1.Yusuf Saryomiy o‘z marsiyasini bag‘ishlagan inson kim edi?
A. Shomahmud domla
B. Bahodirxon
C. Furqat
D. Almaiy
2. “Yassaviy maktabi” deb ataluvchi mutasavvuf shoirlar qaysi davrlarda yashab ijod qilganlar?
A. XII-XX asrlarda
B.X –XIX asrlarda
C. X-XV asrlarda
D. XV-XX asrlarda
3. “Ustozi avval”- birinchi o‘zbekcha alifbe darsligi kim tomonidan yaratilgan?
A. Abdulla Avloniy
B. Furqat
C. Saidrasul Aziziy
D. Mahmudxo‘ja Behbudiy
4. Komilning musiqa yo‘lidagi ishlarini kim davom ettirgan?
A.Mumtoz
B.Matrasul Mirzo
C.Rojiy
D. Feruz
5. “Mahfil oro”ning muallifi kim?
A.Farohiy
B.Safiy
C.Rojiy
D.Komil Xorazmiy
6. Komil “Latoyif-ut tavoyif”ning nechta hikoyasini saqlab qolgan?
A.354
B.344
C.345
D.347
7. “Feruz davri Xorazm adabiy muhiti” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini kim himoya qildi?
A. Davlatyor Rahim
B. Shixnazar Matrasul
C. Gulsara Ismoilova
D. Barcha javoblar to‘g‘ri
8. “Feruz – madaniyat va san’at homiysi” asarining muallifi kim?
A. Davlatyor Rahim
B. Shixnazar Matrasul
C. Gulsara Ismoilova
D. Nusratilla Jumaxo‘ja
9. Feruzning otasini ismi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A. Ogahiy
B. Sayid Muhammadxon
C. Sayid Olimxon
D. Munis
10. Kim 1968-yili “Tabibiyning hayoti va ijodiy merosi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi?
A. F. G‘anixo‘jayev
B. Rahmat Majidiy
C.M. Yunusov
D. G‘.Karimov
11. Ahmad Tabibiyning otasi kim bo‘lgan?
A. rassom
B. tabib
C. savdogar
D. sarrof
12. “Tabibiy past bo‘yli, ochiq chehra, shirin so‘z, ochiq tabiat kishi bo‘lgan. Shaxmat bilan tanburni g‘oyat xush ko‘rgan.” Tabibiy haqida aytilgan ushbu fikr muallifi?
A. Bayoniy
B.Fazliy Namangoniy
C. Laffasiy
D. Avaz O‘tar
13. Tabibiyning qaysi she’rida “charx jafosi”, “majruh, afgor jism”, “falak”ning “kaj”(teskari)ligi, “berahm”ligi tez-tez tilga olinadi?
A. “Falak”
B. “Po‘stin”
C. “Ma’rifat”
D. “So‘z”
14. Muqimiy «Sayohatnoma»si qaysi vaznda?
A.ramali musammani mahzuf
B.hazaji murabbai solim
C.rajazi murabbai solim
D.hazaji musammani mahzuf
15. Muqimiy «Sayohatnoma»si qayerlarga qilgan sayohatlari haqida?
A.Qo‘qon-Farg‘ona, Qo‘qon-Toshkent
B.Qo‘qon-Farg‘ona, Qo‘qon-Shohimardon, Qo‘qon-Isfara
C. Qo‘qon-Farg‘ona, Qo‘qon-Shohimardon
D. Qo‘qon-Farg‘ona, Qo‘qon-Shohimardon, Qo‘qon-Toshkent
16. Muqimiyning «Hajvi Viktor», «Hajvi Viktorboy» hajviyalari mumtoz she’riyatning qaysi janrida yaratilgan?
A.masnaviy
B.g‘azal
C.musaddas
D.muxammas
17. Furqat kimning yordami bilan Marg‘ilonda do‘kon ochadi?
A. Mirzo Buxoriy
B. Mirzo Qosim
C. Abdulazizxon
D. Muhammadyor
18. Furqat g‘azallarining umumiy soni qancha?
A. 100
B. 200
C. 150
D. 17
19.Is’hoqxon Ibratning “Bo‘lubtur” radifli g‘azali qanday yo‘nalishda yaratilgan?
A.Ijtimoiy
B.Hajviy
C.Siyosiy
D.Tasavvufiy
20.Is’hoqxon Ibratni zamondoshi shoir Muhsiniy (1860-1917) qanday ta’riflaydi?
A.Favqulodda iste’dod sohibi
B.Yorqin yulduz
C.Sohibi devon
D.Ma’rifatparvar shoir
21. “So‘nggi yillarda Rusiyaning Sharqdagi buyuk madaniylash-tiruvchilik xizmati haqida tez-tez o‘qishga va eshtishga to‘g‘ri kelmoqda” Ismoil Gasprinskiy qaysi asarida ushbu fikrlarni keltirib o‘tgan ?
A. “Turkiston ulamosi”
B. “Rusiya musulmonligi”
C. “Xotinlar o‘lkasi”
D. “Kun tug‘di”
22. Ismoil Gasprinskiyning qaysi asari Amir Temurga bag‘ishlangan ?
A. “Mukolamayi Salotin”
B. “Kun tug‘di”
C. “Arslon qiz”
D. “Xotinlar o‘lkasi”
23.I.Gaspirali qaysi asarni “fantastik ro‘mon” deb baholaydi ?
A. “Turkiston ulamosi”
B. “Rusiya musulmonligi”
C. “Xotinlar o‘lkasi”
D. “Dorur-rohat musulmonlari”
24.. Feruzning otasini ismi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A. Ogahiy
B. Sayid Muhammadxon
C. Sayid Olimxon
D. Munis
25. Feruz taxallusining ma’nosi nima?
A. «baxtli», «tole’li», «g‘olib» .
B. «omadli», «sururli»
C. «kuchli», «mehrli».
D. Barcha javoblar to‘g‘ri
26. Feruz qaysi tillarni bilgan?
A. Fors-tojik
B. Ozarbayjon
C. Tatar
D. Barcha javoblar to‘g‘ri
27. Ahmad Tabibiyning fors- tojik tilidagi she’rlaridan tashkil topgan devonlari qaysi?
A. “Tuhfat us- sulton”, “Mirot ul- ishq”
B. “Mirot ul- ishq”, “Mazhar ul-ishtiyoq”
C. “Munis ul- ushshoq”, “Mazhar ul- ishtiyoq”
D. “Ta’viz ul-oshiqin”, “Munis ul-ushshoq”
28. Ahmad Tabibiy yoshligida jigar xastaligiga yo‘liqqanligi va shu kasallik bilan 42 yoshida vafot etganligi haqida kim ma’lumot bergan?
A.Bayoniy
B.Laffasiy
C. Avaz O‘tar
D. Xodim
29 Muqimiy murabbalari qanday mavzuda yaratilgan?
A.ishqiy mavzuda
B.ijtimoiy mavzuda
C.siyosiy mavzuda
D.diniy mavzuda
30. Muqimiy ilodiy merosining asosini nimalar tashkil qiladi?
A.satiralari
B.nasriy asarlari
C.lirika va hajviyoti
D.sayohatnomalari