Mavzu: Karimbek Kamiy hayoti va ijodi (2 soat)


Quyida qo’limizdagi manba asosida ma’lum bo’lgan asarlarining umumiy mundarijasini beramiz



Download 30,38 Kb.
bet2/3
Sana22.08.2022
Hajmi30,38 Kb.
#847485
1   2   3
Bog'liq
Мавзу

Quyida qo’limizdagi manba asosida ma’lum bo’lgan asarlarining umumiy mundarijasini beramiz.
Kamiyning «Tanlangan asarlar» kitobida shoir ijodida uchraydigan 10 ga yaqin janrdagi asarlari berilgan. To’plamda she’rlar an’anaviy devon tuzish qoidalariga asoslangan holda joylashtirilgan bo’lib, g’azal unda ham asosiy o’rinni egallaydi va to’plamda alifboning deyarli barcha harflari bilan tugallanadigan g’azallari bor. Kitob-majmuada 106 ta g’azal, 1 ta masnaviy, 3 ta ruboiy, 2 ta qit’a, 1 ta fard, murabba’lar, 19 ta muxammas, shulardan 9 tasi taxmis-muxammas, 5 ta musaddas, 5 ta tarix-marsiya, 7 ta manzuma – jami 10 adabiy janrda yozilgan she’rlari joy olgan.

Kamiy she’riyatida mumtoz adabiyotimizning eng yaxshi an’analari unga asos bo’lib xizmat qildi.

Kamiy ijodida mavzular ko’lami keng. Bizga qoldirgan merosida Vatan, do’stlik, ilm-ma’rifat, ijtimoiy voqyea-hodisalar, ishqiy kechinmalar haqidagi g’azallar, odob-ahloqni yorituvchi so’zonli satrlar talaygina.

Kamiy she’riyatini 3 turga bo’lib o’rganish mumkin:

-milliy-ma’rifiy asarlar;

-ijtimoiy-siyosiy she’rlar;

-ishq-muhabbat satrlari.

Yosh adabiyotshunos O.To’laboyev “shoirning ma’rifatga chorlovchi she’rlari 1893 yildan boshlab paydo bo’la boshladi” deb belgilaydi. Bu mavzu shoir ijodining deyarli katta qismini tashkil qiladi.

Kamiy ijodiyotidagi “Murabba’i dar ta’rifi maktab”, “Madrasai gimnoziya tamoshasi xususida”, “Dar ta’rifu tavsifi ilm va dar targ’ibu tahrisi muxotabi beso’yi ilm”, “Ayo, ey mullo Foziljon qori” kabi she’rlarda ma’rifatni chuqur his qilgan shoirning ilmga da’vati va chaqirig’i hukmron. Har yaxshilikning boshi, “iki jahonning saodati ”, «davlatu iqbol ra’iyati», “bog’i jannati a’lo” maktab ekanligini e’tirof etadi:

Maktabki, koni ilmu hayovu adab erur,

Maktabki, fayz chashmasiyu fazli rab erur,

Maktabki, obro’yu kamola sabab erur,

Maktabki, favqi har shayu kulli nasab erur.

Kamiy nazarida maktab “johilni oqil”, “noqisni komil”, “omini fozil”qiladi, “hama jahlu g’azabni daf’” etadi:


Maktab emasmu johili oqil qilan, Kamiy,

Maktab emasmu noqisi komil qilan, Kamiy,

Maktab emasmu omini fozil qilan, Kamiy,

Maktabki, daf’i hama jahlu g’azab erur.

Ikki dunyoda sharaf topmoqliqning, halolu haromning farqiga bormoqlikning, har mushkulot yechimining kaliti – ilm. Bu – shoir Kamiyning falsafasi:


Ikki dunyoda kishi topg’ay sharaf,

Ilmdin bebahra qolmaqliq zalal....

Bildirur senga halolu ham harom,

Ilmdin har mushkuling bo’lg’usi hal.

18 baytli mazkur manzuma tolibi ilmlarga ilmni qadr-qimmati haqidagina so’zlamay, ularga “ahli odob” borasida ham tarbiya beradi:


Kelturub ilm ag’li odobin bajo,

Boamal bo’l, boadab bo’l, behiyal.

Shoir Kamiy o’zi ta’kidlaganidek,

Bu g’azal nomin, Kamiy, so’rg’onga de:

“Toliboni ilma dasturu-l-amal”


Kamiy she’riyatida milliy-ma’rifiy mavzu ijtimoiy-siyosiy voqyelik bilan uyg’unlashib ifoda etilgan. Shoir hayotiy voqyeliklarga be’etibor bo’lmadi. Turkiston manzarasi – Fevral, Oktyabr voqyealari, Turkiston muxtoriyati, bolsheviklar bosqini, Toshkent qo’zg’oloni, mustamlakachilik siyosati kabi siyosiy masalalar shoir Kamiy ijodini chetlab o’tmadi.1

Kamiy she’rlarining asosiy tamonini “charxi badmehr”dan hasrat nidolari to’ldiradi. Chunonchi, «Shikoyati Kamiy az charx”, “Shikoyati Kamiy az inqilobi zamona va ahli zamona”, “Al-amon”, “Harim ostoni menga” kabi she’rlarida ijtimoiy zulmning turli tomonlari ta’rifi berilgan:

Charxi badmehr alindin yuz dod,

Ravishi kaj, ishi doim bedod...

yoki yana bir she’rida


Ayo charxi falak, zulmingdin aylay kimga borib dod,

Mani mazlumg’a javru jafolar aylading bisyor.

Kelib olamg’a davringda sani shod o’lmadim hargiz,

Hamisha chekmisham man kulfatu g’am, mehnatu ozor

deya zamona kulfatidan va falak ruju’ qo’ygan zulmdan ozorlanadi.

Shoir Kamiy dil rozini ana shunday izhor qilar ekan, “Shikoyati Kamiy az inqilobi zamona va ahli zamona” sarlavhali, katta hajmdagi - 62 misrali she’rida voqyealar tasnifini konkretlashtiradi. Zulmni zo’rligini oshishida chor mansabdorlari bosh o’rinda turdi. Xo’sh, ular kimlar edi?! Shoir ularning qiyosini shunday chizadi:

Sherlar o’rnig’a o’tirmishdur,

Gurgu rubohu itu qushu shig’ol.

Rost kelganga o’xshaydi bu asr,

Otdin o’zdi eshak, degan bu maqol.

Karimbek Kamiy Turkiston miqyosida fikr yuritar ekan, u yerdagi ko’rib toqat qilib bo’lmaydigan turmush manzaralarini ham tasvirlaydi, ko’nglidagi o’zi suymas qabih illatlarni ochiq oydin oshkor qiladi. “Bir mayxo’r yigit xususida ibratli hikoya” she’ri shu mazmunda.

Ey qalam, so’zla san ushbu doston,

Eshitib ibrat o(l)sun ahli zamon


deb boshlanuvchi mazkur she’riy hikoyada jaholat qurboni – mayxo’rlar haqida yozadi. Shoir ichkilik tufayli axloqiy-ma’naviy inqirozga uchrab, jarlik tomon qulayotgan bir mayxo’r yigitning taqdirini hayotiy misol orqali ochib beradi. Ya’ni voqyea shunday: Bir yigit ichkilikka ruju’ qo’yib, har kunini “gastinsa”da o’tkazib, aysh-ishrat qilib, maishiy buzuqliklarni ham kanda qilmay, “mast boybachcha istagonlarini ” qildi, “yegan ichganin” hisobi yo’q edi. “Gastinsa sohibi” hisob-kitob qilganida qarzi “qirq so’mga”yetganini aytadi. Qarzini to’lolmay qochmoqchi bo’ladi “boybachcha”. Shunda

Yaqosidin tutub ani ushlab,

Tepti ketiga, boshig’a mushtlab”

Qilibon obro’sini bir pul,

Xoru zor aylabon misoli qul.


Holbuki, bu “nafs ra’ig’a kirsa har odam, Oxiri xor bo’lg’ay, bechora” deb izohlaydi shoir.

Ichkulik har gunoh ishning boshi,

Ichkulikdin bo’lur har ish na’shi.

Donish ahlig’a bu ishorat bas,

Ibrat olmoqqa bu hikoyat bas


deyiladi voqyea xotimasida. Mazkur voqyeaning talqini ham, unga bildirilgan fikr-munosabatlar ham, qiyoslar ham e’tiborga loyiq.

Ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat motivlari adabiyotimiz kabi qadimiydir. Kamiyda bu motiv alohida mazmun kasb etadi, ta’bir joiz bo’lsa, kamiyona jo’shqinlik, hasrat bilan jaranglaydi, alohida va shodlik va qayg’ulik ruhi kasb etadi.

Chin muhabbat o’tida o’rtanuvchi, butun yuragi, borlig’i bilan ma’shuqa tomon intiluvchi, barcha narsani unutib, kecha-yu kunduz sevgiga sadoqat va qat’iylik izhor etuvchi lirik qahramon obrazi shoir ijodida ishonchli va hayotiy tasvirlangan:


Kecha bo’lsa ko’z yumolmasman xayolingdin seni,

Ajratolmasman ko’zum kunduz jamolindin seni…

Kamiy lirikasida ishqiy kechinmalarning kutilmagan lavhalari uchraydi. Masalan, shoirning bir g’azalida lirik qahramon yor vasliga zorligini benihoya xalqona berib:


Aylading, jono, meni dilxastani xo’b intizor,

Olam ichra kimsa mendek tortmadi ko’b iztirob

deya hijrondan iztirob chekadi va ayni paytda yorning mehr-shafqatidan umidvor bo’ladi:

Muyassar o’lsa dame suhbating menga, ey yor,

Emas jahonni pariro’lari menga darkor...


Lekin har qanday holda ham jafokash oshiq ma’shuqaning umriga rivoj, ikki dunyo saodatmand bo’lishligini tilaydi:

Ilohi, ikki jahonda azizu muhtaram o’l,

Ko’rub chu davlatu iqbol umrlar bisyor.


Shoirning lirik qahramoniga yorning “jafo”si ham, “mubtalo”si ham totli, faqatgina jafo qilish uchun ham bir ko’rinsa bas:


Ey yor, kelu vafo etib ket,

Gar etmas esang jafo etib ket...

Husningga kimeki munkir o’lsa,

Bir ko’rsatu mubtalo etib ket.

Xulosa shuki, shoir Karimbek Kamiy milliy-ma’rifiy ruhdagi she’rlari orqali avvalo, millatni milliy onggini ochishga, jaholatdan ma’rifat sari yetaklashga uringan bo’lsa, ikkinchi tomondan, ijtimoiy-siyosiy she’rlari bilan turli tarixiy, siyosiy, ijtimoiy voqyealarga real ko’z ila boqib, obyektiv baho berdi, uchinchidan, ishq-muhabbat lirikasida yuksak insoniy fazilatlar egasi – oshiqning ruhiy kechinmalariyu iztiroblari, ma’shuqaning zulmiyu shafqatli nigohi tasviri orqali ishq ramzini fahm etish xususida bahs yuritadi.

Ko’rinadiki, shoir Kamiy an’anaviy shakllarni takomillashtirish, yangi mazmunni ifodalovchi yangi obraz va tasviriy vositalar yaratish bilan milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyotini boyitishga munosib hissa qo’shdi.


Download 30,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish