozar ekan, Kamiydan shoirlikni «yuqtirish» orzumandaligi, biroq o’zidan ustozdayin shoir chiqmasligidan afsuslanib shunday yozadi: «Men shoirlikda yuqori ko’tarilish niyatida shoir Kamiyning xizmatida ko’p yelib-yugursam ham uning singari san’atkor shoir bo’la olmadim”.

Toshkent adabiy muhiti, jumladan, «Beklarbegi» madrasasidagi Kamiyning mo’jazgina tor va zaxkash hujrasi turli yurt shoirlarini, ya’ni Furqat, Muqimiy, Muhyi, Saryomiy, Sidqiy, Xislat, Miskin, Mulla To’ychi kabi shoiru ilmu fozillarni jiddiy va bir umrga bog’ladi. Do’stlar davrasi, she’r shukuhi, kuy avji ularning har birini ijodiy kamolotga erishuvida ayricha ahamiyat kasb etdi.

Shoir Karimbek Kamiy 1922 yil yoz faslida 57 yoshida o’zi tug’ilgan hovlisida vafot etdi.

Karimbek Kamiy Toshkandiy davr e’tirofidagi shoirlaridan bo’lganligi uchun ham uning adabiy merosi bu vaqtda kitobat qilingan qo’lyozma va toshbosma bayozlarda, vaqtli matbuotda ko’p uchraydi. Taassufki, Kamiy vafotidan keyin uning bir dasta qo’lyozmalari-yu she’r daftarlari o’rtoqlar qo’liga tushgan, biroq uning keyingi taqdiri ma’lum emas, deyarli izsiz yo’qolgan. «Toshkent shoirlari» kitobidagi M.Toshqinning bu boradagi qaydlaridan yuqoridagi xulosaga keldik. Kitobdan parcha keltiramiz: «Shoir Kamiyning ikkinchi akasi Ahmadbekning o’g’li Ibodbekning bergan ma’lumotiga qaraganda, shoirning qo’lyozma bir devoni bor bo’lib, vafotidan so’ng qarindosh-urug’lari orasida o’g’irlangan».
Shoirning juda ko’p she’rlari mumtoz adabiyotimizning ma’lum va mashhur namoyondalaridan ta’sirlanishi, ilhom olish, javob olish zarurati bilan tug’ilgan. Ayni paytda turli hodisalar, masalan, yaqin kishilarning vafoti yoki biror masjid, madrasa, mehmonxona kabi qurilishlar haqida ham tarixlar, marsiyalar yozgan.


Download 30,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish